1. O’zbеkiston insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi o’choqlaridan biri


O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning asosiy tamoyillari


Download 0.65 Mb.
bet57/83
Sana24.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1117940
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
Bog'liq
Tarix

61. O’zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning asosiy tamoyillari. Konstitutsiya va davlat ramzlari mustaqillik asosi O’zbekiston mustaqil davlat deb e'lon qilingan kunning o’zidayoq mustaqil davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, milliy valyutani joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko’rildi.o’zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish g'oyasi Oliy Kengashning 1990-yil 20-iyunda bo’lib o’tgan ikkinchi sessiyasida ilgari surilgan. Sessiyada Prezident I.A.Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlash bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi.Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat tashkilotlari, korxonalar, xo’jaliklarning rahbarlari,taniqli huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar kirdi. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan Konstitutsiyaning g’oyaviy mag’zi, ya'ni konsepsiyasi ustida ish boshlab yuborildi. Natijada, 1992-yil bahorida Konstitutsiya loyihasining 149 ta mod dadan iborat yangi varianti ishlab chiqildi va u 1992-yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi.Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi nihoyatda keng ko’lamli I-bo’lib, yuksak ijodiy ko’tarinkilik va ishchanlik kayfiyatida o’tdi. U jamiyatimizda chinakam demokratiya qaror topishining yorqin namoyishi bo’ldi. o’z ruhi va mazmuni jihatidan muhokama davlat va jamiyat hayotining o’ta muhim masalalari bo’yicha butun xalqning umumiy suhbatiga aylanib ketdi. Loyihaning qizg’i matnda manfaatli muhokamasi xalqimizning o’zi mustaqil o’zbekiston Asosiy Qonunining bevosita ijodkori bo’lganligini ko’rsatdi.Qariyib ikki oy davom etgan umumxalq muhokamasidan so’ng bildirilgan taklif va mulohazalar umnmlashtirildi va loyiha ushbu taklif va mulohazalar asosida qayta tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom ettirish uchun ikkinchi marotaba matbuotda e’lon qilindi. Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi o’zbekiston xalqining irodasini bevosita aniqlash, shuningdek, muhokama davomida to’plangan boy materiallarni har tomonlama chuqur o’rganish va umumlashtirish, uni davlatning mujassam Asosiy Qonuni sifatida ifodalash imkonini berdi. Asosiy Qomusimiz mustaqilligimizning mevasi, mahsuli sifatida dunyoga keldi.1992-yil 8-dekabrda o’n ikkinchi chaqiriq o’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining to’qqizinchi sessiyasida 6 bo’lim, 26 bob, 128 moddadan iborat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya qabul qilingan kun-8-dekabr mamlakatimizda umum-xalq bayrami sifatida dam olish kuni deb e'lon qilindi.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiliogi, tashqi iqtisodiyot va Konstitutsiya va qonunning ustuligi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling