1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbеkistonning kuchli ijtimoiy siyosati. Ijtimoiy barqarorlikning ta'minlanishi


Download 0.72 Mb.
bet73/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

72. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida O’zbеkistonning kuchli ijtimoiy siyosati. Ijtimoiy barqarorlikning ta'minlanishi. Uzoq muddat davom etadigan o’tish jarayonida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, eng avvalo iqtisodiy turmush taraqqiyotida hayotda kutilmagan noxush jarayonlar, qiyinchiliklar va laizalar ro’y berishi tabiiy jarayondir. Bunday sharoitda eskicha sotsialistik iqtisodiy tuzum qonuniyatlari asosida hayot kechirishga ko’nikib qolgan jamiyat a'zolarining kattagina qismi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat qonun-qoidalariga ham nazariy, ham amaliy jihatdan yetarli darajada tayyor bo’lmasligi oqibatida nochor va kam ta'minlangan iqtisodiy turmush tarziga tushib qolishi mumkin. Ana shu obyektiv jarayonni nazariy jihatdan to’g’ri va oqilona baholay olgan o’zbekiston Prezidenti I.Karimov mustaqillikning birinchi kunidan boshlab aholini kuchli ijtimoiy himoyalash masalasini davlat iqtisodiy siyosatining muhim tamoyili sifatida o’rtaga tashladi. o’tish davridagi obyektiv shart-sharoit taqozosiga ko’ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan aholini kuchli ijtimoiy himoyalash siyosati jamiyatning barcha a'zolarini emas, balki aholining kam ta'minlangan, moddiy va ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan qisminigina himoya qilishni ko’zda tutadi. Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoyalashda quyidagi manbalardan foydalanilmoqda:1)Davlat byudjeti 2)Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi 3)Korxona va jamoat tashkilotlari ajratayotgan mablag’lar 4)«Navro'z», «Mahalla», «Sog’lom avlod uchun», «Salomatlik va mehr-shafqat» kabi xayriya jamg’armalari va boshqalar. Darhaqiqat aholining kam ta'minlangan qismini ijtimoiy himoyalash masalasi o’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkam o’rin olgan.Mamlakatimiz bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishi bilan o’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g’risida»gi Qonuniga asosan aholini nafaqaga cbiqarishning yagona tartibi joriy etildi. Bundan tashqari, nogironlik pensiyasi va boquvchisini yo’qotgan oila a'zolariga beriladigan pensiyalar ham mavjud. Mazkur pensiyalarni joriy etish va to’lash bilan bog'liq tartib qoidalar 1992-yil 4-fevralda e'lon qilingan o’zbekiston Respublikasining «O'zbekistonda nogironlami ijtimoiy himoyalash to'g’risida»gi Qonunida asoslab berildi. 1994-yildan boshlab o’zbekistonning aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o’zgartirildi. Ijtimoiy ko’mak berishning mutlaqo yangi tizimi shakllantirildi.Bu tizimning mohiyati bola boquvchi onalarga to’lanayotgan nafaqaning miqdori ko’paytirilibgina qolmay, uning muddati ham uzaytirildi. Ilgari bunday yordam bir yarim yilgacha to’langan bo’lsa, endi bu muddat ikki yilgacha uzaytirildi. Ishlovchi onalar ham, ishlamaydigan onalar ham bu nafaqadan foydalanadigan bo’ldilar. 1994-yil 24-avgustda Prezidentning «Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to'g’risida»gi Farmoniga ko’ra 1994-yilning oktabridan davlat kam daromadli oilalarga faol yordam bera boshladi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling