2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja


Download 354.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana20.11.2023
Hajmi354.51 Kb.
#1789794
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
2-mavzu gigiena 4ks

Mavzuga oid nazorat savollari 


1. Ob-havo deb nimaga aytiladi? 
2. Mavsumli kasalliklar yuzaga kelishi deganda nima tushuniladi? 
3. Iqlim nima va uni tariflang? 
4. Mikroiqlim to`g’risida tushuntirib bering? 
5. Akklimatizatsiya deb nimaga aytiladi? 
Tayanch iboralar va tushunchalar 
1. Ob-havo. 
2. Mavsumli kasalliklar yuzaga kelishi. 
3. Iqlim. 
4. Mikroiqlim. 
5. Akklimatizatsiya. 
Suvning odam organizmi uchun ahamiyati.
Suv odam organizmi uchun muhim ahamiyatga ega. Odam tanasi vaznining 63 % 
ini suv tashkil etadi. Odam tanasi tarkibidagi suvning ko`p qismi hujayra ichida, hujayra 
oraliq bo`shlig`ida, shuningdek, qon, limfa tarkibida, oshqozon-ichaklarning shilliq 
pardalarida joylashgan bezlardan ishlab chiqariladigan shira suyuqligida, limfa 
bezlarining suyuqligida bo`ladi.
Suv organizmda kechadigan hamma jarayonlarda ishtirok etadi. 
Odam tana vaznining 63 % ini tashkil etadigan suv miqdori 20% ga kamaysa, 
hayot to`xtaydi.
Bir odam uchun suvning kunlik miqdori. 
Shahar joylarida suvning kunlik miqdori kanalizatsiya bilan ta`minlanganlik yoki 
ta`minlanmaganlikka bo`g`liq. 
1. Kanalizatsiya bilan ta`minlangan yirik markaziy shaharlarda bir odam uchun 
suvning sarflanishi 300-400litrni tashkil etadi; 
2. Kanalizatsiya bilan ta`minlangan o`rtacha shaharlarda bir odamga kunlik suv 
sarfi 170-250litrga teng; 
3. Kanalizatsiya bilan ta`minlanmagan kichik shaharlarda bir odamga kunlik suv 
sarfi 40-60litrni tashkil etadi; 
4. Iste`mol qilish uchun bir odamga bir kecha-kunduzda o`rtacha 3 litr suv kerak 
bo`ladi. Buning yarmi ovqat tarkibida qabul qilinadi. Tashqi muhit harorati yuqori 
bo`lganida, jismoniy mashq va og`ir jismoniy mehnat bilan shug`ullanganda suvga 
bo`lgan kunlik ehtiyoj 6-8 litrga ko`payadi. 
Suv sifati. 
Suv sifati uning fizikaviy xususiyatlariga kimyoviy tarkibiga, suvdagi bakteriyalar 
va gelment (gijja) tuxumlari bor-yo`qligiga bog`liq. 

Download 354.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling