1 O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari


Download 124.22 Kb.
bet5/30
Sana05.01.2022
Hajmi124.22 Kb.
#233952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan kurs ishi Madernizatsiy va deversifikatsiyalash bo`yicha chora tadbirlar dasturi asoslar sector korxonalarida maxsulot raqobat bardoshligini oshirishning marketing taxlili

Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ-2692-sonli qaroriga asosan 2017-yilda sanoatning tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish tannarxini 8%ga pasaytirish va 2 350 ta 200,1 mln.dollar qiymatidagi jismoniy va ma'nan eskirgan asbob-uskunalarni almashtirilishi belgilangan. 

Oltinchidan - yangi erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat zonalarini tashkil etish va samaradorligini oshirish ushbu maqsadda qilinayotgan asosiy yo‘nalishlar hisoblanadi.

Ma'lumot o‘rnida: Erkin iqtisodiy zonalarda qo‘shimcha ravishda 1 mlrd.dollarlik 134 ta loyihalar amalga oshirilmoqda va unda 12,3 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Diversifikatsiya (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. D. i. ch.da yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va b. maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, q. x., transport, moliya va h.k.) boshqa i. ch. tarmoklari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi. D. natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda i. t. va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan oʻzaro bogʻlan-magan majmualar (mas, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish D.si deyiladi. Bundan tashqari uning kredit D. koʻrinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar xavf-xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obʼyektlar oʻrtasida taqsimlanadi). Bunday D. tarmoklararo kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayi-shi bilan bogʻliq.

Dunyo mamlakatlarida D. jarayoni 20-asrning 50-y.lari oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida D. sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois D. harakteri mazkur davlatlarning ijtimoiyiqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli boʻlgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va b.) bilan belgilanadi. D.da firmalar, ayniqsa, monopol firmalar kup tarmoklilik tusini oladi. Ular avvalo koʻp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (mas, elektronika, kimyo)da faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot i. ch. bilan birga, shu mahsulot uchun zarur boʻlgan xom ashyoni ham oʻzlari tayyorlashga kirishadi. Mablagʻlarni kam daromadli sohadan tejab koʻp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. Mas, AQSH konsernlari xizmat koʻrsatish, qurilish, yer maydonlari savdosi, nashr ishlari, savdo-sotiq axboroti, jihozlarni ijaraga berish va b.da faoliyat yuritdi.



Kichik sanoat zonalari sonini 116 taga yetkazish va qoshimcha 1,2 trln.somlik 248 ta loyihalar ishga tushirilishi va 11,5 mingdan ortiq yangi ish orinlari yaratilishi belgilangan.

Shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, iqtisodiyotimizda, avvalambor, sanoat sohasida tub tarkibiy o‘zgarishlar, ya'ni ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish natijasida keyingi yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini so‘zsiz ta'minlash imkoniyatiga egamiz.



Mamlakatimizda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududlarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

Farg'ona viloyatida ham bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar yuksak samaralar bermoqda. 

Viloyat hokimligidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, mavjud sanoat korxonalarining bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinayotgani texnologik jarayonlarni yangilash, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirish, mahalliy bozorni import o'rnini bosadigan mahsulotlar bilan to'ldirishda muhim omil bo'layotir. 

Ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta'minlashga qaratilgan e'tibor natijasida viloyatda kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar, to'qimachilik, kiyim-kechak, oziq-ovqat, charm va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yanada ortdi. Investitsiya dasturi doirasida 138,6 milliard so'mlik mablag'lar o'zlashtirildi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 1 ming 138 loyiha amalga oshirildi. 

O'zbekiston tumanidagi "Turon eco cement" korxonasida yiliga 100 ming tonna, Farg'ona tumanidagi "Fergana Asiana" qo'shma korxonasida yiliga 3 ming 600 tonna ip-kalava ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Qo'qon shahridagi "Indorama Qo'qon tekstil" korxonasida to'rtinchi bosqich ishga tushirilib, ishlab chiqarish hajmi yanada oshishiga erishildi hamda qo'shimcha 280 yangi ish o'rni yaratildi. 

Viloyatda yengil sanoat tarmog'i ham rivojlanmoqda. Texnologiyalari ma'naviy eskirgan paxtani qayta ishlash korxonalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari sohada jahon bozori talablariga javob beradigan sifatli tola ishlab chiqarish imkonini berdi. Buning samarasida ana shu turdagi raqabotbardosh mahsulotlar eksporti hajmi oshdi. Mahalliy yengil sanoat korxonalarini sifatli tola va ip-kalava bilan uzluksiz ta'minlash uchun qulay sharoit yaratildi. 

Ayni paytda qo'shma va xususiy korxonalarga zamonaviy uskunalar o'rnatilayotgani iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan an'anaviy o'tkazib kelinayotgan Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi korxonalarni texnologik yangilash, mahalliy xomashyodan xaridorgir, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. 

Rishton tumanidagi "RusO'zbekteks" mas'uliyati cheklangan jamiyatida modernizatsiya ishlari amalga oshirilib, mahsulot sifati yanada yaxshilandi. Korxonaning zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangani raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Yiliga 4 ming tonna paxta xomashyosini qayta ishlash quvvatiga ega korxonada 400 dan ziyod kishi mehnat qilmoqda. 

– Ip-kalava mahsulotlarimizga tashqi bozorda ham talab ortmoqda, – deydi korxona rahbari Olimjon Olimov. – O'tgan davr mobaynida 2 million 957 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. 2016-2017-yillarga mo'ljallangan maqsadli dasturga asosan korxonamizda uchinchi bosqich modernizatsiya ishlari amalga oshirilayotir. Unga ko'ra, joriy yilda umumiy qiymati 400 ming dollarlik ilg'or texnologiyalar o'rnatiladi. 

Korxonada zamonaviy uskunalarni yuksak mahorat bilan boshqarayotgan ishchilarning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir

Rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa, AQSh davlat tashqi qarzi miqdorining o’sib borganligi va uni YaIMga nisbatan salmoqi o’sganligi inqirozni kuchayishining asosiy omillaridan biri bo’ldi (19-rasm).

1957 yildagi Mеksikadan xorijiy invеstitsiyalarni chiqib kеtishi bilan bog’liq inqirozdan еtarli xulosa chiqarmagan AQSh hukumatining tashqi qarzlari o’sib bordi va jami hukumat qarzlarining tarkibida tashqi qarzlarning salmog’i qariyib 44%dan ortib kеtdi. Bu holat birinchidan, krеditorlarning AQSh milliy iqtisodiyotining barqarorligidan manfaatdorligini ortishiga va Fеdеral byudjеtning qarzlar amortizatsiyasi hamda foizlarni to’lash uchun qarzlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha davlat xarajatlarining ortishiga ham olib kеldi.




Download 124.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling