1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Sho’rolar davrida xalqni milliy qadriyatlar, ma'naviy mеrosdan bеgonalashtirish. “Xujum” siyosati va uning oqibatlari


Download 0.72 Mb.
bet59/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

57. Sho’rolar davrida xalqni milliy qadriyatlar, ma'naviy mеrosdan bеgonalashtirish. “Xujum” siyosati va uning oqibatlari. O'zbekiston xotin-qizlarining hayoti asrlar osha musulmonchilik qonuniyatlari va an'analari asosiga qurilgan edi. Ma'lumki, oktabr to'ntarishidan so'ng Turkistonda xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqliligi, balog'atga yetmagan qizlarni erga bermaslik masalalari bo'yicha bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. 20-yillarda taslikil etilgan xotin-qizlar bo'limlari bu jab-hada umuman olganda to'g'ri ishlarni amalga oshirdilar: har bir xonadonga kirib tushuntirish ishlari olib bordilar, maxsus xotin-qizlar klublari, artellar, do'konlar taslikil etdilar, bu yerlarda xotin-qizlar hech qanday qarshiliksiz tikish, savdo-sotiq, o'qish-yozishni o'rganish bilan shug'ullandilar. Barcha tadbirlar o'zbek xotin-qizlari tur-mush tarziga xos xususiyatlarga, milliy an'analarga mutanosib holda olib borildi. Taajjublanarlisi shundaki, totalitar rejim bu boradagiishlar sekin-asta borayotganidan qoniqmadi. Uni sun'iy ravishda tezlaslitirish maqsadida 1927-yil bahorida«Hujum» kompaniyasi boshlab yuborildi va unga zarbdorsafarbarlik xususiyati berildi. Bu jarayonda bolsheviklar ruhiy omillarni, islom omilini mutlaqo hisobga olmadi. Holbuki, xotin-qizlarning paranjisiz yurishiga ijtimoiy muhit to'g'ri kelmasdi, bunga na partiya, sovet xodimlari, na oddiy odamlar tayyor edilar. «Hujum» kompaniyasi jarayonida bolsheviklar zo'ra-vonlik, ma'muriy yo'l bilan yuz ming ayolning paranjisi-ni taslilattirdi. Lekin partiyaning o'zbek xotin-qizlarini ozodlikka chiqarishni tezlaslitirish siyosati yomon oqi-batlarga olib keldi. «Hujum»ga qarshi bo'lganlar ayol-larga nisbatan zulm o'tkaza boshladilar. 1927-1928-yil-larda O'zbekistonda 2,5 mingdan ortiq faol xotin-qizlar,tuman, qishloq kengaslilarining a'zolari, xotin-qizlarklublari, kutubxonalar mudirlari, o'qituvchilar hayotdanko'z yumganlar. Ayollarni erksizlikdan qutqarishda, erkinlikka chiqarishda bunday dahshatli fojialar bo'l-masligi ham mumkin edi. Buning uchun ularga a vvalozarur shart-sharoitlar yaratib, bu ishni bosqichma-bosqich amalga oshirish kerak edi. Sovet hukumati o'zbek xotin-qiziarini ozodlikka chiqarish jarayonida ularni ishlab chiqarishga jalb qilish tadbirlarini ham amalga oshirdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad sovet xalq xo'jaligi muammolarini hal qilish uchun yangi mehnat resurslari, ishchi kuchlarini paydo qilish edi. Dastlab xotin-qizlar hunarmandchilik kooperatsiyasi-ga jalb qilindi. Xotin-qizlar klublarida ich kiyim, ko'rpa-to'shak, do'ppi to'qiydigan xona-ishxonalar ochildi. 30-yillar boshidan boshlab ayollar mehnatiga muno-sabat o'zgardi. Sanoatlaslitirishni jadallaslitirish, sotsia-listik muvaffaqiyatlar ortidan quvish ayollar masalasida ham o'z asoratini qoldirdi. Ayollar ericaklar bilan teng huquqli degan qoida noto'g'ri talqin qilinib, xotin-qizlar mehnatda ham erkaklar bilan teng huquqli bo'lishikerak, deb talab qilindi. Ayollar jismoniy kuch talab qiladigan og'ir sanoatkorxonalarida chilangar, slesar, haydovchi bo'lib ishladi-lar, qurilishda mehnat qildilar. O'zbek xotin-qizlari qishloq xo'jalik ishlab chiqa-rishiga ham keng jalb qilindi. Ayollar kolxozlarga a'zo bo'ldilar, pillachilik, bog'dorchilik, parrandachilik, sutxo'jaligi kabi qishloq xo'jaligining yordamchi tarmoqla-rida mehnat qildilar.
20-30-yillarda xotin-qizlarning savodini chiqarishgakatta e'tibor berildi, ayollarning savodsizligini tugatish bo'yicha maxsus kurslar taslikil qilindi. Kasb-hunar ta'limi tarmoqlariga xotin-qizlar keng jalb qilindi Ayollar orasidan 30-yillarda mashur olimlar, yozuvchilar, shoirlar, muhandislar, shifokorlar, o'qituvchilar, san'atkorlar yetishib chiqa boshladi. O'sha yillarda Sora Eshonto'rayeva, Halima Nosirova, Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyevalarning iste'dodi yarqirab ko'zga tashlandi.
1927-yil noyabr oyida Kompartiya III-qurultoyida madaniy merosni inkor etish siyosati asosida arab yozuvini lotin grafikasiga almashtirish haqidagi qarori qabul qilindi. Va 1929yil arab yozuvi lotin grafikasiga o’zgartirildi. Bu mahaliy xalqni nafaqat dinidan balki madaniyatidan, o’ziga xos huquqidan ajratib, sovet qolipigi majburan soldi.1940-yilda lotin grafikasining kirill bilan shoshilinch almashtirilishi O’zbekiston aholisi bilim darajasining o’sishiga, o’zbek tilining rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ushbu xatolik savodsizlar sonining sun’iy o’sishini keltirib chiqardi. Ma’naviy hayot to’la ruslashtirilib, hamma joylarda o’zbek tili imkoniyatlarning cheklanishiga olib keldi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling