№2 2-mavzu: Til va yozuv masalalari


Tovush almashishi (o`zgarishi)-


Download 61.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.10.2023
Hajmi61.92 Kb.
#1709743
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu ona tili

Tovush almashishi (o`zgarishi)- bunda asosga qo`shimcha qo`shilganda bir 
tovush boshqa tovushga almashadi: 
*bo`ya, tara, sana, sayla, tanla kabi so`zlariga –q yoki –v qo`shimchalari 
qo`shilsa, asosdagi -a tovushi -o tovushiga almashadi: bo`yoq, sanoq, taroq, saylov, 
tanlov. 
*yosh, son, ot kabi so`zlarga –a qo`shimchasi qo`shilsa: son+a = sana, ot+a = 
ata. 
*-ga, -gani, -guncha kabi –tovushi bilan boshlanuvchi qo`shimchalar oxiri –k
q tovushlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilsa, asos yoki qo`shimcha tarkibida tovush 
almashadi: tekkuncha, terakka,chiqqani, buloqqa, oqquncha. 
*oxiri –k,-q tovushlari bilan tugaydigan so`zlarga egalik qo`shimchasi 
qo`shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi: buloq+i- 
bulog`i, yurak+i-yuragi, tilak+i-tilagi, bilak+i-bilagi. Lekin idrok, huquq, mashq, 
park, kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa. tovush almashishi yuz bermaydi: 
idroki, mashqi, huquqi, parki kabi. 
2. Morfologik yozuv - so`z asosi va qo`shimchalarini aynan yozish demakdir. 
Bunga ko`ra so`z va uning qismlari talaffuzidan qat’i nazar asliga ko`ra yoziladi, ya’ni 
asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan so`z tarkibida tovush o`zgarishi kuzatilmaydi. 
So`z va qo`shimcha aslan qanday bo`lsa, shunday yoziladi. Masalan: 
*fe’lning zamon va shaxs qo`shimchasi qanday eshitilishi va talaffuz qilinishidan 
qat’i nazar, doim –di shaklida yoziladi: ket+di = ketdi,borib+di = boribdi. 
*-dan, -da qo`shimchalari talaffuzidan qat’i nazar doim o`zgarishsiz yoziladi
ish+da = ishda, baland+dan = balandda kabi. 
*-iston (so`z yasovchi), -inchi(tartib son), --ib(ravishdosh), -in, -il (fe’l 
nisbatlari) qo`shimchalari asos qismida –u tovushi bo`lgan so`zlarga qo`shilganda u 
tovushiga moyil aytilsa ham asliga ko`ra yoziladi: kul+ib = kulib, tug`+il = tug`ildi, 
uch+inchi = uchinchi, ur+ish = urish, gul+iston = guliston 
*qo`shma va juft so`zlar ham morfologik yozuv qoidasi bo`yicha yoziladi: qip- 
qizil, har vaqt, baxt-saodat, atirgul kabi. 

Download 61.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling