1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


O’lka musulmonlarining favqulotda IV quriltoyi. Turkiston muxtoriyatining tashkil etilishi. Toshkеnt voqеalari. Qo’qon fojеasi


Download 0.72 Mb.
bet53/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

51. O’lka musulmonlarining favqulotda IV quriltoyi. Turkiston muxtoriyatining tashkil etilishi. Toshkеnt voqеalari. Qo’qon fojеasi. Siyosiy partiyalar tuzilishi, ular tomonidan dasturiy hujjatlar qabul qilishni Turkistonda milliy harakatning keng quloch yoyganidan dalolat berar edi. Biroq, Petrograddagi oktabr to'ntarishi oqibatida 1917-yil oktabr-noyabr oylarida Turkiston o'lkasida, xususan, Toslikentva Qo'qonda yuz bergan voqealar milliy-ozodlik harakatini butunlay boshqa yo'nalishdan ketishga majbur qildi. 1917-yil 26— 28-noyabrda (yangi hisob bilan 9—11-dekabrda) Qo'qon shahrida Turkiston o'lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo'lib o'tdi. Qurultoyishining butun tafsilotlari o'sha davr gazetalarida tarix uchun muhrlab qo'yilgan. Ushbu qurultoyda Turkistonni boshqarish shakli to'g'risidagi masalaqurultoyning diqqat markazida turdi. Bu masala muhokamasida so'zga chiqqanlarning ko'pchiligi Turkistonni muxtor respublika deb e'lon qilinishi o'lka aholisining ijtimoiy maqsadlaridan kelib chiqqani va unga mos turmushini uqtirdi. Qurultoyda 1917-yil 27-noyabr (yangi hisob bilan 10-dekabr) kuni kechqurun qabul qilingan qarorda shunday deyiladi: Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e'lon qiladi, shu bilan birga muxtoriyatning qaror topish shakllarini Ta'sis majlisiga havola etadi. 28-noyabr (11-dekabr) da tarkib topayotgan mazkur davlatning nomi aniqalnib, Turkiston Muxtoriyati deb ataladigan bo'ldi. Qurultoy o'sha kungi yig'ilishda Butunrossiya Ta'sis majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyat Turkiston Muvaqqat Kengaslii va Turkiston Xalq (Millat) Majlisi qo'lida bo'lishi kerak, deb qaror qabul qildi. Mustafo Cho'qay Bosh vazrr lavozimini bajarishga kirishdi. Vazirlardan uch kishi oliy ma'lumotli huquqshunos, ikki kishi o'rtacha malakali huquqshunos ekanligi muxtoriyat hukumati a'zolari bilim darajasining naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi. Oradan ko'p o'tmay Millat Majhsi tomonidan tasdiqlangan qonunlar e'lon qilindi, shuningdek, yangi hukumat mamlakat Konstitutsiyasini tayyorlashi uchun taniqli huquqshunoslarni jalb qildi. 1917-yil 26-dekabrda Turkiston Milliy bayrog'i qabul qilindi. «El bayrog'i», «Birlik tug'i», «Свободный Туркестан», «Известия Временного Правительство Автономного Туркестана» kabi hukumat gazetalari o'zbek, qozoq varus tillarida nashr qilina boshlandi. Turkiston Muxtoriyati hu-kumati balki butun Turkiston mintaqasida yasliayotgan tub yerli xalqlar tomonidan qizg'in qo'llab quvvatlandi. Muxtor hukumatning xalq o'rtasidagi obro'-e'tibori va nufuzi bolsheviklarni tashvishga solib qo'ydi. 1918-yil19—26-yanvar (1—8-fevral)da Toshkentda bo'lgan Turkiston o'lkasi ishchi, soldat vadehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda IV qurultoyida muxtoriyat masalasi asosiy o'rinda turdi. Qurultoy Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a'zolarini qonundan tashqari holatda deb, hukumat a'zolarini qamoqqa olish to'g'risida qaror chiqardi. Bolsheviklar bu qabih va mudhish hukmni amalga oshirishga zudlik bilan kirishdilar.
Atigi uch kun o'tgach, 30-yanvar (12-fevral)da Turkiston XKS Muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlarni boshladi. 30-yanvar kechqurun Skobelev shahridan Qo'qonga dastlabki qizil askar otryadlari to'p va pulemyotlar bilanyetib keldi. 31-yanvar tushdan keyin jang harakatlari boshlandi. 15-fevral (eski hisobbilan 2-fevral)da esa shaharda yong'inlar bo'ldi. Dastlabki jangda Muxtoriyatning milliy qo'shinidan tashqari qo'qonlik aholi vakillari ham qatnashdi.Vazirlarning ba'zilari Qo'qonni tark etishga majbur bo'ldi. Hukumatning boshqa a'zolari esa bolsheviklar tomonidan keyinchalik qo'lga olindi. Shahar ustida uch kun davomida to'plardan yondiruvchi snaryadlar otildi. Muxtoriyat qo'shinining tirik qolgan qismi shahardan chiqib ketdi.Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklarning qonli hujumlari oqibatida ag'darib taslilandi. Ammo Qo'qon va uning atroflarida tinch aholini talasli, o'ldirish avjga chiqdi. «Ulug' Turkiston» gazetasi chuqur qayg'u bilan xabarberganidek, «20(7)- fevral Ho'qand (Qo'qon) tarixiningeng dahshatli kuni edi. Armanilar ayricha faoliyat ko'rsatganlar...». Gazetadagi ushbu maqola «Ho'qandhozir o'liklar shahri» degan dahshatli ibora bilan tugaydi. Nihoyat, 1918-yil 22(9)- fevralda Qo'qon shahridagi bolsheviklar tomonidan tayyorlangan «tinchlik shartnomasi» imzolandi. Ushbushartnomaning ikkinchi moddasida: «Aholi o'lka Xalq Komissarlari Soveti hokimiyatini va barcha mahalliy sovet tashkilotlarini tan oladi», deb yozilgan edi. Turkiston Muxtoriyati hukumati atigi 72 kun umr ko'rgan bo'lsa ham, u erksevar xalqimizni milliy mustaqillik va istiqlol uchun kurasliga da'vat etdi. Vatan tuyg'usidek muqaddas tuyg'u qalbining to'ridan joy olgan Turkiston Munavvarlarining muxtoriyat uchun olib borgan kurashlari izsiz ketmadi.


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling