Odam organizmida issiqlik almashinuvi kimyoviy va fizikaviy usullar
yordamida boshqariladi.
Odam organizmida issiqlik almashinuvini kimyoviy usulda boshqarilishi
quyidagicha bo`ladi:
1. Havo harorati past bo`lganda (+15º va past) organizmda ovqat moddalarining
parchalanishi
kuchayib, issiqlik energiyasining hosil bo`lishi ko`payadi.
2. Havo harorati + 25º dan yuqori bo`lganda ovqat moddalarining parchalanishi
pasayadi, issiqlik energiyasi hosil bo`lishi kamayadi.
Odam organizmida issiqlik alamashinuvining fizikaviy usulda boshqarilishi
quyidagicha bo`ladi:
1. Havo harorati past bo`lganda terining qon tomirlari torayadi, terida qon aylanish
susayadi, qonning ko`p qismi ichki a`zolar va to`qimalarga o`tib, ularni sovuq ta`siridan
himoya qiladi. Teridagi qon tomirlari toraygani uchun
organizmdan tashqi muhitga
issiqlik ajralishi kamayadi. Buning natijasida organizm o`zini sovuq urishdan himoya
qiladi.
2. Havo harorati yuqori bo`lganda terining
qon tomirlari kengayadi va
organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi ko`payadi.
Buning natijasida organizm
o`zini issiq urushidan himoya qiladi.
Havo namligi.
Havo namligi havodagi suv bug`lari miqdoriga bog`liq. Havodagi suv bug`lari
miqdori o`zgaruvchandir. Yog`ingarchilik ko`p bo`ladigan
hududlarda havo namligi
yuqori bo`ladi. Masalan, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yiliga170 kun yomg`ir
yog`adi, Samarqandda-60kun.
Havo namligi quyidagi turlarga bo`linadi:
1. Mutloq (absolyut) namlik.
2. Maksimal namlik.
3.
Nisbiy namlik.
Nisbiy namlik.
Odam hayoti va faoliyati uchun muhim ahamiyatga ega.
Nisbiy namlik foiz
hisobida baholanadi.
Havo harorati +16+20º, nisbiy namlik 40-60%, havo harakati sekin (yengil
shabada) bo`lsa odam sog`lig`i va faoliyati uchun
eng qulay ob-havo sharoiti
hisoblanadi.
Jismoniy mashg`ulot bajarganda esa havo harorati +20º, nisbiy namlik 30-40%
bo`lsa eng qulay ob-havo sharoiti hisoblanadi.
Havo harorati +25º bo`lsa, nisbiy namlik 20-25% bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: