1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri
O’zbеk davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. Qadimgi Baqtriya va Katta Xorazm (mil. Av. VIII - VI asrlar)
Download 0.65 Mb.
|
Tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Xorazm.
5. O’zbеk davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari. Qadimgi Baqtriya va Katta Xorazm (mil. Av. VIII - VI asrlar). Miloddan avvalgi 323-yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. U yaratgan davlat uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo’linib ketdi. Uzoq davom etgan o’zaro urushlardan keyin, miloddan avvalgi 312-yilda Salavka Bobil (Mesopotamiya) davlati hukmdori bo’ldi. Salavka davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya. Sogdiyona, Margiyona kirar edi.O’z davlati tarkibiga kirgan o’rta Osiyoni Salavka satrapliklarga bo’ldi, ularning har biriga satrap hukmronlik qilar edi. Miloddan avvalgi 293- yilda Salavka Sharqiy viloyatlar - Parfiya, Margilyona, Baqtriya. So’gdiyonaning noibi etib o’z o’g'li Antioxni tayinladi. Mil. avv. 280- yilda Salavka vafotidan so’ng Antiox ulkan davlat hukmdoriga aylandi va 20 yilcha mamlakatni boshqardi. Yunon-makedon istilolaridan keyin o’rta Osiyo tarixida antik yoki ellinlashtirish davri boshlandi. Ellinlashtirish so’zining ma’nosi-Sharqda mil. avv. III-II asrlarda yunon madaniyatining tarqalishi va yangi, umumlashgan madaniyat (yunon va mahalliy, sharq madaniyati)ning vujudga kelishi. Miloddan avvalgi III asr o’rtalari Baqtriva Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi.Antik davr tarixchilarining xabar berishicha, Diodot Baqtriya shahri hukmdori o’zini podsho deb e'lon qiladi. Shu voqeadan Yunon-Baqtriya davlati tarixi boshlanadi. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfiya Baqtriyaning raqibiga aylanadi. Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga So’g'diyona va Margiyona ham kirgan edi. Mil.avv. II asr boshlaridagi Yunon-Baqtriya davlati davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan hukmronYevtidemga o’tdi. Yevtidemning o’g'li Demetriy hukmronligi davrida Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo’ldi. Hindistonning bir qismi bu davlatga qo’shib olingan edi. Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo’liga o’tishi bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. Yunon-Baqtriya davlati tinimsiz urushlar olib borishidan bu uning kuchsizlanishiga sabab bo’ldi. Bundan foydalangan ko’chmanchi yuechji qabilalari miloddan avvalgi 140-130yillarda Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. Yunon-Baqtriya davlati 120 yil yashadi. Shu davr mobaynida uning iqtisodiyoti va madaniyati yuksaldi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi, ko’plab shaharlar barpo etildi. Yunon-Baqtriya davlatida tangalar hukmdor tasviri bilan zarb etilgan. Dajla daryosi bo’yida Salavkiyadan Baqtriyagacha karvon yo’li qurib bitkazilgach, jahondagi ko’pgina davlatlar bilan xalqaro savdo-sotiq va madaniy aloqalar jonlandi. Qadimgi Xorazm. Miloddan avvalgi IV asrda Xorazm ahamoniylar davlatidan mustaqil davlatga aylandi. Makedoniyalik Aleksandr va Salavkiylar hukmronligi davrida ham Xorazm davlati mustaqil edi. Bu o’lka aholisi xo’jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Xorazmda shaharsozlik boshlanishi miloddan avvalgi VII asrga borib taqaladi. Miloddan avvalgi III-II asrlarda Xorazmda qadimgi shaharlar Jonbosqala, Qo’yqirilganqal'a bo’lgan. Qo’yqirilganqal'a xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan. Milodiy II-III asrlarda Tuproqqal'a shahrida bundan ham ulug’vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Markazdan o’tgan ko’cha shaharni ikki qismga bo’lgan, undan esa yon-atrofga ko’chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Qasrdagi saroy devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo’lib, shohlar, lashkarlar, mug'anniylar, hayvonlar va qushlar rasmlari chizilgan. Kulolchilik, temir, mis asboblar, qurollar, zargarlik buyumlariga talab katta bo’lgan. Xorazm aholisi So’g'diyona, Marg'iyona, Baqtriya va sahro ko’chmanchilari bilan yaqindan savdo munosabatlarini o’rnatgan. Bu o’lkadan muhim karvon yo’llari o’tgan. Mil. avv. I asrda va dastlabki milodiy asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan.Xorazm hududidan 0'rta Osiyo bo’yicha eng qadimgi yozuvlar topilgan. Bular Oybo’yirqal'a yodgorligidan xum sirtiga chekilgan yozuv va Qo’yqirilganqal'adan topilgan ayrim mahalliy yozuvlardir. Milodiy I asrda Xorazmda ishlab chiqilgan mahalliy taqvimdan xorazmliklar VIII asrga qadar foydalanishgan.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling