1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixini jahon madaniyati va san’ati tarixida tutgan o’rni
-mavzu: Temuriylar davri madaniyati va san’ati
Download 276.07 Kb.
|
1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbek
7-mavzu: Temuriylar davri madaniyati va san’ati.
Reja 1. Amir Temur va Temuriylar davlati xususiyati, uning san’at va madaniyat rivojiga qo’shgan hissasi. 2. Amir Temur davri sanati 3. Miniatyura va devoriy rassomlik Chingizxon barpo qilgan imperiya XIV asr oxirlariga kelib qator mustaqil, bir-biriga aloqasi bo’lmagan davlatlarga ajrala boshladi. Buning ustiga Chingizxon vorislari tomonidan taxt uchun bo’lgan kurashlar ham bu davlat qudratini susaytira boshlagan edi. Ana shu davrda Markaziy Osiyoda yangi hukmdor Amir Temur maydonga chiqa boshladi. Temur o’z mavqyeini mustahkamlab borib, 1370 yili butun Mavorounnaxrni egalladi va Samarqand shahrini o’z saltanatining poytaxti etib tayinladi. Asta-sekin bu davlat kengayib o’rta Sharqda yirik davlatga aylandi. Bu davlat Temur davlati nomi bilan tarixga kirdi. Temur va uning sulolasi davrida o’rta Sharqda fan, san’at va madaniyat rivoj topdi. Shu davrda ajoyib saroylar, rnasjid va madrasalar, koshinkor maqbaralar qurildi. Buyuk olimu-fozillar bu davlat shuhratini olamga tanitdilar. Buyuk Ulug’bek, Alisher Navoiy, Abdurahon Jomiy, Kamoliddin Behzod kabi olimlar, shoirlar va miniatyura ijodkorlari shu davrda yashab ijod qildilar. Shu davrda bu ulug’ saltanatda yashagan ko’p xalq, va elatlar madaniyati va san’ati, madaniyati urf odatlari chatishib rivojda bo’ldi, Shu san’at hududida shakllangan yangi an’ana va jarayonlar esa tezda boshqa erlarda o’z davomini topib yangi maktab va yo’nalishlarga turtki berdi. . Kitobat sao’atida yangi kashfiyotlar ya’ni kitob muqovasini relefli bo’rtma shakl va tasvirli ishlash yuzaga keldi. keyinchalik o’rta Sharq kitobatida keng o’rin egalladi. Amaliy, amaliy-bezak madaniyati va san’ati nihoyatda keng rivojlandi. Bronza, kumish va oltindan quyma idishlar yasash borasida katta muvaffaqiyatga erishdilar. Ayniqsa kumish va oltindan nafis buyumlar yasash keng rivojda bo’lib saroy ahllari talabiga javob berdi. Bu hususda ispan elchisi Klavixo Temur saroyida bo’lganida oltin va kumushdan ishlangan buyumlarning ko’pligi, Temurning oltin taxti va stoli, uning dam oladigan xonasida oltindan va qimmatbaho toshlar bilan ishlangan daraxt, undagi mevalar, mevada o’hirgan ajoyib qushchalar bo’lganligini yozib qoldirgan. Vamberi temuriylar davri madaniyati haqida: - " Temur davrida yaratiigan sarf-naxv kitoblari islom dunyosidagi yoshlar qo’lida hozirgacha dasturilamal tutilmoqda va o’rta Osiyo musulmonlarining etiqod va ibodatga oid ko’pgina xususiyatlari shu vaqtlarda yozilgan fiqh, va uslub kitoblariga zamin bo’lmoqda. Osiyo va umum jahon musulmonlari qoshida eng nozik saio’at va eng oliy mukammal ma’lumot sanlagan, hozirda yolgiz nomlarigina qolgan nimaiki bor bo’lsa ularning orasida Hirot va Samarqand hukmatlari vaqtida taraqqiy etgan narsalar, shular orasida avvalo xattotlikni ko’rsatish mumkin deb yozadi. Yana davom ettirib: - "Garchi temuriylar sunniy mazhabiga ixlosmand bo’lsada, ularning kitoblarini turli rangdagi tasvirlar bilan bezamoq , binolarni har xil rasmlar bilan ziynatilmoqqa intildilar, suv bo’yoq bilan ishlangan bu rasmlarda rangbarang naqshlar va jonsiz narsalarning suratlari emas, balki mashhur xonlar, askarlar, xatto avliyolarning tasvirlari ham bor" deb takidlaydi, Temur va temuriylar davrida turli millat va dinlar mavjud bo’lib diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror edi. Shu davrda Naqshbandiya tariqatining asoschisi Shayx Ho’ja Bahovuddin yashab ijod etdi. U o’sha zamonda Buxoroda juda xurmatli kishi, Buxoroning milliy avliyolaridan hisoblangan. Vafotidan keyin uning qabrini uch marta borib ziyorat qilishlik uzoqdagi Kabaga xaj qilish bilan barobar sanldi. Dunyoviy ilimlar ichida saroy shoiri Lutfillo Nishopuriy (1384 y. vafot etgan), Shayx Kamoliddin Ho’jandiy, "Temurnoma", shoir Ahmad Kirmoniy eslash mumkin. Temur davridan madrasalar ta’sis etildi. Ular hayr-saxovat tufayli keng miqyosda taraqqiy etdi. Temur bu ishning tashabbuskori bo’lgani uchun uningxonadoni a’zolari, vazirlari ham mamlakatning boylari-barcha yaxshilar madrasayu machitlar, qaroatxonalar, kasaixonalar ta’sis etish hamda ularga ehson berishda o’zaro musobaqada bo’lishgan - Binobarin, o’rta Osiyoning manaviy taraqqiti, bilvosita bo’lmasada, har holda Amir Temur xizmati va himmatiga chambarchas bog’liq holda kechdi. Samarqand butun Osiyo savdosida mol ombori o’rinni oldi. Bu erda Hindistondan bo’yoq va attorlik, Xitoydan Ipak gazlama, chinni kosa, qadaxlar, qimmatbaho aqiq toshlar, mamlakat shimoldan noyob po’stinlar kelar edi. Shu erdan Osiyoning katta shaharlariga va buyuk Ipak yo’li orqali garbiy Yevropaga jo’natilar edi. o’rta Osiyo asl turklik davri Temurdan boshlandi. Chunki xorazmshohlar va saljuqiylar garchi maishat tarzi jihatdan turk bo’lsalarda, ular garbiy islom, eron madaniyatiga muhslis edilar. Temur davrida mamlakatning rasmiy tili turkcha edi. Temuming o’zi tiniq va ochiq turk shevasida yozar edi. «Temur tuzuklari» shuning dalilidir. Temur o’z saltanati taxtini mamlakatlar zaminiga, ularning barchasidagi urf-odatlar va marosislarni o’z saroyida turladi, taraqqiy ettirdi. Saroy ayonlarining Ipak, duxoba va atlas kiyimlari arab yoki musulmonla rasm rusumida tiklangan edi. Saroyda ayollarning libosi xususan burk, shokila qadimgi eron va Xorazm urfiga xos edi. Saroy hokimlari oltin uqa bilan bezatilgan uzun kiyim (qabo-Sa) kiyar edilar. U kiyimni yokasi bo’yinini kechib turar. o’zl engsiz bo’lgan, orqa etagi juda uzunligi uchun uni maxsusjoriyalar ko’tarib yurishgan. Ularning soni bazan o’n besh kishiga etgan. Yuzga xijob tutganlar. Yuqoridagi fikrlar ham Yamberi qalamiga mansub bo’lib, sobiq sho’ro davrida Temur davri haqida fikr yuritish mos etiigan paytda mavjudligi, klavrni G’arb tarixchi va madaniyashunoslar birmuncha keng va atroflicha o’rganilgani ko’rsatiladi..., Temuriylar inqirozidan so’ng o’rta Osiyo ham oliymaqom madaniyatdan va haqiqiy nafosatga beriiishdan ayriiib, nihoyatda jaholat va daxshatga tushdiki, u bundan sira ham ozod bo’la olmas.Madaniyat davri so’nib, uning hukmronlik hayoti ham zaiflikka yuz tutdi. Vaqti bilan hukmdorlar Islom Osiyosining eng muhim qitalarda birnecha asriar mobaynida nufo’zini o’tkazgan Buxoro va Samarqand jahon tarixi saxifasida o’z vazifalarini yo’qotdilar. G’oyat go’zal o’tgan zamonning naqadar go’zal bo’lgan Movarounnahr davlati bundan etiboran qashshoq Buxoro xonligi tarzida tanzzulga yuz tutdi. O’rta asr memorchilik sao’afi o’zining gullagan davrini boshida kechirdi. Yangi chin manodagi aristokratik me’morchilik- hashamatli va go’zal binolar qurish san’at uslubi vujudga keldi, rivojlandi. Devoriy rassomchilik, amaliy dekorativ san’at sohasida qator yangi ao’analarni shakllandi. Jumladan me’morchilikda birinchi bor vujudga kelgan yirik va murakkab me’morchilik majmualari shaharsozlikda muhim o’rinni egallay boshladi. Ao’anaviy me’morchilik shakl va uslublarini kayta qurib chiqildi. Ayniqsa memorchilik yodgordiklarini rangli koshinlar bilan boyishi katta badiiy-yestetik ahamiyat kasb etdi. Albatta rangli bezak o’rta Osiyo ao’anaviy me’morligining ham ajralmas qismi bo’lgan. Lekin 14 asrga kelib bino ichki va ayniqsa tashqi pardozida bu uslub alohda o’rinni egallay boshladi. Sirli sopol taxtachalardan ishlangan rangli naqshlar, 14 asr oxiridan keng tarqala boshlagan o’yma sirli naqshlar keng ko’lamda amalga tadbiq etilishi o’rta Sharq xalqlari ijodiy tafakkurining katta yutigi bo’ldLo’rta Osiyo me’morchiligidagi bu o’zgarishlar ilk bor Ko’xna Urganchdagi Turabek xonim maqbarasida namoyon bo’lgan edi. Xorazm ustalari yaratgan bu ajoyib yodgorlik ao’analari keyinroq Temur farmoyishi bilan Samarqand saltanatining boshqa erlarida keng foydalanilgan. Va bu ishlar uchun Xorazm ustalari jalb etilgan. 14 asr oxiri va 15 asr boshlarida Samarqandda ayniqsa katta qurilish ishlari olib borilgan. Shahar qalin devor bilan o’rab chiqildi. Unga olti darvoza orqali kirilgan. Shaharning baland ark(sitidel)ida baland Bo’ston saroy, Ko’k saroylar qurilgan. Bu davrda pishiq g’ishtda qurilgan, moviy rang koshinlar bilan bezatilgan maschit, madrasa va maqbaralar, osmono’par minoaralar so’lim tabiat qo’ynida alohida fayz va latofat kashf etgan. Temur davrida shahar va shahardan tashqarida saroylar qurish, istirohat bog’lari yaratish keng tus oldi. Temur nafaqat o’z ona shahri Kesh va poytaxti Samarqandda baiki o’z mamlakatining boshqa shaharlarida ham qator hashamtli binolar qurdirdi. Jumiadan Tabrizda maschit, Sherozda saroy, Bog’dodda madrasa, Turkistonda maqbara qurdirganligi shuning isbotidir. Download 276.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling