Cho’miladigan tabiiy basseynning hohlagan joyida 4 m chuqurlikda 20 sm
diametrli oq disk, sun’iy basseynning hamma joyidan 15 sm diametrdagi atrofi qoraga
bo`yalgan oq disk ko`rinishi kerak.
Suvning rangi. Ichinmlik suvi rangsiz bo`lishi kerak. Basseyn suvi ham rangsiz
bo`lishi lozim.
Suvning hidi. Ichimlik va basseyn suvi hidsiz bo`lishi lozim.
Suvning ta`mi. Suv o`ziga xos yoqimli ta`mga ega bo`lishi kerak.
Suvning harorati. Iste`mol qilinadigan suvning harorati +7 - +12
daraja iliq
bo`lishi kerak.
Cho`miladigan basseyn suvining harorati yoshi kattalar uchun +25 - +26 daraja
iliqlikda, bolalar uchun +26 darajadan past bo`lmagan iliqlikda bo`lishi tavsiya etiladi.
Suvning kimyoviy tarkibi.
Suvning reaksiyasi. Ichimlik suvi kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega bo`ladi. рH -
6,5-8,5.
Suvning quruq qoldig`i. Bir litr suvni qaynatib bug`lantirgandan
keyin idish
tagida qolgan suvning quruq qoldig`i 500-600 mg tuz cho`kmalaridan iborat bo`ladi.
Agar qoldiq bir litr suvda 1000mg va undan ko`p bo`lsa, bu esa minerallashgan,
ya`ni tuzi ko`p
sho`r suv deyiladi.
Suv tarkibidagi mineral moddalar.
Xloridlar – 1 litr suvda 20-30mg.dan
oshmasligi kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: