2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja


Atmosfera bosimining yuqori bo`lishi


Download 354.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana20.11.2023
Hajmi354.51 Kb.
#1789794
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
2-mavzu gigiena 4ks

Atmosfera bosimining yuqori bo`lishi. 
Suv ostida, chuqurlikda (shaxtalarda) atmosfera bosimi yuqori bo`ladi. Shu bois 
suv ostida ishlaydigan g`avvoslar maxsus skafandr kiyadilar. Skafandr ichiga havo 
yuborib turiladi. 
Yuqori bosim sharoitida odamda quyidagi kasallik holati yuzaga keladi: tanaga 
yuqori bosim bosayotgani seziladi, quloqda og`riq (quloqning nog`orasimon pardasi 
ichkariga tortiladi).
Ob-havo gigiyenasining ahamiyati. 
Havo eng muhim faktor bо‘lib, usiz inson organizmi о‘z hayotiy funksiyalarni 
uzoq vaqt saqlab qololmaydi. Havo nafas olish uchun juda zarur va issiqlik 
almashinuvida qatnashadi. Shu bilan birga atmosfera organizmga bir qadar ta’sir etishi 
mumkin bо‘lgan elektrik kuchlar va har-xil radiatsiyalar harakati maydoni bо‘lib xizmat 
qiladi.
Inson kerakli paytda tashqi muhitning organizmga zararli ta’sirini yо‘qotuvchi 
yoki pasaytiruvchi maxsus sog’lomlashtirish choralarini qо‘llash orqali har-xil 
atmosfera sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir. Bunga atmosfera 
sharoitlarining sanitariya holatini yaxshilash va organizmning zararli faktorlarga 
qarshiligini oshirish, masalan, salqinlatish bilan erishiladi. Qator hollarda havoning 
о‘zidan shifobaxsh, chiniqtiruvchi faktor sifatida foydalaniladi. Bizga ma`lumki 
atmosfera havosida bo`lib turadigan tabiiy xodisalarni o`rganish bilan meteorologiya 
shug’ullanadi.
O`zbekiston Respublikasida meteorologik stantsiyalarning barchasi kunning 
ma`lum bir soatlarida havo temperaturasi va namligi darajasini kuzatib boradi, havo 
xarakatining tezligi bilan yo`nalishini, shuningdek, atmosfera bosimi miqdorini aniqlab, 
o`lchab turadi. Kuzatishlardan olingan yig’ma ma`lumotlar sinoptik kartalar tuzish, ob-
havoni oldindan aytish uchun asos bo`ladi. 
Ob-havo deb atmosfera havosida ro`y berayotgan muayyan vaqt va muayyan 
joyda tabiiy xodisalarning ahvoliga aytiladi. Ob-havo bir vaqtning o`zida ham bir-
biridan xatto kichik masoffada joylashgan turli punktlarda xar xil bo`lishi mumkin. 
Ob-havoning odam organizmiga ta`siri tufayli mavsumli kasalliklar yuzaga 
kelishi mumkin. Yilning issiq paytlari me`da-ichak kasalliklarining ko`payishi bilan, 
sovuq davrlari esa shamollashga aloqador kasalliklarning ko`payishi bilan ta`riflanadi. 
Ayniqsa, bu xolatlar ob-havo birdan sovub yoki isib ketgan paytlarda yuzaga keladi. 
Chunki bunda organizm bunday shart-sharoitlarga moslashishga ulgiraolmaydi. 

Download 354.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling