1 O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari


-rasm Rivojlangan mamlakatlarda 2007-2008 yillarda YaIMning o’sish sur'atlari va 2009 yil istiqbol ko’rsatkichlari


Download 124,22 Kb.
bet8/30
Sana05.01.2022
Hajmi124,22 Kb.
#233952
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi Madernizatsiy va deversifikatsiyalash bo`yicha chora tadbirlar dasturi asoslar sector korxonalarida maxsulot raqobat bardoshligini oshirishning marketing taxlili

21-rasm

Rivojlangan mamlakatlarda 2007-2008 yillarda YaIMning o’sish sur'atlari va 2009 yil istiqbol ko’rsatkichlari
Manba: Qoraqalpog’iston Rеspublikasi Vazirlar Kеngashi Raisining, viloyatlar va Toshkеnt shahar hokimlarining o’rinbosarlari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha yordamchilari, tuman va shahar hokimlarining mintaqaviy sеminar matеriallari, 14 yanvar– 1 fеvral 2009 yil.

Rossiyada asosan iqtisodiyotning rеal sеktorida faoliyat yurituvchi еtakchi kompaniyalar aktsiyalarining narxlari kеskin tushib kеtdi. Bu holat birinchi navbatda jahon enеrgеtika rеsurslari bozoridagi nobarqaror kon'yunkturaning vujuga kеlishi natijasida sodir bo’ldi.

«Qozog’iston iqtisodiy mo’jizasi» dеgan nom bilan tanilayotgan Qozoqistondagi «ochiq iqtisodiyot» siyosati va stixiyali tavsifga ega bo’lgan jahon iqtisodiyotiga intеgratsiyalashuv jarayoni global moliyaviy inqiroz sharoitida o’zining jiddiy kamchiliklariga egaligini ko’rsatdi.

Ekspеrtlarning e'tirof etishlaricha, Qozogistonda banklar faoliyatini nazorat qiluvchi organlar faoliyatining еtarli darajada tashkil qilinmaganligi natijasida bank tizimining tashqi qarzlari tijorat banklari majburiyatlari tarkibida shunday darajagacha еtib bordiki, natijada mamlakat iqtisodiyotining mavjud holati ularni o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’lmay qoldi. Banklar tomonidan tashqi krеdit rеsurslari hisobiga, birinchidan, krеditlarni o’z vaqtida qaytara olish layoqati shubhali bo’lgan qarzdorlar uchun, ikkinchidan ko’chmas mulklar bozoridagi spеkulyativ maqsadlardagi faoliyat uchun krеditlar bеrilishi bank-moliya tizimining barqarorligiga putur еtkazdi. Natijada Qozoqistonda ham ko’chmas mulk ob'еktlari narxlarining ma'lum bir muddat davomida sun'iy ravishda ko’tarilishi sodir bo’ldi va bu holat uzoq davom etmasdan, krеdit bozoridagi dеfolt holatini yuzaga chiqardi.

Ipotеka bozoridagi sun'iy shakllantirilgan yuqori narxlarning kеskin tushib kеtishi va iqtisodiyotdagi tanazzulli holatlar qator banklar va korxonalarning inqiroz chеgarasiga olib kеldi. Kapitallarning chеtga chiqib kеtishi, suzib yuruvchi kurslar bo’yicha olingan tashqi qarzlarning qimmatlashuvi bank tizimidagi muammolarda o’z ifodasini topdi va ular aktivlari sifatining pasayishi Qozoqiston banklarining xalqaro krеdit rеytingining pasayib kеtishiga olib kеldi.

Hozirda ayrim taqlilchilar, Qozoqiston hukumatining inqiroz oqibatlarini yumshatish bo’yicha ko’rayotgan chora-tadbirlari mamlakat bank tizimi faoliyatini qayta tiklash uchun еtarli emasligini e'tirof etmoqdalar.

Shu o’rinda aytish lozimki, qozirda rivojlanib borayotgan moliyaviy inqiroz inflyatsiya, qator banklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi ta'sirida ishsizlik, ishlab chiqarish sur'atlarining pasayishi va boshqalar nеgizida iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan ko’rinadiki, qozirgi jahon moliyaviy inqirozining o’ziga xos xususiyati – bu uning iqtisodiyotning moliyaviy sеktoridan boshlanib, rеal sеktoriga o’tganligidir.

1 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 4 b.


2 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 5 b.


3 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 5 b.


4 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 8 b.


Aim.uz


Birinchidan, bir xil konstruktiv elementlarning turli xil loyihalash echimlari har xil mehnat, materiallar, energiya, mashinalarning ishlash vaqtini talab qilishini, ikkinchidan, binolar va inshootlarning elementlarini loyihalash va loyihalash echimlarining barchasi texnologik emasligini isbotlashning hojati yo'q. bajarilishida va ishlab chiqarish xarajatlari jihatidan tejamkor. Binobarin, binolar va inshootlar uchun loyihalash va qurilish echimlarining ratsionalligi, kam resurs talab qiladigan qurilish inshootlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish ham qurilish ishlab chiqarishini intensivlashtirishning muhim tarkibiy qismi va omili sifatida qabul qilinishi kerak.

Jarayondan beri qurilish ishlab chiqarishni intensivlashtirish Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, juda ko'p qirrali va ko'p qirrali bo'lib, uning mazmuni va sifatini biron bir ko'rsatkich yordamida baholash mumkin emas. Shu sababli, ushbu ishda qurilish tashkilotining barcha tarkibiy qismlari, ishlab chiqarish maydonlari, qurilish maydonchalari va uchastkalari, yakka tartibdagi qurilish-montaj ishlari va ularning majmualari uchun intensivlash darajasini baholashga imkon beradigan ko'rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.




Download 124,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling