Yozuvning paydo bo'lishi va jamiyat tarixidagi o'rni
Download 61.5 Kb.
|
YOZUVNING PAYDO BO\'LISHI VA JAMIYAT TARIXIDAGI O\'RNI
Ideografik yozuv (grekcha idea - tushuncha), shuningdek, logografik yoki ieroglifik deb ham ataladi. Qadimgi yahudiy, shumer, xitoy, astek va mayya qabilalarining yozuvi ideografik namunalardir.
Ideogrammalar, asosan, konkret tushunchalarni ifodalovchi rasm (piktogramma)lar asosida shakllandi. Chunonchi, yahudiy va shumer mixli xatlarida tog` tushunchasi-orasidan vodiy va jarlik o`tuvchi ikki tog` tasviri orqali, suv-to`lqinlarni eslatuvchi to`lqinsimon chiziq bilan bildirilardi. Quyosh tushunchasi shumer yozuvida xitoy ideogrammasi kabi ichida nuqtali doira (Ο) shaklida ifodalangan. Ideogrammalarning piktogrammalardan kelib chiqqanligini qadimgi xitoy yozuvi yaqqol ko`rsatib turadi. Eng qadimgi logografik yozuv tizimlari (misr ieroglifikasi, xitoy ieroglifikasi, shumer va b.) mil. av. 4-ming yillikning oxiridan 2-ming yilliklarning boshlarigacha bo`lgan davrda shakllangan. Hozirgi kunga qadar eng turg`un va tarqalgan ideografik yozuv xitoy yozuvidir, bunga Xitoy tarixi va xitoycha so`zlarning bir bo`g`inli tabiati omil bo`lib xizmat qilgan. XV asrdayoq in’ qabilalari rivojlangan yozuv tizimiga ega edilar. Biroq, davlat bo`lib birlashish va ierogliflarning sistematizatsiyasi (tizimga solinishi) Xitoyning Sin va asosan Xan sulolalari davrida siyosiy markazlashuvi davomida sodir bo`ldi.Syuy Shen I-II asrlarda “Shoven szeszi” (“Elementlar va murakkab belgilar haqida”) degan xitoycha ierogliflar jadvalini yaratdi: bunda 10,5 ming ieroglif ko`rsatilgan. Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo`g`in yozuvi bo`lib, u fonografik yozuv turiga kiradi (mil.av. 2-ming yilliklarning o`rtalarida paydo bo`lgan). Bu yozuvda bo`g`inlar ierogliflardir. U yoki bu so`zni yozishga to`g`ri kelsa, ana shu bo`g`inlarni bir-biriga qo`shish usulidan foydalaniladi. Tildagi so`zlar soniga qaraganda bo`g`inlar soni ancha kam, shuning uchun ham bo`g`in yozuvi logografik yozuviga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko`radi. Masalan, devonagari (hind) yozuvi bo`g`in yozuvidir: ulardagi har bir ishora undosh tovushlarning Download 61.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling