1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Manaviyatni shakillantiradigan asosiy mеzonlar (I.A.Karimovning “Yuksak manaviyat-yеngilmas kuch” asari asosida)


Download 0.72 Mb.
bet75/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

74. Manaviyatni shakillantiradigan asosiy mеzonlar (I.A.Karimovning “Yuksak manaviyat-yеngilmas kuch” asari asosida). Yurtboshimizning mazkur asarida inson ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar sifatida quyidagilar belgilangan: 1)ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar-bu mezonda bizning yurtimizda yetishib chiqqan tabarruk zotlar, siyosatchi va sarkardalar, yurtimizning tarixiy shaharlarida qad ko’tarib turgan obida va asori-atiqalar, ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan nodir qo’lyozmalar hamda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” haqida to’xtaladilar. 2)xalq og’zaki ijodi-bunda millatimizning afsonaviy qahramonlari, ya’ni “Alpomish” dostoni to’g’risida to’xtalib, shunday deydilar: “Bu qahramonlik eposini kuylab, uni qalbiga, shuuriga jo qilgan millatni hech qanday kuch yenga olmaydi.” 3)biz uchun muqaddas hisoblangan-dinimiz, ya’ni islom dini. Mazkur bandda dinning inson hayotidagi o’rni, unga qiziqishning kuchayotganligi, yurtimizdagi hadisshunis olimlar at-Termiziy, Imom Moturidiy va Burhoniddin Marg’inoniy haqida fikrlar bildirilgan. 4)zaminimizda yashab ijod etgan ajdodlarimizning bemisl ilmiy-ijodiy kashfiyotlari-bunda yurtboshimiz ajdodlarimiz al-Farg’oniy, Ibn Sino, az-Zahaxshariy singari qomusiy olimlarimizning ilmiy ijodlari va Amir Temur bobomizning podshohlikni yuritishdagi qobiliyatlari va nasihatlariga to’xtalgan. 5)oila-yurtboshimiz yurtimizdagi oilalarning ahvoli va ularning o’rni, sog’lom avlod kabi muhim masalalarga e’tibor berish kerakligini uqtiradilar. Shuningdek, yurtboshimiz inson ma’naviyatini shakllantiradigan mezonlar qatorida mahalla va ta’lim-tarbiya mezonlariga to’xtalib, ularga ham e’tibor beriish kerakligi va shular asosida inson ma’naviyati shakllanishini ta’kidlaganlar.


75. Diniy qadriyatlarning tiklanishi. O’zbеkistonda davlat va dinning o’zaro munosabatlari, uning asosiy tamoyillari. Sir emas, Sho’ro tuzumi sharoitida «din afyundir» degan kommunistik shior hukm surib keldi. Dindorning ma'naviy huquqi cheklandi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’nggi tarixiy o’zgarishlar bunday qarashlar asossiz ekanligini ko’rsatdi. Konstitutsiyaga ko’ra, o’zbekiston-dunyoviy davlat, binobarin, mamlaka-timizda din davlatdan ajratilgan. Ko’p millatli mamlakatimizda hech qaysi din vakillarining nafsoniyatlarini kamsitmagan holda, ayni vaqtda diniy hissiyotlarni avj ham oldirmasdan, og’ir-vazmin, uzoqni ko’zlangan siyosat amalga oshirilmoqda. Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma'naviy va madaniy qadriyat sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko’rildi. 1992-yil 27-martda o’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ro’za hayiti kunini dam olish kuni deb e'lon qilish to'g’risida» Farmoni e'lon qilindi. Musulmon hayotidagi qutlug’ sanalar-Qurbon va Ramazon hayitlari kunlarini bundan buyon doimiy sur'atda bayram qilish va ularni dam olish kunlari deb e'lon qilinishi ham aynan xalqimiz ko’nglidagi ish bo’ldi.Islom olamining zabardast allomalari-vatandoshlarimiz imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi va Xoja Ahrori Valiyning 600 yilligi keng ko’lamda nishonlanishi yurtimizda iymon, din-u diyonat qaytadan yuksalayotganiga yorqin dalil bo’ldi. Bu aziz va mukarram zotlaming bebaho asarlari qayta chop etildi, nomlari abadiylashtirildi.Jamiyat a'zolarining vijdon erkinligini ta'niinlash, ularning o’z diniy marosim va urf-odatlarini ado etishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar vujudga keltirildi. Yangidan-yangi masjid va madrasalar qurish, eskilarini tiklash-ta'mirlash bo’yicha ulkan tadbirlar amalga oshirildi va bu jarayon hozir ham davom etmoqda. 2002-yili Qur'oni Karimning izohli tarjimasi shayx Abdulaziz Mansur tomonidan tayyorlandi va ommaviy nusxada nashr etildi. Mamlakatimizning har bir viloyatida kamida bittadan diniy Madrasa, Toshkent shahrida esa Toshkent Islom Universiteti, Xalqaro Islom tadqiqotlar markazi, Imom Buxoriy nomidagi Islom mas'hadi, Eshon Boboxon nomidagi ayollar madrasasi, Abulqosim va Ko’kaldosh madrasalari faoliyat ko’rsatmoqda.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-may-dagi Qarori bilan Toshkent shahrida islom ta'limoti va falsafasini, o’zbek xalqining diniy, tarixiy va madaniy merosini chuqur o’rganish maqsadida Xalqaro islom tadqiqot markazi tashkil etildi. Markazning asosiy vazifasi diyorimiz musulmonlariga milliy qadriyatlarimizni va haqiqiy islom ta'limotini yetkazish, mayjud islomiy osori-atiqalar tarixini o’rganish, nodir qo’lyozma asarlarni tadqiq etish, ular bilan keng jamoatchilikni tanishtirish, darslik va qo’llanmalar, lug’atlar tayyorlash va nashr qilishdan iboratdir. Mamlakat televideniyesi orqali berilayotgan «Ma'rifatnoma», «Ziyo» ko’rsatuvlari xalqning ma'naviyatini yuksaltirishda, diniy ma'rifatini o’stirishda katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Har yili mamlakatimizdan o’rtacha 4 mingga yaqin fuqarolar Makkai munavvara va Madinai mukarramaga safar qiladilar.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling