1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


Milliy istiqlol g’oyasi va uning mohiyati


Download 0.72 Mb.
bet76/87
Sana13.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1266047
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
Bog'liq
2 5260484499715653670

76. Milliy istiqlol g’oyasi va uning mohiyati. Sobiq Ittifoq tarqalib ketganligi, uning tarkibidagi respublikalarning mustaqil suveren davlat maqomiga ega bo’lganligi, jamiyatda yuz bergan demokratik jarayonlar, xalqning milliy ongi muttasil oshib borishi va hurfikrlilikka intilishi mayjud hodisalarga yangicha tafakkur bilan qarashni taqozo qilardi. Jumladan, o’zbekistonda ham butunlay yangi tarixiy sharoitlarda butunlay yangicha qarash-larni, munosabatlami qaror toptirish zarur edi. Xalqni yangi yo’ldan boshlab borish, uning qarashlari va orzu-maqsadlarini bir yo’nalishga burib, kuchlarni uyg’unlashtirish uchun yagona g’oyaviy qurol zarur edi. O’zbekiston boshqa ittifoqdosh respublikalar ichida birinchilardan bo’lib o’zining mustaqilligini e'lon qilgan edi. Odamlar jamiyatda yuz berayotgan o’zgarishlar shiddati oldida birmuncha gangib qolishdi. Turli safsata-lar, g’oyaviy kurashlar ko’payib ketdi. Ana shunday paytda umumxalq va umumdavlat manfaatiga mos keladigan eng maqbul yo’lni tanlash, buning uchun esa mafkuraviy yakkahokimlikka barham bergan holda aholining barcha tabaqasi qat-lamlarini, talab-ehtiyojlarini ma'naviy-ruhiy chanqoqligini qondira oladigan yetukva barkamol g’oyani yaratish zarur edi.

Sho’rolar davri mafkurasi kishilar pngiga ijtimoiy tenglik, boshqacha qilib ayt-ganda boqimandalik tushunchasini, ya'ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan mafkurani singdirib kelgan edi. Bunday yondashish kishilarda tashabbusni bo’g’ib qo’yardi. Chunki, kishi o’zining samarali mehnatidan manfaatdor bo’lmasa, unda mehnatga intilish, ish natijasi uchun mas'uliyatni oshirish tuyg’usi yo’qoladi. 1992-yil 2-iyulda bo’lgan o’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’ninchi sessiyasida chinakam mustaqil o’zbekiston davlatini barpo qilish yo’lida barchaning birlashishini ta'minlash kunning dolzarb vazifasi qilib qo’yildi. Bu borada 1992-yil 1-sentabr arafasida o’zbekiston Prezidenti I.Karimovning «O'zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo'li» deb nomlangan kitobi nashrdan chiqqani katta voqea bo’ldi. U mamlakat ma'naviy va siyosiy hayotida muhim qo’llanma sifatida kutib olindi. Milliy istiqlol g’oyasi, o’zbekistonning mustaqillikka erishishi haqidagi siyosiy, ilmiy, nazariy, falsafiy, badiiy va diniy qarashlar majmuasi, xalqni kelajakka ishonch, e'tiqod ruhida tarbiyalovchi g’oyaviy qurol, barcha toifa kishilarini shu maqsad yo’lida birlashtiruvchi g’oyat qudratli ma'naviy omil hisoblanadi. Milliy g’oya, milliy ong ayni milliy an'analar, urf-odatlar va turmush tarzi asosida shakllanadi. Umuminsoniy qadriyat darajasiga ko’tarilgan milliy manfaat atrofida ongli ravishda, aql-idrok yo'rig'i bilan jipslash-gan g’oyagina milliy mafkuraga aylanadi. U o’ziga million-million kishi-larni ergashtiradi. Ular orzu-umidlarini o’zida ifoda etadi. Jamiyat ma'naviy jihatdan yetuk bo’lmaguncha, yangi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini tushunmaguncha, amalga oshirilishi kerak bo’lgan islohotlarni siyosiy, huquqiy, ma'naviy va ijtimoiy jihatdan ehtiyoj darajasida anglamaguncha jiddiy o’zgarishlarni, tub yangilanishlarni kutish mumkin emas. o’zbekistonda ko’p qirrali islohotlarning ayni fuqarolar ongi va qalbi orqali o’tkazilganligi, ularni islohotlarga tayyorlashning ma'naviy-ma'rifiy mezonlari ishlab chiqilganligi va bu konsepsiya sifatida davlatning islohchilik siyosati strategiyasining muhim qismiga aylanganligining o’zi milliy istiqlol mafkurasining asosi bo’lib xizmat qildi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling