1. O‘zbek xalqining amaliy me’morchilik san’ati. Amaliy san’atning bu qayd etilgan turlari
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Download 1.05 Mb.
|
1 O‘zbek xalqining amaliy me’morchilik san’ati Amaliy san’atni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja 1. Amaliy san’at, amaliy bezak san’ati
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
I.A.Karimov «Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori». -T.: O’zbekiston. 1999. 62 bet. I.A.Karimov Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. -T.: O’zbekiston. 1996. 300 bet. I.A.Karimov Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat. 2008, 171 bet. I.A.Karimov O’zbekiston mustaqillikka erishish ostanasida. -T.: O’zbekiston 2011. 440 bet. O’zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi». -T.: Sharq, 1997. «Axborotlashtirish haqida» O’zbekiston Respublikasi qonuni. -T.: 1993. 7- may. O’zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini axborotlashtirish kontseptsiyasi. Loyiha. O’zbekiston «O'qituvchi» 2004. 9 aprel. «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish chora- tadbirlari to'g'risida» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi 200- sonli qarori. AMALIY SAN'ATDA NAQQOSHLIKNING ISHLATILISH SOHALARI VA TURLARI XIL AMALIY SAN'AT ASARLARIGA NAQOSH BAJARISH USLUBLARIDAGI FARQIReja1. Amaliy san’at, amaliy bezak san’ati2. Asrlar mobaynida xalq, ijodiyotining sohasi sifatida amaliy bezak san’ati3. Me’morlikda an’anaviy ganch, yog‘och o‘ymakorligi4. Aksariyat badiiy qunarmandlik sohalari tiklandi.Amaliy san’at, amaliy bezak san’atiAmaliy san’at, amaliy bezak san’ati – bezak san’ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, o‘yinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bog‘liq ijodiy meh-nat sohalarini o‘z ichiga oladi. Amaliy sanʼat asarlari ko‘z bilan ko‘rish, his etish va anglashga mo‘ljallangan. Amaliy sanʼat asarlari va bu-yumlari insonning moddiy muhitini go‘zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o‘zining ko‘rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta’sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati bo‘lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning go‘zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining ko‘pligi Amaliy sanʼat da estetik ta’sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalar-dir. Amaliy sanʼat da narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli od-diy, jo‘n buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi. Narsalarning tuzili-shi badiiy buyumlarning mujassamotida muhim rol o‘ynaydi. Xom ashyoning go‘zalligi, qismlarning mutanosibligi, tuzilishining ma-romi buyumning ta’-sirchan umumlashma qiyofasini ifoda-lovchi yagona vositalardir. Ta’sirchan mazmunli shakllar ko‘pincha taqlidan yaratilganda mazmuni ortadi. Buyumda hosil bo‘layotgan bezak uning obraz tuzi-lishiga ham sezilarli ta’sir etadi. Bez-agi tufayli buyum Amaliy sanʼat asariga aylanadi. Amaliy sanʼat da bezak yaratishda naqsh bilan tasvi-riy san’at (haykaltaroshlik, rangtas-vir, ayrim hollarda grafika) qismlari (alohida yoki turlicha birikuvlari) keng qo‘llaniladi. Ba’zan naqsh yoki tasvir bu-yumlarni shakllantiruvchi asosga aylanadi (panjara guli, to‘r; gilam, mato gullari va hokazo). Amaliy sanʼat asarining uyg‘unligi av-valo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bez-akning o‘zaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon bo‘ladi. Bezakning shakl, tasvirning buyum ko‘lami va xusu-siyati, uning amaliy va badiiy vazifasi bilan uyg‘unlashtirishning zarurligi tas-viriy bo‘laklarni o‘zgarishiga, talqinda shartlilikka va narsa qismlarini o‘xshatib yaratishga olib keladi.19-asr 2- yarmidan ilmiy adabiyotlarda Amaliy sanʼat asarlari foydalanilgan xom ashyosi (yog‘och, sopol, ganch, tosh, metall, suyak va boshqalar) va ijro usuli (bo‘yash, o‘yib-kesib ishlash, quyish, kash-ta tikish, to‘qish va boshqalar)ga qarab farqlana boshlandi. Bu esa o‘z navbatida buyumlarga ishlov be-rishni loyihalash (dizayn) va uni ishlab chiqarish bilan bog‘lanishi (badiiy sanoat)ga zamin yaratdi.Amaliy sanʼat asarlari yaratilgan davrining maishiy qatlamiga mos mahalliy va mil-liy xususiyatlarni, ijtimoiy guruhlar bilan yaqin munosabatda bo‘lgan uning mod-diy madaniyatini ifoda etadi.Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling