1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


O’zbеkiston Rеspublikasining tinchliksеvar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi, uning tamoyillari


Download 0.72 Mb.
bet82/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

82. O’zbеkiston Rеspublikasining tinchliksеvar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi, uning tamoyillari. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq o’zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo’lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o’rnatish masalalari dolzarb vazifa sifatida ko’ndalang bo’lib turardi. Ittifoqdosh respublikalar, jumladan, o’zbekiston ham tashqi dunyodan ajralgan, to’g’ridan-to’g’ri aloqa qilolmaydigan yopiq mamlakat hisoblanardi. 1991-yil 31-avgustda o’zbekiston SSR Oliy Kengashining 12-chaqiriq navbatdan tashqari VI- sessiyasida qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida Oliy Kengash Bayonoti»da o’zbekistonning tashqi siyosatdagi yo’li aniq qilib belgilangan edi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu yo'l yana bir bor ta'kidlanib, davlatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari qonun bilan mustahkamlab qo’yildi.O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:1)Mafkuraviy qarashlardan qafiy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik. 2)Davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish. 3)Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik. 4)Nizolarni tinch yo'l bilan hal etish.5)Kuch ishlatmasiik va kuch bilan tahdid qilmaslik.6)Inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish.7)Ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi va boshqalar. o’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi 165 ta davlat tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va o’zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yillari bo’ldi. Vaziyat tashqi iqtisodiy aloqalarni boshqarish tizimini yaratishni, jahon iqti-sodiy tizimiga qo’shilish yo’llarini zudlik bilan belgilashni taqozo etardi. Natijada tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi muassasalar — Tashqi iqtisodiy alo-qalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati, tashqi savdo firmalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarda, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va mahalliy boshqaruv idoralarida tegishli tashqi iqtisodiy bo’linmalar tuzildi. Xorijiy hamkorlik ishtirokida xalqaro savdo-sotiq markazlari tashkil etildi.o’zbekiston jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish yo’lidan borib, jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot va boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a'zo bo’lib kirdi hamda ular bilan hamkorlik qilmoqda.Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishni huquqiy jihatdan ta'minlovchi qonunlar qabul qilindi. «Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g’risida»gi (2000-yil), «Chet el investitsiyalari to'g’risida»gi (1998-yil), «Xorijiy investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to'g’risida»gi (1998-yil), «Bankrotlik to'g’risida»gi (1998-yil) Qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar shular jumlasiga kiradi. Mamlakatimiz eksporti tarmog’ida AQSH, Turkiya, Belgiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Gollandiya, Polsha, Janubiy Koreya Respublikasi, Indoneziya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Malayziya kabi davlatlar yetakchi o’rin egallamoqda.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling