2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja


Download 354.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana20.11.2023
Hajmi354.51 Kb.
#1789794
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2-mavzu gigiena 4ks



2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va 
tuproq gigiyenasi. 
Reja: 
1. Havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari.
2. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida havo gigiyenasining ahamiyati . 
3. Harorat, namlik, havoning harakat tezligi va yo‘nalishi. Barometrik bosim. 
4. Tashqi sharoitning o‘zgarishiga odam organizmining moslashuvi. 
5. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini o‘tkazishda ob-havoning ta’siri. 
6. Iqlim va akklimatizatsiya (Klimatning o‘zgarishi). 
7. Iqlim va uning organizmga ta’siri.
8. O‘zbekiston sharoitida iqlimning o‘ziga xosligi, mikroiqlim (kichik iqlim), 
adaptatsiya (moslashuv). 
9. Suvning organoleptik kimyoviy va epidemiologik xususiyatlari. 
10. Ichimlik suviga bo‘lgan gigienik talablar. 
11. Suvning qattiqligi. Suvni tozalash va zararsizlantirish. 
12. Jismoniy tarbiya va sport amaliyotida tuproq gigiyenasi ahamiyati. 
13. Tuproqning asosiy hususiyatlari. Uni zararsizlantirish va tuproqni tozalash.
Havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari 
Havo eng muhim omil bо‘lib, usiz inson organizmi о‘z hayotiy funksiyalarni uzoq 
vaqt saqlab qololmaydi. Havo nafas olish uchun juda zarur va issiqlik almashinuvida 
qatnashadi. Shu bilan birga atmosfera organizmga bir qadar ta’sir etishi mumkin 
bо‘lgan elektrik kuchlar va har-xil radiatsiyalar harakati maydoni bо‘lib xizmat qiladi. 
Inson kerakli paytda tashqi muhitning organizmga zararli ta’sirini yо‘qotuvchi yoki
pasaytiruvchi maxsus sogʻlomlashtirish choralarini qо‘llash orqali har-xil atmosfera 
sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir. Bunga atmosfera sharoitlarining 
sanitariya holatini yaxshilash va organizmning zararli omillarga qarshiligini oshirish, 
masalan, salqinlatish bilan erishiladi. Qator hollarda havoning о‘zidan shifobaxsh, 
chiniqtiruvchi omil sifatida foydalaniladi Havoning organizmga bevosta ta’siridan 
tashqari kiyimlar, qurilish materiallari, tuproq va boshqalarning gigiyenik xossalarini 
о‘zgartirib bilvosita ta’sir etishi mumkin. Havoning gigiyenik harakteristikasi quyidagi 
о‘rsatkichlar yigʻindisidan iborat: 
a) havoning fizikaviy xossalari – temperaturasi, namligi, harakati, atmosfera 
bosimi, quyosh radiatsiyasi, elektrik holati, ionlantiruvchi radiatsiya, 
b) ximiyaviy tarkibi – havoning doimiy tarkibi va yot gazlar; 
v) mexanik aralashmalar – chang, tutun, qurum aralashmasi; 
g)mikroflora (mikroorganizmlar) – bakterial ifloslanish borligi 
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida havo gigiyenasining ahamiyati
 
Havoni tarkibiy qismidagi moddalar odamni hayotidagi oksidlanish va qaytarilish 
jarayonlarida ishtirok etib, odamni hayot faoliyatini ta'minlaydi, biokimyoviy jarayon 
turli bosqichlarda kechadi: hujayra, toʻqima, a'zo, organizm. Havo gazlar 
almashinuvidagi hamma moddalarni qabul etadi. Havo yuqori samarali, nisbatan 
ekologik vosita. Turli sogʻlomlashtirish tizimlarida kuchli chiniqtiruvchi vosita sifatida 
foydalaniladi. Havo muhitini sifatini asosiy gigiyena koʻrsatkichlari:
- Havoni fizikaviy xossasi (harorat, namlik, harakat tezligi atmosfera bosimi, 
quyosh radiatsiyasi, elektr holati, ionlashtiruvchi radiatsiya).


- Kimyoviy tarkibi (doimiy kimyoviy tarkibni nisbati va kontsentratsiyasi chetdan 
kimyoviy ifloslantiruvchi bor yoki yoʻqligi, gazlar miqdori). Har turli mexanik 
aralashmalarning bor yoki yoʻqligi (organik yoki anorganik changlar, tutun, qora tutun). 
- Bakteriyalar bilan ifloslanganligi (mikroorganizmlarni bor yoki yoʻqligi). 
Yuqorida koʻrsatilgan hamma omillar havo muhitini odam organizmiga aniq bir omili 
ta'sir etishini koʻrsatadi va uni sifatini aniqlashda mustaqil oʻziga xos koʻrsatkich 
hisoblanadi. 
Gigiyena tomondan katta amaliy ahamiyatga ega boʻlgan havo qatlami troposfera 
hisoblanib, u еryuzasidan 10-12 km hosil qiladi, odamni hayot faoliyati troposferada 
kechadi. Havoning asosiy fizik xossalari: harorat, namlik, havoning harakat tezligi, 
barometrik bosimi hisoblanadi. Harorat, namlik va havoni harakat tezligi odamni 
issiqlik almashinuviga ta'sir koʻrsatadi va oʻrab turgan muhit bilan issiqlik 
almashinuvini aniqlaydi (nafas olganda namlikni bugʻlanishi, issiqlik berish, 
konventsiya). 
Harorat, namlik, havoning harakat tezligi va yo‘nalishi. Barometrik bosim. 

Download 354.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling