2. Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari suv va tuproq gigiyenasi. Reja


Download 354.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana20.11.2023
Hajmi354.51 Kb.
#1789794
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2-mavzu gigiena 4ks

Sulfatlar - 1 litr suvda 500mg.gacha bo`lishi ruxsat etiladi. 
Kalsiy va magniy. Bu tuzlar ko’p bo’lgan suv qattiq suv deyiladi. Uni uzoq vaqt 
iste`mol qilinsa buyrakda, jigar, o`t yo`llarida tosh hosil qiladi. Qattiq suvda sovun 
ko`pirmaydi. Qattiq suvni avtomashinaga quyib bo`lmaydi. Normada 1 litr suvda 
kalsiy, magniy miqdori 1 mg/ekv dan oshmasligi lozim. 
Suvda temir moddasi – 1 litr suvda temir moddasining miqdori 0,5 mg dan 
oshmasligi kerak. Temir moddasi ko`p bo`lsa suvning ta`mi yoqimsiz bo`lib, rangi 
sargayadi. 
Yod. Odam uchun bir sutkada 100-200 (gamma) yod moddasi kerak. Ichimlik 
suvida odam organizmi ehtiyojiga nisbatan yod kam bo`ladi. 
Yod organizmga ovqat moddalari, tuz, meva-sabzavotlar tarkibida kiradi. 
Yod еtishmasligi odamda endemik bo`qoq kasalliginng vujudga kelishiga sabab 
bo`ladi. 
Bu kasallikning oldini olish maqsadida iste`mol qilinadigan tuz, keyingi paytda 
un tarkibiga yod qo`shilmoqda. 
Ftor. 1 litr suv tarkibida normada 0,7-1 mg ftor bo`lishi tavsiya etiladi, еr osti 
suvlarida (buloq, quduq) ftor ko`proq bo`ladi. 
Ichimlik suvida ftorning me`yoridan ortiq bo`lishi tishning ustki oq emal qavatida 
qoradog`larning hosil bo`lishiga olib keladi. Bu esa asta-sekin tishning kasalligi yuzaga 
kelishiga va еmirilishi - kariyes kasalligiga sabab bo`ladi, tish emali еmiriladi. 
Qo`rg`oshin, mis – suvda kam uchraydigan zaharli modda hisoblanadi. 
Suvda bakteriya va gelmentlar. Suvda mikroblar sonini baholashda quyidagi 
ko`rsatgichlar qo`llanadi: 
1. Suvdagi mikrob soni vodoprovod suvining 1 mlda 100 tagacha, quduq, basseyn 
suvining 1 mlda 1000tagacha mikrob koloniyasi bo`lishiga ruxsat etiladi. 


2. Suvdagi ichak tayoqchasi litri-300ml dan kam bo`lmagan miqdordagi suvda 1 
ta ichak tayoqchasi bo`lishiga ruxsat etiladi. 
3. Suvning ichak tayoqchasi indeksi-1 litr suv tarkibida topilgan (aniqlangan) 
ichak tayoqchalari soni normada 3 tadan ko`p bo`lmasligi kerak. 

Download 354.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling