2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja


Download 354.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana20.11.2023
Hajmi354.51 Kb.
#1789794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
2-mavzu gigiena 4ks

Shamol 
tezligi m/s. 
Shamolning 
harakat kuchi. 
Shamol tezligining ko`rsatgichlari. 
0-0,5 m/s 
sezilmaydi 
tutun yuqoriga ko`tariladi, daraxt barglari qimirlamaydi. 
0,6-1,7 m/s 
jim 
Flyuger, ya`ni parrakni harakati sezilmaydi. 
1,8-3,3 m/s 
yengil 
daraxt barglari qimirlaydi, yuzda seziladi. 
3,4-5,2 m/s 
kuchsiz 
daraxt barglari qimirlaydi, bayroq xilpiraydi. 
5,3-7,4 m/s 
me`yorida 
ingichka novdalar harakatlanadi, chang ko`tariladi. 
7,5-9,8 m/s 
kuchsiz 
novdalar qimirlaydi. 
9,9-12,4 m/s 
kuchliroq 
yo`g`on shoxlar qimirlaydi. 
12,5-15,2 
m/s 
kuchli 
yo`g`on shoxlar bukuladi, shamolga qarshi tomonga 
yurganda uning qarshiligi seziladi. 
15,3-18,2 
m/s 
Juda kuchli 
ingichka shoxlarni sindiradi, shamolga tomon yurishni 
qiyinlashtiradi. 
18,3-21,5 
m/s 
Shtorm bo`ron 
daraxtlarni sindiradi, bino tomlardagi shiferlarni sindiradi, 
vayronagarchilikni vujudga keltiradi. 
Atmosfera bosimi.
Atmosfera yoki barometrik bosim еr sharining turli hudularida bir xil bo`lmaydi. 
U o`zgarib turadi. 
Balandlikda havo bosimi pasayadi, sovuq havoda bosim ko`tariladi. 


Havoning normal bosimi 1 atmosferaga teng bo`lib, u dengiz sathi tekisligida, 
havoning 0 darajasida 760mm. simob ustuniga tenglashtiriladi. 
Bu sharoitda atmosfera еrning 1 sm² yuzasini 1033 gramm (o`rtacha 1 kg) kuch 
bilan bosib turadi. 
Kun davomida atmosfera bosimi 4-5 mm.ga, yilning turli davrlarida 20-30mm.ga 
o`zgarib turishi mumkin. 
Bu o`zgarishlar sog`lom va chiniqqan odam organizmiga sezilmaydi. Ammo 
revmatizm, gipertoniya, nevroz va boshqa surunkali kechayotgan kasalliklari bo`lgan 
odamlarda mazkur kasalliklarning xuruj qilishiga, ya`ni kasallik belgilarining namoyon 
bo`lishiga olib kelishi mumkin. 
Atmosfera bosimining pasayishi havo bulut bo`lgan kunlarda kuzatiladi, yomg`ir, 
qor yog`adi. 
Atmosfera bosimining ko`tarilishi qishda, quruq, ochiq va sovuq havoda 
kuzatiladi (Antisiklon). 

Download 354.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling