1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash hamda uning namoyon bo’lish xususiyatlari
Download 0.72 Mb.
|
2 5260484499715653670
79. Hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash hamda uning namoyon bo’lish xususiyatlari. Bugungi kunda odamzod ma'lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli ma'no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta'sirini doimiy sezib yashamoqda.Biror mamlakatga nisbatan harbiy hujum yoki iqdisodiy zarar yetkazishni osongina ko'rish va sezish mumkin. Ammo mafkuraviy ta'sir bunday emas. Uning ta'siri radio, televideniye, gazeta-jurnal, internet, umuman, Hozirgi vaqtda mafkuravy vositalar orqali ‘oz ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo’q emas. Tajovuzkorlik, millatchilik va shovinizm, neofashizm va fundamentalism, irqchilik va aqidaparastlik mafkuralari shular jumlasidandir. Prezidentimiz ”bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ham ko’proq kuchga ega ” deb bejiz o’qtirmaganlar. XXasr so'ngida ro’y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o 'zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi nalijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o 'zgartirib yubordi. Inson qalbi va ongini egallash uchun kurash xilma-xil g'oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan oziqlanadigan mafkuralarnig asosiy maqsadiga aylanmoqda.
Inson qalbi va ongi uchun kurash jarayonida g`oya va ong munosabatlari ikki hil ko`rinishda bo`lishi mumkin: 1)g`oya inson tomonidan qabul qilinmaydi;2)g`oya shaxs ongida faqat axborot sifatida saqlanadi.Birinchi holatda g`oya inson ongida hech qanday iz qoldirmaydi, ikkinchisida esa u shaxs uchun hech qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lmaydi.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov fikriga ko`ra, bugungi kunda insoniyat qo`lida mavjud bo`lgan qurol-yarog`lar Yer kurrasini bir necha marta yakson qilishga yetadi. Lekin xozirgi kunda eng katta xavf-insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, balki mafkura poligonlarida bo`layotgan kurashlar ko`p narsani hal qiladi. Bu achchiq haqiqatni hech qachon unutmaslik lozim.Bugungu kunda rivojlangan davlatlar qudratli targ`ibot tizimiga ega bo`lishga intilmoqdalar.Masalan: o`z faoliyatinig AQSH hukumati har yili 2,5 milliard dollar sarflayapti, Fransiya esa 100 million frank va hokazo.Demak, rivojlangan demokratik mamlakatlar mafkuraviy faoliyatini davom ettiriyapti.Puxta ishlab chiqilgan strategic yo`nalish davlat istiqbolini belgilaydi. O`zbekistonning strategic maqsadlari yurtboshimiz I.A.Karimovning bir qator asarlarida belgilab berilgan.Milliy g`oyani inson qalbi va ongiga singdirish yo`nalishlari:1).Ta`lim tizimi uning tarkibiga quyidagilar kiradi. a) maktabgacha tarbiya;b) umum o`rta maktab;c) akademik litsey va kasb talim hunar;d) oily ta`lim;e) malakani oshirish’ 2)Tarbiya.3)Oila.4).Mahalla.5)Ijtimoiy-ommaviy instetutlar.6).Mamuriy-siyosiy tashkilotlar.7).Mehnat jamoasi. Milliy istiqlol mafkurasini halqimiz ongi va qalbiga singdirish usullari: 1)Ta`lim-tarbiya va targ`ibot-tashviqot; 2)Ko`rgazmalilik, keng qamrovlilik; 3) Uzluksizlik va maqsadga yo`naltirish;4)Yangi pedagogic texnalogiyalalar ishonchlilik va asoslanganlik;5)Tarixiy-mantiqiy izchillik va ilmiylik; Targ`ibot-tasgviqotning maqsadi bilim ortirish emas, balki insonni biror harakatga undashdan iborat. Mustaqillik yillarida kamol insonni tarbiyalash davlat siyosatining ustivor yo`nalishi darajasiga ko`tarildi.O`z. R. Prezidenti I.A.Karimov o`zining 1998-yil nashr etilgan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” asarida shunday yozadi: “Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`ladigan bilimli ma`rifatli kishilarni tushunamiz”. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling