№2 2-mavzu: Til va yozuv masalalari


Download 61.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana19.10.2023
Hajmi61.92 Kb.
#1709743
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu ona tili



REJA: 
1.Yozuv haqida umumiy tushuncha. 
2.O‘zbek yozuvlari tarixi. 
3.O‘zbek yozuvlarining rivojlanish bosqichlari. 
4.Grafika. 
5.Orfografiya. 
Amaliy 
mashg‘ulot 
№2 
2-MAVZU: Til va yozuv masalalari 
 
 
Insoniyat tarixida yozuvning ixtiro qilinishining qanday ulkan ahamiyat kasb 
etganligini alohida ta'kidlashga hojat yo‘q. Agar odamlar taraqqiyotning ma'lum 
bosqichiga kelib, o‘zlariga zaruriy axborotni ma'lum bir ramziy belgilar yordamida qayd 
qilib olishga va shu tarzda uni saqlab va boshqalarga tarqatishga o‘rganmaganlarida edi, 
tamadduning umumiy ahvoli qaysi shaklga kelib qolishi mumkinligini tasavvur qilish 
ham qiyin. Shunisi aniqki, kishilik jamiyati hozirgidek taraqqiyot darajasiga erisha 
olmagan bo‘lar edi. 
Yozuvning dastlabki ko‘rinishlari eramizdan avvalgi 4-ming yillikda paydo bo‘la 
boshlagan. Lekin bungacha ham axborotni qayd etish va saqlashning turli usullari 
mavjud bo‘lgan: ma'lum shaklda joylashtirilgan shox shabbalar, toschalar, va sanoq 
cho‘plari va hokazolar tarzidagi eng sodda axborot saqlash usullari asta -sekinlik biloan 
murakkab shakldagi belgilar - ma'lum bir buyum yoki hodisani ifodalovchi tasvirlarga 
o‘tib borgan. 
Masalan, qadimgi Inklar tugunchalar yordamida axborotni qayd etishning o‘ziga 
xos uslubini ixtiro qilganlar. Buning uchun ular jundan tayyorlangan har xil rangdagi 
arqonlardan foydalanganlar. Bu arqonlarni turli xil ko‘rinishlarda tugib qo‘yib, 
tayoqchalarga bog‘lab qo‘yishgan. Xatlar ham shunday ko‘rinishlarda manzilga 
yuborilgan. Olimlar orasida tarqalgan ba'zi fikrlarga ko‘ra Inkalr bu usul bilan o‘z 
mahalliy qonunlarini, solnoma va she'riy misralarini «yozib» borganlar. Tugunchalar 
bilan «yozish» boshqa xalqlarda ham mavjud bo‘lgan, masalan, bunday usuldan 
qadimgi xitoyliklar va mo‘gullar ham foydalanishgan. 


Lekin, haqiqiy ma'nodagi yozuv, odamlar axborotni qayd etish va tarqatish uchun 
maxsus ko‘rinishdagi grafik belgilardan foydalana boshlashgandagina paydo bo‘lgan 
deyish mumkin. Yozuvning eng qadimgi ko‘rinishi piktografik yozuvlardir. 
Piktogramma va bu turdagi yozuvda, so‘z borayotgan hodisa, buyum yoki voqea 
haqidagi sxematik tasvirlar, aynan rasmlar ketma-ketligi namoyon bo‘ladi. Taxmin 
qilinishicha, piktografiya so‘nggi tosh davrida turli xalqlar o‘rtasida juda keng tarqalgan 
va asosiy axborot saqlash usuliga aylangan ekan. u uncha katta bo‘lmagan xabarlarni 
jo‘natishga va qisqaroq hikoyalarni yoizb olishga va qoldirishga butunlay yaroqli 
hisoblanadi. Bunday xat-xabar voqe'likning yoki fikrning juda ham yaqqol tasviri bo‘lib, 
uni o‘qish uchun maxsus bilim kerak bo‘lmagan. Lekin, biror bir mavhum tushuncha 
(masalan, jangovorlik, aql, yashi tush, osmon jilvasi kabi) haqida so‘z borganda, 
piktogrammaning imkoniyatlari birdaniga cheklanib qolgan. Sababi bunday tushunchani 
tasviriy ifodalashning imkoni yo‘q edi. Shu tufayli, yozuvning inson hayotiga kirib 
kelishidagi 
ilk bosqichlardayoq, 
piktogrammalar tarkibida endilikda maxsus 
tushunchalarni ifodalaovchi belgi yoki ramzlar - ideogrammalar paydo bo‘ldi. Masaslan 
tasvir tarkibidagi bir biriga qovushtirilgan qo‘l ramzi, biror narsani almashtirishni 
ifodalagan. Shu tarzda endilikda har bir ideogramma ma'lum bir piktorgammaga 
bog‘lanib, ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmunni yanada tushunarliroq qilib borgan. Asta 
sekinlik bilan piktogrammalar avvalgi yaqqolligini yo‘qtib bordi, lekin, yanada 
mazmundorlik va aniqlikka erisha boshladi. Bu jarayon bi necha ming yilliklarni talab 
etdi. Ideogrammaning eng yuksak ko‘rinishi ierogliflar ko‘rinishidagi yozuvning paydo 
bo‘lishiga olib keldi. 
Ierogliflarga asoslangan yozuv dastavval qadimgi Misrda paydo bo‘ldi. 
Keyinchalik ieroglifik yozuv uzoq sharqda - Xitoy, Yaponiya, va Koreya yarim orolida 
keng tarqaldi. Bu davlatlar hududidagi topilma ieroglif yoki ideogrammalardan eng 
g‘ayrioddiy va o‘ta murakkab shakllarni uchratish mumikin. Ular orqali qadimgi yaqin 
sharq kishilari eng mavhum va murakkab fikrlarni ham ifodalay olishgan ekan. lekin 
ierogliflarning o‘qish sirlarini bilmagan va maxsus tayyorgarlikdan o‘tmagan odamga 
bunday yozuvlarning umuman tushunarsiz bo‘lgani tayin. Yozishni o‘rganishni istagan 
har bir kimsa, minglab belgi va ramzlarni doimiy esda saqlashga majbur bo‘lgan. Shu 
tufayli qadimda juda kam sonly odamlargina yozishni va o‘qishni bilganlar. 
Shuni ta'kidlash kerakki, ideografiyaning aynan o‘zidan iborat yozuv hech qachon 
mavjud bo‘lmagan. Masalan, qadimgi Misrda qandaydir tushuncha, buyum yoki so‘zni 
ifodaslovchi belgilar bilan birga, maxsus so‘z bo‘ginlarini va hatto alohida tovushlarni 
ifodalovchi belgilar qo‘llanilgan. Bunday belgilarga talab tushunarli: hamma narsani 
ham, birinchi navbatda esa odamlarning ismini tasvir vositasida tushunarli qilib ifodalab 
bo‘lmaydi. 


Bunday hollarda misrliklar so‘z-ierogliflarni harf-ierogliflarga aylantira 
boshlashdi. Bunda eng avvalo, ma'lum bir tovushga mos keluvchi biror belgi o‘yalb 
topilishi va bu belgini hamma bilishi kerak bo‘lardi. Masalan uy tasviri tushirilgan 
ieroglif, ikki tovushni ifodalovchi «xt» so‘ziga almashtirildi. Bu vaqtlarda fonetik 
ierogliflar - bo‘lajak harfglarning ahamiyati faqat mazmunni ifodalash uchun 
yordamchilik vazifasida bo‘lgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ularning o‘rni tobora yuksalib 
borib, Misr yozuvining so‘nggi davrlariga kelib, asosiy rol o‘ynovchi belgi ramzlarga 
aylanib qolgan. Lekin fonografik (har bir belgi alohida bir tovushni ifodalaydigan) 
yozuvga misrliklar baribir to‘liq o‘ta olishmadi. Bunday muhim takomillashtiruvni 
boshqa xalqlar amalga oshirishdi. 
Odamlar o‘z nutqlarini oddiy elementlar - tovushlarga (fonemalar) ajratishni 
o‘rganishlariga ancha vaqt ketdi. Bungacha esa, nisbatan osonroq bo‘g‘inlarga ajratishni 
o‘zlashtirish zarur edi. Shu tufayli eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikda turli xalqlar 
orasida alohida bo‘gimlarni ifodalashga asoslangan maxsus bo‘ginli yozuv paydo bo‘ldi. 
Bunga misol qilib krit (minoya) yozuvi yoki mayalarning yozuvini keltirish mumkin. 
Faqat ikkinchi ming yillik so‘ngiga kelibgina qadimgi finikiyaliklar harfiy-tovushli 
alifboni ixtiro qilishdi. Bu alifbo keyingi asrlar davomida ham ko‘plab xalqlar uchun 
namuna bo‘lib xizmat qildi. 
Finikiya alifbosi 22 ta undosh harfdan iborat bo‘lib, ularning har biri alohida 
tovushni ifodalagan. Bu alifboning kashf etilishi butun boshli bashariyat uchun juda 
katta ahamiyatga molik hodisa edi. Bu alifboga yordamida deyarli hamma so‘zni grafik 
ifodalash mumkin bo‘lardi va ideogrammalarga ham, ierogliflarga ham umuman hojat 
qolmasdi. 
Yozuv butun jamiyatning ijtimoiy mulkiga aylandi. Hozirgi zamon alifbolarining 
ham beshdan to‘rt qismi Finikiya alifbosi asosida shakllanganligi haqidagi g‘oyani 
olimlar allaqachon ilgari surishgan. Finikiya yozuvining shakl o‘zgarishlaridan biri - 
Puni yozuvi asosida Liviya alifbosi va yozuvi paydo bo‘lgan. Xuddi shuningdek, 
Finikiya alifbosi - qadimgi yahudiy, qadimgi оramey va qadimgi yunon alifbolarining 
poydevori hisoblanadi, o‘z navbatida, oramiy yozuvi asosida - arab yozuvi, xorazmiy, 
uyg‘ur, fors va boshqa yozuvlar shakllangan. 
Finikiya alifbosiga so‘nggi va eng muhim takomillashtiruvni qadimgi yunonlar 
kiritishdi - ular alifboga faqat undosh tovushlarni emas, balki unli tovushlarni ham 
kiritishni joiz deb topishdi va unli harflarni ham o‘z alifbolariga kiritib qo‘yishdi. Yunon 
alifbosi Yevropaning ko‘plab boshqa alifbolarining «ajdodi» hisoblanadigan lotin 
alifbosining ham asosini tashkil qilgan. 


Ma'lumingizkim, lotin alifbosi hozirgi zamon farang, ingliz, olmon, ispan 
alifbolarining ham asosi hisoblanadi. Shuningdek, kop tillardagi alfavitlar, xususan, 
arman, gruzin va slavyan alifbolari ham aynan yunon alifbosining avlodlaridir. 

Download 61.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling