2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja
Ob-havo o`zgarishini aniqlashning sportda gigiyenik ahamiyati
Download 354.51 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu gigiena 4ks
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog` kasalligi.
Ob-havo o`zgarishini aniqlashning sportda gigiyenik ahamiyati.
Sport musobaqalari, turistik yurishlarni rejalashtirishda ob-havo o`zgarishlarini oldindan aniqlash va e`tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Metereologik stansiyalar ob-havo o`zgarishini bir oy oldin aniqlash imkoniga ega. Balandlikka ko`tarilganda atmosfera bosimi pasayadi. Bosimning pasayishi bilan birgalikda havo tarkibida kislorod kamayadi. O`pka alveolalariga tashqi muhitdan nafas bilan kirgan havo tarkibidagi kislorod miqdori ham kamayadi. Bu esa qon eritrotsitlaridagi gemoglobinga kislorod birikishining ham kamayishiga, to`qima- hujayralar kislorod bilan ta`minlanishining yomonlashuviga olib keladi. Normal sharoitda atmosfera bosimi 760 mm. simob ustuniga teng bo`lib, undagi kislorod bosimi 159 mm. simob ustuniga teng. O`pka alveolalarida kislorod bosimi 105 mm. simob ustuniga teng bo`ladi. Shunda gemoglobinning kislorod bilan to`yininshi 94-97 % bo`ladi. Yerdan 2 km balandlikda gemoglobinning kislorodga to`yinishi 92 %, 4 km balandlikda 82-85 %, 6 km balandlikda 70% gacha kamayadi. To`qima-hujayralarga qon orqali kislorod еtarli bormasligi tufayli ularda oksidlanish jarayoni buziladi, gipoksiya vujudga keladi. Balandlik 1,5-3,5 km. gacha bo`lgan sharoitda havodagi kislorodning еtishmovchiligi nafas olish va yurak ishining, qon aylanishning tezlashuvi, suyak ko`migida eritrotsitlar ishlab chiqarilishining ko`payishi hisobiga qoplanishi mumkin. Ammo, 4 km va undan yuqori balandlikda yuzaga keladigan havodagi kislorod еtishmovchiligini qoplab (kompensatsiya qilib) bo`lmaydi va to`qimalarda gipoksiya (kislorod еtishmasligi) holati vujudga keladi. Tog` kasalligi. Balandlikda kislorod еtishmovchiligi tog` kasalligini yuzaga keltiradi. Tog` kasalligi quyidagi belgilar bilan namoyon bo`ladi: - ichaklarda gaz to`planib, ular shishadi, bu esa qorinda og`riqni yuzaga keltiradi. Shishgan ichaklar diafragmani yuqoriga ko`taradi va o`pka qisilib, nafas olish qiyinlashadi; - teridagi va shilliq qavatlardagi qon tomirlar kengayadi, bu esa burundan, oshqozon-ichaklardan qon oqishini yuzaga keltiradi; - o`rta quloqning nog`orasimon pardasi tashqariga bo`rtib chiqadi va quloqda og`riq paydo bo`ladi. Bu paytda og`riqni kamaytirish uchun odam esnash, og`zidagi so`lakni kuch bilan yutishi kerak; - muya to`qimasini kislorod bilan ta`minlanishi buzilishi tufayli odamni uyqu bosadi. Xotirasi pasayadi, harakatlanish muvozanati buziladi. Alpinistlar 4 km.dan yuqori balandlikda kislorod asboblari orqali nafas oladilar. Juda chiniqqan alpinistlar 7-8 km. gacha asboblarni qo`llamagani amaliyotda kuzatilgan. - 4-4,5 km balandlikda joylashgan qishloq aholisi yoshlik davridan kislorod еtishmovchiligiga moslashadi, shu bois ularga havodagi kislorod еtishmovchiligi sezilmaydi. Download 354.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling