№2 2-mavzu: Til va yozuv masalalari
O`ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI
Download 61.92 Kb. Pdf ko'rish
|
2 mavzu ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- ORFOGRAFIYA
- Tovush tushishi
- Tovush orttirilishi
O`ZBEK TILINING IMLO QOIDALARI
Lug`aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a ko`rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yo z m a shakli uchun, to`g`ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g` z a k i nutq shakli uchun xosdir. O`zbek adabiy tili milliy tilning bir qismi bo`lib fonetik, leksik, grammatik jihatdan sayqallashtirilgan, me’yorlashtirilgan tildir. Adabiy til ikkita: og`zaki va yozma shaklga ega. - og`zaki shakl – orfoepiyada - yozma shakl – orfografiyada o`rganiladi ORFOGRAFIYA: Adabiy tilning yozma shaklini, to`g`ri yozuv qoidalarini (imlo qoidalarini) o`rganadi. Imlo qodalari quyidagi tamoyillarga – printsiplarga asoslanadi: Fonetik yozuv- bu yozuv qoidasiga ko`ra so`z o`zak-negizida birorta fonetik hodisa kuzatiladi. Fonetik hodisalarga asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan yuz beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi. Tovush tushishi - bunga ko`ra asosga qo`shimcha qo`shilishi natijasida asosda unli yoki undosh tovush tushib qoladi. Masalan: *past, sust so`zlariga –ay fe’l yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush tushadi: pasay, susay. *ikki, olti, yetti kabi sonlarga jamlovchi son qo`shimchasi qo`shilsa (-ov, -ala, - ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikkov, yettalasi, oltov. *men, sen kabi olmoshlariga qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchasi (–ni,- ning) qo`shilsa: meni, seni, mening, sening. *bag`ir, ko`ngil, shahar kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa ikkinchi bo`g`indagi a, i, u kabi unlilar tushib qoladi: shahri, ko`ngli, bag`rim, burni kabi. Tovush orttirilishi - bunda asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan asos tarkibida undosh tovushlar orttiriladi: *achi, isi, sasi so`zlariga –q so`z yasovchi qo`shimchasi qo`shilsa tovush orttiriladi: achchiq, issiq, sassiq. *u, bu, shu ko`rsatish olmoshlariga jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari (– ga, -da, -dan) hamda –day, -cha qo`shimchalari qo`shilsa –n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunga, unda, bundan, shundan, shuncha, bunday. Download 61.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling