1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixini jahon madaniyati va san’ati tarixida tutgan o’rni


-mavzu: Buxoro xonligi madaniyati va san’ati


Download 276.07 Kb.
bet19/21
Sana04.02.2023
Hajmi276.07 Kb.
#1160583
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbek

9-mavzu: Buxoro xonligi madaniyati va san’ati.
Reja

  1. Shayboniyxon va uning sulolasi davri madaniyati

  2. Shayboniylar davrida kitobat sanati, xatottlik, miniatyura sanatining rivojlanishi.

  3. Ashtarxoniylar sulolasi davridagi san’at va madaniyatdagi o’ziga xoslik. Tasviriy san’at

Dashti qipchoqdagi kuchmanchi turkiy qabilalar XU asr boshlariga kelib, Oltin O’rdadan ajralib chiqdi. Mustaqil davlat tuzish harakati boshlandi. Buni Abulxayrxon (І4І2-І466) boshqardi. Lekin bu davlatning umri uzoqqa bormadi. Abulxayrxon vafotidan keyin bu davlat parchalanib ketdi. Keyinchalik uning nabirasi Muhammad Shayboniyxon parchalanib ketgan bu davlatni qayta tiklashga muyassar bo’ldi. Shayboniyxon bu davlatni tiklabgina qolmay, balki uning hududini ancha kengaytirib, yangi davlat tuzishga muyassar bo’ldi. Shayboniyxon o’z davlatini kengaytirish rejasi ustida bosh qotirayotgan bir paytda tumuriylar saltanatida toju-taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Buning ustiga dehqonlar bilan katta er egalari orasidagi nizolar ham ko’chayib borayotgan edi. Bundan foydalanib Shayboniyxon tez orada temuriylar erini birin-ketin o’z erlariga qo’shib ola boshladi va qisqa vaqt ichida tumuriylarning asosiy tayanchi bo’lgan Movarounnahr bilan Xurosonni o’ziga bo’ysundirib, Sirdaryodan Afronistongacha bo’lgan erdari o’z ichiga odgan o’lkan davlat tuzdi.Temurzoda Bobur Shayboniyxon bilan bo’lgan urushda (1507) engilib, Afg’onistonga chekinadi . (Abulxayrxon 1412 yili tug’ilgan. Chingizxon nabirasi, Jo’jining o’g’li. Abulxayrxon Sibirda xon unvoniga sazovor bo’lgan. U ko’chmanchi turkiy qabilalarni birlashtirib Dashti Qipchoqda ko’chmanchi o’zbeklar davlatini tuzgan. Abulxayrxonning Budog’ Sulton nomli o’g’lidan Muhammad Shaybonixon dunyoga kelgan)..


Shayboniylar davlati deyarli 100 yil mobaynida (І500-І601) Markaziy Osiyodagi yirik davlatlardan bo’lib, tarixda salmoqli iz qoldirdi. Bu davdatning poytaxti turli yillarda Samarqand va Buxoroda bo’lgan. Shayboniyxon Marv daryosi yonida bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchrab xalok bo’lgach, qator janglardan keyin taxtni jinyani Ubaydullaxon egallaydi. Lekin xonzodalar orasida toju taxt uchun kurash va o’zaro urushlar natijasida Shayboniylar davdati ikkiga bo’linib, birining poytaxti Samarqand, ikkinchisiniki esa Buxoro bo’lib qoldi. Samarqand xoni "Ulug’xon" deb elon kilindi. Lekin keyinchalik Ulug’ xon qaysi joyda istiqomat qilsa, o’sha joy mamlakat poytaxti hisoblandi. Shuning uchun ham keyinroq, ya’ni Abdullaxon hukmronlik qilgan davrda(XU1 asrning ikkinchi yarmi) Buxoro qaytadan poytaxtga aylantirildi. Buxoro xonlikning muhim madaniy va siyosiy markaziga aylanishi uning mavqiyeni oshirib yubordi. Xunarmandchilik nihoyatda rivoj topdi. Buxoro xunarmanddari yaratgan buyumlar tashqarida ham mashhur bo’ldi. Paxtadan mato ishlab chiqarish, terini qayta ishlash, gilamchilik, kandakorlik, kulolchidik va qurolsozlik borasida buxoro ustalari katta yutuqlarga erishdilar. Dunyoviy fanlar, musiqa, sheriyat, xattotlik va miniatyura rassomligi rivojlandi.
Me’morchilik.
Shayboniylar davri memorligi ikki bosqichda o’rganish mumkin. Bulardan birinchisi XU1 asrning 60- yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu yillarda temuriylar davri me’morligi uslubi davom etib, uning yangi yo’llarini topishga harakat qilindi. Shayboniylar davlatining poytaxti Buxoro shahrida katta qurilishlar olib borildi. Shaharni ta’mirlash ishlari kengaytirildi uning mudofaa devorlari yanada mustaxkamlandi. Shaharning shoh ko’chalarida mahobatli jamoat binolari barpo etildi. Bu qurilishlarda, ularni bezash ishlarida Mavorounnaxr, Xirot, Balx ustalari ishtirok etdilar.
І530-І536 yillarda Mir arab madrasasi , 1531-32 yili Toshkentda Shayboniylar avlodidan bo’lgan Abulxayrxon va Ulug’bekning Robiya Sulton ismli qizidan tug’ulgan Suyunijxon maqbarasi qad ko’tardi. Suyunchxo’ja Toshkentda 1524 yili vafot etganidan keyin bu maqbara qurilgan edi. Bu qurilgan binolarning tashqi va ichki xonalari bezakka boy, oltin xal suvi shu bezak ko’riini alohida joziba bergan. Shu davrda Toshkentdagi Xazrati imom me’moriy majmuasiga asos solindi, Al Bakr Kafali Shoshiy (1541-42) majmualari barpo etildi.
Xonlik memorligining ikkinchi bosqichi XVI asrning 60-90 yillarga to’g’ri keladi. Abdullaxon II boshqargan bu davrda Buxoro va undan tashqarida ham katta qurilishlar olib borildi, mavjudlari ta’mirlanib yirik majmualarga aylantirildi. Shu davrda Buxoroda Poi Kalon Jome machiti, Madarixon(1566-67) va Abdullaxon(1588-90), Ko’kaldosh(1557-98) madrasalari, Labi xovuz me’moriy majmuasi vujudga keldi. Shu yillarda Buxorodan tashqarida ham shunday majmualari yaratildi. Jumladan Toshkentda Ko’kaldosh madrasasi qad ko’tardi. Uni Toshkent xokimi Ko’kaldosh qurdirgan edi. Xuddi shu nomdagi Buxorodagi Ko’kaldosh madrasasini esa Abdullaxon P ning sarkardasi Qulbobo Ko’kaldosh qurdirgan). Chor Bakr me’moriy majmuasi(1559) ham davrning yirik qurilmalaridandir. Abdullaxon P mablag’iga bu erda xonakoh, masjit va madrasalar barpo etilgan. Qurilmalar obodonlashtirilib atrofi chorbog’ga aylantirilgan. Shu davrda katta suv inshoatlari, usti berk rastalar - timlar barpo etildi. Abdullaxon bandi shunday inshoatlarddan bo’lgan. To’g’on va suv omborini tashkil etgan bu Abdullaxon bandi shu yillar qishloq xo’jaligi ishlarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan bo’lgan. Buxoroda bizgacha saqlangan Abdullaxon tomonidan barpo etilgan tim ham davr me’morligidagi jarayonlarni - mayishiy hayot bilan bog’liq qurilmalarni barpo etilganligini ko’rsatadi. Ko’p gumbazli qilib qurilgan tim rastalari ravoqli yo’laklar bilan bir biri bilan bog’langan. Bu davr yodgorliklaridan yana biri sardobalar, ya’ni usti berk suv xovuzlar bo’lib ularning ustiga katta gumbazlar ishlangan..
16 asrning 80 – yillarida barpo etilgan Abdullaxon madrasasi davrning yangi yo’nalishi qo’sh madrasa qurish jarayonini yorqin namoyon etadi Bir biriga qaratilib qurilgan me’moriy majmualarning namunasi xisoblanadi. Bu madrasa Modarixon madrasasiga qarama qarshi peshtoqlari bir biriga qaratib qurilgan. Ular birgalikda yagona yirik me’moriy majmuani tashkil etgan. Shu davrda Toshkentdaga Xazrati imom me’moriy majmuasi yanada kengaytirilib qo’sh madrasa uslubida madrasa va maqbaralar barpo etildi, ayvonlar qurilib xovuz va ko’qalamzorlashtirish ishlariga e’tibor berildi. Abdullaxon P 1534 yili tug’ilgan,1583 yili u butun o’zbeklar xoni deb e’lon qilingan.Ko’k gumbaz(1590-91). Toqi zargaron(16 asr), Toqi sarrofon(16 asr)

Download 276.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling