85. Ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar
Ayni vaqtda aholining real daromadlari, ish haqi, stipendiya, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha ham amaliy choralar ko‘riladi.
Inson salomatligini muhofaza qilish borasida so‘nggi vaqtda olib borayotgan ishlarimizga qaramasdan, afsuski, joylarda ko‘plab muammolar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shularni hisobga olib, hududlar aholisi uchun qulay bo‘lgan, sifatli va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish, kasalliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha boshlagan ishlarimizni izchil davom ettiramiz. Bu borada masofadan turib profilaktika qilishni ta’minlaydigan “Aqlli tibbiyot” va “Yagona tibbiy axborot markazi” konsepsiyalarini o‘z sharoitimizga moslashtirib tatbiq etishimiz kerak.
Aholining madaniy hordiq chiqarishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida sidqidildan xizmat qilayotgan yurtdoshlarimizni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ularning uy-joy, ijtimoiy va tibbiy sharoitlarini yaxshilash, gonorarlar miqdorini oshirish, yosh iste’dod egalarining salohiyatini yuzaga chiqarish bo‘yicha qabul qilgan barcha qarorlarimizning ijrosi albatta ta’minlanadi.
Yoshlar haqida gap ketganda, men doim bir narsani o‘ylayman. Mana, bugungi kunda qancha-qancha yoshlarimiz chet ellarda ta’lim olmoqda, mehnat qilmoqda. Albatta, ularning orasida o‘z yo‘lini topib, begona yurtda hech kimdan kam bo‘lmay yashayotganlari ham ko‘p. Lekin Vatan sog‘inchi har qanday odamni ham qiynaydi. Shuning uchun ular bilan doimiy aloqa o‘rnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, yurtimizga qaytish istagida bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirishimiz zarur.
Joriy yilda olib borgan islohotlarimizning eng muhim natijalaridan biri – bu, hech shubhasiz, mamlakatimizda bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay chek qo‘yilgani bo‘ldi. Bunday ijobiy o‘zgarishlar Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa tuzilmalar tomonidan e’tirof etilgani e’tiborga loyiq, albatta.
Biz bundan buyon ham ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni chuqur o‘qitish masalasiga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Shu bilan birga, biz uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olish va kadrlar malakasini oshirish ishlarini keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yamiz.
Chet ellardagi yurtdoshlarimizga konsullik xizmatlari va boshqa xizmatlar ko‘rsatish, ularning yurtimizga bemalol kelib-ketishi, mamlakatimizni taraqqiy ettirishda ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Biz bu ishlarni kelgusida yanada kengaytiramiz.
86. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar (O‘zR Prezidenti SH.M.Mirziyoеvning O‘zR Oliy Majlisiga Murojaati asosida). Xalq so‘zi. 2017 yil 23 dekabr. Barchamizga ayonki, jahonda keskin iqtisodiy raqobat, axborot xurujlari, terroristik tahdidlar tobora kuchayib bormoqda. Dunyoning turli joylarida, ayniqsa, Yaqin Sharq mintaqasida qonli to‘qnashuv va nizolar davom etmoqda. Ming afsuski, bunday notinch keskinlik o‘choqlari kamayish o‘rniga ko‘payib bormoqda. Ana shunday tahlikali vaziyatni hisobga olgan holda, biz yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, turli xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatimizni har tomonlama kuchaytirishimiz shart. Bu – zamon talabi. Avvalo, shu yo‘nalishda shakllangan tizim samaradorligini yanada oshirishimiz, ayniqsa, diniy masalalar bilan bevosita shug‘ullanadigan hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar mas’uliyatini yanada kuchaytirishimiz zarur. Xususan, mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, imom-xatiblar, diniy-axloqiy masalalar bo‘yicha maslahatchilar, yoshlar, xotin-qizlar tashkilotlari faollari – barcha-barchamiz birgalikda ish olib borishimiz lozim. Ishni ana shunday tashkil etsak, har birimiz bu masalaga befarq bo‘lmasdan, o‘z bolamizni, o‘z uyimiz, o‘z mahallamizni o‘zimiz asraydigan bo‘lsak, men ishonaman, bunday balo-qazolar hayotimizdan albatta yiroq bo‘ladi. Biz diniy ekstremizm g‘oyalari ta’siriga adashib tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni sog‘lom hayotga qaytarish bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtiramiz.
Axborot resurslari orqali tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarning oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari tarkibida alohida bo‘linmalar tashkil etish zarur. Jamiyatimizda diniy konfessiyalar o‘rtasida hamjihatlik va fuqarolar totuvligini mustahkamlashni biz bundan buyon ham eng dolzarb va ezgu vazifamiz deb bilamiz. Shu maqsadda mamlakatimizdagi diniy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘riladi.Shu o‘rinda yana bir muhim masala – mamlakatimiz mudofaa tizimining tashkiliy tuzilmasi, uning harbiy-jangovar holati, askar va ofitserlarning ma’naviy va ruhiy tayyorgarlik darajasi bugungi tez o‘zgarayotgan davr talablaridan ortda qolayotganini qayd etish lozim. O‘tgan qisqa davrda milliy armiyamizni isloh qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilinib, Qurolli Kuchlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish jarayoni boshlandi. Harbiy sohadagi islohotlarimizning samarasini oshirish maqsadida yangidan qabul qilinayotgan Mudofaa doktrinasi muhim rol o‘ynaydi. Ushbu doktrina O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik tamoyilini, yaqin qo‘shnilar bilan do‘stona va amaliy munosabatlarni rivojlantirishni ifoda etadi. Unda davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida aniq belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimiz geostrategik joylashuvining o‘ziga xosligi, shuningdek, mintaqada vujudga kelayotgan harbiy-siyosiy holatni hisobga olgan holda, Qurolli Kuchlar birlashmalarining vazifa va tuzilmalari qayta ko‘rib chiqildi. Milliy gvardiya barpo etildi, armiyani yangi qurol-aslaha va zamonaviy harbiy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi tuzildi. Harbiy kadrlar tayyorlash sohasida olib borilayotgan tizimli o‘zgarishlar asosida Qurolli Kuchlar akademiyasining faoliyati tubdan qayta tashkil etildi.Harbiy xizmatchilar, ularning oilalari va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda gapirganda, 2017 yilda harbiy xizmatchilar uchun 56 ta ko‘pqavatli uy barpo etilganini va bu ishlar kelgusi yilda yanada katta hajmda davom ettirilishini ta’kidlash joiz. Ayni paytda mudofaa sohasida oldimizda yangi va muhim vazifalar turganini barchamiz yaxshi tushunamiz. Avvalo, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi hamda Mudofaa doktrinasining samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha hali ko‘p ish qilishimiz kerak.Davlatimizning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, armiyamizning jangovar qudrati va salohiyatini oshirish ham eng muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Qurolli Kuchlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan ta’minlash uchun Mudofaa-sanoat kompleksini shakllantirish va rivojlantirish davlat dasturini qabul qilishimiz zarur.
87. O‘zR Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi, uning mazmun va mohiyati (“Xalq so‘zi”, 2017 yil, 11 noyabr). Birlashgan Millatlar Tashkiloti va shaxsan Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblariga mazkur forumni o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun alohida minnatdorlik bildiraman. Ushbu zalda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari, Rossiya, Xitoy, AQSh, Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Afg‘onistondan tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro hamkor tashkilotlar vakillarini ko‘rib turganimdan mamnunman. Bugungi Forumning nechog‘li muhim va dolzarbligi uning “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” deb nomlanishidan ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Bizning mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. Bizni tarix, din, umumiy madaniyat va an’analar birlashtiradi. Yevroosiyoning “yuragi”da joylashgan mintaqamiz Yevropa va Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog‘lovchi ko‘prik bo‘lib, Rossiya va Xitoy singari yirik davlatlar bilan chegaradoshdir. intaqamiz tabiiy resurslarga boy, bu yerda ko‘plab mamlakatlar va butun mintaqalar rivojiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot salohiyati mavjud. Ayni paytda Markaziy Osiyoda qudratli davlatlarning manfaatlari kesishmoqda, beqarorlik va qarama-qarshilik o‘choqlariga tutash bo‘lgan ushbu mintaqa yaqin va uzoq xorijda ro‘y berayotgan barcha salbiy jarayonlar ta’sirini his etmoqda. Tabiiy savol tug‘iladi: mintaqada vaziyat qanday rivojlanadi? Bu yerda qanday kuch ustun keladi – nizo va qarama-qarshiliklarmi yoki hamkorlik va taraqqiyotmi?
Umumiy aholisi 70 milliondan ortiq bo‘lgan mintaqamizning kelajagi bugungi kunda Markaziy Osiyoning har bir davlati tomonidan barpo etilmoqda.
Bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, amaliy hamkorlikka tayyorlik va unga astoydil intilish, shuningdek, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun mas’uliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va farovonligining mustahkam poydevori va kafolatidir. O‘zbekiston bahsli masalalarni tezroq hal qilish va o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlash tarafdoridir. Davlatlarimiz aynan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillari asosida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o‘z salohiyatini yanada samarali amalga oshira oladi. ishonchim komil, bundan barcha – Markaziy Osiyo davlatlari ham, boshqa mamlakatlar ham birdek manfaat ko‘radi. Bizning bosh maqsadimiz – umumiy sa’y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat. Buning uchun biz turli nizolarni qo‘zg‘aydigan va unga ko‘maklashadigan sabab va omillarga birgalikda barham bermog‘imiz, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarni inobatga olish asosida milliy rivojlanishni ta’minlamog‘imiz zarur. Biz bugun taraqqiyotimizning umumiy ustuvor yo‘nalishlarini anglagan holda, chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari o‘tkir mintaqaviy masalalarni yechish bo‘yicha oqilona murosa yo‘lini izlamoqdamiz. Bugungi konferensiya doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston tomonidan Davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi hududi haqida shartnoma imzolandi. Ushbu shartnoma muddatsiz bo‘lib, denonsatsiya qilinmaydi, u uch qo‘shni davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi. So‘nggi paytda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘z chegaralarining 85 foizi yuzasidan kelishuvga erishdi. Ko‘pdan buyon davom etib kelayotgan muammolardan biri deyarli hal etildi. Transport sohasidagi hamkorlik kengaydi. Tojikiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklandi. Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, chegaraoldi hududlar o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar faollashmoqda. Shu bilan birga, qo‘lga kiritilgan dastlabki natijalardan xotirjamlikka berilishimiz mumkin emas, biz hali yo‘lning boshida turibmiz, deb hisoblayman. Birinchidan, bu savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsiyani mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratishdir.Mintaqaviy iqtisodiy forumni tashkil etish bu yo‘nalishdagi amaliy qadam bo‘lishi mumkin.
Bu o‘rinda gap biznes hamjamiyatlari o‘rtasida bevosita muloqot va o‘zaro savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va innovatsion hamkorlik borasidagi aniq loyihalarni atroflicha muhokama qilish haqida bormoqda. Bizning mintaqa mamlakatlari ishbilarmon doiralari hamda yetakchi korxonalar vakillari bilan bir necha bor o‘tkazgan uchrashuvlarimiz iqtisodiy aloqalarni sezilarli ravishda faollashtirish va o‘zaro savdo hajmini oshirish imkonini berdi. Masalan, yil boshidan buyon O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar aylanmasi o‘rtacha 20 foizga, ayrim davlatlar bilan esa qariyb 70 foizga o‘sdi. Mintaqalararo hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbarlari (hokimlari) biznes hamjamiyatining assotsiatsiyasini ta’sis etishni taklif qilaman.BMT ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi samarali kooperatsiya aloqalari 10 yil mobaynida mintaqaviy yalpi ichki mahsulotni kamida ikki barobar oshirish imkonini bergan bo‘lar edi. Ushbu mexanizmlar butun Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlagan holda, mamlakatlarimiz hududlarining sanoat, investitsiya va intellektual sohalardagi salohiyatini to‘la ishga solish imkonini berishiga ishonaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |