1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
Siyosiy partiyalar. Jamiyatda ko’ppartiyaviylikning qaror topishi. Jamoat tashkilotlari va ularning dеmokratik jamiyat qurishdagi roli
Download 0.72 Mb.
|
2 5260484499715653670
69. Siyosiy partiyalar. Jamiyatda ko’ppartiyaviylikning qaror topishi. Jamoat tashkilotlari va ularning dеmokratik jamiyat qurishdagi roli. O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erish-gan dastlabki kundan boshlab ko’ppartiyaviylik va hur fikrlilik tarafdori ekanligini butun dunyoga oshkor qildi. Chunki, ko’ppartiyaviylik va fikrlar xilma-xilligi jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlaridan biridir. Ko’ppartiyaviylik qonun ustuvor bo’lgan va rivojlangan demokratik jamiyatlar faoliyatining tarkibiy qismi va muhim poydevor ko’rsatkich hisoblanadi. Uning eng muhim va o’ziga xos belgisi — bu jamiyatda hurfikrlilik, xilma-xil fikrlash asosida tashkil topgan turli siyosiy partiyalarning faoliyat ko’rsatishidir. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, liyushma va harakatlarning erkin faoUyat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan barcha shartsharoitlar va huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, o’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalarida, o’zbekiston Respublikasining saylov to’g’risidagi qonunlarida, xususan, Oliy Majlisning 1996-yil dekabrda bo’lgan yettinchi sessiyasida qabul qilingan «Siyosiy partiyalar to'g’risida»gi Qonun bunga yorqin misol bo’la oladi. Bugungi kunda o’zbekistonda 5 ta siyosiy partiya mavjud: 1)Xalq demokratik partiyasi (XDP) Xalq demokratik partiyasi mamlakatda adolatli jamiyat qurish uning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, o’zbekiston xalqlari o’rtasida tinchlik, osoyishtalik, fiiqarolar totuvligini ta'minlashga qaratilgan.2)«Adolat» sotsial-demokratik partiyasi-1995-yil 18-fevralda tashkil topgan. 3)Milliyiy tiklanish demokratik partiyasi (MTDP)-Partiya millatning o’z-o’zini anglashi, fuqarolarda Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg’ularini to’la shakllantirish, bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat qurish, milliy tik-lanish yo’lidan rivojlanishga erishish uchun xizmat qiladi. 4)«Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi (FMDP)-Partiyaning vujudga kelishi va faoliyat ko’rsatishidan bosh maqsad - ko’p ukladli iqtisodiyotga, milliy va umuminsoniy qadriyatlaiga tayangan fuqarolik jamiyatini qurish jarayoniga hamda unga xizmat qiladigan demokratik-huquqiy davlatni barpo etish ishiga hissa qo’shishdir. 5)Liiberal demokratik partiyasi (LDP)-partiyasining asosiy vazifasi mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy hamda jamiyatimiz taraqqiyotining boshqa sohalarini erkinlashtirish, davlat va jamiyatni demokratik asosda yangilash, islohotlarni yanada chuqurlashtirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdir. Mustaqillik yillarida o’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari va nodavlat uyushmalari vujudga keldi. 2002-yilga kelib ularning soni 2500 dan oshib ketdi. o’zbekistondagi eng ommaviy jamoat tashkilotlaridan biri — bu o’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmasidir. Unda turli kasb egalari bo’lgan mehnatkashlar jinsi, diniy e'tiqodlari, irqiy va milliy mansubliklaridan qafiy nazar ixtiyoriy birlashganlar. Kasaba uyushmalarining tashkiliy tuzilishi o’zgardi. Uning asosini jahon kasaba uyushmalari amaliyoti andozalariga mos keladigan federalizm, demokratiya, mustaqillik va ixtiyoriylik tamoyillari tashkil eta boshladi. Kasaba uyushmalarining tuzilishi federalizmga asoslangan. Kasaba uyushmalarining har bir a'zosi saylash va saylanish, yig’ilishlar, matbuot va boshqa vositalar orqali kasaba uyushmalari hamda ma'muriy organlar faoliyatiga taalluqli masalalarni qo’yishi mumkin
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling