1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Mustaqillik yillarida ma'naviy hayot. Ma'naviy qadriyatlarning tiklanishi


Download 0.72 Mb.
bet74/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

73. Mustaqillik yillarida ma'naviy hayot. Ma'naviy qadriyatlarning tiklanishi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri-yangi tarixiy sharoit-da jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu o’z navbatida bir necha o’n yillar mobaynida sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o’zbek xalqining ma'naviy merosini tik-lash va uning yanada kamol topishi uchun keng imkoniyatlar ochish kerak edi.Endilikda mamlakat istiqlolga erishgandan so’ng, asrlar davomida ota-bobolarimiz yaratgan bu boyliklarni e'zozlash, avaylab asrash, o’rganish va ko’paytirish imkoniyatiga ega bo’lindi.1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi barcha hur fikrli kishilar tomonidan keng nishonlandi. o’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan 1994-yil Ulug’bek yili deb e'lon qilindi va uning 600 yilligi mamlakat va jahon miqyosida keng nishonlandi. Bu tadbirlar buyuk alloma qoldiigan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyat-ga aylanganligi nishonasidir. Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab ajdod-larimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo’shgan allomalar sifatida xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldi. Samarqand, Buxoro va Xiva butun insoniyat uchun ziyoratgohga aylandi.Bulardan tashqari, mustaqillik yillarida Cho’lpon, Fitrat, Behbudiy, Berdaq, Fayzulla Xo’jayev singari madaniyat va jamoat arboblari yubileylarini o’tkazish yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar ham ma'naviy hayotdagi muhim qadamlardir.UNESKO bilan o’zbekiston o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida yana bir muhim qadam qo’yildi. o’zbekiston hukumati va UNESKO o’rtasida imzolangan bitim faqat madaniyat, ilm-fan va maorif sohalari muammo-lari bilan cheklanib qolmaydi. U mavjud ekologik, xususan, Orol dengizi qurishi bilan bog’liq muammolarni hal etishning ilmiy yechimini topishni ham nazarda tutishi bilan qimmatlidir. Bitimga ko’ra, ko’p o’tmay Toshkentda UNESKOning vakolatxonasi ochildi. UNESKO ijroiya qo’mitasining maxsus qaroriga binoan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, noyabr kuni Termizda «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligi keng nishonlandi. Xorazmda «Avesto»ning 2700 yilligi keng nishonlandi. Mo’tabar madaniy yodgorlik hisoblangan «Avesto» kitobi dunyoga kelganidan buyon birinchi marta o’zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. 1994-yil 23-aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazini tashkil etish to’g’risidagi Farmoni e'lon qilindi. Markazning asosiy vazifasi va faoliyat yo’nalishi qilib o’zbek xalqining boy ma'naviy-madaniy merosi, shar-qona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg’or g’oyalarni yuzaga chiqarish, mintaqada yashayotgan millatlarning madaniy, ma'rifiy, ma'naviy taraqqi-yot tomirlari mushtarakligini targ’ib qilish va hokazolar qilib belgilandi. Mamlakat Prezident I.A.Karimovning Farmoni bilan 1991-yildan boshlab har yili 21-mart-«Navro'z» bayrami umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Bu kun dam olish kuni deb e'lon qilindi. Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisoblanmish «Navro'z» bayramining xalqimizga qaytarib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo’ldi. Bu qadimiy bayramni xalqimiz nihoyatda orziqib kutishining yana bir boisi shundaki, Navro’z rizq-ro’zimiz bo’lmish dehqon yilining boshlanishi hamdir. Har bir jamoa, muassasada nishonlanadigan bunday bayramlar, kishilarda xalqimizning qadimiy an'analariga hurmat, mehnatga muhabbat hissini tarbiyalaydi. Bundan tashqari, ma'naviy hayotdagi diniy bayramlar, hayit kunlarining mamlakatda umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi uchun keng yo'1 ochilgani ham ma'naviy poklanishning muhim ko’rinishidir.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling