1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida


Topshiriq: 1. Ma’nodosh so’zlar qatorini ajrating


Download 336.21 Kb.
bet86/94
Sana08.03.2023
Hajmi336.21 Kb.
#1253836
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
Bog'liq
Ona tili ma\'ruza1

Topshiriq:
1. Ma’nodosh so’zlar qatorini ajrating.
Iliq, gangimoq, yemoq, gavdali, dovdiramoq, diyor, issiq,tanovul qilmoq, yurt, zamon, iste’mol qilmoq, sezgir, jussali, esankiramoq, yugurmoq, g’ajimoq, Vatan, dardchil, ziyrak, kavshamoq, vaqt, chopmoq, jazirama, barvasta, hushyor, kalovlanmoq, norg’ul, dardkash, oshalamoq, talmovsiramoq, barzangi, payt.
2. Sinonimlarni ajrating. Nima maqsadda ma’nodosh so’zlarning qator keltirilganini ayting.
1. Qildi Furqatni xarob-u, xastayi, zori, zabun, Xoli xatting, qaddi ruxsoring, na tanho ko’zlaring. 2. Ajab hasrat, ajab qayg’u, ajab g’amxonalar bo’ldim. 3. Zulm ila qahr-u g’azab, ozori qilmoq shunchalar. 4. Menga qondosh, jondosh bo’lgan el. Gado edi, qashshoq edi, xor. Qildi to’la nafrat, alam, zor.
3. Nuqtalar o’rniga talab etilgan so’z - sinonim qo’yib ko’chiring.
1. Mana bugun … xalqing Seni chaqirdi - fashist degan … kelibdi Vatanga. 2. Baxtim borki, har narsa … ko’rinadi ko’zimga. 3. El dilidan ketsin .., … 4. Bobolarga … xitob: - Siz uchun nima tabarruk? - … yurting matlabi buyuk.
4. Berilgan iboralar o’rniga sinonim toping va gap tuzing. Farqini tushuntiring.
Belini mahkam bog’lab (ishlash), bo’yi baland (yigit), qo’li ochiq, ko’zi to’q, ko’ngli oq, og’zi katta, ko’z ochib - yumguncha, oyoqqa turib, ko’ngli g’ash, ko’z ilg’amas (dalalar), ko’z tutadi, (bahor), ko’z boylash, ko’z tashlash, ko’zingga qarab yur, oyoqni qo’lga olib (yugur), ko’z ochmoq.
Topshiriq. 1. Quyidagi sinonim so’zlardan bosh so’zni belgilang.
Ilgari, avval, oldin, qadim, burun; bitirmoq, tugatmoq, tamomlamoq, yakunlamoq; yalinmoq, yolbormoq, iltimos qilmoq; yuz, aft, chehra, bet, bashara, turq, oraz, jamol, ruxsor, uzor; katta, ulkan, bahaybat; chiroyli, ko’rkam, go’zal, xushsurat; kasal, bemor, xasta, betob; shirin, mazali, xushta’m; Vatan, yurt, diyor, mamlakat, maskan, o’lka; osmon, ko’k, samo; yemoq, iste’mol qilmoq, tanovul qilmoq; qaramoq, ko’z tashlamoq, nazar solmoq, nigoh tashlamoq; gavdali, jussali, barvasta, norg’ul, barzangi; gangimoq, dovdiramoq, esankiramoq, kalovlanmoq, talmovsiramoq; ozod, hur, mustaqil, ustoz, muallim, o’qituvchi.

Download 336.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling