2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja
Tuproqni tozalash va zararsizlantirish usullari
Download 354.51 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu gigiena 4ks
Tuproqni tozalash va zararsizlantirish usullari.
Tuproq doimo har-xil chiqindilar bilan ifloslanadi vaagar ular tozalanish qobiliyatiga ega bо‘lmaganida edi unda еrda hayot bо‘lmas edi. Tuproq organik moddalarni epidemiologik jihatdan juda havfli noorganik moddalar – mineral tuzlar va gazlarga aylantirish mumkin. Bu juda ham murakkab protsess, bu о‘z-о‘zidan tozalanish deb aytiladi. U shunday yuz beradi: tuproqqa tushgan organik moddlar о‘zidagi kasal tug’diradigan mikroblar va gijja tuxumlari bilan birga qisman filtlanib, ushlanib qoladi va yutilib ketadi. Bioximiyaviy va mikrobiologik va protsesslar ta’sirida axlatlar tuproqdan о‘tib yoqimsiz hidini, zaharliligini va boshqa xususiyatlarini yо‘qotadi, ximiyaviy tarkibi radikal о‘zgarishiga uchraydi. Chiqindilarning uglevod qismi tuproqda karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi; yog’lar glitserin va kislotalarga parchalanadi, shundan keyin karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi; oqsillar aminokislotalarga parchalanadi va undan azot ammiak formasida ajralib chiqadi, keyin oksidlanib nitrat va nitrit kislotalarga parchalanadi. Tuproqni o`z-o`zini tozalashi. Tuproqni o`z-o`zini tozalashi deb epidemiologiya tomonidan yuqumli kasalliklarni chaqiruvchilarni – organik moddalarni noorganik moddalarga- mineral tuzlarga va gazlarga aylantirib yuborish xususiyatiga aytiladi. Tuproqni o`z-o`zini tozalash tuproqqa tushgan organik moddalar, kasallik chaqiruvchi mikroblar, gijja tuxumlarini sekin-asta filtirlanib o`tishdan, unga singib ketishidan iborat bo`ladi. Biokimyoviy, biologik, geokimyoviy jarayonlar natijasida tuproqdan o`tish bilan rangsizlanadi, qo`lansa hidlar yo`qoladi, zaharli xususiyati, kasal chaqirish xususiyati va boshqa salbiy xususiyatlari yo`qoladi. Tuproqni epidemiologik ahamiyati. Bakteriyalar, aktinomitsetlar, mikoplazm, zamburug`lar, parazit zamburug`lar, suvo`tlari, lishayniklar, sodda hayvonlar uchun tuproq nihoyatda yaxshi muhit hisoblanadi. Bir gramm tuproqda 500 dan 500000 tagacha sodda mikroorganizmlar bo`lishi mumkin. Tuproq orqali ko`pchilik yuqumli kasalliklar yuqishi mumkin, shuning uchun epidemiologik ahamiyatga ega. Kasal chaqiruvchi mikroorganizmlar odamlarni chiqindi mahsulotlari bilan (hayvon va odamni) tuproq ifloslanadi. Tuproqda kasal chaqiruvchi anaeroblar bo`lishi bilan yanada xavfli hisoblanadi. Qoqshol, gazli gangrena, botulizm kasalliklarini chaqiruvchilari odamni hamda issiq qonli hayvonlarni chiqindi mahsulotlari bilan tuproqqa tushadi unda spora hosil etadi va yillab hayot faoliyatini saqlab turadi. Agarda tuproqdagi spora odam yiqilganda, qoqilganda terisini butunligi buzilib ezilsa, shilinsa unga tuproq tegsa odamga yuqadi. Odamda botulizm kasalligi ozuqa moddalariga konservalarga tuproq tushsa, botulizm kasalligi sporalari odamga yuqadi. Sibir yarasini chaqiruvchilari uchun tuproq juda yaxshi muhit hisoblanadi. Tuproqda sibir yarasini chaqiruvchi mikrob nafaqat o`lmay qoladi, hattoki tuproqda ko`payadi ham. Organik moddalar bilan ifloslangan tuproq mikroblarni yashashi va rivojlanishi uchun yaxshi muhit hisoblanadi, gijja tuxumlari hasharotlarning lichinkalari uchun ham yaxshi muhit hisoblanadi. Download 354.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling