1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Turkistonda mustabid Sovеt hokimiyatiga qarshi istiqlolchilik harakatining boshlanishi, uning mohiyati va harakatlanuvchi kuchlari


Download 0.72 Mb.
bet54/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

52. Turkistonda mustabid Sovеt hokimiyatiga qarshi istiqlolchilik harakatining boshlanishi, uning mohiyati va harakatlanuvchi kuchlari. Turkistonda sovet hokimiyati va bolshevikcha rejimga qarshi harakat 1918-yil fevral oyining so'ngi o'n kunligida boshlandi. Dastlabki guruhlarning tuzilishi Qo'qon atrofidagi Bachqir qishlog'ida boshlangan. Farg'ona vohasida bu davrda 3 yirik qurolli guruhlar sovetlargaqarshi kurash olib borgan. Ulardan eng yirigi Marg'ilonda, militsiyaning sobiq boshlig'i Muhammad Aminbek Ahmadbek o'g'li - Madaminbek edi. O'z oldiga sovet hokimiyatini ag'darish va Farg'ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo'ygan. Farg'ona vodiysida 1918-yilning o'rtalariga kelib taxminan yuzga yaqin guruhlarqizil armiya qismlariga qarshi kurash olib bordilar. Buguruhlarda 15000 yigit bor edi.
Turkistonda sovet hokimiyatiga qarshi harakat vujudga kelishining bosh sababi sovet hokimiyatining o'lkada yuritgan mustamlakachilik siyosati va bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar, korxonalarning davlat ixtiyoriga o'tkazilishi,xususiy mulkning bekor qilinishi, masjid, xususiy maktab vaqozixonalarning bekitilishi bo'ldi. Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakatni tashkiliy jihatdan uyushtirishda Farg'ona vodiysi, Buxoro va Xorazmdagi guruh rahbarlarining mazkur davrda bo'lib o'tgan o'ttizdan ortiq qurultoylarining ahamiyati katta bo'lgan. Ularda rahbarlar saylangan, yagona qo'mondonlik ostiga birlaslitirilganFarg'ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919-yil yozining oxiri va kuzida o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Madaminbek boshchiligidagi qo'shinlar safiga Jalolobodda turgan ruskrestyanlar armiyasining qo'shilishi vodiyda sovet hokimiyatini ag'darish uchun real kuch edi. Sentabr oyining dastlabki kunlarida Madaminbek lashkarlari Jalolobod va O'sh shaharlarini egallashdi. Shu bilan birga vodiydagi eng yirik strategik shaha-Andijonni qamal qilishga kirishdilar. Madaminbek boshchiligidagi qo'shinning hujumi Farg'ona vodiysini larzaga keltirdi. 1919-yil 22-oktabrda Madaminbek boshchiligidagi Farg'ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 yerli aholi va 8 rus vakili kiritildi. Madaminbek hukuma tboshlig'i bo'lish bilan birga, Oliy Bosh qo'mondon ham etib tayinlandi.Madaminbek siymosida sarkardalik, davlat va siyosat arbobiga xos sifatlar uyg'unlashgan edi. U vodiydagi sovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda o'z siyosiy boshqaruv usulini joriy qildi. Farg'ona vodiysiga bolsheviklar tomonidan qo'shimcha kuchlarning tashlanishi natijasida 1920-yil yanvar oyining o'rtalariga kelib jangovar tashabbus qizil armiya qo'liga o'tdi. Katta Ergash qo'rboshining qo'shini maglubiyatga uchragach, Shermuhammadbek asosiy kuchlarini olib Oloy vohasiga chekindi. Madaminbek vaqtdan yutish uchun Farg'onafronti qo'shinlari qo'mondonligiga yarash muzokaralari boshlashni taklif qildi. Natijada Madaminbek bilan 2-Turkiston o'qchi diviziyasining boshlig'i Veryovkin-Roxalskiy o'rtasida 1920-yil 6-martda Farg'ona shahrida yarash bitimi imzolandi.Shuni aytish kerakki, ko'pincha guruh boshliqlari o'zaro kelisholmasdi, ular orasida jipslik, hamjihatlik yo'q edi. Shuning uchun ham bu harakat mag'lubiyatg auchradi. Ammo Turkiston xalqlarining sovetlarga qarshi janglari 1920-yilda va undan keyin ham davom etdi. Farg'ona vodiysi va Samarqand viloyatidagi kurashlar bilan bir qatorda, endilikda Buxoro va Xorazmda hambosqinchi qizil armiyaga qarshi kurash boshlandi.1921-yil 13-sentabrda Farg'ona vodiysida favqulodda holat e'lon qilindi. 1921-yil noyabrda Farg'ona viloyatida harbiy diktatura o'rnatildi va Turkfront harbiy inqilobiy kengash a'zosi P.Baranov Farg'ona viloyatning harbiy boshlig'i qilib tayinlandi. Shermuhammadbek boshchiligida tuzilgan Turkiston muvaqqat hukumati 1922-yil oxirida tarqalib ketdi. Uning o'zi qator janglardan keyin 1922-yil dekabr oyining so'nggi kunlarida Buxoro respublikasi hududiga, 1923-yil bahorida esa Afg'oniston davlatiga o'tib ketdi. u harakat sovet totalitar tuzumi o'zbek xalqiga v abutun Turkiston xalqlariga o'tkazgan zulmi, istibdodiga qarshi qaratilgan edi. Lekin uning rahbarlari hammasi ham progressiv fikr yurituvchi bo'lgan deyish mumkin emas. Ayrimlari(masalan, Madaminbek) dunyoviy taraqqiyotga intilgan davlat qurmoqchi bo'lsa, boshqalari (masalan, Ibrohim-bek) Buxoroga amir hokimiyatini qaytarish tarafdori edi. Ularning ayrimlari dunyoqarashlari tor, bir-biridan ustun bo'lishni xohlar edilar. Shuning uchun ham ularorasida jipslik, hamjihatlik yo'q edi.Shu bilan birga sovet hokimiyati zo'ravonlik usulibilan xalqni o'ziga og'dirolmaganligini tushunib, ayrim islohotlarga yo'l ochib berdi. Masalan, yangi iqtisodiysiyosatning kiritilishi, vaqflarning qay-tarilishi, eski maktablarning qaytadan ochilishi urushlardan charchagan xalqni chalg'itdi. Ammo bu islohotlar vaqtincha nayranglar bo'lganligi qurolli harakat tugatilishidan keyin ayon bo'ldi va ular yo'qqa chiqarildi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling