Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi biologiya fani o’qituvchisi Jalolova Shohida Mavzu: Havo gigiyenasi Havoning kimyoviy tarkibi - Havo — gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodningtabiiy aralashmasi. H. va suv taʼsirida Yer sirtida muhim geologik jarayonlar sodir boʻladi, ob-havo va iqlim shakllanadi. H. deyarli barcha tirik organizmlarning yashashi uchun zarur kislorod manbaidir (qarang Aeroblar, Nafas). Yoqilgʻining H.da yonishidan odamlar oʻz turmush va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur issiqlik olishda qadimdan foydalanib kelishadi. Utmishda olimlar H.ni mavjudlikning asosini tashkil etuvchi elementlardan biri deb hisoblashgan. H.ni mustaqil modda degan tushuncha 18-asr oxirigacha davom etib keldi. 1775—77 yil fransuz kimyogari A.La-vuazye H. tarkibida azot va kislo-rod, 1894-yil ingliz olimi U.Ramzay va J.Reley argon borligini isbotladi. Shundan keyin H. tarkibida boshqa inert gazlar ham mavjudligi aniqdandi
Do'stlaringiz bilan baham: |