1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
Sovеt tuzumining qatag’onlik siyosati va uning og’ir oqibatlari
Download 0.72 Mb.
|
2 5260484499715653670
- Bu sahifa navigatsiya:
- «On sakkizlar guruhi»
- «Inogomovchilik»
- SaduIIa Qosimov
- «qosimovchilik»
- Munavvar Qori Abdurasliidxonov
53. Sovеt tuzumining qatag’onlik siyosati va uning og’ir oqibatlari. 20-yillarning o'rtalaridan boshlab mamlakat va respublikada totalitar jamiyatning xususiyatlari tobora oshkora ko'rina boshladi. Bu holat xususan milliy respublikalardagi rahbar xodimlarga nisbatan bo'lgan munosabatda yaqqol namoyon bo'ldi. Lenin tomonidan allaqachon e'lonqilingan «Kim biz bilan birga bo'lmasa, u-dushmanimizi» shiorini Stalin shafqatsizlik bilan amalga oshirishga kirishdi. 20-yillarning ikkinchi yarmi va 30-yillar boshidaO'zbekistonda «o'n sakkizlar guruhi», «inog'omovchilik», «qosimovchilik», «badriddinovchilik» singari ishlar to'qilishi va Munavvar Qori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida o'zbek xalqining ko'plab asl farzandlari qatag'on qilindi. «O'n sakkizlar guruhi» masalasi O'zbekiston Kompartiyasi MK IV plenumi MK O'rta Osiyo byurosi maxsuskomissiyasi va O'zbekiston Kompartiyasi II s'yezdi majlislarida ko'rib chiqildi. O'zbekiston hukumati a'zolari, viloyatlar rahbarlari va yirik xo'jalik boshliqlaridan 18nafar obro'li kishi o'z talablari bilan O'zbekistonKompartiyasi MK plenumi va O'rta Osiyo byurosigayozma ravishda murojaat qilishgan edi.Ular Moskvaningfavqulodda organi hisoblangan O'rta Osiyo byurosini tugatish fikrini bayon qilishdiki, bu go'yoki quyoshli osmonda momaqaldiroq guldurashi bilan barobar edi .O'n sakkizlar guruhi mazkur talablar qondirilmasa, o'zlarini O'zbekistondagi vazifalaridan ozod qilib, Moskvaga xtiyoriga yuborishlarini so'rashdi. O'n sakkizlar guruhining harakatlarini hukumat boshlig'i Fayzulla Xo'jayev fao lqo'llab-quvvatladi. U bu guruhning rasmiy a'zos ibo'lmasa ham, aslida ularning g'oyaviy ilhomchisi edi. Biroq O'rta Osiyo byurosi milliy rahbarlarning bu haqli talablarini nafaqat radqilishdi, balki uning mohiyatini soxtalaslitirishga muvaffaq bo'ldi. Kommunistik mafkuraning rasmiy siyosati uqtirishicha, go'yoki o'n sakkizlar guruhi respublikada yer-suv islohoti o'tkazilishi va boshqa tadbirlarga qarshichiqib, boylar manfaatini ko'zlagan. Bu rahbar xodimlar 1925-yilning oxiridayoq O'rta Osiyo byurosining talabi bilan o'z mas'ul lavozimlaridan olib tashlandi.«Inog'omovchilik» O'zbekiston maorif xalq komissari (1925—1926), O'zbekiston Kompartiyasi MK matbuot bo'limi mudiri (1926-yil) lavozimlarida ishlagan Rahim Oxunjonovich Inog'omov (1902—1938) nomi bilan bog'liqdir.U o'zining bir qator maqola va nutqlarida O'zbekiston Kompartiyasining bolsheviklar markazining mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashmayotganlikda, O'rta Osiyo byurosi va O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi kabi Markazning nazoratchi organlarini zo'ravonlikda ayblaydi.1926-yil 12-dekabrda O'zbekiton Kompartiyasi MK Ijroiya byurosi va plenumida Inog'omovchilik ishi mayda burjua va millatchilikka tomon og'ish, deb qoralandi. Dekabr oyida R.Inog'omov o'z vazifasidan olib tashlandi. U Qasliqadaryo okrugining eng chekka qishlog'iga ishlashi uchun jo'natadi. Keyinchalik «Правда Востока» gazetasida R.Inog'omovning «ochiq xati» uyushtirilib, u tavba-tazarru qildiriladi.Sovet rejimi milliy rahbar xodimlarni 20-yillarning oxiriga kelganda, endilikda jismoniy mahv etishga kirishdi. O'zbekiston SSR Oliy sudining raisi Sa'duIIa Qosimov 1929-yil mart oyida lavozimidan bo'shatilib, qamoqqa olindi. U bu vazifada 1926yildan boshlab ish-layotgan edi. S.Qosimov va uning 6 ta tarafdori ustidan Samarqand shahrida sud jarayonini o'tkazdi . Markazdan kelgan jazo organlari ishga ataylab siyosiy tus berishdi. S.Qosimov va uning tarafdorlari «bosmachilar»ni qo'llab-quvvatlaslida, «aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar» a'zolaribilan aloqa bog'laganlikda, islom dinini himoya qilishda ayblanib, ularga «qosimovchilik» yorlig'i bosildi. 22-iyunda S.Qosimov,B.Sharipov, N.Alimov, Spiridonov otib o'ldirishga, qol-ganlar esa 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Ularning butun mol-mulki musodara qilinib, davlat hisobiga o'tkazildi.1929-yil 5-noyabrda Toshkentda atoqli jadid ma'rifatparvari Munavvar Qori Abdurasliidxonov boshchili-gidagi 38 kishi qamoqqa olinadi. Oradan ko'p o'tmay qamoqqa olinganlarning miqdori 87 kishiga yetdi.Ularga «Milliy Ittihod» va «Milliy Istiqlol» taslikilotlarining a'zosi degan ayb qo'yildi. Tergov jarayoni keyinchalik Moskvaga ko'chirildi. Bu holat sovet rejimini o'zbek ziyolilarining «millatchiligi»ni fosh qilishga jon-jahdi bilan kirishganligidan dalolat beradi. O'zbekistonda siyosiy qatag'onlik 1937-yilning yozida ayniqsa avjiga chiqdi. O'zbekiston XKS raisi Fayzulla Xo'jayev, uning keyingi vorislari Abdulla Karimov, Sulton Segizboyev, O'zbekiston Kompartiyasi MK 1- kotibi Akmal Ikromov, moliya xalq komissari Akbar Islomov, yer ishlari xalq komissari (наркомзем) Rustam Islomov, maorif xalq komissari Qosim Sorokin boshqa ko'plab xo'jalik xodimlari qamoqqa olinib, tergovdan keyin SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi sayyor sessiyasining qaroriga binoan otib tashlandi. XX asro'zbek madaniyatining bebaho yulduzlari Fitrat, Cho'l-pon va Abdulla Qodiriy bir kunda-1938-yil 4-oktabrda Toshkent shahri atrofida otib tashlandi. 4-oktabrda qamoqqa olingan ko'plab yurtdoshlarimiz ommaviy ravishda qatl qilingan. Usmon Nosir, Mannon Ramziy, Bosit Qoriyev, Miyonbuzruk Solihov, Asliurali Zohiriy kabi o'zbek xalqi-ning ko'plab ziyolilari: shoirlar, adiblar va olimla rqatag'on qilindi. Shuningdek, 20-yillarda Germaniya va boshqa mamlakatlarda o'qib O'zbekistonga qaytgan ziyolilar ham qatag'on girdobiga tortildi. Abduvahob Murodiy, SultonJabbor, Solih Muhammad, Xayriniso Majidxonova va boshqa ko'plab ziyolilarimiz «Germaniya josusi» sifatida ayblanib, otib tashlandi.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling