1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Turkiston birinchi jahon urushi yillarida. 1916 yildagi xalq qo’zg’aloni, uning mohiyati


Download 0.72 Mb.
bet51/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

49. Turkiston birinchi jahon urushi yillarida. 1916 yildagi xalq qo’zg’aloni, uning mohiyati. Birinchi jahon urushining Turkistonga ta'siri XX asrning boshlarida jahondagi yirik davlatlarning mustamlakalarga ega bo'lish masalasida o'zaro munosabatlari keskin ko'rinish oldi. Birinchi jahon urushida Rossiya, Angliya va Fransiya davlatlaridan iborat ittifoq – Antanta tomonida turib urushda qatnashdi. Rossiya imperiyasining birinchi jahon urushida ishtirok etishi uni iqtisodiy jihatdan yomon ahvolga solib qo'yadi. Busiz ham G'arbiy Yevropa davlatlaridan fan va texnika taraqqiyoti sohasida ancha orqada qolib ketgan bu mamlakat urush tufayli yanada nochor ahvolga tushib qoldi. Natijada podsho hukumati o'z mustamlakalaridan, jumladan, Turkiston o'lkasidan ham yanada ko'proq foyda olish uchun ularning tabiiy boyliklarini ko'proq o'zlashtirishga jon-jahdi bilan kirishdi. Uurush tufayli Rossiyada ommaviy safarbarlik e'lon qilinib safarbarlik Turkistonga ham tegishli edi. 1916-yil 25-iyunda Rossiya imperatori Nikolay II farmoni bo'yicha «front ortidagi xizmatlar uchun Turkiston, Sibir va Kavkazdan 19 yoshdan 43 yoshgacha bo'lgan erkaklar safarbarligi» boshlandi. Xalq bundan qattiq norozi bo'lgan. Turkiston erkaklarining o'z oilasini tashlab ketishi ularni ochlikka mahkum etdi. Ayniqsa, qishloq aholisining safarbar qilinishi qishloq xo'jaligini inqirozga olib keldi. Mardikorlikka boradiganlarning ro'yxatini tuzishda Turkiston mahalliy ma'muriyat vakillari adolatsizliklarga yo'l qo'ydilar. Hatto oilada bir nechta erkak bo'lishiga qaramasdan badavlat xonadon vakillari pora berib ro'yxatga yozilmasdi. Lekin kambag'al oilalardan garchi bitta erkak bo'lsa ham ro'yxatga kiritilardi. Mahalliy aholi o'rtasida mardikorlikka olishga qarshi keng ommaviy chiqishlar boshlanib ketdi. 1916-yilda mardikorlikka olinadiganlar ro'yxatini tuzadigan mahalliy boshqaruv vakillari tomonidan aholini zo'rlash, tazyiq o'tkazish kabi holatlar avj oldi. Norozilik harakatlarida dehqonlar, hunarmandlar, mayda savdogarlar, ishchilar va aholining boshqa ijtimoiy qatlamlari vakillari ishtirok etdi. Mardikorlikka qarshi harakatlarning keng ommaviy tus olishidan mustamlaka hukumati, o'lka va viloyat ma'murlari xavotirga tushdi. Qo'zg'olonning Turkiston bo'ylab tarqalishi 1916-yil 4-iyulda Xo'jand shahrida norozilik bildirib ko'p sonli aholi yig'ildi. Ular mardikorlikdan bosh tortdilar. 5-iyulda Samarqandning Urgut qishlog'ida, keyinchalik Siyob, Mahalla, Xo'ja Ahror, Angorda, 7-iyulda Dahbedda norozilik chiqishlari bo'lib o'tdi. Namoyishchilar mahalliy boshqaruv vakillarini kaltaklab, ro'yxatlarni yirtib tashladilar. Mardikorlikka qarshi qaratilgan norozilik harakatlari bir necha kun ichida butun o'lka bo'ylab yoyildi. Namoyishchilar mustamlakachi hukumat tomonidan kuch bilan tarqatilib, qarshilik qilganlar qattiq jazolandi. Toshkentda ham norozilik chiqishlari boshlanib, ll-iyulda ko'p sonli aholi Beshyog'ochdagi politsiya mahkamasi oldiga to'plandilar. Qo'zg'olon faollaridan Rizvonbibi Ahmadjonova politsiyaga qarata «Bizni o'ldirsanglar ham o'g'illarimizni sizlarga bermaymiz», deb xitob qilgan. Politsiyachilar esa o'q uzib uni og'ir yarador qilgan. Qo'zg'olon harbiy kuchlar tomonidan qiyinchilik bilan bostirildi. Bu voqealardan keyin norozilik harakatlari Toshkent shahri atrofidagi qishloqlarga, Farg'ona viloyatining Qo'qon, Rishton, Marg'ilon, Andijon, Namangan uyezdlarida keskin tus oldi. Ularga politsiya va harbiy kuchlar qarshi qo'yildi.. Qo'zg'olonchilar mardikorlikni bekor qilishni talab qilib, mahalliy ma'muriyat idoralariga bostirib kirdilar. Ular mustamlakachilarning xizmatida bo'lgan mahalliy ma'muriyat vakillari uylariga, ma'muriy binolarga o't qo'ydilar, 2 mirshab o'ldirildi va bir necha kishi jarohatlandi. Qo'zg'olonning kuchayib ketganligidan xavotirga tushgan viloyat ma'muriyati zudlik bilan ularga qarshi jazo polkini yubordi. Ular qo'zg'olonchilarni o'qqa tutib, 63 kishini otib o'ldirdi va ko'pchilikni yarador qildi. Shahrixonda ham qo'zg'olonchilardan 16 kishi o'ldirildi, ko'pchilik yarador bo'ldi. Mustamlakachi hukumat politsiyasi va harbiy kuchlari bilan qo'zg'olonchilar o'rtasida ayovsiz janglar natijasida qurolsiz 1916-yil Toshkentdagi qo'zg'olon namoyishchilardan ko'pchiligi o'ldirildi, yarador qilindi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bo'lganligi, mustamlakachilarning beshafqat siyosatini yana bir bor fosh qildi. Podsho farmoniga muvofiq, Turkiston o'lkasining Sirdaryo viloyatidan 87 ming, Samarqanddan-38 ming, Farg'onadan-50 ming kishini mardikorlikka yuborish belgilanadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling