2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja


Suvni tozalash va zararsizlantirish


Download 354.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana20.11.2023
Hajmi354.51 Kb.
#1789794
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2-mavzu gigiena 4ks

Suvni tozalash va zararsizlantirish. 
Suvni tinitish – suvni tozalashning birinchi bosqichi hisoblanadi. Buning uchun 
vodoprovod suvi maxsus tinitish havzasida tinitiladi. 
Suvdagi loyqalatuvchi moddalarni cho`ktirish uchun koagulyant sifatida suvga 
alyumin sulfati (glinozem) qo`shiladi. Bu suvdagi kalsiy, magniy tuzlari bilan 
reaksiyaga kirib ularni va ular bilan birga boshqa moddalar, hamda bakteriyalarni 
cho`ktiradi. 
Suvni filtrlash. Tinitilgan suv filtrlanadi. Buning uchun suv maxsus rezervlarga 
solingan 0,6-1 metr qalinlikdagi qumdan o`tkaziladi. Filtratsiya natijasida suv gijja 
tuxumlari, bakteriyalardan va boshqa yot moddalardan tozalanadi. Suv tiniq, rangsiz, 
hidsiz, yoqumli ta`mli sifatlarga ega bo`ladi. 
Suvni zararsizlantirish (dezinfeksiya qilish). 
Suvni xlorlash. Suvdagi mikroblarni yo`qotish maqsadida qo`llaniladi. Buning 
uchun havzadagi suv maxsus po`lat balonlarda saqlanadigan gazsimon xlor bilan 
xlorator asbobi yordamida xlorlanadi. 
Normada xlorlangan suvning 1 litrida 0,3-0,4 mg xlor bo`lishi kerak. Agar 1 litr 
suvda xlor miqdori 0,5 mg dan ko`p bo`lsa suvda xlorning yoqimsiz hidi bo`ladi. 
Suvni zararsizlantirishda xlorlashdan boshqa usullar ham qo`llaniladi. Masalan, 
suvni ozonlash, ultrabinafsha nurlari ta`sir qildirish kabilar. 
 
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida tuproq gigiyenasining ahamiyati. 
Tuproq havo va suv kabi muhit hisoblanadi. U bilan odam bevosita butun hayoti 
davomida birga bо‘ladi. Yer yuzida yashaydi, tuproqdan suvni kavlab oladi. Har turli 
qazish ishlari va qishloq xо‘jalik ishlarini bajarib, odam doimo ba’zi bir tuproq 
faktorlari ta’sirida bо‘ladi. Ular sharoitga qarab inson sog’lig’iga har-xil ta’sir 
kо‘rsatadi. 
Tuproqning ustki qavati murakkab mineral birikmalar kompleksidan (90-99%) va 
organik moddalardan (1-10%) iborat. Mineral qismi asosan qum, tuproq, ohak, loy va 
ular tarkibiga kiruvchi kremniy, alyuminiy, kalsiy, magniy tuzlari va boshqalardan
organik qismi о‘simliklar qoldig’i va hayvonlar organizmi mahsulotlari chirishi 
natijasida hosil bо‘ladigan chirindidan (gumus) iborat. 
Tuproqning bu qavati juda kо‘p miqdorda mikroblar saqlaydi. Tpurpoqning 
geologik tuzilishiga qarab quyidagicha tafovut qilinadi; qum tuproq (80% dan ortiqrog’i 
qum), qumloq tuproq (60% dan kо‘prog’i tuproq), sog’ tuproq, shо‘rhok (xloridlarga 
boy), qora tuproq (20% kо‘prog’i chirindi), tо‘rfli tuproq va boshqalar. 

Download 354.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling