2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja


Download 354.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/20
Sana20.11.2023
Hajmi354.51 Kb.
#1789794
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2-mavzu gigiena 4ks

Havoni harorati.Bu doimo odam tanasiga ta'sir etuvchi fizik xossasi. Issiqlikni 
asosiy manbai boʻlib еryuzida issiqlik quyosh nurlanishi hisoblanadi, natijada tuproq 
isiydi va u еryuzasiga yaqin boʻlgan havo qatlamini qizdiradi. Havoni harorati asosan 
quyosh energiyasiga bogʻliq boʻladi (har kunlik va yillik), dengiz sathidan еryuzasining 
kengligiga va balandliliga, dengiz va okeanlardan uzoqliliga, oʻsimliklarni bor yoki 
yoʻqligiga bogʻliq boʻladi. Haroratni asosiy gigiyena ahamiyati uni odam issiqlik 
almashinuviga koʻrsatgan ta'siridan iborat boʻladi. Harorat yuqori boʻlsa, issiqlik sarfi 
kamayadi, harorat past boʻlsa, issiqlik almashinishi ortadi. Odamni tashqi muhitni 
ozgina oʻzgarishiga ya'ni havo haroratini oʻzgarishiga murakkab issiqlik boshqarish 
mexanizmi ta'minlab beradi. Buni asosida odam tanasi issiqlikni ishlab chiqarishni 
hajmini oʻzgarishiyotadi, (oksidlanish qaytarilish jarayonlarini turli tumanligi
energiyani ajralish hajmi) va bu eyenrgiyani tashqi muhitga berish (terini periferiyada 
joylashgan tomirlarini diametri oʻzgarishi va qonni ichki a'zolarga, chuqurda 
joylashgan toʻqimalarga koʻchishiyotadi). Odamni fizikaviy usulda issiqlikni 
boshqarishida issiqlik balansida turli usullarda issiqlikni oʻtkazish mexanizmi yotadi. 
Ularni asosiylari: 
- Tana yuzasidan sovuq buyumlarga nurlanish usulida oʻtishi. 
- Odamni tanasiga tegib turgan havoni isitish usulida konvektsiya usulida oʻtishi. 
- Odamni terisi va shilliq qavatlaridan parchalanish usulida oʻtishi. 
Havo namligi deganda har qanday gaz singari simob ustunining mm balandligi 
bilan о‘lchanadigan havodagi suv bugʻlarining zichligi tushiniladi. Agar suv 
bugʻlarining zichligi chegaradan oshib ketsa, fazo suv bugʻlari bilan tо‘yinadi; bundan 
ham oshib ketishi namlikning tuman, shudring yoki qirov holida ajralishiga olib keladi. 
Har bir havo temperaturasiga muayyan darajada suv bugʻlari bilan tо‘yinganlik tо‘gʻri 
keladi. Temperatura qancha yuqori bо‘lsa havoda suv bugʻlari shuncha kо‘p saqlanadi. 
Fiziologik jihatdan organizm tashqi muhitning yuqori temperaturasiga moda 
almashinishini pasaytirish yо‘li bilan, shuningdek tarkibida yogʻ kо‘paygan ter 
ajralishini kuchaytirish orqali ham moslashadi, bu esa terning teri yuzasida ancha teng 
taqsimlanishiga va bugʻlanishiga sabab bо‘ladi Havo temperaturasining issiqlik 
almashinuviga ta’siri uning muhim gigiyenik ahamiyati hisoblanadi. Yuqori 
temperatura tanadan issiqlik ajralishini chegaralasa, past temperatura uni kuchaytiradi. 


Markaziy 
nerv 
tizimsi 
orqali 
nazorat 
qilinib 
turuvchi 
termoregulyator 
mexanizmlarining еtukligi tufayli odam har-xil temperatura sharoitlariga kо‘nikishi va 
yuksak temperaturalardan sagʻal oshgan isiqlikka ham hiyla vaqt chidashi mumkin 
Quyosh еrdagi issiqlikning manbai bо‘lib xizmat qiladi. Uning isitishi avvalo, еrga еtib 
kelib issiqliq energiyasiga aylanuvchi yorugʻlik nurlari hisobiga bо‘ladi. Atmosfera 
deyarli faqat issiq nurlangan tuproqdan isiydi. Shuning uchun еr bilan tutashib turgan 
pastki havo qatlamining temperaturasi yuqori qatlamlar temperaturasidan issiqroq 
bо‘ladi. Yerdan uzoqlashishi bilan u taxminan har yuz metrda 0,5 gradus pasayadi. 
Iqlim deganda muayyan joy uchun harakterli bо‘lgan va qup yillik kuzatishlar 
natijasida niqlangan о‘rtacha holati tushiniladi. Ob-havo deganda esa mazkur sharoitda 
vaqtinchalik meteriologik sharoit tushiniladi. Bunda о‘proq havo temperaturasi namligi, 
harakat tezligi, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasining kuchlanishi, bulutlar va 
yogʻingarchilik miqdori nazarda tutiladi. Lekin metereologik omillar tegishli о‘rtacha 
kattalik, u klimni mediko-biologik nuqtai nazardan еtarli darajada harakterlab bermaydi 
va unga tо‘la-tо‘kis gigiyenik baho berish uchun temperatura va boshqa kattaliklar 
tebranish ampletudasi va bular sodir bо‘ladigan muddatning eng kichik ahamiyatini 
ham bilish zarur. 
Akklimatizatsiya – odam organizmining yangi iqlim sharoitiga kо‘nikish 
qobiliyati – akklimatizatsiya deyiladi. Akklimatizatsiya muammosi har-xil sharoitlari 
bilan farq qiladigan Yangi qator rayonlarning о‘zlashtirilishi tufayli aktual ahamiyatga 
ega bо‘lib qoladi. Bu mamlakatning har-xil oblastlarida, chet-ellarda musobaqa 
о‘tkazuvchi sportsmenlar uchun ham zarur. 
4 Mikroiqlim – bu termin chegaralangan maxsus joy territoriyasining iqlimini 
harakterlaydi. Masalan: turar-joyning ba’zi bir aholi yashaydigan joylarida kurort, 
turistik lagerlardagi iqlim vahakazo. О‘ziga xos relyefi, еrning qatlami, 
kо‘kalamzorlashtirilganligi, suv havzasining mavjudligi, territoriyasining qurilish 
tizimsi va boshqalar tufayli qushni punktlarning mikroiqlim xususiyati har-xil bо‘lishi 
smumkin. Joyning mikroiqlim xususiyatlarini hisobga olish, turar-joy qurilishlari, sport 
inshootlari, maktab, kasalxonalar qurish uchun sanitariya taraflari jihatidan qulay joy 
tanlashga imkon beradi.

Download 354.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling