1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixini jahon madaniyati va san’ati tarixida tutgan o’rni


AShTARXONIYLAR ( JONIYLAR) DAVLATI(1601-1756)


Download 276.07 Kb.
bet21/21
Sana04.02.2023
Hajmi276.07 Kb.
#1160583
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1. O’zbekiston madaniyati va san’ati tarixi fani predmeti O’zbek

AShTARXONIYLAR ( JONIYLAR) DAVLATI(1601-1756)
Shayboniyxon vafotdan keyin parchalana boshlangan katta saltanat yangi Ashtarxoniylar sulolasiga yo’l ochib berdi. Ashgarxoniylar sulolasi 1601 yildan 1753 yilgacha hukmdronlik kildi. Ashtarxoniylar sulolasining asoschisi Joni Muhammad asl astraxanlik bo’lib, ruslar bu xonlik erlarini bosib ola boshlagan payitlarda u o’z o’g’illari bilan Buxoroga, qaynotasi Abdullaxon panohiga qochib kelgan edi. Keyinchalik shu sulola vakili Imonkulixoni Buxoro zodagonlari ulug’ xon kilib ko’tardilar. Imonkulixon 30 yildan ortiq Buxoroda hukmronlik qildi. 1642 yili ukasi Nodirmuxmmad o’rnini bo’shatib beradi, chunki uning ko’zi ojiz qolgan edi. Ashtarxoniylar davri noinchlik , qo’zg’olon va ko’tarilishlar bilan to’la. Samarqandning Daxbid degan joyida , І713-І4 yillari Buxoroda, 1719 yili Balxda, 1746 yili Toshkentda shunday g’alayonlar bo’lib utada.1713 yil Samarqanda bo’lgan xunarmandlar qo’zg’oloni ham xonlikka katta tashvish keltiradi.G’alayonlar ham, taxt uchun olib borilgan nizolar ham asta davlatning emirilib parchalanishiga olib bordi.Natijada ko’pgina san’atkorlar,jumladan miniatyurachilar O’rta Osiyodan o’zga yurtlarga,boburiylar hukmronligida bo’lgan Xindistonga ko’chib keta boshladilar. M.M.Samarqandiy va Nodir Murod Samarqandiylar shular jumlasidan edi. Shunga qaramay 17 asr ham san’at yangiliklariga boy Me’morlik, tasviriy, amaliy bezak madaniyati va san’ati va kitobot hamda miniatyura sohasida sezilarli asarlar yaratildi.
Me’morchilik.
Bu davr me’morligida avvalgi yillarda mavjud bo’lgan me’morlik an’analari davom etdi. Me’morlar bu an’analarni boyitib ravoq va gumbaz imkoniyatlaridan foydalanib bir biri bilan kesishadigan yo’lak va katta zallar yaratishga hamda muqarnasli o’ymakorlik madaniyati va san’atini rivojlantirishlarida namoyon bo’ldi. Shaharsozlikning yana bir o’ziga xosligi avvalgi asrda boshlangan yirik me’moriy majmualarni yaratish borasidagi jarayonlar yanada rivojlantirdilar. Shu asrda Buxoroda Poyi Kalon, Labi xovuz, Samarqandda Registon me’moriy majmuasi o’zining tugal ko’rinishini oldi. Buxoro, Shaxrisabzda gumbaz-ravoqli yopiq bozorlar kengaytirildi. Bu davrga kelib me’morlik madaniyati va san’atida bezakka yana e’tibor orta boshladi.16 asr ikinchi yarmidan susaya boshlagan bu san’at yana jonlandi. Interer bezagida kundal uslubi(texnikasida)ishlangan naqshlar, yog’och o’ymakorligida ishlangan eshik va panjaralar, sergul namoyonlar davr me’morligini ajratib turadi va qaytarilmas jozibasi bilan kishiga quvonch bag’ishlaydi. Bu davrda Buxoroda katta qurilishlar davom etdi. Shunday yodgorliklardan biri І652 yili barpo etilgan Abdulazizxon madrasasi hisoblanadi. Nisbatlari nihoyatda go’zal, oltin xalli koshinlari yozuv, naqsh va rasmlar uyg’unligida ajoyib manzara xosil qiladi. Madrasaning tashqi peshtoq bezagi naqsh va afsonaviy jonivorlar tasviri bilan bezatilgan. Madrasaning ichki xonalari ham e’tiborli. Bu yodgorlik gumbazi bezagida ganch muqarnaslar, devorlarida gulga to’la guldonni aks ettiruvchi panolar o’z aksini topgan. Peshtokning ikkinchi qavatidagi bezagi ham harakterli. Unda kuyoshga uchib borayotgan keng yoyilgan qanotli ikki qush tasviri ishlangan. 1630 yillarda Nodir Muhammad Devonbegi qurdirgan madrasa ham bezakka boy. Uning peshtoqiga ishlangan afsonaviy qushlar tasviri ham uni boshqa madrasalardan ajratib turadi. 17 asrning yirik me’moriy yodgorliklari bu Sherdor madrasasi bo’lib u biroz ilgariroq barpo etilgan Tillaqori va Ulug’bek madrasalari bilan birgalikda yaxlit me’moriy majmuani tashkil etadi va Registon maydonga tugallik bergan. 1619-1636 yillarda me’mor ....
Tasviriy san’at memoriy bezaklarda, amaliy san’at buyumlari keng o’rinni egallaydi va ularning axralmas qismiga aylangan. Shu davrda ishlangan gilam va suzanalar, sopol buyumlar, Buxorodagi Nodir-Devon Begi Samarqanddagi Sherdor, Tillakori madrasalarining bezaklarida tasviriy san’at o’z ifodasini topgan.
Umuman shuni ta’kidlash kerakki, bu asrda ham borliqni, tabiat ko’rinishlari, guldon yoki tuvakda ko’karib turgan gul, daraxt shoxida xirgoyi qilayotgan chiroyli qushlar va hayvonlar tasviri shu davrda ishlangan sopol buyumlari, gilam va so’zanalarda binolarning tashqi va ichki bezaklarida, turli xil shakllar (medadonlar) ichiga ishlangan tasvirlarda keng uchraydi. Shu xususda Samarqanddagi Tilla qori madrasasi (XUP asr) naqsh va bezaklari diqatga sazovor. Bu madrasa devoriy rasmlarida Bibi Xonim maschiti, oq saroy, devoriy rasmdariga o’xshash kompozitsiyalar uchraydi. Uncha katta bo’dmagan manzaralar - daraxt shohlari, gullar ko’rinishi moviy zaminda (fonda) oltin xaldan ishlangan Bu hisobiga xonalar ko’rinishi ertaknamolik kashf etgan.
17 asr miniatyura va kitobot madaniyati va san’ati ham boy tarixiga ega. Bu asrda san’atning shu turlarida nodir asarlar yaratildi. Saroy qoshidagi kutubxonalarda rassom va xattotlarning katta guruhi mehnat qilgan. Jumladan musavvirlar Xo’ja Gado, Avaz-Muhammad, Xo’ja Muqim, Mulla Bexzod , xattotlar Mirza Barki, Mirza Mir Munish va Arab-Shoh saroy kitobxonasida yashab ijod etgan . Bulardan tashqari xonlar taklifi va buyurtmalari asosida tashqaridan ham istedodli rassomlar kitoblar ko’chirish va bezash ishlariga jalb etilgan. Jumladan Ashtarxoniylardan Abdulazizxon uchun ko’chirilgan Sadiyning «Bo’ston» asari uchun ko’chirilgan qo’lyozmada(1649) Farxod ismli musavvir dasxati uchrashi shundan dalolat beradi. Nizomiyning «Hamsa» asari qo’lyozmasida esa Muhammad-Muqim (Xo’ja Muhammad),Muhammad Amin,Behzod dastxatlari bor.

Buxoro xonligida musiqa, tasviriy san’at va xattotlik.


Reja
1. Shayboniyxon va uning sulolasi davri madaniyati
2. Shayboniylar davrida kitobat sanati, xatottlik, miniatyura sanatining rivojlanishi.
3. Ashtarxoniylar sulolasi davridagi san’at va madaniyatdagi o’ziga xoslik. Tasviriy san’at

Dashti qipchoqdagi kuchmanchi turkiy qabilalar XU asr boshlariga kelib, Oltin O’rdadan ajralib chiqdi. Mustaqil davlat tuzish harakati boshlandi. Buni Abulxayrxon (І4І2-І466) boshqardi. Lekin bu davlatning umri uzoqqa bormadi. Abulxayrxon vafotidan keyin bu davlat parchalanib ketdi. Keyinchalik uning nabirasi Muhammad Shayboniyxon parchalanib ketgan bu davlatni qayta tiklashga muyassar bo’ldi. Shayboniyxon bu davlatni tiklabgina qolmay, balki uning hududini ancha kengaytirib, yangi davlat tuzishga muyassar bo’ldi. Shayboniyxon o’z davlatini kengaytirish rejasi ustida bosh qotirayotgan bir paytda tumuriylar saltanatida toju-taxt uchun kurash avjiga chiqdi. Buning ustiga dehqonlar bilan katta er egalari orasidagi nizolar ham ko’chayib borayotgan edi. Bundan foydalanib Shayboniyxon tez orada temuriylar erini birin-ketin o’z erlariga qo’shib ola boshladi va qisqa vaqt ichida tumuriylarning asosiy tayanchi bo’lgan Movarounnahr bilan Xurosonni o’ziga bo’ysundirib, Sirdaryodan Afronistongacha bo’lgan erdari o’z ichiga odgan o’lkan davlat tuzdi.Temurzoda Bobur Shayboniyxon bilan bo’lgan urushda (1507) engilib, Afg’onistonga chekinadi . (Abulxayrxon 1412 yili tug’ilgan. Chingizxon nabirasi, Jo’jining o’g’li. Abulxayrxon Sibirda xon unvoniga sazovor bo’lgan. U ko’chmanchi turkiy qabilalarni birlashtirib Dashti Qipchoqda ko’chmanchi o’zbeklar davlatini tuzgan. Abulxayrxonning Budog’ Sulton nomli o’g’lidan Muhammad Shaybonixon dunyoga kelgan)..


Shayboniylar davlati deyarli 100 yil mobaynida (І500-І601) Markaziy Osiyodagi yirik davlatlardan bo’lib, tarixda salmoqli iz qoldirdi. Bu davdatning poytaxti turli yillarda Samarqand va Buxoroda bo’lgan. Shayboniyxon Marv daryosi yonida bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchrab xalok bo’lgach, qator janglardan keyin taxtni jinyani Ubaydullaxon egallaydi. Lekin xonzodalar orasida toju taxt uchun kurash va o’zaro urushlar natijasida Shayboniylar davdati ikkiga bo’linib, birining poytaxti Samarqand, ikkinchisiniki esa Buxoro bo’lib qoldi. Samarqand xoni "Ulug’xon" deb elon kilindi. Lekin keyinchalik Ulug’ xon qaysi joyda istiqomat qilsa, o’sha joy mamlakat poytaxti hisoblandi. Shuning uchun ham keyinroq, ya’ni Abdullaxon hukmronlik qilgan davrda(XU1 asrning ikkinchi yarmi) Buxoro qaytadan poytaxtga aylantirildi. Buxoro xonlikning muhim madaniy va siyosiy markaziga aylanishi uning mavqiyeni oshirib yubordi. Xunarmandchilik nihoyatda rivoj topdi. Buxoro xunarmanddari yaratgan buyumlar tashqarida ham mashhur bo’ldi. Paxtadan mato ishlab chiqarish, terini qayta ishlash, gilamchilik, kandakorlik, kulolchidik va qurolsozlik borasida buxoro ustalari katta yutuqlarga erishdilar. Dunyoviy fanlar, musiqa, sheriyat, xattotlik va miniatyura rassomligi rivojlandi.
Me’morchilik.
Shayboniylar davri memorligi ikki bosqichda o’rganish mumkin. Bulardan birinchisi XU1 asrning 60- yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu yillarda temuriylar davri me’morligi uslubi davom etib, uning yangi yo’llarini topishga harakat qilindi. Shayboniylar davlatining poytaxti Buxoro shahrida katta qurilishlar olib borildi. Shaharni ta’mirlash ishlari kengaytirildi uning mudofaa devorlari yanada mustaxkamlandi. Shaharning shoh ko’chalarida mahobatli jamoat binolari barpo etildi. Bu qurilishlarda, ularni bezash ishlarida Mavorounnaxr, Xirot, Balx ustalari ishtirok etdilar.
І530-І536 yillarda Mir arab madrasasi , 1531-32 yili Toshkentda Shayboniylar avlodidan bo’lgan Abulxayrxon va Ulug’bekning Robiya Sulton ismli qizidan tug’ulgan Suyunijxon maqbarasi qad ko’tardi. Suyunchxo’ja Toshkentda 1524 yili vafot etganidan keyin bu maqbara qurilgan edi. Bu qurilgan binolarning tashqi va ichki xonalari bezakka boy, oltin xal suvi shu bezak ko’riini alohida joziba bergan. Shu davrda Toshkentdagi Xazrati imom me’moriy majmuasiga asos solindi, Al Bakr Kafali Shoshiy (1541-42) majmualari barpo etildi.
Xonlik memorligining ikkinchi bosqichi XVI asrning 60-90 yillarga to’g’ri keladi. Abdullaxon II boshqargan bu davrda Buxoro va undan tashqarida ham katta qurilishlar olib borildi, mavjudlari ta’mirlanib yirik majmualarga aylantirildi. Shu davrda Buxoroda Poi Kalon Jome machiti, Madarixon(1566-67) va Abdullaxon(1588-90), Ko’kaldosh(1557-98) madrasalari, Labi xovuz me’moriy majmuasi vujudga keldi. Shu yillarda Buxorodan tashqarida ham shunday majmualari yaratildi. Jumladan Toshkentda Ko’kaldosh madrasasi qad ko’tardi. Uni Toshkent xokimi Ko’kaldosh qurdirgan edi. Xuddi shu nomdagi Buxorodagi Ko’kaldosh madrasasini esa Abdullaxon P ning sarkardasi Qulbobo Ko’kaldosh qurdirgan). Chor Bakr me’moriy majmuasi(1559) ham davrning yirik qurilmalaridandir. Abdullaxon P mablag’iga bu erda xonakoh, masjit va madrasalar barpo etilgan. Qurilmalar obodonlashtirilib atrofi chorbog’ga aylantirilgan. Shu davrda katta suv inshoatlari, usti berk rastalar - timlar barpo etildi. Abdullaxon bandi shunday inshoatlarddan bo’lgan. To’g’on va suv omborini tashkil etgan bu Abdullaxon bandi shu yillar qishloq xo’jaligi ishlarini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan bo’lgan. Buxoroda bizgacha saqlangan Abdullaxon tomonidan barpo etilgan tim ham davr me’morligidagi jarayonlarni - mayishiy hayot bilan bog’liq qurilmalarni barpo etilganligini ko’rsatadi. Ko’p gumbazli qilib qurilgan tim rastalari ravoqli yo’laklar bilan bir biri bilan bog’langan. Bu davr yodgorliklaridan yana biri sardobalar, ya’ni usti berk suv xovuzlar bo’lib ularning ustiga katta gumbazlar ishlangan..
16 asrning 80 – yillarida barpo etilgan Abdullaxon madrasasi davrning yangi yo’nalishi qo’sh madrasa qurish jarayonini yorqin namoyon etadi Bir biriga qaratilib qurilgan me’moriy majmualarning namunasi xisoblanadi. Bu madrasa Modarixon madrasasiga qarama qarshi peshtoqlari bir biriga qaratib qurilgan. Ular birgalikda yagona yirik me’moriy majmuani tashkil etgan. Shu davrda Toshkentdaga Xazrati imom me’moriy majmuasi yanada kengaytirilib qo’sh madrasa uslubida madrasa va maqbaralar barpo etildi, ayvonlar qurilib xovuz va ko’qalamzorlashtirish ishlariga e’tibor berildi. Abdullaxon P 1534 yili tug’ilgan,1583 yili u butun o’zbeklar xoni deb e’lon qilingan.Ko’k gumbaz(1590-91). Toqi zargaron(16 asr), Toqi sarrofon(16 asr)
Tasviriy san’at
Shayboniyxon qo’liga kiritgan Mavorounnaxr boy madaniy merosga ega edi. Shu yillarda Kamoliddin Bexzod va uning atrofida to’plangan ko’pgina rassom va xattotlar ijod qilishar edi. Shayboniyxon va uning davomchilari davrida O’rta Osiyo, xususan Buxoroda san’at va madaniyat o’zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Shu erda, ayniqsa, kitobat madaniyati va san’ati, xatotlik va u bilan bog’liq holda miniatura madaniyati va san’ati rivojlandi. Kulyozmalari bezash, ularni kitob xoliga keltirish borasada buxorolik ustalar dong taratdilar. Bu erda taniqli xattot va musavirlar ko’chib keldi. Buxoro, Samarqand, Toshkentda betakror o’rta osiyocha miniatyura maktabi shakllana boshladi. Shu san’at rivojlanishining dastlabki bosqichini Shayboniylarning tarixiy bayonnomalariga bag’ishlangan «Shayboniynoma», «Fatxnoma» va «Tarixi Abulxayrxon» qo’lyozmalarida o’z ifodasini topdi. Bu qo’lyozmalarga ishlangan miniatyuralarni mahalliy rassomlar bojargan bo’lib, bu miniatyuralarni xirot maktabi rasmlari bilan solishtirganda Xirot maktabi miniatyuralariga xos nafislik, kiboriy ruh susayganini, sezish mumkin. Bu miniatyuralarning qalami jiddiy, koloriti siqiq va yaxlit, yirik ishlangan obrazlar birmuncha qotib qolgan xolda ko’rsatilgan, manzara tasviri ham sodda. Yana bir muhim tomoni shundaki bu miniatyuralarning,ularda tasvirlangan odamlar,ularning kiyimlari va ularni o’rab turgan muxitda o’zbek tiplariga xos fazilatlarni ko’ramiz. Shu xususda «Tarixi Abulxayrxon miniatyuralari etiborga loiq. Qo’lyozma uchun 28 miniatyura XU1 asrning 40 yillarida ishlangan.
Shu davrdan xattotlik madaniyati va san’ati ham yanada rivojlandi. Bu rivojga xirot maktabi kuchli ta’sir etdi. Bu ishlarda 1528 yili Xirotdan Buxoroga ko’chib kelib, umrining oxirgacha shu erda mehnat qilgan K.Behzod shogirdlaridan «xattotlar qiroli» Mir Ali sezilarli iz qoldirdi. Mir Ali bu erda zamondoshi M.Muzahhib va uning shogirdlari bilan xamkorlikda ishladi va qo’lyozmalarni ko’chirgan. Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan Nizomiyning dostoni ko’chirmasi shunday hamkorlikda yaratilgan.
O’rta Osiyoda miniatyura maktabining yirik vakili Maxmud Muzahhib xisoblanadi. Asl ismi Mahmud Shayhzoda bo’lgan Muzahhib Kamoliddin Behzod, Miroq Naqqosh qo’lida tasviriy san’at sirlarini o’rgangan. Temuriylar saltanatiga chek qo’yilib hokimiyat Shayboniylar qo’liga o’tganidan keyin u saltanatining poytaxti Samarqandda keyinroq Buxoroda yashab saroyda xizmat qilgan. Buxoroda 80 yoshda olamdan 1572 yili Buxoroda vafot etgan. Maxmud Muzahhib 1485-90 yillar orasida tug’ilgan deb taxmin qilinadi. U kitob bezash hamda miniatyura ishlash borasida yuksak mahoratga ega bo’lganligi uchun ham unga "Muzahhib" ya’ni "oltin suvi yurituvchi" taxalusi berilgan. Mahmud Shayhzodaning 30 ga yaqin asarlari aniqlangan. Rassomning ilk asarlaridan biri Alisher Navoiyning xassaga tayanib turgan xolda tasvirlangan surati xisoblanadi. Rasm. Xassaga tayanib turgan Navoiy surati. Portretda keksaib qolgan Navoiyning xassaga tayanib turgan xolatida aks ettiradi. Maxmud Muzahhib portretlar ishlash bilan bir qatorda tarixiy va maishiy janrlarda ham asarlar yaratgan. Rassom ijodining gullagan davri XU1 asrning 30-40-yillariga to’g’ri keladi. Shu davrda ishlangan miniatyuralar ichida
«Sulton Sanjar va to’quvchi kampir bilan uchrashuvi» uning etuk asarlardan biridir. Unda saljuqiylar hokimi Sulton Sanjar ovga ketayotgan paytda qari to’quvchi kampir uni xalq boshiga ko’p tashvish va uqubatlar tushirgani uchun koyiganligi hikoya qilinadi.(Rasm. Sulton Sanjar ovda.) Bu asari bilan rassom o’z davr illatlarini ham ko’tarib chiqqanligini ko’rsatadi. Saadiyning «Bo’ston» asari miniatyuralari ham M.Muzahhib qalamiga mansub deb hisoblanadi. Bu qo’lyozma Toshkent hokimi Barakxon taxallusi bilan tanilgan Navro’z-Axmad uchun 1555 yili ishlangan. Bu qo’lyozma ham Milliy kutubxonada Parijda saqlanadi.
Maxmud Muzahhib shogirdlari Muhammad Chagri Muxassin, Abdulla, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalar kitob, miniatyura madaniyati va san’atini rivojlantirishda o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.
Muhammad Murod Samarqandiy. Muhammad Murod Samarqandiy XU1 asrning boshlarida Samarqandda tug’ilgan. Shu erda diniy va dunyoviy bilimlarni egalladi, xususiy maktabda rassomlik va xattotlik bilimlarini egallagan. Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida diniy va dunyoviy bilimlarini oshirib shu erning o’zida kitob ko’chirish, ularni turli naqsh va rasmlar bilan bezash bilan shug’ullandi. Temuriylar inqirozi kuchayib borgan kezlarda aqidaparastlar tomonidan jonli narsalar rasmini chizish man etilib rassomlar taqibga uchrayboshlaganida u do’sti Nodir Samarqandiy bilan birga Xindistonga, boburiylar davlatiga o’tib ketdi va shu erda umrining oxrigacha yashab ijod qildi va xind miniatyura maktabining shakllanishida muhim rol o’ynadi.
Samarqandiy ham o’z ijodida jamiyat illatlarini ochib ko’rsatishga harakat qilganligi uning qator asarlarida o’z ifodasini topgan. Temirchi Kova qo’zg’oloniiga bag’ishlangan miniatyurasi shunday tanqidiy ruhda ishlangan. Bulardan tashqari shohlarning qabul marosimlari, ov va jang manzaralari uning asarlarida o’z ifodasini topgan. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”, Saa’diyning “Guliston”, “Bo’ston” dostonlariga ishlangan miniatyuralar ham mashhur. Muhammad Murod Samarqandiyning bizgacha saqlangan asarlari ichida 1556 yili ishlangan «Shohnoma» qo’lyozmasigaishlangan miniatyuralari alohida ajralib turadi. Bugungi kunda bu qo’lyozma Toshkentdagi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanadi. Dostonga ishlangan 115 ta miniatyura syujetlari tugal, dostondagi voqyealarni mohiyati bilan ochib berishga harakat qiladi. Unda rassom dostondagi voqyealarning mazmunini atroflicha yoritishga, jamiyat illatlarini ochib ko’rsatishga harakat qiladi. “Temirchi Kova qo’zg’oloni”, “Zahhokning Fariddun tomonidan asr olinishi”, “Fariddunning o’g’illari Yaman shohi huzurida”, “Rustamning tug’ulishi” va boshqa miniatyuralarda shu xususiyatlar namoyon bo’ladi.
XU1 asr ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro O’rta Osiyo badiiy hayotida muhim o’rin egalladi Portret madaniyati va san’ati rivojlandi. Xonlar portretlari ishlandi. Abdullaxon , Imonqulixon portretlari shular jumlasidan. Shayboniylar davrining mashhur musavvirlari Abdullo Buxoriy, Menuchehr, Jamoliddin Yusuf kabi miniatyura ustalari ham tarix sahifalaridan munosib o’rinni egalladilar. Ularning bizgacha etib kelgan ayrim asarlari ularning yuksak did va ijodiy barkamolliklaridan dalolat beradi..
Ashtarxoniylar (Joniylar) davlati (1601-1756)
Shayboniyxon vafotdan keyin parchalana boshlangan katta saltanat yangi Ashtarxoniylar sulolasiga yo’l ochib berdi. Ashgarxoniylar sulolasi 1601 yildan 1753 yilgacha hukmdronlik kildi. Ashtarxoniylar sulolasining asoschisi Joni Muhammad asl astraxanlik bo’lib, ruslar bu xonlik erlarini bosib ola boshlagan payitlarda u o’z o’g’illari bilan Buxoroga, qaynotasi Abdullaxon panohiga qochib kelgan edi. Keyinchalik shu sulola vakili Imonkulixoni Buxoro zodagonlari ulug’ xon kilib ko’tardilar. Imonkulixon 30 yildan ortiq Buxoroda hukmronlik qildi. 1642 yili ukasi Nodirmuxmmad o’rnini bo’shatib beradi, chunki uning ko’zi ojiz qolgan edi. Ashtarxoniylar davri noinchlik , qo’zg’olon va ko’tarilishlar bilan to’la. Samarqandning Daxbid degan joyida , І713-І4 yillari Buxoroda, 1719 yili Balxda, 1746 yili Toshkentda shunday g’alayonlar bo’lib utada.1713 yil Samarqanda bo’lgan xunarmandlar qo’zg’oloni ham xonlikka katta tashvish keltiradi.G’alayonlar ham, taxt uchun olib borilgan nizolar ham asta davlatning emirilib parchalanishiga olib bordi.Natijada ko’pgina san’atkorlar,jumladan miniatyurachilar O’rta Osiyodan o’zga yurtlarga,boburiylar hukmronligida bo’lgan Xindistonga ko’chib keta boshladilar. M.M.Samarqandiy va Nodir Murod Samarqandiylar shular jumlasidan edi. Shunga qaramay 17 asr ham san’at yangiliklariga boy Me’morlik, tasviriy, amaliy bezak madaniyati va san’ati va kitobot hamda miniatyura sohasida sezilarli asarlar yaratildi.
Me’morchilik.
Bu davr me’morligida avvalgi yillarda mavjud bo’lgan me’morlik an’analari davom etdi. Me’morlar bu an’analarni boyitib ravoq va gumbaz imkoniyatlaridan foydalanib bir biri bilan kesishadigan yo’lak va katta zallar yaratishga hamda muqarnasli o’ymakorlik madaniyati va san’atini rivojlantirishlarida namoyon bo’ldi. Shaharsozlikning yana bir o’ziga xosligi avvalgi asrda boshlangan yirik me’moriy majmualarni yaratish borasidagi jarayonlar yanada rivojlantirdilar. Shu asrda Buxoroda Poyi Kalon, Labi xovuz, Samarqandda Registon me’moriy majmuasi o’zining tugal ko’rinishini oldi. Buxoro, Shaxrisabzda gumbaz-ravoqli yopiq bozorlar kengaytirildi. Bu davrga kelib me’morlik madaniyati va san’atida bezakka yana e’tibor orta boshladi.16 asr ikinchi yarmidan susaya boshlagan bu san’at yana jonlandi. Interer bezagida kundal uslubi(texnikasida)ishlangan naqshlar, yog’och o’ymakorligida ishlangan eshik va panjaralar, sergul namoyonlar davr me’morligini ajratib turadi va qaytarilmas jozibasi bilan kishiga quvonch bag’ishlaydi. Bu davrda Buxoroda katta qurilishlar davom etdi. Shunday yodgorliklardan biri І652 yili barpo etilgan Abdulazizxon madrasasi hisoblanadi. Nisbatlari nihoyatda go’zal, oltin xalli koshinlari yozuv, naqsh va rasmlar uyg’unligida ajoyib manzara xosil qiladi. Madrasaning tashqi peshtoq bezagi naqsh va afsonaviy jonivorlar tasviri bilan bezatilgan. Madrasaning ichki xonalari ham e’tiborli. Bu yodgorlik gumbazi bezagida ganch muqarnaslar, devorlarida gulga to’la guldonni aks ettiruvchi panolar o’z aksini topgan. Peshtokning ikkinchi qavatidagi bezagi ham harakterli. Unda kuyoshga uchib borayotgan keng yoyilgan qanotli ikki qush tasviri ishlangan. 1630 yillarda Nodir Muhammad Devonbegi qurdirgan madrasa ham bezakka boy. Uning peshtoqiga ishlangan afsonaviy qushlar tasviri ham uni boshqa madrasalardan ajratib turadi. 17 asrning yirik me’moriy yodgorliklari bu Sherdor madrasasi bo’lib u biroz ilgariroq barpo etilgan Tillaqori va Ulug’bek madrasalari bilan birgalikda yaxlit me’moriy majmuani tashkil etadi va Registon maydonga tugallik bergan. 1619-1636 yillarda me’mor ....
Tasviriy san’at memoriy bezaklarda, amaliy san’at buyumlari keng o’rinni egallaydi va ularning axralmas qismiga aylangan. Shu davrda ishlangan gilam va suzanalar, sopol buyumlar, Buxorodagi Nodir-Devon Begi Samarqanddagi Sherdor, Tillakori madrasalarining bezaklarida tasviriy san’at o’z ifodasini topgan.
Umuman shuni ta’kidlash kerakki, bu asrda ham borliqni, tabiat ko’rinishlari, guldon yoki tuvakda ko’karib turgan gul, daraxt shoxida xirgoyi qilayotgan chiroyli qushlar va hayvonlar tasviri shu davrda ishlangan sopol buyumlari, gilam va so’zanalarda binolarning tashqi va ichki bezaklarida, turli xil shakllar (medadonlar) ichiga ishlangan tasvirlarda keng uchraydi. Shu xususda Samarqanddagi Tilla qori madrasasi (XUP asr) naqsh va bezaklari diqatga sazovor. Bu madrasa devoriy rasmlarida Bibi Xonim maschiti, oq saroy, devoriy rasmdariga o’xshash kompozitsiyalar uchraydi. Uncha katta bo’dmagan manzaralar - daraxt shohlari, gullar ko’rinishi moviy zaminda (fonda) oltin xaldan ishlangan Bu hisobiga xonalar ko’rinishi ertaknamolik kashf etgan.
17 asr miniatyura va kitobot madaniyati va san’ati ham boy tarixiga ega. Bu asrda san’atning shu turlarida nodir asarlar yaratildi. Saroy qoshidagi kutubxonalarda rassom va xattotlarning katta guruhi mehnat qilgan. Jumladan musavvirlar Xo’ja Gado, Avaz-Muhammad, Xo’ja Muqim, Mulla Bexzod , xattotlar Mirza Barki, Mirza Mir Munish va Arab-Shoh saroy kitobxonasida yashab ijod etgan . Bulardan tashqari xonlar taklifi va buyurtmalari asosida tashqaridan ham istedodli rassomlar kitoblar ko’chirish va bezash ishlariga jalb etilgan. Jumladan Ashtarxoniylardan Abdulazizxon uchun ko’chirilgan Sadiyning «Bo’ston» asari uchun ko’chirilgan qo’lyozmada(1649) Farxod ismli musavvir dasxati uchrashi shundan dalolat beradi. Nizomiyning «Hamsa» asari qo’lyozmasida esa Muhammad-Muqim (Xo’ja Muhammad),Muhammad Amin,Behzod dastxatlari bor.

13-MAVZU: XIX ASRNING IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON XALQLARI MADANIYATI VA SAN’ATI.


Reja
1. Chor Rossiyasining Markaziy Osiyoni bosib olishi va uning madaniyatga ta’siri
2. Markaziy Osiyoda XIX asr oxiri XX asr boshlarida grafika madaniyati va san’ati
3. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida rassomchilik, hayqaltaroshlik va me’morlik madaniyati va san’ati

1880-yillarga kelib O’rta Osiyo va Qozoqiston erlari butunlay rus qo’shinlari tomonidan bosib olindi. Malumki chor hukmati O’rta Osiyoga hujum qilganida bu erda uchta mustaqil xonlik mavjud bo’lib ular Markaziy Osiyo hududining katta qismi tashkil etar edi. Lekin bu xonliklar orasidagi doimiy nizolar mamlakatlarni zaiflashtirib qo’ygan edi. Bu xol rus qo’shinlarini tez va oson xonlik erlarini bosib olib o’z hukmini o’rnatishga imkoniyat yaratdi. Yurishdan so’ng Buxoro amirligi va Xiva xonligi Russiyaning vassaliga aylantirildi , Qo’qon xonligi yo’q qilinib uning erlari Turkiston general gubernatorligiga qo’shib yubordi.


Turkiston general-gubernatorligi 1867 yili bosib olingan Markaziy Osiyo erlarining katta qismida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etilib markazi Toshkent shahri belgilandi. Me’morchilik. Chor hukmati bosib olgan erlardagi harbiy qal’a va karorgohlarini mustaxkamlash va kengaytirishga e’tibor berdi. 1898 yili temir yo’l qurilgandan so’ng rusiyadan ko’chib keluvchilar soni yanada ortdi.
Ruslarning kirib kelishi natijasipa shahar va qishloklarining turmush tarzi o’zgardi. Qishloqlar shaharlarga aylana bordi. Shaharlar esa kattalashib, eski va yangi shahar qismiga ajrala boshladi. Eski shahar asosan mahalliy aholi istikomat qildigan joy yangi shaharlar esa boskinchilar tomonidan barpo etilgan mamuriy va madaniy binolar hamda ruslar yashaydigan kvartallardan tashkil topdi. Yangi shaharlar reja/plan/ asosida qurila boshlanadi. Keng ko’chalar katta maydon va hiyobonlar , ko’p kavatli turar-joylar XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyo shaharlari qiyofasini o’zgartirib yubordi. Shu davrda Turkiston genera-gubernatorligini markazi bo’lgan Toshkent shaharining qurilishi ham o’zgardi. "Kichik Peterburg" deb nom olgan va rus davlatining poytaxti Peterburg shahriga o’xshatib qurilgan bu shahar ko’chalari va hiyobonlari o’z vaqtida kelgan sayyoxlarni ham hayratga soldi. Shahardagi amaldorlarning uylari , turliy ma’muriy binolar, favvorli istirohat bog’lari shaharga evropa tusini berdi. Shahar ko’chalarida, yo’llarga tosh, ko’nka uchun temir izlarning yotqazilishi, faytunli ot va fonuslarning paydo bo’lishi ham shahar qiyofasiga yangi davr ruxini kiritdi.
Bu davrda qishloqlarning shaharlarga aylanish jarayoni tezlashdi. Olmato, Bishkek, Ashxabod, Samarqand,Farg’ona kabi qator shaharlar o’zining yangi davrini boshladi. Ularning yangi shahar qismi shakllandi.
Markaziy Osiyo erlarida , ayniqsa uning shaharlarida ruslarning ko’payishi chor hukmati oldiga qator masalalarni ko’ndalang ko’ydi. Bu ham bo’lsa ko’chib kelgan va kelayotgan evropaliklar uchun ish joyni tashkil etish , bolalarni o’kitish uchun maktablar ochish, kasalxonalar qurish, pochta-telegraf ishlarni yo’lga kuyish va boshqa qator masalalarni tezlik bilan xalq etish edi. Bular ijtimoiy hayotda katta jonlanishga sabab bo’ldi. Bu ishlarni xal kilish uchun esa mahalliy aholi ham jalb etila boshlandi. Natijada mahalliy ishchilar safi kengaya bordi. Ayni vaqtda mahalliy boylar shakllandi, milliy burjua katlamining safi ortdi.
Bu davrdan boshlab Rusiya sanoat korxonalarida ishlab chiqilgan buyumlar, masalan, lampa, samovar, mato va evropacha kiyim kechaklar mahalliy aholi xonadoniga kirib kela boshladi, musulmon xonadoniga kartoshka, pomidor, baklajon va boshqa yangi sabzavotlar ham paydo bo’ldi.
Markaziy Osiyo madaniy hayotida ham jiddiy o’zgarishlar sodir bo’la boshladi. Ziyolilar safi kengaydi, boy va eodagonlarning bolalari talim-tarbiyasida o’zgarishlar yuz berdi. Ular endilikda evropa memlakatlari hayoti bilan yaqindan tanisha bordilar. Peterburg, Moskov,Istambul, Berlin, Parij va boshqa shaharlar hayotini o’z ko’zlari bilan ko’rdilar. Kapitalistik munosabatlari kengaygan sari ziyolilar harakati ham ko’chaya bordi. Eskicha yashash tarzini o’zgartirish , yangi zamonni xis etish zarurligini ilg’or eiyolilar dildan seza bordilar. Ularning bu harakat va intalishari zoya ketmadi.
Shu davrdan gazeta va jurnallar toshbosma uslubida nashr etish kengayib bordi, teatrlar tashkil etilib, doston va afsonlarni saxnalashtarish orqali xalqni marifatga chorlash, ularda dunyoga kizikishini ortirishga intildilar. Natijada keng xalq ommasi ijtimoiy hayotga tortila boshlandi. Muhimi shundaki, bu ishlarda xotin-kizlar ham ishtirok kila boshladilar. Badiiy adabiyotda ham jonlanish boshlandi, Avaz O’tar, Furqat, Abdulla Avloniy, Axmad Donish kabi qator yozuvchi hamda shoirlar ijod etdilar. Me’morlik, tasviriy va amaliy san’atda ham yangi jarayonlar ro’y berdi. Bosma kitoblarni paydo bo’lishi xattotlarga bo’lgan talabni kamaytirib yubordi,sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mayishiy buyumlar keng ko’lamda bu erlarga kilib kelishi esa maxaliiy kustar ishlab chiqarishini sindirib bordi. Kulolchilik, bo’z to’qish kabi maxsulotlarga talab pasaytira bordi. Me’morlikda esa an’anaviy uslublar yangi evropa me’morchilik uslublaridan ta’sirlana boshladi, Sharq va G’arb madaniyati va san’ati an’analarisimbiozi yuzaga keldi. Shu xolni tasviriy san’atda ham ko’ramiz. Ishlangan tasviriy san’at asarlarida milliy rasm chizish uslubi evropa rasm chizish uslubi bilan uyg’unlashtirishga intilish paydo bo’ldi. Bu xususiyat buxoroli rassom Axmad Donish ishlarida bilinadi. Uning Alisher Navoyining Layli va Majnun dostoniga ishlagan kompozitsiyalarida shu xolni ko’rish mumkin.
Axmad Donish (І827-І887) yozuvchi, shoir, rassom, xattot sifatida tanildi. U Rusiya shaharlarida bo’lib yangi hayot, vokelikka yangicha karash tuyg’usi bilan yashadi va mehnat kildi, uning bu karashlari ilmiy risolalarida, mo’jaz rasmlarida o’z ifodasini topdi. Donishning mujaz rasmlarida vokelikni o’ziga aynan uxshatishga intilib ishlanganligi rasmda tasvirlangan yaqin va uzoqdagi buyumlarning katta va kichik tasvirlanishida bilinadi. Donish Ilg’or evropa madaniyati va san’atini kizikib urgandi. Uning "Majnun saxroda" "Rassom va shoir" kabi qator miniatyuralarida evropa realistik madaniyati va san’ati an’analari tasiri ishlanish uslubida mavzuni echishda ko’rinadi.
X1X asr o’rtalaridan boshlab O’rta Osiyoda birin ketin bosmaxonalar tashkil etila boshlagan. Rus va mahalliy tillarda turli gazeta, jurnal va kitoblar nashr etilishi san’at rivojiga tasir eta borib rassomlar safini kengaytirdi. Bu dastlabki kitobot madaniyati va san’ati bilan bog’liq rasmlar o’ziga xos, sodda va ko’p xollarda harf va geometrik shakllar kombinatsiyasi, milliy naqshlarning yangi davrga moslab ishlangan variantlari tarzida ko’rinadi. Asta kitoblarga illyustratsiyalar kiritish rivojlanabordi. Birinchi mahalliy rassomlar shu san’atda o’z ijodlarini boshladilar. 1908 yili Toshkentda nashr kilingan "Shohnoma", "Farxod va Shirin" kabi qator kitoblar illyustratsiyalarini Fakir al-haqir Raxmatulla va Raxmatilla ben Mulla Abdushukur, Saadiyning Guliston hamda "Gurugli dostoniga Sirojiddin Maxsum Siddikiy illyustratsiyalar ishladi. Bu illyustratsiyalarda rassomlar mahalliy miniatyura madaniyati va san’ati apanalaridan ham foydalanishga intilganligi sezlib turadi. Jumladan "Go’ro’g’li" dostoniga ishlangan miniatyuralarda Siddikiy o’z qahramonlari kayfiyatini realistik talkin etishga harakat qilganligi ko’rinadi. Rassomlar bazi kitoblar uchun esa xorijiy mamlakatlarda chikkan kitob illyustratsiyalaridan nusxa olib illyustratsiya ishlashlari, shu davrda nashr kilingan "Ming bir kecha" "Ajoyib-g’aroyiblar, "Farxod va Shirin" uchun ishlangan illyustratsiyalarda ko’rinadi. Shu bilan birga bu davrda rus va evropa kitob sangati an’analari ham keng yoyila boshladi. Nashr etilgan kitoblarning ayrimlari illyustratsiyalar bilan bezatilgan. Rasmlarning katta qismi realistik harakterda gravyura uslubida bajarilgan. Bu suratlarda Turkiston o’lkasidagi qushlar, hayvon, jonivorlar tasviri, odamlar ko’rinishi aks ettirilgan. Machit, madrasa, Turkiston tabiati ko’rinishlari ham nashr etilgan kitoblarda uchraydi. XІX asr oxiri XX asr boshlari kitob grafikasi o’zining uslub rangbarangligi bilan ham harakterli. Nashr etilgan kitob bezagi va illyustratsiyalarda milliy san’at va an’analarni kullanganligi sezilsa, boshqa birlarida milliy an’ana va evropa kitob bezak va illyustratsiya ishlash madaniyati va san’atining an’analari uyg’unligi ko’rinadi, boshqa birida evropa realistik kitob bezagi va illyustratsiyalari o’zining sof ko’rinishini namoyon etadi. Bu bejiz emas. Russiyanig badiiy hayoti orasidagi munosabatlarni mavjudligi, mahalliy ziyolilarning ilg’or madaniyatlardan orqada kolmaslikka intilishlari, eng yangi san’at o’zgarishlaridan ham habardor bo’lib turish va zamon ruhiga mos asardar yaratishga harakatlari natijasi edi.
Shuning uchun ham XX asr boshlarida rus badiiy madaniyatidagi mavjud bo’lgan ijodiy izlanishlar, kitob grafikasida ham yangicha shakllar topishga bo’lgan harakat "Modern" uslubi paydo bo’lganligini kurish mumkin."O’rta Osiyo" almanaxi (1895) shunday nashrlardandir. Geometrik shakl va chiziklar kombinatsiyasi, murakkab elementlari hamda real buyum va predmetlarni soddalashtirib geometrik shakllarga yai;inlashtirib kompozitsiya yaratishga harakat k;ilish shu kitoblar umumiy bezatilish strukturasini tashkil etdi.
Markaziy Osiyoda XIX asr oxiri XX asr boshlarida grafika madaniyati va san’ati rangbarang, kitobot madaniyati va san’atining rivojidagi yangi boskich nafaqat kitob chiqarish balki uning texnologiyasida ham sodir bo’ldi. Xatto miniatyura ishlash va kuchirish bilan birga ko’p nusxada nashr etish, shu maksadda bosma harf va rasm shakllari (kleshe)dan foydalanish texnikasining keng kulamda hayotga kirib kelishi kitobot madaniyati va san’atining yangi tomonlarini belgiladi.
X1X asr oxiridan grafika madaniyati va san’ati keng ko’lamda hayotga kirib kelgan va malum miadorda o’z o’rnini egallagan bo’lsa, aksincha rangtasvir,
haykaltaroshlik madaniyati va san’ati davr milliy badiiy ziyolilarining shaxsiy tashabbusi sifatida mavjud bo’ldi va deyarli rivoj topadi. Masalan, І886 yili Toshkentda bo’lib utgan ko’rgazmada usta To’xta Sodik Xujayev alebasterdan yasagan ot va kiyik haykalchasini namoish etganligi malum.
Haykaltarosh Mikeshin Markaziy Osiyega rassomlardan tashqari haykaltaroshlar ham tashrif buyurishgan. Ular rus jangchilarining jasoratini o’z ko’zlari bilan kurish va ularga atab haykallar ishlashga intilganlar. Shunday haykaltaroshlardani biri Mikeshin Mixail Osipovich (1835-1898) bo’lib, Rus badiiy akademiyasida talim olgan Novgoroddagi "Rossiyaning ming yilligi (1862), Peterburgdagi ekatirina 11 (1873), Kiyevdagi "Bog’dan Xmelnitskiy (1870-88) yodgorligi muallifi. Uning ijodi І9 asr ikkikchi yarmidagi akademizmiga yaqin. 19 asr oxirlarida O’zbekistonda bo’lib shu erda rus jangchilari xotirasiga atab yodgorlik ishlangan Bu yodgorlik hozirgi Amir Temur hiyoboni yaqinidagi bolalar bog’ida o’rtanilgan. Bu yodgorlik chorizm ag’darilgandan keyin olib tashlangan.
Xiva xoni Muhammad Raximxon P 1863-1910, va uning ugli Asfandiyorxon 1910-1918 y) davrida qurilish ishlari olib borildi, shahar ko’chalarida foytunli aravalar paydo bo’lib, boy va zodagonlar joniga oro kira boshladi. Xiva bozorlarida Rusiyada ishlangan buyumlarning ko’payishi ham, mol ayirboshlash ishlarining keng kuloch yoyishi ham Xiva xonligida yangi hayot boshlanayotganligi shu davrda qurilgan Islomxuja minorasi shaharning ajoyib me’morchilik yodgorligi bo’lib koldi,)Bu davrda yangi uslubdagi binolar qurilishi, maktablarda dunyoviy fanlarni ukitish ko’chaydi Bu yillarda adabiyot sohasida shoirlar o’z asarlarida ozodlik va birodarlik g’oyalarini kuyladilar, xalqni ma’rifatli bo’lishga chakirdilar. Shunday ma’rifatparvar shoirlardan biri Avaz Utar ‘ І884--1919 ) o’z ijodi bilan xalqka tanildi.) Madaniyat borasida Markaziy Osiyo mintakasidagi katta yangiliklardan biri kino madaniyati va san’atining kirib kelishi bo’ldi Bu sa’nat sohasida ilk bor yjod qilgan kinooperator Xudoybergan Devonov ( 1877-1940 )ning kichik hajmdagi filmlari bugun ham kizikish uygotmay kolmaydi. Uning "O’rta Osiyo me’morlik boyliklari" (1913), "Turkistok ko’rinishlari" (1916) ,"Xiva va xivaliklar" (1916) filmlari va 1000 dan ortiq fotosuratlari davrning bebaho xujjati sifatida saklanadi.
Tasviriy san’at
X1X asr ikkinchi yarmidan boshlab bu erda toshbosma uslubida kitoblar nashr etilishi asta grafika madaniyati va san’atida asarlar paydo bo’lishiga olib keldi Shu davr kitoblari uchun ishlangan rasm va grafik kompozitsiyalar shu jonlanish natijasi edi. Shuningdek xiva xonlaridan Feruz ham tasviriy san’at bilan shug’ullanganligi haqida malumotlar bor.
Xiva xonligi mahobatli rassomlik ko’prok koshin madaniyati va san’ati bilan bajarilgan. Bu davrda ham xalq madaniyati va san’ati, amaliy bezak madaniyati va san’ati yuqori bo’lgan. Shulardan Xiva yog’och o’ymakorlik maktabi bilan mashhur bo’lgan. Bu san’at o’zining nihoyatda jimjimadorligi va o’ynoqiligi , naqsh chiziqlarining mo’lligi va zamin kamligi bilan ajralib turadi.Ayni shu xususiyatlar Xiva mahobatli bezak madaniyati va san’atining o’ziga xosligini belgilaydi. Bu xususiyatlar xivalik mashhur usta Ota Polvonov ijodida o’z ifodasini topgan. Bu erning yog’och o’ymakorlarining dongi uzoqlarda ham mashhur bo’lgan. Xorazm kulolchiligi ham o’z xususiyatiga ega bo’lgan. Kulolchilik va ayniqa sopol koshinlar xorazm madaniyatining muhim yutugi bo’lib uning ustalari keyingi o’zbek mahobatli koshinkorlik madaniyati va san’ati rivojida muhim ahamiyat kashf etgan. O’z vaqtida Amir Temur xorazmlik ustalarning ishlaridan mahliyo bo’lib ularning jahonning markaziga aylantirishga orzu qilgan shahri samarqandga keltirgan edi. Ayni xorazimlik ustalar nozik samarqand koshinkorligi rivojiga tasir etib chin manodagi aristokratik san’at shakllnishida rol o’ynagan edilar. Shu saat Xiva xonligi davrida yana rivojlandi. Bu davrdan boshlab qurila boshlagan memoriy obidalar bezagini belgilovchi omilga aylandi.
Shu xonlik kulolchiligi xalqning istemoli uchun zarur idish tovoqlarni ishlash bilan birga bevosita bezak vazifasini o’taydigan ko’zni quvontiradigan asarlar yaratishga muyassar bo’ldilar. Ustalari Usta Bolta Matrizayev, Bolta Voisov va boshqa kulollarning saqlanib qolgan asar va nomlari shundan dalolat beradi.
Xudoyerxon davri (І845-І875) notinchlik davri sifatida mavjud bo’lsa ham, lekin o’zining mavkeni egallab boshqarish ishlarini birmuncha yo’lga kuygan yillarida (І862-І875) mamlakatda osoyishtalik bo’lishiga, o’zbek, tojik, kipchoklar orasida totuvlik bo’lishiga erishdi. Shu yillarda ko’pgina qurilishlar amalga oshirildi. Farg’ona vodiysining shaharlarida ham qurilish ishlari olib borildi. Qo’qon xonligi tugatilib 1876 yillar o’rtasida Farg’ona viloyati tashkil etilgandan keyin Qo’qon shahri yangi viloyat markaziga aylantirildi. Farg’ona shahriga asos solindi. Bu erda shu shaharsozlik asosida to’g’ri va tekis ko’chali mamuriy jamoat bino loyixalashtirildi. Bu binolar uchun shu davrda mavjud uslublar va ularning elementlari ishlatildi. Namangan, Andijon, Qo’qon shahri ta’mirlanib yangi tarx asosida binolar barpo etildi. Qurilish madaniyati va san’atida asosan rus me’morchiligi orqili kirib kelgan evropacha uslublar keng ishlatildi. Shu davrda qurilgan uy va saroylar, sobor va cherkovlar, pochta,teleraf, kasalxona, temir yo’l bekatlarida evropacha me’morchilik an’analari mahalliy sharoitda o’ziga zos ko’rinish kashf etdi.
Tasviriy va amaliy san’at. X1X asr o’rtalaridan tasviriy va amaliy san’atda yangi mavzu va texnologiyalar hayotga kirib kelaboshladi, dastgoh san’aning dastlabki namunalari yaratildi. Bu san’atning mualliflari chetdan kelgan rassom va haykaltaroshlar edi. Bular ichida rus rassom lari V.V.Vereshchagin, yozuvchi va rassom N.N.Karazin, olim va rassomlar Dmitiriy Kavkazskiy, O.Fedchenko, ukrainalik rassom rassom S.Svetoslavskiy, gruziyalik rassom G.Gabashvili, haykaltarosh Mikeshin va boshqalar bor. Ular qalamda, tushda, akvarel va guashda, moybo’yoq va temperada mavzuli suratlar, manzara, portretlar yaratdilar. Ayniqsa Markaziy Osiyoning Samarqand, Buxoro, Xo’jand, Toshkent kabi kadimiy shaharlarga, ularning obidalariga atab ko’plab asarlar ishladilar. Bu rasmlar evropa ko’rgazma zallarida namoyish etildi, gazeta va jurnallarda, ilmiy kitob va risolalarda chop etildi. Ishlangan rasmlarning katta qismi etnografik harakterda bo’lib rassomlar yangi o’lka, odamlarinikg etnik ko’rinishlari, kiyinishi, yashash sharoiti va tarzi, ularni o’rab turgan muhit tasvirini aniq o’ziga o’xshatib ishlashga harakat qilganliklari seziladi. Ularni memorchilik obidalari, xalq madaniyati va san’ati va xunarmandchilik namunalari qiziqtiradi. Naturadan(borliqdan) o’ziga qarab rasm ishlash uslubi bu rassomlarning ko’pchiligining asosiy uslubi bo’ldi. Shu jahatidan ularning chizgan rasmlari davrning aniq xujjati sifatida bugungi kunda ham o’z qiymatini yo’qotmagan.
O’zbekiston tabiati, me’morchilik obidalari, kundalik turmushni tasvirlashga kirishgan rassom D.V.Velejev(1841-1897) bo’lib uning grafika asarlarida Toshkentdagi maschit va madrasalar, qo’rg’on, shahar chekkasi o’z aksini topgan. Rassomning asarlari o’zining kompozitsion echimi, nur soyaning nozik tuslanishi hamda hayotiy lavhalarni o’rinli kompozitsiyaga kiritilishi bilan esda koladi. “Yeski Toshkent ko’chasi”, “Yeski Toshkentdagi hovli” ko’rinishlari o’tmish hayotini shoirona aks ettiradi. ekspeditsiya bilan kelgan bu rassom asarlari kitob illyustratsiyalar uchun xizmat qilgan.
O’rta Osiyoga, xususan O’zbekistonda bo’lgan yozuvchi, rassom, sayyox N.N.Karazin ijodi ham sermaxsul. U Markaziy Osiyo hayoti haqida kitoblar yozdi, bo’lib o’tgan janglarga bag’ishlab kompozitsiyalar, katta polotnolarni moybo’yoqda ishladi, tabiati, memorligi haqida gravyura asarlar koldirdi. Uning “Bibixonim ko’rinishi», "Saxroni o’zlashtirish", "Poyezd bilan musobaqa" kabi asarlari akademik yunalishida ishlangan.
V.V.Vereshchagin(1842-1904) Markaziy Osiyoga rus harbiy qo’shinlari bilan birga kelib, harbiy janglarda katnashadi. Bo’sh vaqtlarida moybo’yoq va qalamda rasmlar ishlagan. Uning "Turkiston" deb nomlangan asarlar turkumi Parij va Peterburgda ko’rgazmada namoyish etilgan. Rassomning "Ko’knorixo’rlar", "Zindonda", “Qul savdosi” kabi asarlarida Markaziy Osiyodagi hayotning ayrim salbiy tomonlari ko’rsatilsa, “Amir Temur darvozasi oldida” kompozitsiyasida xalqning boy amaliy madaniyati va san’ati namoyon bo’ladi.
І9-asr oxirida Turkistonda bo’lgan rassomlardan Tbilisi Badiiy Akademiyasining tashkilotchisi va professorlaridan Gabashvili Georgiy (Gigo) Ivanovich (І862-1936) eslash mumkin. Realist san’atkor portret, manzara, natyurmortlar ustasi. Samarqand va Buxoroda bo’lib qator qalamsuratlar ishlagan, O’rta Osiyoning mahobatli me’morchilik yodgorliklari , odamlar tipining o’ziga xos ko’rinishlarini yaratgan. Uning 1897 yili yaratgan “Samarqanddagi bozor “ va boshqa asarlari jurnallarda chop etilgan. Ukrainaning mashhur rassomlaridan hisoblangan S.I. Svetoslavskiyning 1910 yillarda yaratgan «Bibixonim oldidagi bozor» e’tiborli. Unda o’tmishi ulug’, lekin keyinchalik tanazzulga uchragan, qashshoq o’lkaning ko’rinishini rassom ulkan Bibi xonim masjitining vayronasi va uning oldidagi bozor ko’rinishi orqali ishonarli tasvirlaydi. Nochor kulba, loy so’qmoq yo’llar bulutli kunda yanada ayanchli ko’rinadi. Birinchi qatorda tasvirlangan nozik daraxt, unda saqlanib qolgan so’ngi yaprog’i bu tuyg’uni yanada kuchaytiradi.Asarning bo’g’iq kulrang oqish koloriti esa shu g’amginlik, achinish tuyg’ulariga ham oxang jo’r bo’lgan.
O’rta Osiyoga keluvchi rassom va haykaltaroshlar 20 asr boshlarida yanada ko’paydi. Bular ichida mashhur rus rassomlari Pavel Kuznetsov, K.S.Petrov-Vodkin, Frans Rubo, haykaltarosh O.Mikeshinlarni ko’ramiz. Shu bilan birga bu davrdan boshlab o’z ijodini butunlay O’zbekiston hayotiga bag’ishlagan va o’zlari uchun Vatan topgan rassomlar, shuningdek shu erda tug’ilib ijod yo’liga kirgan san’atkorlar safining kengayishi san’at rangbarangligining ortishida muhim o’rinni egalladi. Shu davrdan boshlab
O’rta Osiyo an’anaviy mumtoz merosi bilan birga, yangi jahon madaniyati turlari shakllana bordi. Ayniqsa evropa madaniyati va san’ati tasiri bu rivoj va shakllanishda kuchli bo’ldi.
X1X asr o’rtalaridan butun Sharq mamlakatlarida bo’lgani singari O’rta Osiyo erlarida ham milliy uyg’onish harakati boshlandi. Mahalliy ziyolilar safini ortishi badiiy va madaniy hayotni jonlanishida muhim o’rinni egalladi. Istiqlol g’oyasi ular faoliyatini jonlantiruvchi asosiy kuchga aylandi. Millatni uyg’otish, uni yorug’ kunlarga chiqishlari uchun davat etish ziyolilarning muhim va etakchi intilishiga aylandi. Milliy taraqqiyot, istiqlolga erishish yo’li marifat ekanligini chuqur anglagan ziyolilar yangi maktablar tashkil etish ishlariga etibor berdilar. XX asr boshlariga kelib marifiy-madaniy ishlar - yangi jadid maktablarining tashkil etish ishlari qizib ketdi, birin ketin toshbosma tipografiyalar ko’paydi, yangi yangi gazeta va jurnallar, kitob va turli to’plamlar nashr etila boshlandi. Milliy teatr truppasi tashkil topdi, muzeylar ochildi, ko’rgazmalar tashkil etildi, badiiy talim masalalarida ham janlanish boshlandi. Bu madaniy hayotda mahalliy ustalar, milliy ziyolilar ham ishtirok etib o’zlarini namoyon qildilar. Ziyolilar o’zga mamlakatlar hayoti bilan yaqindan tanishib undan mahalliy aholini baxramand bo’lishga, o’rganishga chorladilar. Bexbudiy, Furqat, Fitrat, Avloniy, Zavqiy va b. omma orasida ilg’or dunyoviy bilimlarni tarqatish va san’at va madaniyat yutuqlaridan ularni bahramand etish zarurligini etirof etdilar. Feodal qoloqligiga qarshi kurashish masalalari taraqqiyparvarlar faoliyatida muhim o’rinni egalladi. Ular maqola, shyer va pyessalar, teatr tomoshalarini yaratib ulardan targ’ibot ishlarida foydalandilar. Shunisi e’tiborliki, jadid deb nom olgan taraqqiyparvarlar tasviriy san’at imkoniyatlariga alohida e’tibor bilan qaradilar. Uning ta’sir kuchi yuqori ekanligini bilib undan o’z yozgan maqola va shyerlarini o’zlari chizgan rasmlar bilan bezatilishiga harakat qildilar. Ularning tush, qalam va peroda ishlagan rasmlari shu yillarda chop etilgan gazeta va jurnallarda o’z aksini topdi. Mahalliy yoshlar gazeta - jurnallarda chop etilgan rasmlarni ko’rish, ulardan ko’chirmalar ishlash orqali rassomlik kursini o’tay boshladilar.
Asr boshlarida Markaziy Osiyo erlari Rossiya imperiyasi tasarrufida bo’lib bu erda Buxoro amirligi(poytaxti Buxoro), Xiva xonligi(poytaxti Xiva) va Turkiston general gubernatorligi (poytahti Toshkent) mavjud edi. Har bir hududdagi siyosiy va iqtisodiy ahvol san’at va madaniyat xususiyatlarini belgiladi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi tarkibiga kirgan mintaqalarga nisbatan Turkiston general gubernatorligi mintaqasidagi ijtimoiy-siyosiy rivojlanish birmuncha yuqori bo’lib san’at va madaniyatdagi jonlanish va jarayonlar shu erda sezilarli darajada bordi.
Badiiy hayot. Asr boshlarida Markaziy Osiyo hududida Toshkent, Samarqand shaharlarida badiy hayot jonli bo’lib bu erlarda o’z davrining ilg’or taniqli rus rassom, me’mor, etnograf va arxeologlarining katta qismi yashab ijod etar edi. Ular arxeologik ishlar olib bordilar, mahalliy aholining hayoti, me’morlik obidalari va tabiatini o’rgandilar, shaharsozlik va me’morlik loyihalarini ishladilar. Jumladan shu yillarda arxeolog olimlar Afrasiyobda qazilma ishlarni boshlaganliklari, Bibixonim yodgorligi devoriy rasmlarini o’rganish, ulardan ko’chirmalar olishga etibor berilganligini, Ulug’bek madrasasining og’a boshlagan minoralarini tiklash masalalari kun tartibida qo’yilganligini e’tirof etish mumkin. Asr boshlarida Toshkent, Samarqand, Farg’ona va boshqa shaharlarda turli bilim yurtlari tashkil etilgan edi. Toshkentda Xunarmandlar tayyorlaydigan bilim yurtining ochilish ham shu davr uchun yangilik edi. Asr boshlarida Turkiston o’lkasining muhim madaniy markazlaridan bo’lgan Toshkentda amaliy litsey va maktablarda rasm chizish asoslarini o’rgatishdan tashqari haykaltaroshlikdan ham sabog’ berilgan, haykaltaroshlik studiya(to’garaklar)i ishlagan. Taniqli rus haykaltaroshlari Slonim, Shvars kabi san’atkorlar dastlabki bilimlarini shu muhitda olganliklari haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Me’morlik.19 asr oxri 20 asr birinchi choragida O’zbekiston me’morligi uslub va yo’nalishlar rangbarangligi va shu bilan birga shakllanib kelayotgan yangi jarayonlar mavjudligi bilan harakterlanadi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi memorligida an’anaviy milliy memoriy uslub etakchi o’rinni egallasa ham, yangi davr unga o’z o’zgarishlarini kirita boshladi, davr taqozosi bilan yangi tipdagi binolar - pochta, telegraf, vokzal va b. binolar paydo bo’la boshladi, yangi qurilish materiallari keng ko’lamda hayotga kirib kela borishi ham (masalan, toshoyna, turli kafellar,tunika va b.)shu davr memorligi ko’rinishida o’z ifodasini topa bordi. 19 asr oxri 20 asr boshlarida Buxoro memorligi maktabi an’anaviy uslubi shu davrda qurilgan jamoat va ijtimoiy binolar, go’zar, machitlar, xonokox va maqbaralarda (Boloxovuz, Arkdagi Juma machit va b.), o’ziga to’q xonadonlarning uylarida, fuqoro memorligida o’z aksini topgan. Bu davr Buxoro me’morligining o’ziga xos yodgorliklaridan biri, so’zsiz amirning saroyi bo’lib Milliy bezak madaniyati va san’ati bilan birga evropa bezak va kurish ezgi karorgohi Sitorai Moxi-Xosa qurilishi Abdullaxod xon davrida boshlangan eski saroy va keyingi davrda qurilgan yangi saroydan iborat Mahalliy va evropa ananlarida asaslangan. Bu saroyni kurishga raxbarlik qilgan usto Xuja Xofiz ish boshlashdan avval rus qurilish madaniyati va san’ati bilan chukur tanishgan. Rus shaharlarida, jumladan, poytaxt Peterburg va Yalta shaharlarida, bo’lgan. Bino qurilshida turli uslublar jumladan klassik san’at ustunlari uygonish davri ustalari ishlatilgan. Said olim xon davrida qurilgan yangi saroyda milliy qurilishi uslubida va bezagi bilan birga evropa memorligi uslubida uyg’unlashtirilishiga intilish sezilarli. Saroyga kirish darvozaxonasi milliy bezakning koshin uslubidan keng foydalanilgan. Shu bilan birga turli ark va meteriallar ishlatilishi binoda birmuncha elektik tomonini ortirgan. Saroyning mexmonxonasi ham o’ziga xos. Xrustal lyumtralar, kafelli uchok (pechka) yog’ochdan yotqizilgan pollar, begatlar, eshik va romlar xonaga fayz kiritib kolmay, balki sodir bu-layotgan, Markaziy Osiyo me’morchilik bezak madaniyati va san’atida yangi jarayonlarning shakllana boshlaganligidan dalolat beradi.
Saroyning "ok zali" bezaklari xalq, ustasi Usto Shirin Murodov raxbarligida bajarilgan. Bu zal o’zining erkin va nafisligi bilan ajralib turadi. Bezatishda ishlatilgan xrustal va oltindan foydalanib ishlangan va lyustrali bezak alohida go’zallik kashf etgan. Saroyning oshxona qismi deyarli evropa xusnini olgan. Tunuka, cherepitsa bilan epilgan bu xona o’z ko’rinishi bilan evropa intererlaridan kolishmaydi. Etokxona ham o’z ko’rinishi jihatidan Rossiyaning boy xonadonlariga xonalarga yaqinligi bilinadi. Saroyning bog’i, re-jalashtirilishi, u erdagi xovuzning tashkil etilishi so’zsiz Markaziy Osiye ijtimoiy hayoti natijasi edi. O’z davri uchun katta va Markaziy Osiyedagi yagona bu xovuz ham davr muxiti, estetik karashlarini namoyish etadi. Xovuz, uning yaqindagi shiypon, narvon zina va b. bezaklar me’morchilik hajmlar ham shu yangi karashlarni natijasi edi.
XX asr boshidagi buxoro me’morchilik maktabi jarayonlakrini o’zida aks ettiradi. 1912-1914 yillar davomida qurilgan bu saroy o’zida milliy Sharq memorligi an’analarining evropacha memorligi uslublari bilan uyg’unlashuvini namoish etadi. Keng va ko’rkam hovlili, xovuz va gullarga o’ralgan bog’ qo’ynida bu saroy yanada betakror va go’zallik kashf etadi. Saroy xonalarining ketma ketlikda anfilada tizimida joylashuvi, golland kafeli bilan pardozlangan isitgich pechlar, turli boshqa memoriy unsurlar (karniz, osma lyustra, toshoyna va b) saroy ko’rinishiga yangi davr ruhini kiritadi. Majmuaning «Oq saroy» intereri ganch o’ymakorligi bilan bezatilgan Bu ishlarni buxorolik ganch o’ymakori Usto Shirin Murodov bajargan. Bu naqshlar toshoyna tasirida nur o’yinini ko’chaytirib unga bayramona kayfiyat bag’ishlaydi. Saroyning daxliziga ishlangan naqqosh Usto Xasanjonning islimiy naqsh va gullar ham saroy ko’rkini oshiradi Saroyga kirish eshiklari oldiga Abduraxim toshtarosh ishlagan sherlar haykali ham Buxoro memorligi majmualarida san’at sinteziga etibor va qiziqish paydo bo’layotganidan darak beradi. Xiva xonligida ham an’anaviy me’morlik uslubida binolar, masalan 1908 yili Islom Xo’ja barpo etgan minorasi yuzaga keldi.
Agar XX asr boshlaridagi Buxoro va Xiva memorligida an’anaviy memoriy uslub etakchi o’rinni egallasa Markaziy Osiyoning katta qismini egallagan Turkiston gubernatorligi hududida turli evropacha memoriy uslublar etakchi o’ringa chiqdi. Ayni shu hududda asr boshlarida evropa va milliy me’morchilik uslublar mutanosibligi masalasida izlanishlar kurtak ota boshlagan edi. Gubernatorlik poytaxti bo’lgan Toshkent, muhim shaharlaridan Samarqand, Almati, Farg’ona, Qo’qon, Andijon, Bishkek kabi shaharlarida barpo etilgan ijtimoiy-madaniy marifiy va diniy binolarda hamda boylarning shaxsiy uy va qo’rg’onlarida shu davr me’morlikda sodir bo’lgan jarayonlar o’z ifodasini topdi. Bu ishlarda Turkistonda yashab ijod etgan rus memorlari G.Svarichevskiy, K.Tiltin, I.Markevich, L.Voronin, L.Benua, V.Geynselman, Lidval kabi ijodkorlar sezilarli iz qoldirdilar. Qurilish ishlari Turkiston general gubernatorligi poytaxti Toshkent shahrida sezilarli bo’ldi. Shu erda o’zbek me’morligining asr boshlarida sodir bo’lgan jarayonlari qurilgan binolarda o’z ifodasini topdi. Knyaz Romanov qarorgohi, diplomant Polovsev uyi, Zobitlar uyi, shopito sirk binosi, Universal shaxsiy do’konlar, apteka va b. shu jarayonlarni ko’rish mumkin.
G.M.Svarichevskiyning «Xiva kino teatri(1912-16) binosida( yuqorida ko’rib o’tgan qator binolar jumladan mazkur kino teatr binosi 1966 yili Toshkent zilzilasidan keyin buzib tashlangan.) Sharq va g’arb me’morlik uslublari uyg’unlashgan xiva buxoro me’morligini eslatadi Rasm. Aksincha, Blagoveshchenskiy cherkovi binosi ko’rinishida psevdorus Rasm, Yupatov sirki(1913)binosi ko’rinishida, I.A.Markevichning Toshkentdagi Bank binosida (1915) renesans uslubi va qisman modern uslubi unsurlari chatishib ketganligini ko’rish mumkin. Gubernatorlik tarkibida bo’lgan Samarqandda , Farg’ona va Ko’qon shaharlarida ham ham X1X asr oxri XX asr boshlarida qurilish ishlari keng ko’lamda olib borildi. Yangi tipdagi binolar qurildi, boylar uylari ham yangi davr ruhida bajarildi (Kalandarov uyi mahalliy va rus boylari, savdogarlar uchun hashamatli shaxsiy uy va qasrlari, bonk va savdo rastalari barpo etildi, ularning ichki va tashqi bezaklari uchun mahalliy san’atkorlar va xalq ustalari taklif etildi.
Amaliy bezak va xalq madaniyati va san’ati. Asr boshlarida amaliy bezak va xalq madaniyati va san’ati bir tomondan yangi turlar bilan boyib borsa, ikkinchi tomondan uning ayrim turlari muomaladan chiqib keta boshladi. Shu yillarda xalq amaliy san’at ustalari yaratgan buyumlar na faqat ichki bozorda, balki tashqi bozordi ham talab paydo bo’ldi. Gilamdo’zlik, zardo’zlik, kandakorlik buyumlar tashqarida ham o’z haridorini topdi. Charmdo’zlik va buxoro zardo’zligiga ham talab yuqori edi. Ganch va yog’och o’ymakorligi, gilamdo’zlik jonlandi bu san’atning yirik vakillari etishib chiqdi. Buxoroli usta Shirin Murodov Rasm., qo’qonli yog’och o’ymakori usta Najmiddin Xaydarov Rasm., xivali usta Ota Polvonov Rasm. kabi san’atkorlar o’z ishlari bilan el etiborini qozondilar. Kulolchilikda turli idish tovoqlardan tashqari harxil o’yinchoqlar, mayda haykalchalar ishlandi. Zargarlikda yaratilgan turli xildagi taqinchoq va tillaqoshlar ham bozori chaqqon bo’ldi.Rasm.
Tasviriy san’at. X1X asr oxri XX asr boshlarida tasviriy san’atda ham jonlanish ro’y berdi. Taraqqiyparvarlar tasviriy san’atga e’tibor bilan qarab, uning imkoniyatlaridan targ’ib va ma’rifat ishlarida foydalanishga intildilar. Rasm chizishni mustaqil o’rganib undan o’z yozgan maqola, shyerlarini bezashga, o’z tasavvurlarida paydo bo’ladigan turli manzaralarni qog’ozga tushirishga harakat qildilar. Jumladan, Ishoqxon To’ra Junaydullaxo’ja Sunnatullaxo’ja o’g’li(1862-1937) turli afsonaviy timsollar ustida ish olib bordi, ularning tasvirini ishladi, Sirojiddin Siddiq Xondaqliqiy(1884-1934) esa «Ming bir kecha», Sa’adiyning «Guliston» asariga rasmlar chizdi, shuningdek portretlar yaratdi. Tavallo portreti shunday asarlardan biri. Mirzo Xayrullo, Mullo Xusniddin, Mullo Ortuq, Rahmatiy, Mulla Abdulhamid Jalolobodiy kabi rassom va xattotlar ham tasviriy san’atdan targ’ibiy ishlarda foydalanganligi shundan dalolat beradi Mahalliy tadbirkorlar A.Navoiy, Firdavsiy asarlarini tosh bosmada chop ettirib ularni rasmlar bilan bezatdilar. 1915 yili “Go’r ugli “dostoni chop etilib rasmlar bilan bezatildi. Tadbirkor ziyolilar orasida Ibroxim Davron ham birmuncha faol bo’lib madaniyat borasida qator tadbirlarni amalga oshirdi. Ibrohim Davron o’zbek ziyolilari ichidan etishib chiqqan rassom va shoir edi. U 1874 yili Qo’qonda ziyoli oilasida dunyoga kelgan Shu erda rus tuzem maktabida o’qib dunyoviy bilimlarni egalladi. Yoshligidan san’atga qiziqib sherlar yozdi, rasm chizishni mashq qilib tarli mavzularda rasmlar ishladi, sherlarini rasmlar bilan bezadi. Uning rassomlik sohasidagi ijodi rang barang. Xajviy rasmlar, portret va janrli kompozitsiyalar ishlagan. Ularda kundalik turmush, xotin qizlarning og’ir qismati, hayotda uchraydigan turli voqyealar o’z ifodasini topgan. Bulardan tashqari u Qo’qonda kutubxona hamda Suratxona(Fotograf xonasi) tashkil etgan, 1914 yili Turkiyada bo’lib yangi hayot va madaniyat o’zgarishlarini o’rgangan va uni o’z ona yurtida targ’ib etishga harakat qilgan. Grafika 19 asr ikkinchi 20 asr boshlari va birinchi choragida rassomlik madaniyati va san’ati bir tomondan gazeta va jurnallarga, kitoblarga ishlangan grafik rasmlar tarzidagi namoyon bo’lsa, rangtasvir madaniyati va san’ati ko’proq xalq xavoskorlik madaniyati va san’ati darajasidagi devoriy rassomlik va sodda miniatyura madaniyati va san’ati ko’rinishida mavjud bo’ldi. Bu yillarda qurilgan uylarning devorlariga rang naqqoshligi bilan birga mavzuli kompozitsiyalar, rasmlardan ko’chirilgan turli ko’rinishlar, ayniqsa an’anaviy tuvakdagi gul yoki daraxt shohi, gullayotgan daraxt tupi, anor tupi kabi kompozitsiyalar xonadonlarni bezagida uchraydi.
Bu davrda grafika va monumental rassomlikda mahalliy ijodkorlar ozmi ko’pmi ijod qilgan bo’lsalar, dastgoh rangtasvir madaniyati va san’atida asosan chekkadan kelgan rassomlar ijodiy faoliyati etakchi o’rinni egalladi. O’zbekistonga turli sabablar -ilmiy safar, etnografik ishlar, yangi gazeta va jurnallar, tipografiyalar uchun rassom sifatida kirib kelgan ijodkorlar bo’ldi. Bulardan tashqari shaxsiy tashabbus bilan kelgan rassomlar ham shu davr O’zbekiston hududiy chegarasidagi badiiy hayot mavqini belgiladi. Bu rassomlar turli mavzu va yo’nalishlarda ijod qildilar Ular Markaziy Osiyo mintaqasida dastlabki moybo’yoq texnikasida ishlangan asarlar muallifi sifatida tanildilar. O’zbek madaniyati va san’atida birinchi bor dastgoh madaniyati va san’atining turli janrlari ko’payib kundalik turmush, xalqning yashash tarzi, tabiati, etnografiyasi o’z aksini ola boshladi. Malumotlarga ko’ra XX asr boshlarida O’zbekiston hududida 40 dan ortiq turli maktab va yo’nalishga mansub rassomlar ijod bilan shug’ullangan. Ular ko’proq rangtasvir madaniyati va san’atida ijod qilganlar. Rassomlarning mavzu tanlash va ishlash uslublari ham turlicha. Jumladan, hikoyanavis-sharxlovchi etnografik yo’nalish ko’pgina rassomlar ijodiga xos. Borliqni naturalizm yo’nalishiga yaqin, lekin biroz ideallashtirishga moyillik ularning asarlariga o’ziga xoslik kiritadi.
Borliqni shoirona idrok etish va milliy shakllarda(hyech bo’lmaganida milliy o’ziga xosligini belgilarini ko’rsatuchi unsurlar bilan kompozitsiya ishlash, simvolizm, milliy romantizm unsurlari ta’sirida yuzaga kelgan san’at asarlari Pavel Kuznetsov, K.S.Petrov-Vodkin, A.Volkov, O.Tatevosyan, A.Nikolayev(Usto Mo’min), A.Isupov ijodida o’z ifodasini topgan. Bu ijodkorlar borliqni ramziy-metoforik yo’nalishda tasvirlashga harakat qilishlari ham ularning yaratgan asarlariga qaytarilmas o’ziga xoslik baxsh etgan. Shuningdek, bu davr madaniyati va san’atida impressionizm, g’oyaviy realizm, demokratik san’at an’analari O’zbekistonda ijod qilgan qator rassomlari ijodida ham o’z ifodasini topdi. Bu davr madaniyati va san’ati na faqat uslub balki mavzu va janr jihatidan ham boyib bordi. Yangi mavzu va janrlari paydo bo’ldi. O’zbek madaniyati va san’atiga shunday yangi mavzu olib kirgan rassomlardan biri S.Yudin edi. U birinchi bor o’zbek madaniyati va san’atiga tog’ manzarasini olib kirdi. Uning nur va soyaga boy manzaralari ko’tarinki ruhda ishlangan (Tog’ manzarasi, , Tog’dagi choyxona,(1907), Oq baytal, va b.) Yudin teatr dekoratsiyasining birinchilardan ishlagan rassom sifatida ham tanilgan.
XX asr birinchi choragi haqida gap ketganida Pavel Kuznetsov albomi, K.Korovinning impressionistik manzaralari, K.S. Petrov - Vodkinning Samarqandiya albomi, I.Isupov, R. Zommer, S. Svetoslavskiy, S.Dudin etnografik etyudlari e’tiborga loiq Rasm. Yuqorida ko’rib o’tgan rassomlar O’zbekiston hududida vaqtinchalik ishlab ijod qilgan bo’lsalar boshqa bir qator rassomla shu erda o’z vatanlarini topdilar, Shu erda butun umrga qolib shu er madaniyatiga xissa qo’shishga harakat qildilar. Shunday rassomlardan biri Kazakov Ivan Semenovich (1873 – Kasilovo (Rossiya), - 1935. Toshkent) edi.
I.Kazakov Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik bilim yurtida V.Ye.Makovskiy qo’lida o’qigan (1888-94), S.Peterburg Badiiy Akademiyasida o’qigan?. 1894-98 yillar, 1899-1900 yillar Italiya, Germaniya va Fransiyada ijodiy safarda bo’lgan. Ilk ijodini grafik ishlar bilan boshlagan ( «Ishchi» plakat,1901). 1906 yildan Toshkentda yashab maxsus bilim yurti (real bilim yurti)da dars bergan (1910 yilgacha). Moybo’yoq, akvarel, pastelda turli mavzularda rasmlar ishladi... Katta bo’lmagan imperessionistik uslubda etyudnamo rasmlar chizgan. Toshkent hayoti va tabiatiga atab rasmlar ishlagan san’atkorlardan («Xudo irodasi», «Nomoz»,(1908), «Qovun bozori» va b..).
Agar Kazakov asr boshlarida O’zbekistonga kelib shu erda ijod qilib yoshlarga badiiy ta’lim bergan bo’lsa, aksincha boshqa bir rus rassomi Korovin Konstantin Alekseyevich (1861-939) bu erda vaqtincha yashab ijod qilishiga qaramay sezilarli iz qoldirdi. Uning maslahati bilan samarqandlik rassom L.Bure Moskva, Peterburgda badiiy ta’lim oldi, shogirdi O.Tatevosyan esa ijodiy umrining katta qismini shu o’lkada o’tqazib O’zbekiston tarixi, tabiati, me’moriy obidalarining tasvirini ishladi. Korovin rus rangtasvir ustasi, plener (q) madaniyati va san’atining yirik vakillaridan biri edi. U asr boshlarida O’rta Osiyoda, xususan Samarqandda bo’lib ilmiy ekspeditsiyalarda ishtirok etdi Samarqand shahar hayotiga bag’ishlangan asarlar ishladi.
XX asr boshlaridan O’zbekiston badiiy hayoti shu erda tavallud topgan muxojirlarning farzandlari hisobiga ham kengayib bordi.. Ular voqyelikka shu erning farzandidek yondoshib o’z ijodlari bilan o’lka marifiy- madaniy hayotiga hissa qo’shishga harakat qilganliklari ularni boshqalardan ajratib turadi.
Lev Leonardovich Bure (1887-1943). Bure Samarqandda advokat oilasida dunyoga keldi. Shu erda umumtalim bilimlarini egallash bilan birga tasviriy san’at bilan ham shug’ullanib san’at olamiga kirib bordi. Bu davrda Samarqand O’rta Osiyoning muhim madaniy markazlaridan bo’lib bu erga qadimiy yodgorliklar va xalq madaniyati va san’atini o’rganish uchun olimlar, arxeolog va rassomlar tez tez tashrif buyurishib turishar edi. XX asr boshlarida kelgan shunday rassomlardan K.Korovin, F.Rubo Ya.F.Sionglinskiy, ukrainalik rassom S.I.Svetoslavskiylar Burening keyingi ijodiy rivojida muhim rol o’ynadilar. Ularning maslahati bilan Bure Moskva, Peterburg badiiy bilim yurtlarida o’qishga muyassar bo’ldi. Dastlab Bure Moskvada V.N.Meshkovning rassomlik va haykaltaroshlik badiiy (studiyasida) maktabida (1904-05 yillar), so’ngra Peterburgda I.Bilibin grafika ustaxonasi va F.Ruboning Peterburg Badiiy Akademiya qoshidagi batal san’at ustaxonaga (1907) qatnab ta’lim oldi. Yozgi tatil paytlarida Samarqandga kelib etyudlar chizdi, kompozitsiyalar ishladi. Shu ishlari bilan Toshkent, Moskva va Peterburgda ko’rgazmalarda ishtirok etib ko’pchilikka tanila boshladi. Uning ishlari san’at ixlosmandlari tomonidan sotib olina boshlandi.
O’qishni tugatib ona yurti Samarqandga qaytgach badiiy hayotga faol kirishib Samarqand, Buxoro me’morlik obidalari, eski shahar ko’cha va bozorlari, tabiat manzaralarini aks ettiruvchi asarlar ishladi.
Bu asarlar ko’pchiligi bevosita naturaning o’zidan ishlangan bo’lishiga qaramay, rassom har bir etyudni tugal kartina darajasiga ko’tarishga harakat qiladi. Jumladan, uning «Labi xovuz».(1909), «Tush payti Bibi xonim machiti yonida»(1913) va boshqa asarlarida tabiat va me’moriy yodgorligi fonida o’z yumushlari bilan band odamlar tasviri shu manzarani mazmunan boyitib, hayotning davomiyligi, inson mehnati va ijodining abadiyligini ko’rsatgan. Asarda O’zbekistonga xos nurga boy jazirama tushki oftob haroratini jonli aks ettirilishi esa uni hayotiy va tasirili bo’lishiga xizmat qilgan. Rassomning «Registon maydoni»(1917) ham etiborga loiq. Unda memoriy obida fonida Sharq bozori manzarasining umumlashma ko’rinishi ifodalanadi. Bozor hayoti, unda o’z yumushlari bilan band odamlarning hatti harakati(xordiq chiqarishi,choy ichishi,suxbat qurishi va .x.k.) asarga hikoyanavislik kiritib asar mazmunini yanada boyitadi. Asar uchun tanlangan rang gammasi - iliq sarg’isht ranglar hukmronligi asarga harorat kiritadi. Bure ijodiy faoliyati davomida ijtimoiy hayotga ham qiziqib qaradi, xalqning og’ir turmushi va xuquqsizligi, chorizm mustamlakachilik siyosatining og’ir asoratlari, chorizm amaldorlarining ahloqsizligi va poraxo’rliklarini fosh etuvchi xajviy rasmlar ishladi. Yuzdan ortiq shunday rasmlarni 1911 yili Samarqand fuqorolar kengashi zalida namoish qilishga ham muyassar bo’ldi. Bu rasmlarida Bure o’z davri illatlarini ro’yu rost ko’rsatishga harakati, rus zobitlarining ma’naviy qashshoq va ahloqsizliklarini qalamga oldi. Lekin bu ko’rgazma rassom uchun qimmatga tushdi. Bure bu rasmlari uchun politsiya tomonidan zimdan taqib ostiga olinda, uyi esa birnecha bor tintuv qilinib o’zi esa vaqtincha qamoqqa olindi.
Haykaltaroshlik.XX asr boshlariga kelib haykaltaroshlik madaniyati va san’atida ham asarlar paydo bo’la boshladi. Arab istilosidan keyin(U111 asr) butunlay to’htatilib qo’yilgan bu san’at X1X asr oxrilaridan yana jonlandi. S.To’xtaxo’jayev, Usto Shirin Murodov, Abduraxim toshtarosh , Toshpo’lat Arslonqulov va b ijodida uning ilk namunalari yaratildi, dastlabki favvoralar ishga tushdi. Dam olish va xordik chiqarish maskanlari va hiyobonlarga turli haykallar o’rnatish odati kengayib bordi. Shu davrda ishlangan qurbaqa, kiyik, it, sher haykallari bugun ham Toshkent, Buxorodagi saroy bog’ va yo’laklarini bezab turibdi Knyaz Romanov hovlisiga o’rnatilgan Kiyik va it haykallari, Buxorodagi Mohi Xosa darvozasi oldidagi sherlar haykali, shular jumlasidan.

14-MAVZU: XIX ASRNING IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGIDA MADANIYAT VA SAN’AT.


Reja:
1. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Buxoro amirligida madaniy hayot.
2. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Buxoro amirligida san’at
3. Me’morchilik va badiiy san’at

XIX asr oxiri - XX asr boshida Buxoro fuqarolarining barcha qatlamlari sermazmun va ko'p qirrali ma'naviy - madaniy hayotni boshdan kechirdilar. Buxoro davlatidagi ma'naviy - madaniy hayotning moddiy asoslarini hamda uning ijtimoiy ildizlarini mamlakat iqtisodiyotining kuchayib borishi hamda aholi tarkibidagi ro'y berib borgan munajimlar, o'zgarishlar tashkil etadi. SHu bilan jahonning qator mamlakatlarida iqtisodiy - ijtimoiy va madaniy o'zgarishlar ham ma'lum darajada ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Mamlakatdagi ayniqsa Buxorodagi ma'naviy - ilmiy muhit o'zining sermazmunligi bilan, ilohiy - dunyoviy, ilm - ma'rifat adabiyotning yuqori darajaga ko'tarilganligi, hunarmandchilik, zargarlik, savdo tijorat, me'morchilik ishlarining o'z zamonasi uchun ancha yuqori darajada tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. SHu zaminda XX asrga kelib mamlakatda tobora kengayib, borgan ijtimoiy harakat vujudga kelgan. Uning mohiyati mamlakat voqeligini amalga bo'lgan o'zgarishlar yotilib kelgan yangi ijtimoiy - ma'rifiy g'oyalarga moslashtirish uchun intilishlardan iborat edi. Ham ma'rifiy - madaniy jarayonlar, ham ijtimoiy harakat mamlakat xalq ommasi ining turli qatlamlari faoliyat va shuningdek xalq etuk namoyondalari salbiy harakatlari ijodi natijalari edilar.


Buxoro mamlakati xalqining amir hokimiyati ag'darilgan davrigacha rivojlanib kelgan ma'rifati, madaniyati, umuman ma'naviyatini asr davomida tarkib topgan insoniy qadriyatlar, diniy - ma'rifiy, ilmiy -axloqiy, yaratuvchilik sa'nati sohasidagi turuvchilar hamda an'analar yig'indisi boy moddiy yozma me'roslar tashkil qilgan.1
Ma'naviyat shuningdek, o'z vataniga, tiliga sadoqat, uning tarixiga, chuqur hurmat, din ahli, olamu-shuaro, savob o'rgatuvchilarni e'zozlash, ijodiga intilish bilan ajralib turar edi. Uning tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil qilgan: yosh avlodni savodxon qilish va axloqiy tarbiyalash, islom dini, shariyat, qator dunyoviy fanlar sohasidagi bilimdon, mutaxasislarni etishtirib chiqarish, jarayonlari, tarbiyaviy axloqiy mazmundagi asarlar yaratish, kutubxonalar, ulardagi kitoblar, bilimlar boyligi adabiyoti, san'at, me'morchilik obidalari, hunarmandchilikning qator turlari, shaharlar ko'rinishlari, aholi qatlamlarining ma'rifat va xayr - sahovat yoshlarni qo'llab - quvvuatlashi qo'llash va shu kabilar.1
Xalq ommasi ichidan ko'zga ko'ringan adabiyot - madaniyat namoyondalari, islom dini arboblari o'sib chiqqanki ularning faoliyati mamlakat ma'naviy hayotida beqiyos bo'lgan. Mamlakatdaga ma'naviy -madaniy muhitning boy va sermazmunligi erli xalqlar etnografiyasi sohasidagi yirik mutaxasislardan biri O.A.Suxareva quyidagicha ta'riflagan: "SHaharlarda jumladan Buxoroda fan, adabiyot, san'atning turli ko'rinishlari rivojlangan, ko'p obidalar to'plab kelgan madaniy boyliklar to'plagan... , unda qo'l yozma kitoblarning maxsus bozori bo'lgan bu bozor XIX asr oxiri XX asrda bor edi... Buxoro shahrida madrasalar soni ko'p edi."
Buxoro davlatida jumladar maorif va madaniy sohalari bo'yicha statistik kuzatishlar olib borilgan. Maktablar masalasini olib ko'rganda, bu sohada sinfdan - sinfga o'tkazish guvohnoma topshirish tizim bo'lmagan. SHu sababli mamlakat aholisining ma'naviy - madaniy saviyali raqimlar vositasi bilan faqat nisbiy aniqlash mumkin. Boshlang'ich savod o'rgatgan maktablar, shaharlar va qishloqlardan machitlar qoshida bo'lgan. Maktabga qatnagan o'g'il bolalarni machit imomi - xotibi yoki imom maktabdorlar, qiz bolalarni Otin oyi o'qitganlar. XX asr boshida Buxoro shaxrida 218 machit bo'lgan, aholisi 70 ming kishi tashkil qilgan, o'rta hisob bilan bir machitda 320 aholi va 50-60 xonadon to'g'ri kelsa, faqat Buxoro shahrida 16360 atrofida bola qatnagan.3 Maktab ba'zida madrasa ham bo'lgan. Masalan: Imami Bahri Hamid madrasasi oldidagimaktabda 200 o'quvchi savod chiqargan.4 Qiz bolalar 10 - 11 yoshda maktabga qatnashni to'xtatganlar.
Jamiyat turli qatlamlarida bolalarga ayniqsa qizlarga oilada ta'lim b erish tajribasi keng tarqalgan. Iqtidorli va ma'lum bilimlarga ega bo'lgan yoshlar o'qitishni madrasalarda davom ettarganlar.1 Mamlakatning uzoq - yaqin tumanlaridan qo'shni mamlakatlardan va ba'zi yirik yurtlardan o'qishga kelganlar ma'lum sinovdan so'ng qabul qilishganlar. Buxoroning o'zida 170 ga yaqin madrasalar bor edi.2 Kichik 8 -10 hujrodan to 100 ta va undan ortiq hujralari bo'lgan madrasalar bor edi. Buxoroda Mirzo Ulug'bek madrasasi, Garkushon, Ko'kaldosh, Jo'y bor, Mir Arab, Tursunjon madrasalari va bir necha eng yirik madrasalar ham bo'lgan. Faqat XIX asr davomida Buxoro shahrining o'zida 60 ga yaqin madrasalar qurilgan. so'ngra amir davrida ham madrasalar va boshqa inshootlar qurilgan. XX asr boshida poytaxt madrasalarida 10 mingga yaqin talabalar o'qigan, ba'zi madrasalarga 10 lab mudarrislar mashg'ulotlar olib borganlar. Bu o'quv maskanlari mudarrislari, imomlar va boshqa xizmatchilarning shuningdek talabalarning ham moddiy ta'minot manbaini ko'p sonli vaqorlar daromadi tashkil qilgan. "Vaqt" jurnaliga qo'shimcha qilib chiqarishgan "SHo'ro" jurnalining bergan batafsil ma'lumotlariga qaraganda birinchi jahon urushi arafasida Buxoro madrasalarining raqorlaridan kelgan daromadalari katta mablag'ni - to'rt mingdan etti yuz qirq ikki ming tangani tashkil etadi. Ja'farxo'ja madrasasining 40 yaqin mudarrislarning har biri yiliga 2 ming tanga maosh olganlar. Talaba necha vaqt va qanday o'qiyotganiga qarab vaqf daromadidan moddiy ta'minlangan. Iqtisodi mahkam oila bolalari chetdan mablag' olmaganlar. Amir Muzaffar davriga taaluqli hujjatdan ma'lumki, madrasaning ayrim talabalari amirlik maoshi bilan ta'minlanganlar. Madrasada o'qitish tizimi mazmunining yangi talabalariga moslashtirib borishi keng tus oldi. Olimxon qurdirgan madrasaga "Dorul - umri" - ilmlar maskani, o'chog'i -deb nom berildi, unda har xil dars beruvchi mualimlar tayinlandi. Davlat boshlig'i hokimi mutloq tomonidan yangicha o'quv maskanining bunyod etilishi va unga o'ziga xos nom berilishi ro'y berib borgan o'zgarishlar, eshijlar nuqtai nazaridan diqqitga sazovordir. Madrasalarda o'qitish muddati turlicha bo'lgan, uni bitirib chiqish talabalarning diniy bilimlarini, ilm-fanni egallashlaridagi yutuqlarga bog'liq edi. Unda ta'lim olganlar o'z zamonasining bilmdon kishilari edilar. Buxoroda madrasa tahsillarini o'tib - qaytganlar o'z yurtlariga nufuzli va e'zozli kishilar bo'lganlar. Katta mehr va mahorat natijasida paydo bo'lgan kitoblar xalq ma'naviyati durdonalarini tashkil qilgan.
Buxoroning o'zida XX asr boshida, yirik madrasalar qoshida o'n bitta katta kutubxonalar bo'lgan. Buxoro madrasalarida kutubxonalar maxsus binolarda joylashgan, ularda harorat va havo namligi kuzatib borilgan, kitoblar sifatli qog'ozlarda yozilib charim muqovalar bilan muhofaza qilingani bilan maxsus charm sandiq (yaxdon)larga saqlangan. Mamlakatning kitob boyligi chet ellardan keltirilgan nodir asarlardan ham tarkib topgan. XX asrda kitoblar kelgindilar tomonidan sotib olib keltirilgan. Keyingi davrda novbatma -novbat, hatto urush bo'lib turgan 1915 va 1916 yillarda qator mutaxasis sharhshunoslar Buxoroga kelib, qo'l yozmalar xarid qilib Rossiyaga olib kelganlar.
O'rta Osiyodan ketilgan mingga yaqin qo'l yozmalarning ko'p qismi Buxoroga xarid qilingan.
1915 va 1916 yillarda Buxoroga sharqshunos V.A.Ivanov kelib Petrburg Osiyo muzeyi uchun 1100 jilddan ortiq nodir kitoblarni olib ketgan va ular muzeyning "Buxoro koleksiyasini" tashkil qilgan.
Ayniqsa Abdurauf Fitrat va uning bir gruh safdoshlari o'qishni tugatib Buxoroga qaytganlaridan so'ng ilmiy - ma'rifiy xarajat qizg'in tus olib yangi maktablar xususiy tarzda ochila boshlandi. Rossiyada 1917 yil fevral burjda inqilobi Buxoro amirligidagi siyosiy muhitga ta'sir qilmay qo'ymaydi. Endi jadidlar ochiqdan - ochiq siyosiy talablar bilan chiqa boshladilar. Abdurauf Fitrat jadidlarning siyosiy dasturini ishlab chiqib Buxorodagi amirning mutloq hukumronligini konistitutsion tuzumga asoslangan hukumronlik bilan almashtirishni taklif qildi. Amir tomonidan rad etilgan, jadidlar Toshkent va Samarqandda jon saqlab qolib siyosiy, kurashni davom ettiradilar. 1920 yil sentyabrda frunze boshliq qizg'in qo'shin yordamida Buxoroni vayron etadilar. Haqiqatdan ham shaklan Buxoro xalq Respublikasi tashkil etiladi, ammo sho'ro qo'shin kuchlari respublikani tark etishmaydi. Buning oqibatlarini Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo'jaev va boshqa jadid arboblari bir necha yildan keyin his qilishadi. 1923 yilda Fayzulla Xo'jaevning Moskvada uzoq davolanayotganligidan foydalanib, sho'rolar tashabbusi bilan o'tqazilgan Buxoro markaziy Ijroiya: Qo'mitasining yig'ilishida Abdurauf Fitrat, Ataulla Xo'jaev, Muinjon Aminov, Sattor Xo'jaev singari erk sevar rahbarlar bo'lmag'ur tuhfalar bilan obro'sizlantirilib, lavozimlaridan bo'shatildilar va Buxorodan badarg'a qilindilar. Fitrat 1923 - 1925 yillarda Moskva, Lelingradda yashadi. Badiiy va ilmiy ijod bilan mashg'ul bo'ldi.
Fayzulla Xo'jaev hukumat boshlig'i etib sayinlanishidan keyin Fitrat Samarqandda, Toshkentda yashadi. Madaniy - sha'rifiy faoliyat bilan shug'ullandi. Lekin mustaqillik orzu - umidlari u yaratgan badiiy asarlarda o'z ifodasini topdi. Fitrat 1937 yil hibisga olinib, 1938 yil Toshkentda millatimizning boshqa erk sevar farzandlari qatori otib tashlandi. Bolsheveklar Abdurauf Fitratning jismini yo'qotgan bo'lsalar ham u yaratgan buyuk asarlarni xalq xotirasidan o'chirib tashlay olmadilar, endi bu asarlar badiiy me'rosimizning bebaho durdonalari sifatida ardoqlanib qayta nashr etilmoqda. Buxoroning yotoqmi farzanddi Fayzulla Xo'jaev 1896 yil da savdogar oilasida tug'ildi. Ubaydulloxo'ja o'g'lini zamonaviy tijoratchi qilib tarbiyalash maqsadida 1907 yilda Moskvaga olib borib etuk muallimlar tarbiyasiga topshiradi. Fayzulla bu erda uch yil ta'lim olgach Buxoroga siyosiy tuzumni o'zgartirish zaruriyati to'g'risida muayyan fikrlar bilan qaytadi. Jadidlar partiyasini tashkil etadilar va ishni amirlikdagi maktab - maorifni naloh qilishdan boshlaydilar. Bu erda Abduvohid Burhonov, Usmonxo'ja Hamidxo'ja singari Turkiyada tahsil ko'rgan yoshlar bolalarga ta'lim beradilar. 1920yil sentyabrida qizil qo'shin yordamida amirlik tuzilishi ag'darilganidan so'ng esa sho'rolar mafkuraviy g'uzum ko'rsata boshladilar. Bu davrga kelib u sho'rolar hokimyatida O'zbekistonning milliy mustaqilligiga erishishi hamxayol ekanligini tushungan edi. Hali 20 yillarning o'rtalarida buning oqibatida respublikada unga qarshi siyosiy kompaniya boshlanib, ayrim ilgaridagi tanaffuslar bilan 1937 yilgacha davom etdi. Oxir oqibatda U. Nikolay. Buxoroni boliq guruhining a'zosi sifatida hibega olinib 1938 yil martida Moskvada otib tashlandi. Jamiyatda faoliyat yuritgan tarixchilardan biri - Abduvohid Burhonovdir.
Munzim taxallusi bilan she'rlar bitgan bu Buxorolik ziyoli bir umr xalqqa xolisona hurmat qilish ishqi bilan yashadi. SHaharning Muhammad SHarif madrasasi xujralarning birida faqrona turmush kechirgan. Mirzo Abduvohid otasidan meros qolgan yordam olinadigan butun daromadni ma'rifiy maqsadga sarf etadi.1 Uning dastxati nihoyatda nafis bo'lib, Buxorolik biron Mirzo kollegrafiya san'atida unga teng kela olmasdi. Mirzo Abdulvohid yangi maktabning afzalliklarin namoyish etish maqsadida 1908 yilda ota - onalar, din arboblari amaldorlarni xususiy maktabga taklif qilib, bolalarning ko'rgazmali imtihonini o'tkazdi. Imtihon paytida uning nazoratchilari ikkiga bo'linib qolishdi. Buxoroning taqimi muftilaridan biri bo'lgan mullo Ikrom boshchiligidagi gruh yangi maktab faoliyatini yuksak baholab, ularning tarmog'ini kengaytirishni, hatto madarsa ta'limini ham shu usulga ko'chirishni tavsiya etdi.
Rossiyadagi inqilobdan so'ng jadidir yangi bir safda turib, amirlikda demokratik o'zgarishlarni talab qila boshladilar. Jadidchilar harakati ikkiga bo'linadi:
Mirzo Abdulvohid boshliq o'n guruh qurbonlar sonini kamaytirish uchun ko'p sa'iy - harakatlar qildi. Uning bevosita ishtirokida respublikada yangi maktablarning keng tarmog'i vujudga keltirilib, ularda ta'lim olishga xotin - qizlar ham jalb qilindi. Mirzo Abdulvohid mana shunday fidoiy kamtarin inson bo'lib, butun umri mustaqillikka teng yo'l bilan erishish orzu - umidlari bilan yashadi. U 1934 yilda uzoq davom etgan kasalikdan so'ng vafot etdi. SHu davrning etuk namoyondalaridan biri Sadriddin Ayniy (1878­1954) taniqli yozuvchi va jamoat arbobidir. Buxoroda tug'ilib o'sgan Ayniy 20 asrning boshlarida madaniyat va ma'rifat o'chog'i bo'lgan bu shaharning ijtimoiy - ma'naviy muhitida kamol topdi. U shaharda eng avvialo Buxorolik ilg'or ziyolarining fikrlarini band etgan teran g'oyalarni qunt bilan o'rgandi.
Ularning ta'sirida o'zining adabiy tarixiy - publitsichtik asrlarini yaratdi. Sadriddin Ayniy Buxoro amirligi tarixiga katta e'tibor bilan yondashadiki, uning asarlari manbashunoslarimiz tarixchilar uchun g'oyat qimmatli ahamiyatga ega. U tarixiy mavzularda qator tadqiqotlar yaratdi. SHu bilan birga uning xalqining urf - odati, xulq - atvori ijtimoiy munosabatlar to'qnashuvi, kishilarning adolat uchun kurushchanligi haqqoniy yoritib bergan. Badiiy asarlari Buxoro tarixi bilan bevosita bog'liqdir. Ayniyning Buxoro tarixiga old yirik asarlar sirasiga "Mang'it amirlari tarixi" va "Buxoro inqilobi tarixiga" doir materiallar nomli kitoblarni kiritish mumkin. "Mang'it amirlari tarixi" bir yarim asr Buxoroda hukmronlik qilgan mang'itlar dinostiyasi tarixiga bag'ishlanadi. Ayniy bu asarni Ahmad Donishning "Mang'it dinastiyasi" saroy kotibi Mirzo Azim Soliy Bo'stoniy solnomalari va boshqa manbalarga asoslanib yozgani uchun bunga tarixiy asar deb qarash mumkin. Ayniy yuz bergan voqealarni xolisona o'z shaxsiy kuzatuvi asosida yozgani uchun ham bizga tarixiy manba sifatida juda ahamiyatlidir.1 Ayniyning Buxoro tarixiga bag'ishlangan asari "Buxoro inqilobi tarixiga old materiallar" kitobidir. Bu asar xalqni ma'rifatli qilish va yangi usuldagi maktablar tarafdori bo'lgan jadidlar qolaversa yosh buxoroliklarning rolini yaxshi tushunishimizga yaqindan yordam berdi. "Buxoro inqilobi tarixiga old materiallar" 1921 yildan yozilgani uchun ham muhimdir. Jadidlar harakatida ishtirok etgan va ular bilan doimo birga bo'lgan Sadriddin Ayniy ma'lumotlarni to'playotgan vaqtida jadidchi - yosh buxoroliklarga juda to'g'ri munosabatda bo'ladi. 1930 yil oxirida yozgan "Qisqacha tarjimai hol"ida bizga ma'lum hol jadidlarga noto'g'ri baho bergan. SHu davrning ziyolilaridan biri Abdulqodir Muhiddinov 1892 yilda Muhiddin Mansurovning xonadonida tug'ilgan oilada uch o'g'il voyaga etib ularning barchalari jadidchilik harakatida faol qatnashdilar.
Abdulqodir Muhiddinov eng faol yosh Buxoroliklardan biriga aylanib, amirlik tuzishni ag'darish uchun ko'p sa'yi harakatlar qildi.2 U o'lkada koperativ harakatini rivojlantirishi tashabbuskori bo'lib, "Birinchi Buxoro o'rtoqligi" aksionerlik jamiyatini tashkil qildi va sanoat aloqalarini kengaytirishga kiritdi. 1921 yil avgustda BXRMI qo'mitasi raisi vazifasida ishlayotgan Abdulqodir Muhiddinov siyosiy dasturini Buxoro xalq Respublikasi II qurultoyi minbaridan turib rasman ma'lum qildi. 1934 yilda Abdulqodir Muhiddinov Millatchilikda ayblanib otib tashlandi. Rossiya
Инсониятнинг илмий - маданий меъроси 3 минг йилликда. Тошкент. 1997 йил. 53 бет. Наимов Н. «Бухоро жадидлари». Тошкент 2000 йил 19-20 бет.
14
burjua - inqilobidan keyin Musajon Saidjonov va Abdurauf Fitrat muvaqqat hukumatga telegramma yo'llab Buxoro amiri jadidlariga erkinlik berish uchun unga ta'sir ko'rsatishni iltimos qiladilar.
Musajon Saidjonov jadidlar o'rtasida birinchilardan bo'lib amir hokimiyati bilan siyosiy to'qnashuvlarga qarshi chiqdi. 1920 yilda jadidlar bilan aloqani buzib, ilmiy - ma'rifiy faoliyat bilan shug'ullanadi. 1925 yildan keyin O'zbekiston tarixiy obidalarini muhofaza qilish qo'mitasiga boshchilik qildi. U 20 yillar boshida Abdurauf Fitrat bilan hamkorlikda Buxoroda kutubxonachilik muzey ishini yo'lga qo'ydi. Milliy san'atni rivojlantirishga katta hissa qo'ydi. Musajon Saidjonov nafaqat Buxoro balkim Samarqand, Xiva, SHaxrisabe tarixining bilimdonlaridan edi. Afsuski u kelgusi avlodlargaeros sifatida qoldirgan. "Buxoro tarixi", "SHayboniynoma", "Buxoro atrofida joylashgan maqbaralar", "CHil duxtaron", "Masjidi Kalon" va yana o'nlab asarlar hamon qo'lyozma tarzida Toshkentdagi SHarxshunoslik institutida saqlanmoqda. 1937 yilning oxirida Musajon Saidjonov boshqa safdoshlari singari ko'p o'tmay qatl etildi.
Mustaqilligimizning 9 yili may oyining 12 muborak juma kuni ufqda bosh ko'targan quyosh poytaxtimiz markazidan oqib o'tuvchi Bo'zsuv qirg'og'ida ajib bir manzara yog'dulari bilan yoritdi. O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning tashabbusi bilan bu erda mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida "SHaxidlar xotirasi" xiyoboni barpo etildi. Munday inshoat uchun Bo'zsuv daryosining yoqasi tanlagani bejiz emas. 30 yillarning oxirida qorong'u tunlarda shu yaqinda joylashgan xibexonadon o'nlab begunoh maxbuslar keltirilib, otib tishlanganlar.1 Xalqimizning suyukli farzandlari Abdurauf Fitrat, Abdulla
Qodiriy,Abdulhamid CHo'lpon, Atoulla Xo'jaev, Abdulqodir Mihiddinov, Musajon Saidjonov, Said Ahroriy o'nlab, yuzlab va minglab istiqlo fidoiylari mana shu muthich ko'prik ostida qatl etilganlar. Mustaqilligimizning dushmanlari yarim asr mobaynida ularning muborak ismi - sharifini xalqimiz xotirasidan o'chirib tashlash uchun hamma ishni qilishdi, ularning farzandlarini tahqirlab, xo'rlashdi. Ammo haqiqat o'tda kuymaydi, suvda cho'kmaydi va qachonlardir ro'yobga chiqadi.
Nodir kitoblar, qo'l yozmalar, fashantlar, osari - atiqalar savdosi tarixan ma'rifiy jarayonga dahldor mamlakatlak uchun xos bo'lib kelgan Buxorodagi kitoblar osori - atiqalar buyumlarni sotib olib Rossiyaga keltirganligiga kelsak, bu yo'l bilan u erdagi kutubxonalar va muzeylarni boyitish ko'zda tutilganligi tobiy xol edi. Ulug' davlatchilik siyosati, sharq sivilizatsiyani teran mazmuni va tutgan mavqeini etarlicha tushunib etmaslik va mensimaslik yana shunda ko'rinadi. Qator hollarda eng nodir itoblar qo'l yozmalar, asori - atiqa buyumlar asl qiymatlardan ancha arzon narxlarda sotib olib ketilgan. Madaniy - moddiy sohalarda aloqalar ikki tomonlama, teng va o'zaro manfaatini asoslarda olib borilmagan, shu nuqtai nazardan Buxoro madaniy boyliklariga ziyon etkazilgan. Mamlakatda kechgan voqealarga kelganda shuni takidlash lozimki, kitoblar, asari - atiqalar savdosi ajnabiy xaridorlar uchungina emas, birinchi navbatda mamlakat fuqarolari ehtiyojlari natijasida paydo bo'lgan, kengayib borgan. Buxoro adabiyot,musibia, va ashula sa'nat tarixnavislik, zargarlik buyumlarini yasash ularni tobiish madaniyati yuqori darajada ko'tarilgan edi. Ma'rifatchi va tarixnavis Ahmad Donish (1827-1897) shoirlar SHohin (1895-1894) Hayrat (1878-1902) xalq ommasi ongida o'chmas iz qoldirganlar. Ahmad Donishning "Navodirul - vaqog" hamda "Buxoro amirlarining tarjimai hollari" asarlari, SHohin Hayrat va boshqa shoirlarning she'rlar va qasidalari mamlakat ichidagina emas O'rta Osiyoning ko'p erlarida mashhur bo'lgan va sevib o'qilgan. Mirzo Some'ning "Mong'in amirlari tarixi"ni yozish, Abdurauf Fitrat (1886-1937) S.Ayniy (1878-1954) va boshqalarning ijodiy va ma'rifatchilik faoliyatlari XX asr boshiga to'g'ri keldi mamlakat hayotida jumladan ma'naviy - ilmiy hayotida va amirning tashqi dunyo bilan munosabatlarida islom dinining tutgan o'rni an'anaviy ta'sirchan va keng qo'llashli bo'lgan. Musulmon dunyosida, ayniqsa O'rta Osiyoda Buxoro Islom dini ta'limotining eng rivojlangan markazi sifatida katta obro' qozongan. Turkiya sahifalari bilan bir qatorda Buxoro amirlari musulmon dunyosining hukumronlari sanalgan.1 Mamlakatning ichki hayotida musulmon dini uning aksar namoyondalari g'oyaviy - tarbiyaviy va ma'rifiy faoliyatini amalga oshirganlar.
XIX asr oxiri - XX asr boshidagi Buxoro mamlakatidagi boy va sermazmun ma'naviy va madaniy hayot ayni zamonda bir joyda to'xtab qolgan hodisa emas edi. Xalq ommasi, uning iste'dodli namoyondalari faoliyati tel ellardan kirib kelgan yangiliklar mamlakatdagi turmush tarzining qator sohalariga ijobiy ta'sir ko'rsatib uning darajasi ko'tarilib borishini ta'minlaydi, rivojlanish zaminini kengaytiradi. Qo'l yozma va qo'lda ko'chirilgan kitoblar chiqarish bilan birga bosma chop etish bo'yicha qo'yildi va kengayib bordi. Mamlakatda muntazam turli xil kitoblar chiqarildi, kitoblar savdosi yangi asosda kengayib bordi. Masalan, 1909 yilda Litografiya usulida Buxoroda Qutyuaddin Roziyning "Mustasar Falsafa" risolasi. 1910 yilda Mirzo Siroj Hokimning "Buxoro ahliga tuhfa" risolasi, Kogonda shu yili mamlakatning Muhammad Ikrom Ibn Abdu Samoi (1917-1925) ning "Tunda va o'ngda uchishlar" risolasi nashr qilindi. 1912-1913 yilda "Buxoroi SHarif" gazetasi nashr qilingan.
Bu davrda madrasalarda fanlar bo'yicha mutoaala va munozaralarda yangi hayot taqazosi bilan kelib chiqqan g'oyalar ilgari surilib, dolzarb masalalar o'rtaga tashlangan diniy, falsafiy va ilmiy masalalar davrasi kengayib borib, ularda oliy amaldorlar ham ishtirok eta boshlaganlar. Ijtimoiy hayot muammolariga yaqin turish, ularning ba'zilarini echishga qatnashish hollari amir amaldorlar kengayib borgan savdogar sarmoyadorlar tomorasi sa'iy - harakatlarida ham ko'rinar edi. Mufti domla Ikrom, SHarifjon Maxdum, Mudarris Hoji Rafiy, qozilar Abdusamad Saidjon, Zarifjon amaldorlar va boshqa kasb egalar mamlakat fuqarolari daqdiri kelajagi to'g'risida mushohadalar qilib ilg'or fikr - g'oyalarni ilgari surganlar. Madrasalar talabalarning ijtimoiy hayot masalalarigat qiziqishlari, unda o'z o'rinlarini topishga intilishlari bergan sari ko'proq ko'zga tashlanardi. A. Fitrat, S.Ayniy, Ahmadjon Hamd, (Abdusaidov) F.Xo'jaev, M.Saidjonov, Xo'ja Mehriy qator boshqalar madrasa taqalish davrida ijtimoiy ma'rifatchilik faoliyatini boshlab bu yilga sodiq bo'lganlar. SHoirlar tarixnavislar boshqa ijod ahli faoliyatida an'anaviy yo'nalishlarining davom etishi bilan birga yangi mazmun, yangi ko'rinishlar namoyon bo'la boshladi.1 M: Ahmad Donish, Mirzo Samiy an'ana bo'lib kelgan mang'it amirlari sulolasining tarixini yozish bilan dir qatorda o'z asarlarida bo'rtirishlar, hamdusanolar salmog'ini kamaytirib zamonaning ba'zi achchiq haqiqatlariga ham murojat qilganlar, davlat osoyishtaligi va xalq hayotining farovonligini ta'minlash yo'llarini idrok etganlar. Somiy Rossiyadagi 1905 yil voqealarini beboshlik deb ta'riflab ular Buxoroning olib borgan tijorat ishlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi.2 Buxorodagi rus - tuzem maktabida uqituvchining 1904 yildagi maoshi 800 oylik maoshi 66 so'mni tashkil qilgan.
Buxoroda bu davrda yuqorida aytib o'tilganidek siyosiy - ijtimoiy harakatlar yuzaga keldi. Buning asosiy sababchisi iqtisodiy tanglik, xalqning og'ir ahvoli edi. Amirlikdagi bunday holat Buxoroning ilg'or ziyolilarining chor mustamlakachilariga va amir hukumatiga qarshi kayfiyatini vujudga keltirdi. Ular o'zlarini jadidlar jadid - arabcha "yangi" demakdir deb atadilar. Buxoro, Xorazm va Turkistonda jadidchilik harakati - milliy mustaqqillik harakati sifatida 1900 yillardan boshlab shakllandi. Jadidchilik harakati oddiy talablar bilan boshlanib keyinchalik mavjud tuzumni tanqid qilish. Islohotlar o'tkazish va O'rta Osiyoning to'liq mustaqiligi uchun kurash olib bordi. Buxoroda jadidchilik harakati tarixini uch davrga bo'lish mumkin.
Birinchi davr: jadidchilik harakati paydo bo'lishida XIX asr oxirlari to 1917 yil aprelgacha, ya'ni jadidchilik harakatining terorga uchrashi va jadidlarning Kogonga o'tib "YOsh buxoroliklar" partiyasini tuzganigacha bo'lgan davr.
Ikkinchi davri ancha qisqa bo'lib, 1917 yil apreldan to 1918 yil mart ya'ni Kolesov yurishigacha bo'lgan davr.
Uchinchi davri jadidchilikning amirlik hududidan tashqaridagi faoliyati, ya'ni 1918 yil martidan to 1920 yil Buxoro amirligining tugatilishigacha bo'lgan davrini o'z ichiga oladi.1 Dastlab Buxorodagi jadidchilik harakatiga mudaris va tarixchi olim Marjoniy (1818-1889) G'ijduvonlik domla Fozil, Mo'minxo'ja Vopkandli mulla Xudoyberdi Baysuniylar rahbarlik qildilar. Ammo bu qadimiylar bu talab va istaklarga qarshi kurashib Marjoniyni mamlakatdan chetlashtirdilar. U Qozonga borib o'z faoliyatini davom ettirdi.2 Umuman Buxoroda jadidchilik harakati 1910 yildan boshlab tashkil jihatdan to'liq shakllanib, milliy demokratik tashkilot tusini oldi. Maskur harakatning namoyondalari: madrasa talabasi Sadriddin Ayniy kichik amaldor Abduvohid Burhonov, savdogarning o'g'li Usmon Xo'jaevlar edilar. 1910 yilda Buxoroda jadidlarning "Tarbiya - atvol" degan yashirin tashkiloti tuzildi. Bu jamiyat yashirin ish olib borib o'zining 28 ta yangi tashkilotidan iborat bo'lib ular asosan Termiz, Qarshi. Eski Buxoro /Kogon/ va G'ijduvon shaharlarida tashkil topdi, shundan boshlab jadidlar o'zlarini "YOsh buxoroliklar" deb atashgan. Buxoro jadidlarining rahbarlari. Maorif sohasidagi islohotlar dasturini ishlab chiqib quyidagi 6 ta asosiy masalaga diqqatni qaratishni talab qilgan edilar:
1. Qur'ondagi har qanday diniy masalani kishilar tushungan holda o'zlari erkin fikr yuritsinlar.
2. Birovning birovga ko'r - ko'rona ergashish qit'iyan man etilsin.
19
3. Madrasalarda hoshiya va sharq kabi quruq mazmunga ega bo'lgan va madrasa o'quvchilari uchun foydasiz bo'lgan darslar jadvaldan chiqarib tashlangan!
4. Madarsalarda Qur'oni - karim, hadisi sharif va islom tarixi kabi darslar o'qitilsin.
5. Arifmetika, tarix, jo'g'rofiya, tabobat, mantiq, falsafa av boshqa dunyoviy fanlarni o'qitishag qarshilik qilinmasin.
6. Musulmonchilikni Muhammad davridagi qadimgi islom madaniyatiga qaytarish ya'ni islomni mashablarga bo'linib ketishini oldini olish turardi.
1920-1924 yillar BXSR hukumati davrida faoliyat yuritgan ilmiy - tarixiy muassasalar
XIX asrning ikkinchi yarmida O'rta Osiyo hududidagi eng yirik davlatlardan biri - Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining yarim mustamlakasi bo'lib, tashqi aloqalarda qaram, ichki masalalarda esa bir qadar mustaqil edi. Biroq amirlikdagi boshqaruv 1885 yildan Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agentligi tomonidan qat'iy nazorat qilingan. Mamlakat iqtisodiy jihatdan qoloq bo'lib, aholining asosiy mashg'uloti sun'iy sug'orish bilan uzviy bog'langan dehqonchilikdan iborat edi. 1920 yil arafasida amirlikda ekin ekiladigan erlar maydoni 2 mln. 250 ming desyatina bo'lib, 2,5 millionli aholining 90 foizi dehqonlardan iborat bo'lgan5. Uzoq asrlardan buyon amirlikda erga egalik qilishning "amlok" (davlat erlari), "mulki xos" yoki "mulki xolis" (xususiy erlar) hamda "mulki vaqf" (maschit, madrasa, xonaqolarga tegishli erlar) kabi shakllari mavjud bo'lib kelayotgan edi. Garchi mulklar davlat, xususiy va vaqflarga ajratilgan bo'lsada, biroq soliq tizimi bo'yicha xirojiy (33%), ushriy (10%) hamda xirojiy vaqf va ushriy vaqf erlariga bo'lingan. Davlat erlarida ijarachi dehqonlar mehnat qilib, ular etishtirgan mahsulotlari yuzasidan natura, qisman pul ko'rinishida soliqlar to'lar edilar. Vaqf erlaridan kelgan daromad maorif tizimini mablag' bilan ta'minlashning asosiy manbai hisoblanardi. SHuningdek, hamma soliq, to'lov va jamoat ishlaridan ozod etilgan erlar - "mulki xurri xolis" yoki "daru bast" (ya'ni, soliqchilar uchun bunday erlarning eshiklari yopiq) deb yuritilgan.
Mamlakatda tabaqachilik tartibi amal qilib, amir, uning amaldor va a'yonlari yuqori tabaqa vakillari hisoblanib keng imtiyozga ega edilar. Davlatni boshqarish ishida ruhoniylarning ta'siri kuchli bo'lib, huquq-tartibot ishlari islom huquqi asosida amalga oshirilardi. Ruhoniylardan so'ng boy savdogarlarning mavqei jamiyatda ta'sirchan kuchga ega bo'lib, iqtisodiy jihatdan qudratli tijoratchilar salmog'i anchagina edi. SHahar aholisining asosiy mashg'uloti savdo-sotiq va hunarmandchilikdan iborat bo'lgan. Ko'p sonli qishloq aholisining asosiy tirikchilik manbai dehqonchilik xo'jaligi bilan bog'liq bo'lgan. Dehqonchilikning sun'iy sug'orishga asoslangan tarmog'i bilan birga tog' va tog'oldi hududlarida lalmikor dehqonchilik bilan ham shug'ullanilgan. Bog'dorchilik, uzumchilik, sabzavot etishtirish yarim mustamlaka yillarida sezilarli darajada qisqargan. Buning sababi dehqonchilikning paxtachilik tarmog'iga Rossiya imperiyasining mustamlakasi yillarida alohida e'tibor qaratilib, g'o'za ekishga erlarning katta qismi ajratildi. Paxtadan olinadigan foyda barcha mahsulotlar daromadidan ustun bo'lib, amirlik tobora Rossiyaning xom ashyo bazasiga aylanib borayotgan edi. 1893 yildan 1917 yilga qadar Buxoroda paxta ekiladigan erlar miqdori 300 000 tanobgacha bo'lib, undan olinadigan daromad 25 mln. oltin so'mni tashkil etgan6. Paxtachilik bilan birga chorvachilik, ayniqsa, qorako'lchilik, ipak va jun mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalari yildan-yilga nisbatan o'sib borgan. Buxoro amirligidan Rossiyaga mustamlaka davrining dastlabki yillarida 30000-40 000 dona qorako'l teri chiqarilgan bo'lsa, 1914 yilga kelib bu nisbat 1.800 000 donani tashkil qildi. Paxta va qorako'l terining 80 foizi Rossiyaga eksport qilinar edi.
Rossiyada 1917 yildagi fevral inqilobi va Oktyabr to'ntarishidan so'ng garchand Buxoro amirligining mustaqilligi Muvaqqat hukumat va sovet hokimiyati tomonidan tan olingan bo'lsa-da, lekin uning hududi, chegaralari sovet Rossiyasi ixtiyorida bo'lib, Buxoro tashqi dunyodan ajralib qolgan edi. Amirlikdagi 26 ta paxta tozalash, 4 ta yog', 10 ta sovun zavodlari ishlab chiqargan mahsulotlar, qorako'l teri va boshqa mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan tovarlar chetga chiqarilmay omborlarda to'planib qolaverdi. Oqibatda 1919 yilga kelib chetga paxta chiqarish 20 marta, qorako'l teri sotish 10 marta qisqardi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari narxi pasayib ketdi. 1917 yil 1 pud paxta 11 so'm baholangan bo'lsa, 1919 yilga kelib 2 so'mu 80 tiyinga tushdi. 1 pud jun 6 so'mdan 2 so'mga, 1 dona qorako'l teri 7 so'mdan 1 so'm 20 tiyinga tushib ketdi.
Mamlakatdagi iqtisodiy tanglik siyosiy inqirozni ham chuqurlashtirdi. Rossiyaning markaziy rayonlarida ro'y bergan keskin siyosiy o'zgarishlar, demokratiya va erkinlik uchun kurash o'rta asr an'analari asosidagi boshqaruvni saqlab kelayotgan Buxoro amirligiga o'z ta'sirini o'tkazdi. Amirlikdagi taraqqiyparvar kuchlar mavjud tartiblarni isloh qilish, mamlakatda konstitutsion monarxiya tuzumini joriy qilish talabi bilan chiqa boshladilar. Buxorodagi jadidchilik harakati etakchi vakillari Amir Sayyid Olimxondan islohot o'tkazishni qat'iy talab qilishdi. 1917 yil 7 aprelda Buxoro amirining islohotlar joriy etish bo'yicha manifesti (farmoni) e'lon qilindi8. Manifestda poytaxt Buxoroda obro'li arboblardan iborat mahkamani tuzish, amaldorlar, ularning daromadlari ustidan nazorat o'rnatish, soliq tizimini tartibga solish, davlat byudjetini joriy qilish, sanoat, tijorat, ma'rifatni rivojlantirish uchun chora-tadbirlar ko'rilishi va'da qilindi9. Buxoro jadidlarining so'l qanoti a'zolari amir manifestini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan namoyish tashkil qildilar. 1917 yil 8 aprelda jadidlarning "YAshasin islohot!", "YAshasin amir!" shiorlari ostida Buxoro va Karkida o'tkazgan namoyishlari o'qqa tutildi. Buxorodagi namoyishda qonli to'qnashuvlar tufayli 30 nafar YOsh buxoroliklar tashkiloti a'zolari qamoqqa olinib, ko'plarning hayoti havf ostida qoldi10. Amirlikda mutaassiblik avjiga chiqdi, jazolanishdan saqlanish uchun omon qolgan YOsh buxoroliklar Toshkent, Samarqand va YAngi Buxoro (Kogon)ga ommaviy ravishda muhojir bo'lib keta boshladilar.
Buxoro amirligidagi siyosiy jarayonlarning keskinlashuvi 1918 yilning mart oyida "Kolesov voqeasi" nomi bilan tarixga kirgan voqealarda yaqqol ko'zga tashlanadi. Turkistonda sovet hokimiyati o'rnatilishdan 3-4 oy o'tmasdanoq Turkiston XKS raisi F.Kolesov (1891-1940) 1918 yil mart oyida YAngi Buxoro (Kogon)ga kelib, Eski Buxoro (hozirgi Buxoro shahri)ga hujumga o'tdi. Biroq uning amirlik tartiblarini ag'darish bilan bog'liq maqsadi va harbiy harakati muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. F.Kolesovning amirlikka qarshi harbiy yurishida 10 000 kishi halok bo'ldi. Kogonni Termiz, Kitob bilan bog'lab turuvchi temir yo'llar buzib tashlandi. 1918 yil 25 martda imzolangan Qiziltepa bitimiga ko'ra, F.Kolesovning tajovuzkorligi sharmandalarcha barbod bo'ldi.
"Kolesov voqeasi"dan so'ng Buxoro amirligida taraqqiyparvar kuchlarga nisbatan siyosiy reaksiya yangidan avj oldirildi. Muhojirlikda yashashga majbur bo'lgan jadidlar Samarqand, Toshkent, Moskva va boshqa shaharlarda turib tashviqot va targ'ibot ishlarini olib borishga majbur bo'ldilar. Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo'jaev va boshqalar bu harakatda faol qatnashdilar.
"Kolesov voqeasi"dan keyin Toshkentda yashagan Fitrat "CHig'atoy gurungi" adabiy-ma'rifiy tashkilotiga asos soldi. F.Xo'jaev esa YOsh buxoroliklar g'oyalari ruhidagi dasturiy hujjat-maromnomani tuzdi va nashr etdi, "Uchqun" gazetasining chiqishini tashkil qildi.
1918-1920 yillardagi Buxoro amirligida va uning atrofida keskin kechgan siyosiy voqealar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning mo''tadil tizimini o'zgartirib yubordi. Buxoro amirligi bilan Turkiston ASSR o'rtasidagi savdo aloqalari deyarli to'xtab qoldi. Rossiya yarmarkalarida Buxoro mollari sotilmay qolib ketdi. Ta'kidlangan davrda Buxoro amirligi bilan Angliya o'rtasidagi o'zaro savdo-sotiq aloqalari bir qadar jonlanganligini hisobga olmasa, amirlikning tashqi savdosi to'xtab qolgan edi. Buxoro amirining sovet Rossiyasi bilan muzokaralari boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Amir va sovet hukumati o'rtasidagi o'zaro elchilik almashuvlari, sovet hokimiyatining amirlikka harbiy yordam berish bilan bog'liq ikkiyoqlama muzokaralari amaliy natija bermadi. Sovet hokimiyati tomonidan Buxoro amirligiga qarshi siyosiy tazyiq va harbiy havf kuchayib bordi. Bu haqda Amir Sayyid Olimxon o'z esdaliklarida yozgan edi: "Ular (bolsheviklar) Buxoro davlatiga g'ayriqonuniy talablar qo'yib, ularning ijro etilishini talab qiladigan bo'lishdi, ular qanday bo'lmasin, bir amallab urush boshlashni o'zlariga hunar qilib olishdi... Islom davlatining bu dushmanlari anchagina askar va qurol-yarog'lar to'plab, Buxoroyi sharifga hujum qilishni istaydilar".
Buxoro amirligini tugatish masalasida sovet hukumati rahbari Lenin tomonidan Turkiston mintaqasiga yuborilgan Turkbyuro vakillari hamda bolshevik rahbarlar "Markaz" bilan yagona fikrga keldilar. Amirlikka qarshi harbiy harakatlarni boshqarish vazifasi Turkiston fronti qo'mondoni Mixail Vasilevich Frunzening shaxsan zimmasiga yuklatildi. Frunze 1920 yil 12 avgustda amirlikni tugatish maqsadida CHorjo'y, Kogon, Kattaqo'rg'on va Samarqand guruhlaridan iborat 4 guruhli harbiy qismlarni tuzdi. Qizil qo'shin yagona Samarqand-Buxoro gruppasiga bo'ysindirilib, ular tarkibi 7000 piyoda, 2,5 ming otliq, 5ta og'ir artilleriya, 25 ta engil to'p, 5 ta broneavtomobil, 220 ta zambarak, 5 ta bronepoezd va 11 ta aeroplandan iborat edi. Bu davrda amir armiyasida 16 000 sarboz, 55 ta eskirgan to'p va 12 ta pulemyot bo'lgan, xolos. Buxoro sarbozlari soni ko'pchilikni tashkil etsa-da, lekin zamonaviy qurollanish jihatidan bolsheviklar ustunlik qilardi.
Buxoro amirligiga qarshi harbiy harakatlar 1920 yil 23 avgustda CHorjo'yda Beshim Sardor boshchiligidagi turkman yollangan otliqlarining "yangi qo'zg'olon"idan boshlandi. O'sha kuni CHorjo'y revkomi tuzilib, beklik xazinasi qo'lga kiritildi, bek va uning amaldorlari asir olindi. Hokimiyat inqilobiy qo'mita (revkom) qo'liga o'tdi. 1920 yil 25 avgustda CHorjo'y revkomining murojaatini olgan qo'mondon Frunze o'zining 36-67 raqamli maxfiy buyrug'ini e'lon qildi. Unda Samarqand - Buxoro guruhi 1920 yil 28 avgustida harbiy tayyorgarlikni tugatishi, Eski Buxoroni egallashi qayd qilingan edi. 1920 yil 29 avgust Samarqand guruhi 3-Turkiston o'qchi polki, 1-Turkiston otliq diviziya, alohida Turkiston otliq brigadasi, injenerlar rotasi yordamida Buxoro shahriga hujum qildi. 1920 yilning 29 avgustidan 2 sentyabriga qadar havodan va piyoda qo'shinlarining hujumlari oqibatida Buxoroda monarxiyaga qarshi "xalq inqilobi" amalga oshiriladi. SHaharni 3 kun davomida 11 ta aeroplan bombardimon qildi. Buxoro shahri katta moddiy zarar ko'rdi, begunoh kishilarning qoni to'kildi. Amir qarorgohi-Ark, Buxoro atrofidagi qishloqlar, amirning yozgi saroyi - Sitorai Mohi Xosa ham yarim vayrona holatiga keltirildi.
Buxoro amirligi xazinasi, ko'pgina xonadonlarning buyum va mablag'lari, oziq-ovqat zahiralari ayovsiz talandi va Turkiston fronti qo'mondonligi hisobiga o'tkazildi. Bulardan tashqari paxta zahiralari, jun, ipak, qorako'l teri, quritilgan mevalar ham musodara qilindi. 1920 yil sentyabrda amir Buxoro shahrini tark etayotganda poytaxtda o'z haramini qoldirib ketishga majbur bo'lgan edi. Uning butun oila a'zolari va qarindosh-urug'laridan iborat harami (arxiv hujjatlarida ularning umumiy miqdori 118 kishi deb nomma-nom ko'rsatilgan) qo'lga olinib, Buxoroda uy qamog'ida saqlanadi.
Buxoro amiri Sayyid Olimxon kuchlar teng bo'lmagan janglarda engilib, shaharni tashlab chiqib ketishga majbur bo'ldi. O'z jonini zo'rg'a saqlab qolgan amir oz sonli amaldor va a'yonlari bilan SHarqiy Buxoroga (hozirgi Tojikiston va Janubiy O'zbekiston) chekindi. Uning SHarqiy Buxoro hududida bolsheviklarga qarshilik ko'rsatish harakati 1921 yilning bahoriga qadar davom etib, shu yilning mart oyida Afg'onistonga o'tib ketdi.
1920 yil 14 sentyabrda bo'lgan Xalq Nozirlar SHo'rosi, revkom va BKP MKning umumiy yig'ilishida 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy qo'mitasi (raisi Abdulqodir Muhiddinov) va respublika hukumati - 11 kishidan iborat Xalq Nozirlar SHo'rosi (raisi Fayzulla Xo'jaev) tuzildi. Buxoro inqilobiy qo'mitasining a'zolari qilib Muinjon Aminov, Olimjon Akchurin, Abdulhamid Oripov, Sobir YUsupov, Hoji Hasan Ibrohimov, Fayzulla Xo'jaev, Qulmuhamedov tayinlandi. Mamlakatni boshqarish maqsadida tuzilgan Buxoro Xalq Nozirlar SHo'rosi tarkibi quyidagicha edi: rais va xorijiy-tashqi ishlar (nozir-F.Xo'jaev), maorif (Qori Yo'ldosh Po'latov), ichki (doxiliya) ishlar (M.Saidjonov), moliya (U.Po'latxo'jaev), davlat nazorati (N.Husainov), favqulodda komissiya (raisi-Ibrohimov), adliya (M.Burhonov), harbiy (SHihobuddinov), savdo-sanoat (M.Mansurov) nozirliklari.
1920 yil 6-8 oktyabrda chaqirilgan Butun Buxoro xalq vakillarining 1-qurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi - BXSR tuzilganligi tantanali ravishda e'lon qilindi. Mazkur tadbir amirning yozgi saroyi - Sitorai Mohi Xosada bo'lib o'tdi. BXSR hukumati zimmasiga qisqa muddat ichida o'rta asrchilik an'analari meros qolgan amir Buxorosini demokratik davlatga aylantirishdek tarixiy vazifani bajarish tushdi. Qurultoy qonun chiqaruvchi oliy organ - Buxoro inqilobiy qo'mitasi (markaziy revkom) va Buxoro Xalq Nozirlar SHo'rosi (XNSH) - dastlabki hukumat tarkibini uzil-kesil tasdiqladi. Ularning vakolat muddati 2-qurultoygacha uzaytirildi. Yosh hukumat yetakchisi F.Xo'jaev murakkab va og'ir sharoitda ishlashga majbur bo'ldi. Buxoro hukumati ichida siyosiy bo'linish kuchaydi. Bir tarafdan Buxoro Kommunistik partiyasi ichidagi "so'l" va "o'ng" kommunistlarga qarshi g'oyaviy jihatdan kurash olib borishga to'g'ri kelsa, ikkinchi tarafdan, RSFSR va uning favqulodda organlari bo'lgan Turkkomissiya, Turkbyuro yosh "mustaqil davlat"ning bosgan har bir qadamini sergaklik bilan nazorat qilib turar edi. SHunday bo'lishiga qaramasdan F.Xo'jaev. U.Po'latxo'jaev, O.Xo'jaev, A.Fitrat, M.Aminov, M.Saidjonov, S.Xo'jaev, M.Mansurov, A.Muhiddinov va boshqalar hukumatda demokratik yo'l tutib, mo''tadil mavqeda turdilar. Ular BXSRning amalda mustaqil bo'lishi, e'tiqod erkinligi, islohotlar o'tkazish zarurligini yoqlab chiqdilar.
1921 yil 18-23 sentyabrda bo'lgan Butun Buxoro xalq vakillarining 2-qurultoyida demokratik ruhdagi BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. Buxoro tarixidagi dastlabki Konstitutsiya fuqarolarning demokratik huquq va erkinliklarini qonun yo'li bilan mustahkamladi. Konstitutsiyada davlatni idora etish uchun xalqning barcha tabaqa vakillarining ishtiroki ta'minlandi. Xususiy mulk va savdo-sotiq erkinliklari Konstitutsiyada o'z ifodasini topdi. Buxoroda o'rnatilgan tuzum xalq demokratik respublikasi edi. BXSRning Konstitutsiyasi barcha fuqarolarga teng siyosiy huquq berdi, milliy tengsizlikni yo'qotdi. Xalq vakillarining 2-qurultoyida hokimiyatning oliy organi - Buxoro Markaziy Ijroiya komiteti (MIK) tuzildi. Uning birinchi raisi qilib Usmonxo'ja Po'latxo'jaev (Usmon Xo'ja, 1878-1968) saylandi. Keyinchalik Muinjon Aminov, Porso Xo'jaev MIK raisi bo'ldilar18.
BXSR yillarida amirlik davrida mavjud bo'lgan mamlakat ma'muriy bo'linishidagi 27 ta bekliklar tartibi o'rniga viloyatlar, tumanlar, kentlar, qishloqlar singari ma'muriy boshqaruv tartibi joriy qilindi. "Ozod Buxoro" gazetasining 1923 yil noyabr oyida nashr etilgan sonlaridan birida qayd etilishicha, BXSR 10 ta viloyat, 41 tuman, 132 kentga bo'linib, viloyatlardagi aholi soni quyidagicha edi:
Buxoro viloyati - 420 000 kishi;
Karmana viloyati - 180 000 kishi;
Behbudiy (avvalgi Qarshi) viloyati - 220 000 kishi;
Karki viloyati - 160 000 kishi;
CHorjo'y viloyati - 250 000 kishi;
SHahrisabz viloyati - 250 000 kishi;
SHerobod viloyati - 220 000 kishi; Hisor viloyati - 140 000 kishi;
Ko'lob viloyati - 140 000 kishi; G'arm viloyati - 80 000 kishi19.
Buxoro hududidagi qizil armiya harbiy qismlari va sovet tartiblariga nisbatan 1920 yil kuzidan boshlab BXSRda qurolli qarshilik ko'rsatish harakati boshlanib ketdi. Bu harakat hukumat mavjud bo'lgan 4 yildan ortiq davrda goh kuchayib, goh pasayib davom etib turdi. Sovet rejimiga qarshi qurolli kurashlarda Ibrohimbek Laqay (1889-1932), Davlatmandbek, Fuzayl Maxdum, Mulla Abdulqahhor(1884-1924) kabi yirik qo'rboshilar va turkiyalik harbiy sarkarda Anvar poshsho (1881-1922) muhim rol o'ynaydilar.
BXSR rahbariyati dastlabki yillarda (1920-1922 y) mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritishga harakat qildi. Bir qator xorijiy mamlakatlarda BXSRning vakolatxonalari bu davrda mustaqil faoliyat yuritdi.21 Mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy hayotini o'nglashga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rildi. Biroq BXSR hukumati manfaatlari Markazga bo'ysundirilishi va tazyiq o'tkazilishi oqibatida xorijdagi vakolatxonalar RSFSR elchixonalari tarkibiga kiritib yuborildi va respublika mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish huquqidan mahrum bo'lib bordi.
O'rta Osiyoda o'tkazilgan milliy - hududiy chegaralanish tadbirlarining amalga oshirilishi tufayli Turkiston ASSR va XXSR singari BXSR ham 1924 yil oxirlariga kelib tugatildi.
YOsh respublikada sovet madaniyati va faning dastlabki qadamlari siyosiy - ijtimoiy hayot o'rtaga bo'lgan ilmiy muammoni o'rganish bilan bog'liq bo'ldi. Buxoro Respublikasi Muvvaqqat Inqilobiy kommiteti 14- son buyruq chiqarib, Maorif nozirligi oldida quyidagicha masalani qo'ydi. Unda "Markaziy arxiv hay'atini tuzish to'g'risidagi masalani ilgari so'rdi. 1920 yil 11 noyabrda BXSHJ maorif nozirligi" "Buxoroda inqilob"ni yozish va nashr etish uchun maxsus komissiyasi tuzish haqida qaror qabul qildi. Komissiya tarkibiga bo'lajak taniqli tarixchilar Po'lat Saliev, Sadriddin Ayniy, Muso Saldjonov va boshqalar kiritildi. Buxoro Xalq SHo'rolar jumhuriyati tarixiga old dastlabki ishlar gazeta maqolalari bo'lib, ular respublika mansub "Buxoro axbori" gazetasi o'zining birinchi sonida mahalliy inqilobchilar sardori Fayzulla Xo'jaevning "Kun tug'di" maqolasini bosib chiqardi. Xalq baxti uchun otashin kurashchining sho'ro davridagi ilmiy - publitsistik merosining debochasi hisoblangan ushbu maqola amirlikdagi to'qnashuvlar manzarasini Buxoroning sho'ro tuzumiga o'tishi murakkab yo'lni qisqa, lekin ishonarli bergan.
Buxoroda demokratik harakatning mashhur namoyondasi Sadriddin Ayniyning ilmiy - publitsistik faoliyati avj oladi. U Samarqandda tojik tilida chiqqayotgan "SHo''nam inqilob" jurnali hamda "Mehnatkashlar tovushi" gazetasi sahifalarida. Buxoro respublikasining birinchi hafta va atlaridagi ijtimoiy hayotim yoritadigan qator xatlar e'lon qilindi. 1920 yilning sentyabrda "Mehnatkashlar tovushi" gazetasi "Buxorodan bir kishi" imzosi bilan Sadriddin Ayniyning Buxoro inqilobi tarixaga old kattagina ilmiy ishini boshladi. Bu o'zbek tilida yozilayotgan "Buxoro inqilobi tarixi" edi. Uning tayyor qismlari gazetada "Uchqun" jurnalida e'lon qilinayotgan edi. To'liq holda bu kitob Moskvada 1926 yilda o'zbek tilida nashr qilindi. Uning asosiy mazmunini Buxorodagi 1908 - 1920 yillardagi demokratik harakat, jadidlar faoliyati tashkil qiladi. YAngi tuzilgan respublika va uning oldidagi vazifalar haqida yozilgan dastlabki ishlardan biri V.YUdoviskiy maqolasidir. Muallif Buxorodagi siyosiy to'ntarishga katta boho berib, yosh davlat istiqbollari haqida fikr yuritadi. Buxoro respublikasining tarixshunosligida A.Mashiykiyning ishlari alohida o'rin egallaydi.
Inqilobiy voqealar tugagach A.Mashiykiy muhim hujjatlar asosida sentyabr to'ntarishining siyosiy shart - sharoitlarini aniqlashga harakat qildi. Buxoro Xalq SHo'rolari jumquriyati davrida uning tarixiga bag'ishlab yozishgan adabiyotlarini shartli ravishda ikki guruhga bo'lish mumkin. Buxoroda shu davrga kelib turli xil tashkilotlar ilmiy jamiyatlar yuzaga keldi. Bular o'z navbatida xalqni tarixini yoritish, ularni rivojlantirish uchun xizmat qildi. SHulardan biri "Buxoro ilmiy jamiyatidir". "Buxoro ilmiy jamiyati" Buxoro xalq sovet Respublikasi davrida 1921 yil tashkil etilgan edi. Bu jamiyat o'lkadagi qadimgi obidalarni muhofaza qilish, xalq amaliy san'atini rivojlantirish, fan tarixiga old qo'l yozmalar yig'ish, arxeologik ashyolar va xalq ijodiy namunalarini to'plab tadqiq etish kabi ishlar bilan shug'ullangan. Olim, yozuvchi va ma'rifatparvarlardan - Abdurauf Fitrat, Otajon Payrov, Sulaymoniy, Abdulvohid Burhonov (Munzil) Sadriddin Ayniy, Salimbek Samimiy, SHarifjon Makdum (Sadr Ziyo) Ahmadjon Hamidiy, Musojon Saidjonov, Yo'ldosh Qori Po'latov, Siddiqjon (1885-1910)yillarda Buxoro amiri bo'lgan Amir Abdullaqadxonning ukasi jamiyat a'zolari bo'lishgan. "Buxoro ilmiy jamiyatini" ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilgan. Buxorodagi uch shaxsiy kutubxonada saqlangan, sharqshunos, tarix adabiyotiga old qo'lyozmalar kitoblarni to'plaganlar. Birgina SHarfjon Maxmud kutubxonasidan 300 jildga yaqin fors - tojik va turkiy tillardagi noyob qo'l yozma asarlar ro'yxatga olingan.
Jamiyatda to'plagan qo'l yozma asrlar orasida Tarixchi Narshaxiyning "Tarixi Buxoro" (Buxoro tarixi) Ahmad Donishning "Navodirul - vaqoi" (Nodir voqealar) asarlari bor. Jamiyatning "Anjumani tarix" bo'lish "Buxoro arki tarixining" qo'l yozma kitobini tayyorlagan. Buxoro ilmiy jamiyatida to'plagan materiallar O'zbekiston FASHI qo'l yozmalari fanidan saqlanadi. SHu jamiyatning rahbaralaridan biri Abdurauf Fitrat 1886 yilda ziyoli oilasida dunyoga keldi. Dastlab eski maktabda, keyin mirarab madrasasida tahsil ko'rdi. Fitrat Turkiyada tahsil ko'rgan yillarida badiy adabiyotlar bilan shug'ullana boshladi. Dastlab publitsistik maqolalar yozib "Buxoroi sharif", Turon gazetalariga yubordi. "Buxoroi sharif" gazetasi mahalliy ma'rifatparvarlik tashabbusi bilan 1912 yil martida fors tiliga nashr qilindi.1
Ko'p o'tmay uning o'zbek tilidagi "Turon" ilovasi bosmadan chiqdi.2 Ko'p o'tmay gazetalar yozib qo'yildi. Ammo jadidchilik harakatini endi to'xtatib bo'lmasdi. Ayniqsa Abdurauf Fitrat va ming bir gruh sahifalari o'qitishni III. Bu davrda Buxoroda juda ko'p ilmiy - tarixiy muassasalar bo'lib, ular shu davrda tashkil topgan va rivojlanib borgan. Buxoro davlat Universiteti ilm - fan va ta'lim tarbiya sohasida xalqimiz tomonidan asrlar dovomida shakllantirilgan an'analar yashab kelayotganligini yorqib bir dalillaridir. Bu an'analarning sarchashmalari biri sifatida Buxoroda 712 yilda qurib bitirilgan bir vaqtning o'zidaham maktab ham madrasa vazifasini o'taydi. "Bonu xanzal" masjidini yodga olib o'tish lozim. 1536 yilda esa butun islom olamiga mashhur mir Arab madrasasi tashkil etilgan. Unda -Maftunquli, YUsuf Narabog'iy, Turdi, Ahmad Donish, Muqimiyolar kabi ulug' siymolar iz qoldirgan.3 sharqda "SHayx - ul - rais" nomi bilan dong taratgan Abu Ali Ibn Sino Buxoroning, Buxoro ilm fanining shuhratini olamga yoydi.
U qomusiy olim, benazar tabib etuk faylasuf va yirik musiqashunos sifatida dunyo madaniyatida o'chmas iz qoldirdi. Buxoroda universitet faoliti ko'rsata boshlaganligi haqidagi ilk ma'lumotlar 1922 yilga tegishli. Ta'limning texnik vositalari va kutubxonaga ishi sohasida o'sha davr imkoniyatlari doirasida ma'lum tajribada to'plagan bu o'quv yurti halq ta'lim taraqqiyotida o'zaga xos bir bosqich bo'ldi. U Germaniya, Angliya, Turkiya univarsitetlari bilan hamkorlik qilar edi. SHunisi diqqatga sazovorki Buxoro jumhuriyatining sardorlari - Fayzulla Xo'jaev va Qori Yo'ldosh Po'latov universitet talabalari auditoriyasida ma'ruzalar o'qishni o'z burchlari deb bilgan edilar.

15-MAVZU: XIX ASRNING IKKINCHI YARMI XX ASR BOSHLARIDA XIVA XONLIGIDA MADANIYAT VA SAN’AT


Reja:
1. XX asr boshlarida Xiva xonligida shaharlar hayoti, me’morchilik, uning san’at va madaniyat rivojidagi o’rni
2. Me’morchilik
3. XX asr boshlarida Xiva xonligida an’anaviy san’at turlari va ularning shakllanishi

XVI asrda Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo’ldi. Buning asosiy sabablaridan biri - Amudaryoning o’z o’zanini o’zgartirib, 1573- yildan boshlab Kaspiy dengiziga oqmay qo’yganligi bo’ldi. Daryo 15 yil davomida Orol dengizi yo’nalishiga burildiki, natijada eski o’zan atrofidagi yerlar cho’lga aylandi. Aholi esa xonlikning boshqa hududlariga ko’chib o’tishga majbur bo’lgan. Bundan tashqari, Xiva xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o’zaro qabilaviy urushlar, og’ir soliqlar hamda turli to’lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavayron qilgan. Bu hoi, o’z navbatida, savdo-sotiqqa katta putur yetkazgan.


Xiva xonligida Xiva, Ko’hna Urganch, Yangi Urganch, Vazir kabi o’nlab shaharlar mavjud bo’lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri hisoblanadi. Xiva shahri milloddan avvalgi V asrda yuzaga kelganidan buyon uning tarixi butun Xorazm tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lib keldi. Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlaridanoq Sharq bilan G’arbni bog’lovchi savdo yo’li o’tganligi bilan izohlanadi.
Xiva shahri XVI asr boshlaridan 1920-yil fevralgacha Xiva xonligining poytaxti bo’lgan.
Ko’hna Urganch Xonlikning yana bir shahri — Ko’hna Urganch (Gurganch) shahridir. Qadimda bu shahar joylashgan hudud hozirgi Turkmaniston (Toshhovuz viloyati) tarkibidadir. Ko’hna Urganchga asos solinganligiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim savdo karvoni yo’llari kesishgan yerda joylashganligi uchun ham tez rivojlangan.
Ko’hna Urganch X - XI asrlarda Xorazm davlatining poytaxti edi. Bu shahar arab geograflari asarida Jurjoniya nomi bilan qayd etilgan. X asrning ikkinchi yarmida poytaxt Gurganchda mustaqil amirlik tuzilgan. 995- yilda Gurganch amiri Ma’mun ibn Muhammad poytaxti Kot shahri bo’lgan xorazmshohlarni tor-mor etib, o’zini Xorazmshoh deb e’lon qilgan. Shu tariqa Gurganch Xorazm davlatining yagona poytaxtiga aylangan.
XI - XII asrlarda bu shaharda madaniyat, ilm-fan rivojlandi. Shahar mustahkam qal’a-devor bilan o’rab olindi. 1221-yilda Chingizxon hujumi natijasida Ko’hna Urganch shahri taqdiri nima bo’lganligini eslang.
1646- yilda Abulg’ozixon hozirgi Urganch shahriga asos soldi. Bunga yuqorida qayd etilgan Amudaryoning o’z yo’nalishini o’zgar-tirib Orol dengizi tomon oqa boshlagani, buning oqibatida Gurganchning (Ko’hna Urganch) suvsiz qolganligi sabab bo’lgan edi. Shundan keyin qadimgi Gurganchning nomi Ko’hna Urganch bo’lib qoldi.

Vazir shahri


Vazir Xorazmning shahar-qal‘alaridan biri bo’lgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, shayboniylardan bo’lgan Mustafoxon tomonidan XV asr o’rtalarida asos solingan.XVI asrda shayboniylarning o’zaro urashlari shaharni vayron bo’lishiga olib kelgan. 1558- yilda Xivaga kelgan Antoniy Jenkinson bu haqda bunday deb yozgan edi: „Vazir shahri keyingi 7 yil mobaynida o’zaro urushlar oqibatida to’rt marta vayron bo’ldi. Shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari ham nochor”. 1593 - 1598- yillarda esa Abdullaxon II harbiy yurishlari chog’ida ham shahar yana vayron etildi.
Abulg’ozixon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko’chirgan. Shu tariqa shahar o’z ahamiyatini butunlay yo’qotgan.
1573-1575 yilda Amudaryo o'z izini o'zgartiradi natijada eski izi atrofidagi joylashgan qishloq va shaharlarda hayot to'xtaydi. Odamlar eski Urganchdan, yangi Urganch janubroqqa o'tib yashaydigan bo'ladi.
Amudaryo eski o'zanini qurishi xonlik markazini Xivaga ko'chishiga sabab bo'ladi. Xonlikda arxitektura qurilishlariga ham katta e'tibor berilgan. M: bunga Anushaxon davrida Xivada qurilgan va saqlanib qolayotgan Arabshoh madrasasi(1616) qator machit va madrasalarni, jumladan ikki qavatli Sherg'ozi madrasasini (1719) kiritish kiritish mumkin. Xonlikning Xiva, Urganch, Xazorasp, Xo'jayli, Tashouz, Gurlan, Xonqa va boshqa shaharlarda hunamandchilik rivojlangan bo'lib, ipakdan jundan ajoyib matolar, gilamlar ishlab chiqarilgan. Shuning uchun yuqoridagi shaharlarda savdo-sotiq gavjum bo'lgan.
XVIII asr oxiriga kelib shaharlar hayotida uzoq davom etgan tushkunlik holati barham topdi. XVIII asrning ikkinchi yarmi - XIX asr boshlarida katta ko’lamdagi sug’orish inshootlarining tiklanishi hamda yangilarining bunyod etilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’sishiga asos bo’ldi. Bu hodisa, o’z navbatida, shaharlarda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning o’sishiga sabab bo’ldi.
Biroq bu o’sishni Yevropa davlatlari iqtisodiyoti taraqqiyot bilan aslo tenglashtirib bo’lmas edi. Bu davr - g’arbiy Yevropa davlatlari hayotida tub sifat o’zgarishlar davom etayotgan davr edi. Chunonchi, Buyuk Britaniyada boshlangan sanoat to’ntarishi Yevropaning boshqa ilg’or davlatlariga ham yoyilgan, XIX asr o’rtalariga kelganda esa u nihoyasiga yetayotgan edi. Binobarin, Yevropa davlatlarida kapitalistik munosabatlar gurkirab rivojlanayotgan edi.
O’rta Osiyo xonliklarida, jumladan, Xiva xonligi jamiyati hayotida hamon o’rta asr yer egaligi munosabatlari hukmron edi. Xiva —muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan bo’lib, Xorazm vohasining sug’oriladigan yerlarida rivojlanib kelgan. Arxeologik tadqiqoitlarning ko’rsatishicha, shahar kamida 2500 yoshga kirgan.
Bularning hammasi YUNESKO tashkilotiga Xivani qo’riqxona ahamiyatidagi shahar deb e’lon qilishga, shaharning ichki qismi bo’lgan Ichan-qal’ani esa jahon ahamiyatidagi tarixiy yodgorlik deb e’tirof etishga asos bergan. «Avesto» kitobi Xorazm to’g’risida tarixiy ma’lumotlar beradi. «Tarixning otasi» deb sanalgan Gerodot Xorazm va xorazmliklar to’g’risida gapirib o’tgan edi. Beruniy esa Xorazmdagi qadimiy dehqonchilik to’g’risida hikoya qilgan.
Xiva — tarixiy qurilish, butunligicha bino va inshootlar, aslida ochiq havodagi butun bir shahar amalda tarixiy holida saqlanib qolgan dunyoning bir nechtagina shaharlaridan biridir. XVIII asr oxiri — XIX asr o’rtasidagi Xiva shahrining monumental inshootlari go’yoki qaytadan barpo etilgan shaharni hosil qilgan bo’lib, u bizni bor-yo’g’i ikki-uch avlod ustalarning hayoti davomida qurilishi tezligi bilan hayratda qoldiradi. Lekin boshqa sharoitlarda halokatli bo’ladigan holatlar – kichik yer bo’laklaridagi tasodifiy qurilishlar, o’ta siqiq sharoitlar va yer kamligi bu yerda me’morchilik inshootlarining benihoya go’zalligi, nafisligi va turli-tumanligiga sabab bo’ldi. Xivaning eng ko’p va siqiq holda inshootlar qurilgan qismi bo’lgan aynan shu Ichan-qal’a taqdir taqozosi bilan me’morchilik muzeyiga aylandi, uning yodgorliklarida bizga xalq ustalarining eng go’zal asarlari namoyon bo’ladi.
Ichan qal'a — O'rta Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlik. Xivaning ichki qal'a (Shahriston) qismi. Ichan qal'a shaharning Dishan qal'a (tashqi qal'a) qismidan devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qal'a)dan baland qo'rg'ontepaga o'xshab ko'rinadi. Ichan qal'aga 4 darvoza (Bog'cha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan.
Xorazm xalq me'morligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy va minoralar, asosan, Ichan qal'ada joylashgan.
Undagi me'moriy yodgorliklarning yaratilish tarixi, asosan, 4 davrga taalluqli: birinchisi Xorazmning qadimgi davridan to mo'g'ullar istilosi davriga qadar, bu davrdan Ko'hna arkning g'arbiy devori, qal'a devorining shimoliy-sharqiy burchagidagi qadimgi davrga mansub burj va qal'a devori qoldiqlari saqlanib qolgan29.
Ikkinchisi Xorazmning 1220 yildagi mug'ullar istilosidan keyin tiklanish davri. Bu davrda Sayid Alovuddin maqbarasi va boshqa mahobatli binolar qurilgan.
Uchinchi davri XVI- XVII-asrlarga to'g'ri keladi. Shu paytda (Abulg'ozixon va Asfandiyorxon hukmronlik davri) Ichan qal'ada Anushaxon hammomi (1657), peshayvonli Oq masjid (1675), Xujamberdibek madrasasi (1688) kabilar bunyod etildi, Ko'hna ark istehkomlari mustahkamlandi, ko'rinishxona (xonning qabulxonasi) qurildi (1686 — 1688). Buxoro bilan Eron o'rtasida Xiva xonligi uchun boshlangan urush natijasida (XVIII-asrning 1-yarmi) Ichan qal'a va, umuman, Xiva shahri qattiq shikastlandi (Xiva bir qancha vaqt Eronga tobe viloyat bo'lib turdi)30.
To'rtinchi davri XVIII- XX-asrlarni o'z ichiga oladi. Bu davrda O'rta Osiyo mahalliy me'morligi an'analari asosida masjid, madrasa, tim va toqilar qurildi. Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yo'l o'tkazildi. XVIII-asr oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora qad kutardi. Ichan qal'aning xaroba devorlari tiklandi, bir qancha imoratlar ta'mir qilindi. 1840- 1842 yillarda ikki qavatli (Qutlug' Murod) Inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi. Muhammad Raximxon (1806- 25), Olloqulixon (1825- 1842), Muhammad Aminxon (1845- 1855) hukmronligi davrida Ichan qal'ada qurilish avj oldi. Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etildi. Ko'hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi. Yangi va karta Tosh hovli saroyi qurildi. Polvon darvozaga yaqin qo'rg'on devorining bir qismi buzilib, o'rniga Olloqulixon karvon saroyi, madrasasi va timi qurildi, xalq ijodining ajoyib namunasi Pahlavon Mahmud maqbarasi qad ko'tardi. Arab Muhammadxon va Musa To'ra madrasalari ham shu davrda yaratildi. Muhammad Aminxon Ichan qal'aning g'arbiy qismiga — Ko'hna ark yoniga Kalta minor nomi bilan mashhur bo'lgan minora qurdirdi. Bu minora garchi bitkazilmay qolgan bo'lsa-da, Ichan qal'a mujassamotida katta o'rin tutadi.
Madrasalardan eng yirigi — Muhammad Aminxon madrasasidir. Uning o’ziga xos xususiyatlari – ikkitalik hujralardir. Old devorlarning naqshli bezatilishida rangli g’ishtin termalarning qatlamlari hamda o’simlik tusidagi naqshlar bo’lgan mayolika bilan qoplangan bezaklar kiritilgan. Eshiklar va panjaralar ajoyib o’yma naqshlar bilan bezatilgan. O’rta asrlar shaharlarini tashqi devorlar va minoralarsiz, shahar ichidagi ark qal’asisiz tasavvur qilish qiyin. Xiva shahri ham shunday. Ichan-qal`a avvaldan uni himoya qiladigan ulkan qal’a devorlari bilan o’ralgan edi. XIX asr o’rtasida esa Xivaning atrofida o’nta darvozasi bo’lgan yangi qal’a devorlari bunyod etilgan. Shundan e’tiboran shaharning ushbu kattaroq xalqasi Dishan-qal’a, yoki «tashqi qal’a» deb nomlanadigan bo’ldi.
Xivaning ma’naviy hayotida muqaddas joylar — mozorlar va maqbaralar alohida o’rin tutgan. Ayniqsa e’tiborli sajdagohlardan biri – kasbi ko’nchi bo’lgan, jismi pahlavon, ruhi faylasuf, ko’ngli shoir bo’lgan Pahlavon Mahmud ismli ulug’vor zotning maqbara majmuasidir. Vafot etganidan keyin xalq uni pir – Xiva shahrining muborak homiysi sifatida e’tirof etgan. Asta-sekin Pahlavon Mahmudning go’ri atrofida xonlar urug’iga daxldor kishilarning go’rlari joylashgan mozor yuzaga keldi, keyin esa maqbaraga tegishli inshootlarning yirik majmuasi barpo etildi, ular yozgi va qish mavsumidagi masjidlarni, ma’rakalar uchun mo’ljallangan inshootni va Qur’on o’qish xonalarini o’z ichiga oladi31.
XVIII asr oxiriga kelib shaharlar hayotida uzoq davom etgan tushkunlik holati barham topdi.
XVIII asrning ikkinchi yarmi — XIX asr boshlarida katta ko’lamdagi sug’orish inshootlarining tiklanishi hamda yangilarining bunyod etilishi ishlab chiqaravchi kuchlarhing o’sishiga asos bo’ldi. Bu hodisa, o’z navbatida, shaharlarda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning o’sishiga sabab bo’ldi.
Biroq bu o’sishni Yevropa davlatlari iqtisodiyoti taraqqiyoti bilan aslo tenglashtirib bo’hnas edi. Bu davr — G’arbiy Yevropa davlatlari hayotida tub sifat o’zgarishlar davom etayotgan davr edi. Chunonchi, Buyuk Britaniyada boshlangan sanoat to’ntarishi Yevropaning boshqa ilg’or davlatlariga ham yoyilgan, XIX asr o’rtalariga kelganda esa u nihoyasiga yetayotgan edi. Binobarin, Yevropa davlatlarida kapitalistik munosabatlar gurkirab rivojlanayotgan edi.
O’rta Osiyo xonliklarida, jumladan, Xiva xonligi jamiyati hayotida hamon o’rta asr yer egaligi munosabatlari hukmron edi.
Me’morchilik
XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o’rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Chunonchi, 1782- yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi.
Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me’moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765- yilda Sherg’ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi.
XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor va ular oralig’ida 1834- yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi.
1842- yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva atrofida 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal’a devori va uning darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi. O’sha paytdan boshlab shahar hududining bu qismi Dishan qal’a— Tashqi shahar (qal’a) deb nomlana boshlangan.
Xivaning kichik xalqali qal’a-devori bilan o’ralgan qismi Ichan qal’a — Ichki shahar (qal’a) deb atalgan.
Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 17 masjid, 22 madrasa mavjud bo’lgan.
O’rta asrlarda Xiva allomalarning shahri bo’lgan. Bu yerda yirik fan markazlari faoliyat yuritgan – astronomiya, matematika, tibbiyot rivojlangan, buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) yashagan va ijod qilgan. Shoh Ma’mun ibn Muhammad huzurida o’rta asrlarning eng yirik Sharq olimlari ishlagan, ular «Ma’mun Akademiyasi» ni tashkil qilganlar. Sharqda mashhur bo’lgan XIX asr shoirlari Shermuhammad Munis va Ogahiylar bu yerda o’z asarlarini yaratganlar. Shahar «Xorazm vohasining durdonasi» nomiga sazovor bo’lgani bejiz emas.
O’zining gullab-yashnagan davrida Xorazm davlati xalqaro savdoning eng yirik markazi, Buyuk Ipak yo’lining asosiy ahamiyatga ega bo’lgan qismi edi. Bu yerga Volgabo’yidan, Hindiston, Eron davlatlaridan savdogarlar kelar edi, savdo karvonlari bu yerdan Yaqin Sharqqa, Sharqiy Turkiston va Xitoyga ketar edi. Xivadan turli-tuman savdo yo’llari Mo’g’ulistonga, Qozog’iston dashtlari orqali Volga irmog’idagi savdo shahri bo’lgan Saksin shahriga, undan rus knyazliklari va Yevropaga olib borar edi. Arxeologlar qadimiy karvon yo’llarining yangi-yangi yo’nalishlarini, jumladan, Xorazmdan Mang’ishloq tomonga va u yerdan dengiz orqali Quyi Volgabo’yiga yo’nalishlarni ochmoqdalar. Bu xivalik savdogarlar Markaziy Osiyo davlatlarining Sharqiy Yevropa bilan olib borgan savdosining katta qismini o’z qo’llariga olganligidan dalolat beradi.
Kechqurun qorong’i tushganda va oy – musulmonlarning muqaddas ramzi minoralarning tepalarini, masjidlar gumbazlari va madrasa darvozalarini jozibali nuri bilan yoritganda xuddi sehrli shaharga kelib tushgandek ko’rinadi. Xiva shunday afsonaviy shahardir.
Ichan qal'a qurilishida Xiva me'morlari O'rta Osiyoda qadimdan qo'llanib kelgan uslub — inshootlarni ro'parama-ro'para qurish uslubi (V«qushV»)dan foydalanishgan. Masalan, Olloqulixon madrasasi bilan Kutlug' Murod Inoq madrasasi, Sherg'ozixon madarasasi bilan Pahlavon Mahmud maqbarasi shu uslubda qurilgan.
Ichan qal'a me'morligining Yana bir o'ziga xos xususiyati binolarning alohida ansambl holida qurilganligi.
1997-yilda Xiva shahrining 2500 yilligi munosabati bilan asosiy yo'nalishlarda joylashgan yodgorliklarni muntazam ravishda ta'mirlash-tiklash ishlari olib borildi.
An’anaga ko’ra, shaharning ma’naviy markazi uning katta, yoki juma masjidi sanalar edi. Masjidni rejalashtirish zamirida X—XII asrlarda yaratilgan konstruktsiyalar yotgan, deb hisoblashadi. Ichan-qal’adagi Juma masjidi ham XVIII asrinng oxirida qayta qurilgan, lekin u Sharqning klassik inshootlarining qator xususiyatlarini o’zida saqlab qolgan. Bu o’ziga xos bir qavatli binoning old kirish portallari, gumbazlari va dumaloq arkalari yo’q, u eramizning X- XVII asrlarida yaratilgan 213 dona yog’och naqshinkor ustunlarga tayanadigan yassi tomli ulkan zaldir. Ularning o’lchamlari, shakllari va bezaklari turlicha bo’lib, aynan ular masjidning yuksak badiiy qiymatini namoyon etadi. Olimlarning fikricha, ushbu xususiyatlaring barchasi bu masjidni Arabistondagi qadimiy masjidlarga yaqinlashtiradi.
Ichan qal`a. Ichan qal’a Dishan qal’adan devor bilan ajralib turadi. Unga Bog’cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan to’rtta darvoza orqali kirilgan. Xorazm o’lkasi me’morchiligining ajoyib obidalari - madrasa, masjid, saroy va minoralar Ichan qal`ada joylashgan.
Mazkur asrlar davomida Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yo’1 o’tkazildi. XVIII asr oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora ham qad ko’tardi.
1840-1842- yillarda ikki qavatli Qutlug’ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi.
Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Aminxon hukmronliklari davrida Ichan qal’ada keng ko’lamli yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etildi. Ko’hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi. Yangi va katta Toshhovli saroyi qurildi. Polvon darvozaga yaqin qo’rg’on devorining bir qismi buzilib, o’rniga Olloqulixon karvonsaroyi, madrasasi va timi qurildi.
Shuningdek, ajoyib me’morchilik namunasi Pahlavon Mahmud maqbarasi bunyod etildi. Bundan tashqari, Arab Muhammadxon va Musa To’ra madrasalari ham shu davrda qad ko’tardi.
Muhammad Aminxon esa Ichan qal’aning g’arbiy qismidagi Ko’hna ark yoniga Katta minor nomi bilan mashhur bo’lgan minorani qurdirdi.
Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me’morlari O’rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana - inshootlarni ro’parama- ro’para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul «qo’sh» deb ataladi. ;
Ichan qal’ani bunyod etishda, bundan tashqari, binolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham amal qilingan. Masalan, Polvon darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o’ziga xos ansamblni tashkil etadi. 1990- yilda Ichan qal’a Butunjahon yodgorliklari ro’yxatiga kiritilgan va muzeyga aylantirilgan.
Dishan qal’a. Dishan - Tashqi qal’a Xiva shahrining rabod qismi hisoblanadi. 1842- yilda Xiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7-8 metr, devorining qalinligi esa 5-6 metr bo’lgan devor bilan o’ratgan.
Ichan qal’ada 4 darvoza bo’lsa, Dishan qal’a 10 darvozali bo’lgan. Dishan qal’aning ko’chalari Ichan qal’aning ko’chalari davomi tarzida qurilgan. Shaharning tim va savdo rastalari Dishan qal’ada joylashtirilgan.
Shunday qilib, o’rta asrlarda Xiva sharqning haqiqiy ma’nodagi madaniyat markazlaridan biri bo’lgan. Bu shahar o’z davri uchun allomalar shahri bo’lgan. Bu yerda yirik fan markazlari faoliyat yuritgan – astronomiya, matematika, tibbiyot rivojlangan, buyuk olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) yashagan va ijod qilgan. Ularning ma’naviy me’rosi to’xtab qolmagan.
«Xorazm vohasining durdonasi» nomiga sazovor bo’lgan Xiva shahri, Xiva xonligidagi madaniyatning beshigi bo’lgan. Bu madaniy yuksalish esa Xiva me’morchiligida yaqqol namoyon bo’ladi.
XX asr boshlarida Xiva xonligida an’anaviy san’at turlari va ularning shakllanishi.
XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Xiva xonligida madaniy hayot gullab yashnadi. Bu avvalo Xiva xonligini 1860-1910 yillarda boshqargan ilm-fan va madaniyat homiysi bo’lgan, Muhammad Raximxon Soniy – Firuz faoliyati bilan bog’liq. Bu paytda nafaqat ma’naviy madaniyat bilan bog’liq ilmlar; adabiyot, tarih musiqa ilmi ravnaq topdi. Balki bu paytda xalq amaliy san’ati – hunarmandchilikning har xil turlari yanada rivojlandi. Bu san’at namunalarida ko’plab yangi yutuqlarga erishildi. Ularni yasash noyob san’at darajasiga ko’tarildi. Bu holat Xorazm me’morchilik san’atiga ham katta ta’sir ko’rsatdi. Bu jarayonga Xorazm vohasiga shiddat bilan kirib kelgan Yevropa (rus) madaniyati ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda edi.
Xiva xonligi tarixiy manbalarida hunarmandchilikning 27 sohasi qayd etilgan. Amalda esa, ular bundan-da ko’p bo’lgan. Hunarmand malakali usta bo’lishi uchun ko’p yil mashaqqatli mehnat qilgan. Odatda, usta o’z kasbini to’ng’ich o’g’liga o’rgatgan. Ayrim hollarda, ishda qo’shimcha kishining mehnati talab qilinsa, chetdan ham shogirdlar qabul qilingan. Shogirdga kasb o’rgatish shartlari va muddatlari yozma shartnomada rasmiylashtirilgan. Shogird hunarmand ustadan oq fotiha olib, o’zining alohida ustaxonasini ochishdan avval hunarmand ustalar oldida o’z mahoratini namoyish etishi kerak bo’lgan. Sinovdan o’tgan shogird shu tariqa ustaxona ochishga ruxsat olardi.
Hunarmandlar o’z uyushmalariga ega edilar. Bu uyushmalar hunarmandlarning faoliyatini tartibga solib turardi. Shu yo’l bilan ularning manfaatini himoya ham qilardi. Uyushma boshlig’i xonning xazina siyosatini o’tkazuvchi shaxs ham hisoblanardi. Xiva ustalarining juda oz qismi xususiy ustaxona — do’koniga ega edi.Hunarmand o’z uyida ham do’kon ochishi mumkin edi. Ko’pchilik hunarmandlar xonga va boshqa boylarga tegishli do’konlarni ijaraga olib mehnat qilishardi. Ayrim hunarmandlar buyurtma asosida ham ishlardi.
XIX asr oxirida Muhammad Raximxon Soniy hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o’rnatildi. Bu omil Xiva shahrida san’at va madaniyatning rivoji va shahar hayotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Chunonchi, 1852- yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallangan bo’lsa, XX asr boshlarida u yangicha an’analar bilan boyidi.
Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me’moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1865- yilda Sherg’ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi. XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor va ular oralig’ida 1834- yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi.
1842- yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva atrofida 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal’a devori va uning darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi. o’sha paytdan boshlab shahar hududining bu qismi Dishan qal’a - Tashqi shahar (qal’a) deb nomlana boshlangan.
Xivaning kichik xalqali qal’a devori bilan o’ralgan qismi Ichan qal’a - Ichki shahar (qal’a) deb atalgan. Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 17 masjid, 22 madrasa mavjud bo’lgan.
Ichan qal’a bobolarimizdan qolgan o’rta Osiyodagi yirik va noyob me’moriy yodgorlikdir. U ming gumbaz shahri nomi bilan mashhur. Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qal’a (Shahriston) qismidir.
XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ham avvalgi asrlarda mavjud bo’lgan hunarmandchilikning har xil turlari yanada rivojlandi. An’anaga ko’ra, shaharning ma’naviy markazi uning katta, yoki juma masjidi sanalar edi. Masjidni rejalashtirish zamirida X—XII asrlarda yaratilgan konstruktsiyalar yotgan, deb hisoblashadi. Ichan-qal’adagi Juma masjidi ham XVIII asrinng oxirida qayta qurilgan, lekin u Sharqning klassik inshootlarining qator xususiyatlarini o’zida saqlab qolgan.
Xiva me'morlari O'rta Osiyoda qadimdan qo'llanib kelgan uslub — inshootlarni ro'parama-ro'para qurish uslubi (V«qushV»)dan foydalanishgan. Masalan, Olloqulixon madrasasi bilan Kutlug' Murod Inoq madrasasi, Sherg'ozixon madarasasi bilan Pahlavon Mahmud maqbarasi shu uslubda qurilgan. Ichan qal'a me'morligining
Yana bir o'ziga xos xususiyati binolarning alohida ansambl holida qurilganligi. Bu o’ziga xos bir qavatli binoning old kirish portallari, gumbazlari va dumaloq arkalari yo’q, u eramizning X- XVII asrlarida yaratilgan 213 dona yog’och naqshinkor ustunlarga tayanadigan yassi tomli ulkan zaldir. Ularning o’lchamlari, shakllari va bezaklari turlicha bo’lib, aynan ular masjidning yuksak badiiy qiymatini namoyon etadi. Olimlarning fikricha, ushbu xususiyatlaring barchasi bu masjidni Arabistondagi qadimiy masjidlarga yaqinlashtiradi.
Me’morchilikning yuksalishi kulolchilikda ham o’z ifodasini topdi. Kulollar faqat alohida-alohida buyumlar tayyorlabgina qolmasdan, bir necha yuzlab lagan, tovoq va kosalardan iborat butun bir to’y marosimini o’tkazishga yetadigan to’y majmualarini ham tayyorlaganlar.
Alohida tantanalar uchun maxsus to’y va podshoyi tovoqlar ham tayyorlangan.XIX asrning oxirlariga oid manbalarda Xivada zaigarlik hunari mahorati yetakchi hunarlar qatorida tilga olib o’tilgan. Xivaning bosh taqinchog’i - jig’a o’rta Osiyoning boshqa mintaqalariga ham keng tarqalgan. Isirg’alar feruza va marjonlar, bilaguzuklar esa toshlar bilan bezatilgan. Bilaguzuklar har birining og’irligi 300 grammgacha bo’lgan.
XX asr boshlarida Xorazm amaliy san’ati ravojida gilamdo’zlik sohasi ham alohida o’rin tutadi. Xiva gilamlari to’qilishi va naqshinkorligiga ko’ra Eron va Buxoro gilamlaridan ancha farq qilgan. Bunda gilamlarning ikki qatlik tizimdan tuzilganligi va jimjimador bezaklarning o’ta yorqinligi alohida ahamiyatga ega. Hozirgi davrda ham gilam ustida ishlayotgan rassomlar XX asrning birinchi yarmida yuksak darajada bolgan Xorazm amaliy bezagi va sanatining urf analariga tayanadilar.
XIX asr oxirlarida Xivada matoga gul bosish sarfati o’zining kulrang uyg’unligi va mayda gullari bilan o’rta Osiyoning boshqa gul bosish markazlaridan farq qilib turadi.
Xiva shahrida hunarmandchilikning yog’och o’ymakorligi, badiiy to’qimachilik, gilamchilik, kashtachilik, naqqoshlik kabi o’nlab turlari ham mavjud bo’lgan. XIX asrda Xiva yog’och o’ymakorligi maktabi xonlikda oldingi o’rinda turadi. U o’z badiiy yuksakligi bilan ajralib turardi. Bu o’rinda Olloqulixon saroyidagi Toshhovli ayvon ustunlari majmuyi o’zining ko’rkamligi bilan ajralib turadi.
Xivada qo’lyozma kitob san’atining tarixi ham chuqur ildizga ega. Jumladan XVI asrda Xiva xonlari saroy kutubxonalarida xattotlik, husnixat maktabi shakllandi. Mashhur xattot Hamadoniy 1556-yilda Eshmuhammadxonga „Shohnoma”ni miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib ko’chirib berdi.
XVII - XVIII asrlarda Xivada Muhammad Yusuf Rojiy, Bobojon Sanoiy, Muhammad Rizo Oxund kabi qator usta xattotlar yashab, mehnat qilganlar. Ular she’riy asarlar, tarjima va tarixiy kitoblarni ko’chirganlar. Har bir kitobni bezashda bir necha soha ustalari ishtirok etganlar. Bular — qog’oz qirquvchi, kotib-xattot, muzahhib, lavvoh, lavha chizuvchilar, miniaturachi rassom va sahhoflar edilar. Xiva qo’lyozmalarida Buxoro qo’lyozmasidan farqli o’laroq, mundarija manzarali qilib bezatilmagan. XX asr boshlarida Xivada qo’lyozma kitob san’atining toshbosma usuli ham rivoj topdi.
Uning ixtirochisi Otajon Abdalov edi.
XIX asr o’rtalarida o’ymakori eshik va ustunlar ustasi Polvon Abdusattor o’g’lining nomi ayniqsa shuhrat qozondi. Xiva shahri ayni paytda XX asr boshlarigacha xonlikda yagona shoyi to’qish markazi bo’lib qoldi.
XX asr boshlarida bunyod etilgan Nurillaboy masjidi va Bobooxun madrasalari qurilishidagi o’ziga xos uslublar bu paytda Yevropa tipiga xos ko’rinishlarning ham kirib kelganligidan dalolat beradi. Bu paytda Xiva amaliy bezak san’atidagi jimjimador nozik bezaklar qo’llanishi davom etsada, endi kungarodor peshtoqlarga naqsh berish kamayadi. Biroq, imoratlardagi ayvonli ko’rinish saqlanib qolaveradi. Bu holat Xorazm vohasining tabiiy sharoiti bilan ham bog’liq43.
Shunday qilib, XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Xiva xonligida avvalgi asrlarda mavjud bo’lgan xalq amaliy san’ati – hunarmandchilikning har xil turlari yanada rivojlandi. Bu san’at namunalarida ko’plab innovasiyalarni kuzatish mumkin. Bu holat Xorazm vohasiga shiddat bilan kirib kelgan Yevropa (rus) madaniyatining ta’sirida edi.

16-MAVZU: XX ASRNING 20-30-YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT.


Reja.
1. Tarixiy yodgorliklarni saqlash Turkkomstork faoliyati xaqida.
2. Teatr madaniyati va san’atini tashkil etilishi.
3. Amaliy san’at.
4. Milliy qo’shiqchilik madaniyati va san’ati.
1917 yilgi fevral voqealaridan keyin Turkistonni qamrab olgan inqilobiy jaranlar milliy madaniyat, nafaqat xalq ta’limiga balki, san’at soxasiga ham daxldor edi.
Bolshevik ma’murlar Turkistonda ilmga e’tibor u yoqda tursin, uni tashkiliy jaxatdan yo’lga qo’yishni ham o’ylab ko’rmadilar. Faqat ayrim fan fidoiylarining sa’y harakatlari natijasida o’lkada “arxeologlar”, “o’lkashunoslar” jamiyatlari tuzulib faoliyat ko’rsatatgan edi. Ular am asosan evropalik olimlar tashabbusi bilan tashkil qilingan bo’lib, u asosida Rossiya manfaatlari turardi.
Oktyabr to’ntarilishidan so’ng Sovet hukumati bu masala yuzasidan o’z maqsadlari nuqtai nazaridan endoshgan olda siyosat olib borildi.
1919 yil Toshkentda badiiy musiqa etnografik komissiyasi tashkil etildi, uning xodimlari o’zbek xalqining an’anaviy musiqasini o’rgatishga doir boy materialni yozib oldilar va qisman e’lon qildilar. Xalq og’zaki ijodi (folklor) na’munalarini to’plami yuzasidan xam ba’zi ishlar olib borildi.
Samarqandda 1919 yilda o’tmish yodgorliklarini muxofaza qilish doimiy komissiyasi tashkil etildi, bir muncha keyinroq esa Toshkentda muzey ishlari, o’tmish yodgorliklarini, san’at va tabiatni muxofaza qilish qo’mitasiga ishlay boshladi. Toshkentda davlat xalq kutubxonasi tarkibidagi Sharq bo’limi xodimlari Yaqin va O’rta Sharq xalqlari tillaridagi kitoblarini va qadimiy Sharq qo’lyozmalarini to’plash yuzasidan katta ishlar olib bordilar, bu qo’lzmalarning ko’plari O’rta osiyening goyat boy tarixiy o’tmishini o’rganishga doir juda qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan edi. O’sha 1919 yilning o’zideq Toshkentda arxiv ishlari markaziy boshqarmasi (xozirgi O’zbekiston Respublikasi Milliy davlat arxivi) tashkil etildi.
1921 yilda tarixiy va madaniy yodgorliklarni muxofaza va o’rganish ishi bo’yicha Turkiston qo’mitasi (Turkkomstork) tashkil qilindi. Bu qo’mita boshqa Sharqlarga maxsus komissiyalari tashkil etildi. Turkistondagi ilmiy muassasalar va Peterburg, Moskva olimlari ishtirokida tarixiy va madaniy yodgorliklarni o’rtacha muxofaza qilish masalasida 19 ilmiy ekspeditsiya uyushtirdi.
O’tmishda o’zbek xalqining teatr madaniyati va san’ati xalq havaskorlik teatridagi iborat bo’lgan. Bu birinchi navbatda importivizitsiya madaniyati va san’ati yuqori maxoratga erishgan masxarabozlar va qiziqchilar teatri edi. Bularda tomoshalar yakka shaxslar ozroq miqdordagi personajlar qatnashadigan tomoshalar bo’lardi. Shunisi diqqatga sazovorki, erkaklar truppalari bilan birga qatorda xotin-qizlar truppalari xam mavjud edi, ularda “Masxaraboz xotin” va “Qiziqchi xotin” chiqishardi.
Xalq orasida teatrning qo’ng’iroq teatr va soyali teatr kabi turlari xam keng tarqalgan edi. Anashu sayer truppalarining artistlari musiqachilar (surnaychilar) qo’g’irchoq o’ynatuvchi akterlar (qo’girchoqbofzlar) “laxtarlik” degan xunarmandchilik uyushmasiga kirishardi. Jam bo’lib chiqishlardan keyin aktyorlar ishlab topgan pullarini baravar bo’lib olishardi. 1917 yil voqyelari arafasida Toshkentining har 4 qismidan birida 13 nafardan aktyorlar bor bo’lib, ularning umumiy soni 60 nafardan oshmas edi.
Abdulla Avloniy tomonidan tashkil etilgan va Toshkentda 1917 yil ish boshlagan “Turon truppasini faoliyatini professional o’zbek teatri tarixini boshlanish deb hisoblash mumkin”.
Yangi jamiyat profesional o’zbek va rus sovet teatrini tashkil etishga jiddiy e’tibor berdi. Endilikda teatr kommunistik targ’ibotning quroliga aylanishi tushunarli edi. 1918-1920 yillarda davogar teatr to’garaklari, yarim professional teatr truppalari tashkil etildi, maorif xalq komissarligi xuzurida maxsus san’at bo’limi tashkil etildi. (1918 yil) “Teatr ishlari bo’yicha birlashma ” tashkil etish xaqida (1919 yil) qarorlar qabul qilindi.
Bu soxada juda katta qiyinchiliklarni engishga to’g’ri keldi, bu qiyinchiliklar faqat tashkiliy qiyinchiliklar emasdi. Milliy ziyolilarning vakillari inqilobiy pe’salarni qo’yishga qarshi tuzilar, musulmon ruxoniylari teatr bilan din bir-biriga sig’ishmaydi, deb qattiq turib oldilar. Ikkinchi tomondan, Buyuk davlatchilik shovinizmi professional o’zbek teatrining rivojlanish yo’lida kuchli to’siq bo’lib turardi. Shovinistlar o’zbek teatrining mustaqil rivojlanish yo’lini inkor etib, xalq madaniyati va san’ati an’analaridan foydalanishga qarshi kurash olib bordilar, milliy teatrga davlat tomonidan mablag ajritilishini cheklashga intidilar.
Farg’ona Xamza tomonidan 1918 yil sentyabr oyida tashkil etilgan “Musulmon truppasi, Turkfront” Siyosiy boshqarmasi ixtiyoriga o’tkazildi va “O’lka musulmon siyosiy drama truppasi” deb qayta nomlandi. Mashhur artistlaridan Qori Yoqubov, Xoji Siddiq Islomov va boshqalar o’z ijodiy faoliyatlarining ana shu truppada boshlagan edilar. Repertuar asosini Hamza dramalari “Zaxarli xayot”, “Boy ila xizmatchi”, “Farg’ona fojeasi”, va boshqa asarlari tashkil etadi.
Akter va rejissyor Mannon Uygur (Majdov) “Turon truppasi asosida I Marngnomli truppa tashkil etdi. Truppa tarkibiga yosh aktyorlardan A Xidoyatov, S Olimov, T. Ibroximov, F Umarovlarni kirishdi. Truppa soxaga quygan tabib asari bo’ldi, Xamza pe’salariga xamoxang “Fan qasri”, “12 Soatli hokimiyat” kabi pe’salar ham qo’yildi. Qo’qon, Andijon, Marg’ilon va boshqa shaharlarda sovet andozasidagi milliy teatrlar vujudga keldi.
Amaliy san’at xalqqa deyarli eng yaqin san’atni turlaridan bo’lib xalqning kundalik turmushi siljib ketgandi. Gilamdo’zlik, kulollchilik, duradgorlik, tikuvchilik, zargarlik, etikdo’zlik, misgarlik, zardo’zlik, manzarali va maishiy kashtachilik, kabi hunarmandchilik buyumlari xalq ustalarini faxri bo’lgan.
Hunarmandchililikning juda keng tarqalgan tarmog’i ip gazlamalari va shoyi matolar to’qish edi. O’rta Osiyo shoyi gazlamalar beqasam, banoras, adras, jilvagor abrli qimmatbaho shohilar ko’p miqdorda xorijga chiqadilar, o’zbek gazlamalarining shuxratini oshiradi.
Biroq 1917 yilgi voqyealar arafasida amaliy madaniyati va san’atida salbiy tamoyillar ham paydo bo’ldiki, ular XIX asrning oxirlaridan boshlaboq o’z ta’sirini o’tkaza boshlagan edi. Natijada amaliy san’at eski qonunlar bilan cheklanib, uncha rivojlanish bir tekisda bormayotgan edi. Bir qator hunarmandchilik ishlab chiqarishning tushkunligiga Rossiyadan ko’plab fabrika mahsulotlarining olib kelishini sabab bo’ldi. Hunarmandchilikning bir qator turlari, ya’ni abrli gazlamalar ishlab chiqarishi, misgarlik zargarlik, kulolchilik etikdo’zlik va boshqalar saqlanib qoldi. Lekin Rossiyadan gilam fabrikada to’qilgan manufakturalar keltirganligi sababli hunarmand to’quvchilarning iqtisodiy ahvoli yomonlashdi.
Mustamlakachi ma’murlar hunarmandchilik turlarini saqlab qolish yuzasidan ayrim chora tadbirlarni ko’rdilar, jumladan 1914-1917 yillarda Toshkentda keramika maktabini tashkil etishga harakat qildilar.
Sovet hokimiyati o’zining dastlabki qadamlaridan boshlaboqmanzarali-amaliy madaniyati va san’atining sotsializm qurilishidagi asosiy vazifalarini uning xalqini g’oyaviy estetik ruhda tarbiyalashdagi faol ishtirokini belgilab berdi.
1918 yilda TASSR XKI xuzurida Hunarmandchilik bo’limi ta’sis etildi. Bo’limga “proletar ommasida hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarishda ijodiy tuyg’uni va unga bo’lgan mehr-muhabbatni rivojlantirish va ommalashtirish” vazifasi yuklangan edi. 1918 yilda tashkil qilingan Samarыand badiiy maktabi ыoshida kerakli bщlimi ham ochildi, unda xalq ustasi usto g’ulom yoshlarga kulolchilik ishlarini o’rgata boshladi.
1919-yilning bahoridan e’tiboran Turkistonda badiiy hunarmandchilik sohasida artellar tashkil etish boshlandi. 1920 yilning yozida щlkaga pilla tortish, pilla yigirish va shoyi to’qish fabrikasi asbob uskunalari keltirildi, ular asosan Farg’ona va Marg’ilonda joylashtirildi. Sovet jamiyati badiiy madaniyati va san’atini rivojlantirish asosida xalq madaniyati va san’ati yutuqlarini yoyishga, san’atkorlarning noyob va o’ziga xos mahoratlarini yagona qolipga solishga umid bog’lagan edi.
Lekin badiiy san’atning asosiy bo’lgan xalq hunarmandchilig korxonalarining ahvoli og’ir edi. Inqilob arafasidagi iqtisodiy tanglik davrida va istiqlolchilar urushi yillarida zardo’zlik, charmdo’zlik, pape-mashecha naqshlar ishlash kabi hunarlar yo’q bo’lib ketdi. Faqat hayotiy jihatdan muhim bo’lgan ip-gazlama to’qish va kulolchilik hunarlari saqlanib qoldi, lekin bu hunarmandchilik mahsulotlarining badiiy sifati ancha pasayib ketgan edi.
Kashtachilik, shoyi to’qish, gilamdo’zlik naqqoshlik,zargarlik, misgarlik ma’lum darajada davom etib keldi. 1919 yildan boshlab esa an’anaviy o’zbek gazlamalarining ko’pgina turlarini ishlab chiqarish sekin-asta qayta tiklay boshladi. Bunga sabab Rossiyadagi fuqarolar, Turkistondagi istiqlolchilik urushlari natijasida Rossiyadan manafakturalarva boshqafabrika mahsulotlarini olib kelish to’xtab qolganligida edi.
20-yillar ning o’rtalarida tashkil topgan madaniy muassasalar Turkiston madaniy hayotida asta-sekin muhim o’ringa ega bo’la boshladi. Madaniy muassasalar qoshida badiiy havaskorlik tarkib topdi. Havaskor san’atkorlar professionalizm sari aynan ana shu muassasalar dargohida dastlabki qadamini qo’ydilar. Shu yillarda Mashgan Majidovlar uyg’urlar Toshkentda drama truppasini tashkil etdi. Ushbu turappada Muritdin Qoriyoqov, Abror Hidoyatov, etim Bobojonov vaboshqalar ishtirok etdilar.
O’zbek teatri birinchi marta Turkistonda rus teatr madaniyati va san’ati ta’sirida paydo bo’ldi. 1924 yilda bunday teatrlar Toshkent, Samarqand, Qo’qon va boshqa shaharlarda bor edi. O’sha yillarda teatr tashkil etish ularda ishlash uchun san’atkorlarni ayniqsa, xotin-qizlarni jalb qilish katta jasorat talab qilar edi.
O’zbek milliy qo’shiqchilik madaniyati va san’ati ham o’ziga xos tarzda, milliylik-an’anaviylik hamda sovet hukumatining “modaniy inqilob” siyosati jabhalarida namoyon bo’ldi. 1920 yil ishi boshidan O’zbekistonda milliy musiqa asboblarida chalishni o’rgatadigan max’sus maktablar ochildi. Biroq bu maktablar evropacha uslubda bo’lib, o’quvchilarga nota tizimi, hamda evropa musiqa nazariyasi o’qitilardi.
1921-1924 yillarda Turkistondagi maorif institutlarida ham musiqa darsi majburiy predmet sifatida o’qitish boshlandi. Biroq bu institutlarda o’quv rejalari asosan rus bilim yurtlari uchun mo’ljallangan tarzda tuzilgan bo’lib, asosiy predmetlar nota savodi, rus musiqa nazariyasi va tarixi, inqilobiy mazmundagi rus xoridan iborat edi.
Shu asosda o’zbek milliy musiqa madaniyati “Shiddat” bilan chetlashtirilib, uning o’rniga “boynalminal” niqobi ostida rus musiqiy madaniyatini kiritish dastlabki yillardayoq boshlangan edi.
Shunday qilib, shiddatli 1917 yil fevralidan boshlab milliy madaniyat, san’atda yuksalish boshlangan davr bo’ldi. Biroq oktyabr to’ntarishidan e’tiboran bu jarayon mutlaqo yangi sifat kasb etdi. Milliy san’at oqimini bolshevizm andozasiga solishga harakat qilindi. (bu oqimga tushishni istamaydigan san’atkorlarni majbur qilindi). Oqibatda ularni bir qismi, boshqa proletar sotsialistik oqimga burib yuborildi. Madaniy, ma’naviy buzilishi “yangi kommunistik ma’naviy qadriyatlarni” ko’zlab ishlash davri boshlandi.
Bu hol birinchidan, san’atga siyosiy tus berishda, mafkuralashtirishda o’z ifodasini topdi. San’atning butun qudrati, san’atkorlarning iste’dodi sotsializm g’alabasi va uning kelajagi uchun xizmat qilishi lozim edi. Badiiy asarlar, she’rlar, qo’shiqlar, pe’salar, hatto hunarmandchilik buyumlari tadqiqotchilik sifatiga ega bo’ldi,bu narsa inqilobning va istiqlolchilik urushnining borishida keng xalq ommasiga ta’sir ko’rsatishi uchun xizmat qilishi lozim edi. Ikkinchidan san’atdagi milliy an’analar o’rtasida uzilishi ro’y berdi. Izchillika putur etkazildi.
Dastlabki vaqtlarda o’zbek sovet madaniyati va san’atining rivojlanishi qandaydir darajada ilgari rus san’atkorlari boshlagan yo’lidan bordi. Zo’raki “xalqchillik” sotsialistik, realistik prinsiplaridan bir bo’lib qoldi. Bularning hammasi “sovet madaniyati” xaqidagi ta’rifga jamlandi, bu ta’rif “shaklan milliy, mazmunan sotsialistik” degan metafora ma’nosini kasb etdi.
20 yillarning ikkinchi yarmi, 30 yillar sovet hokimiyati uchun o’zining siyosiy vaiqtisodiy mavqyeini yanada mustahkamlashish davri bo’ldi. Istiqlolchilarning kurashi barcha ixtilofdagi siyosiy partiyalar tugatilishi natijasida bolsheviklar mutloq yakka hokim partiyaga aylandi. U jamiyat ijitmoiy hayotining barcha jabhalarida o’z mafkuraviy ta’sirini o’tkazib bordi. Ayniqsa bu kishilar ongini o’zgartirishda muhim omil bo’lgan ta’limda, ilmda, madaniyatda, san’atda va uni boshqarish jabhalarida demokratik tamoyillar birmuncha mavjud bo’lib, hokimiyat mahalliy urf odatlar va xususiyatlarni hisobga olishga majbur bo’lgan edi.
Keyinchalik esa, ma’muriy-buyruqbozlik usullari keng quloch otib mustahkamlanib borishi bilan yalpi ko’rsatkichlar ortidan quvish, bolshevikcha madaniy inqilob yo’li va usullari ustivorlik qila boshladi. Xalqning ma’rifatga,fanga madaniyatga san’atga bo’lgan intilishi hukumron kuchlar tomonidan uzoqni ko’zlamay va yaxshi o’ylamay olib borgan siyosatlari natijasida siyosiy manfaatlar yo’liga burildi.
Ma’lumki, bolsheviklar mfkurasi negizida asosan sinfiy kurash g’oyasi ustivorlik qilgan. O’zgacha fikrlashga bo’lgan har qanday urinish “sinfiy dushman qarshiligi” ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida, ta’limda, fanda, adabiyot va san’atda ishlab chiqarishda mavjud bo’lib, uni qidirib topish, birgina shubha ostiga olishi odat tusiga kirib bordi.
Sovetlashtirishi siyosati madaniyati va san’atini barcha sohalariga shu jumladan kino madaniyati va san’atiga ham kirib bordi. Kino madaniyati va san’atining sotsialistik mezonda rivojlanishini ta’minlash maqsadida davlat uni o’z ta’sarrufiga oldi, chunki undan xalq ommasini kommunistik mafkura izmiga solishda keng foydalanish ko’zda tutilgan edi. 20 yillar o’rtalarida O’zbekiston davlat kinotresti va “Sharq yulduzi” kinofabrikasi tashkil qilindi. Bu davrda va keyinchalik mashhur bo’lgan Nabi G’aniyev, Komil Yormatov, Sulaymon Xo’jayev, Mamin Qayumov, ergash Hamrayev kabi mashhur “Sotsialistik” ruhdagi imkoniyatlar shakllandi. Bir guruh yosh kinochilar (Y A’zamov, S. Iskandarov, M.Rahimov, A Rahimov, A Rahimov, A Umarov, R Pirmuhammedov va boshqalar) 1927 yilda Moskva va Leningrad kinomotografiya institutlariga o’qishga yuborildi.
Shu yillarda Qori Yoqubov tomonidan birinchi bo’lib o’zbek xalq musiqa ansambli tashkil etildi. 1926 yilda esa birinchi o’zbek musiqa teatri yuzaga keldi. U erda I Yashin, M Muhmedov, T Jalilov, T Sodiqov va R.M. Sligr Libretto vamusiqa lari asosida “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” , “Gulsara” kabi birinchi milliy operalar qo’yildi. 1928 yilda Samarqand shahrida O’zbekiston xalqlari musiqa instituti ochildi. Uning birinchi talabalari orasida T sodiqov, M Burhonov,, M Ashrafiy kabi mashhur bastakorlar bo’lgan shu yillarda Respublikada bir qator musiqa maktablari ochildi.bu ishda Hamza, Fitrat va G’ulom Zafariylar faol ishtirok etdilar. 1927 yilda A Fitratning “O’zbek klassik musiqasi tarixi” monografiyasi nashr etildi.
1937 yilda Moskvada o’tkazilgan o’zbek adabiyoti va madaniyati va san’ati dekadasi o’zbek milliy madaniyati va san’atining har bir sohasi etuk tatalitarga ega ekanligini namoyon qildi. Siyosiy mafkura milliylikni o’z ta’siriga olishga qanchalik urinmasin xalq milliy madaniyati, xalq milliy madaniyati va san’ati o’zini namoyon qila oldi. Dekada kunlari konsert bergan Halima Nosirova ovoziga hattoki “xalqlar dohiysi” tan berib, uni “Sharq bulbuli” deb atagani ma’lum. 30 yillarning boshlarida O’zbekistonda tasviriy san’at ham “Sotsialistik realizm” asosida rivojlandi. Bu yillarda O’ Tansiqboyev, B.Hamdamiy, Usto mo’min va boshqa bir qator yosh o’zbek rassomlari ijod qilishiga kirishgan edilar.birinchi o’zbek ayol rassom Sh Hasanovaning talanti ham o’shu yillarda ma’lum bo’ldi. O’zbek tasviriy madaniyati va san’atida erishilgan yutuqlar va istedodli rassomlar etishib chiqqanligi sababli 1932 yilda O’zbeksiton SSR rassomlar uyushmasi tashkil qilindi.
Mustabid sovet tuzimi yillarida vaqtli matbuot va madaniy-oqartuv muassasalariga ham keng e’tibor qaratildi. Chunki O’zbekiston aholisini uning uchun yot bo’lgan Marksizm-Leninizm g’oyalari asosida tarbiyalashdan muhim siyosiy vazifa ana shu “madaniyat uchoqlari” zximmasida edi. Bu muhim siyosiy soha bo’lganligi uchun ham unga rahbarlik qilishni partiya o’z qo’liga olgan va usha muttasil diqqat e’tibor qaratib, hatto mablag’ni ham ayamagan edi.
Ayniqsa vaqtli matbuot Marksizm-Leninizm g’oyalarini xalq ongiga singdirish, sinfiy kurashni avj oldirish bobida sovet tuzumiga jon-dili bilan xizmat qildi.
O’zgacha fikrlovchilarga qarshi kurashda “sinfiy dushmanlik” qidiribtopishda matbuot oldingi safda bo’ldi. 30 yillarda gazeta va jurnallar sahifalarida chop etilgan maqolalarning bir xil turda nomlanishidanoq ularning mazmunini aniqlab olish qiyin emasdi. Masalan: “madaniy inqilob frontidagi g’oyaviy to’siqlar”, “millatchi anchil inqilobchilar va ularning bizdagi gumashtalari”, “O’zbekiston maktablarini politexnikalashtirishda millatga og’machilarga qarshi kurash” va boshqalar fikrimizning dalilidir. Ana shu og’ir sharoitda, mafkurviy qoliplar zanjirida O’zbekiston madaniyati, madaniyati va san’ati rivojlandi. Bu ajablanarli emas, chunki o’zbek xalqining bilimga madaniyatga,san’atga va taraqqiyotga intilishi qadimdan jo’shqin bo’lgan. Shu bois sovet tuzumi yillarida ham siyosiy mafkura tazyiqlariga qiziqmasdan madaniyat maydonida talantli o’qituvchilarmaorifchilar, olimlar, aktyorlar, rassomlar, haykaltaroshlar, musiqachilar, bastakorlar, qo’shiqchilar va raqqosalar etishib chiqib, ular O’zbekiston fani o’zbek milliy madaniyati va madaniyati va san’ati rivojiga o’zlarining ulkan hissalarini qo’shdilar.
Biroq bu yutuqlar o’zbek xalqi tomonidan boy berilgan ulkan yo’qotishlar va kuchli ijtimoiy silsilalar evaziga qo’lga kiritildi. Hukumron va mustabid kommunistik targ’ibot (rejim) tomonidan byurilgan mafkuraviy yo’l yo’riqlar, g’oyalar va ko’rsatmalar madaniy jarayonning to’laqonli taraqqiyotiga yo’l bermadi. O’zbek madaniyati bundan ham etuk, yanada teran va yuksak bo’lishi mumkin edi.
20-30 yillarda o’zbekiston xorijiy davlatlar bilan san’at sohasida aloqlar olib borish imkonini bergan edi.
1925 yili mashhur o’zbek qo’shiqchisi Muhitdin Qori Yoqubov va uning rafiqasi taniqli raqqosa Tamaraxonim SSSR artistlari gruppasi dtarkibida butunjahon amaliy san’at vistavkasida bo’ladigan konsertlarda qatnashish uchun Fransiya poytaxti Parijda bo’ladilar. Ular u erda katta konsert tomoshalari berib, qaytishda berlinda o’qiyotgan o’zbekistonlik talabalar va nemis tomoshabinlarining ham o’z san’atlari bilan tanishtiradilar.
U erda o’qiyotgan O’zbekistonlik talabalar ishtirokida G’ulom Zafariyning “Yerk bolalari” sahna asarini ko’rsatdilar. 1935 yilda o’zbekistondan Usto Olim Komilov, tamaraxonim Abdulqodir ismoilov va boshqalar Angliyada bo’lishib, Londonda o’zbek milliy madaniyati va san’atining namoyish qiladilar.
20-30 yillarda O’zbekistonda Turkiyaning mashhur shoir adiblaridan Nomiq Kamolning “Vatan yoki Silistra” (1924 yil), Abdul Xamidning “Hind qizi” kabi sahna asarlari teatrlarimizga qo’yildi.
Biroq 20-yillarning oxirlarida SSSRning barcha respublikalarida bo’lganidek, O’zbekistonda ham boshlanib ketgan “Burjua ideologiyasi” va chet elning “zararli dushmanchilik ta’sirini qarshi kurash jarayonining kuchaya borishi natijasida O’zbekistonnning xorij bilan bo’layotgan dastlabki aloqalari tobora kuchaya bordi.
Shu tariqa, O’zbekistonning xorijiy mamalakatlar bilan dastlabki madaniy “mustaqil” aloqalar o’rnatishi uchun qilgan mazkur sa’y harakatlari keyinchalik mustabid kommunistik tuzumning ayovsiz zarbasiga uchradi va butun mamlakat kabi u ham “temir parda” bilan xorijda butunlay ajratib qo’yildi.
Ikkinchi jahon urushi boshlangan dastlabki kunlardanoq O’zbekiston xalqlari ma’naviy madaniyatining boy salohiyati insoniyatning eng yovuz dushmani bo’lgan fashizmni tezroq tor-mor qilishi iishiga safarbar qilinidi. O’zbekiston madaniyatining, madaniyati va san’atining barcha arboblari va xodimlarining fidoyiligi va vatanparvarligi tufayli juda qisqa muddatlarda urush davri extiyojlari va talablari oqimiga yo’naltirilidi.
O’zbekistonning teatr va musiqa madaniyati va san’ati arboblari fashizmga qarshi faol kurashchilar safida bo’ldilar. Urush davri sharoitida o’zbekistonda 51 ta teatr (shundan 35 tasi mahalliy va 16 tasi evakuvatsiya qilingan teatrlar edi.) ishladi, shu jumladan Hamza nomidagi akademik teatr A Navoiy nomidagi musiqali drama teatri (bu teatrning yangi binosi urush yillarida qurilgan edi.). m Gorkiy nomidagi rus drama teatri va boshqa teatrlar ish olibbordi. Bu teatrlar sahnalarida tomoshabinlar oqimga sazovor bo’lgan spektakllardan K Yashinning “O’lim bosqinchilariga” va “Oftobjon”, i Sultonning “Burgutning parvozi” va boshqalar qo’yildi. Umuman 1941 yil iyuldan postanovka qo’ydilar, 13568 ta spektakl va konsert ko’rsatdilar, 6.667.303 tomoshabinga xizmat ko’rsatdilar.
O’zbekiston teatr jamoalari, san’at ustalari harbiy otaliq ishlarida faol ishtirok etdilar, harbiy qismlarga, gospitallarga, ishlab chiqarish korxonalariga, dexqonchilik xo’jaliklariga, xalq qurilishlariga borib chiqishlar qildilar. Urush yillarida Respublika san’at xodimlari 30 dan ortiq konsert brigadalari tarkibida frontlarda xarakatdagi armiya qismlarida 35 mingdan ortiq konsert, Turkiston harbiy okrugi harbiy qismlarida va gospitallarida 26 mingdan konsert berdilar. Bu konsert brigadalari tarkibida Tamaraxonim, Halima Nosirova, Sora eshonto’rayeva, Mukarrama Turg’unboyeva, Abror Hidoyatov, Olim Xojayev, Gavhar Rahimova
Muxiddin Qori Yoqubov, karim Zokirov, Shukur Burhonov va o’zbek madaniyati va san’atining boshqa arboblari ishtirok etdilar.
Madaniyat arboblarining vatanparvarlik ko’ratarinkiligi musiqa ijodkorligida ham yaqqol namoyon bo’ldi. T Sodiыov, D Zokirov, T Jalilov, N Xasanov, M Burxonov, Yu Rajabiy, M Ashrafiy va boshqalarining asarlarida qudratga ega bo’lgan musiqiy obrazlar, qahramonlik ohanglari, muhabbat,do’stlik, sadoqat singari yuksak mavzular bilan uyg’unlashib ketgan edi. Vatanparvarlik va insonparvarlik mavzulari tasviriy san’atning barcha janrlarida asosiy o’rin egalladi. Urush va mamlakat ichkarisi qahramonlarining haykaltaroshlik va partizanlarning jasorati xaqida hikoya qiluvchi polotnolar, dushmanni fosh qiluvchi karikatura, jangovor, da’vatkor plakatlar insoniy ehtirosni aks ettirdi. A Abdullayev, Ch Ahmarov, O’ Tansiqboyev, M Nabiyev, O Tatevosyan, V Ufimsov va boshqalarning asarlari jahon urushi bidiiy yilnomasiga muhim hissa qo’shdi.
Vatanparvarlik mavzusi hujjatli va badiiy kino madaniyati va san’atida ham etakchi mavzu bo’libqoldi.
O’zbek kinomatografiyasi xodimlari urush yillarida qisqa metrajli filmlar turkumi-kinopovellar, kinohikoyalar, ocherklar, satirik sahnachilar, shuningdek, front jangchilari uchun maxsus film-konsertlar “Frontdagi do’stlar”, “Vatan armug’oni”, “Frontga konsert” va boshqalarni yaratdilar. Kinojurnallar sanoat, qurilish transport, qishloq xo’jaligi,xalq irrigatsiya qurilishlari mehnatlarini ishini, fan va madaniyat san’at xodimlari faoliyatini aks ettirdi. Xujjatli filmlar studiyasi har bir kino jurnaldan olingan nusxalarni muntazam ravishda frontga yuborib turdi. Bir qator qisqa metrajli va badiiy filmlarda o’zbekiston jangchilarining urush frontlaridagi qahramoni jasoartlari xaqida hikoya qilingan edi.
Toshkent studiyasida evakuatsiya qilingan taniqli kinomatograflardan Ya Pratorgov, L.D. Lukov, e Gabrilovich, I e. Xeydits, I A Zarxi va boshqalar ijod qilishdi. Mashhur o’zbek rejissyorlari i a’zamov, I Annayev, I Yormatov, S Muhammedovlar bilan birgalikda ular 10 ta ovozli bidiiy filmlar yaratdilarki,bu filmlar respublika kinomatografiyasini oltin xazinasiga kirdi. Ular orasida “Suj-Botir”, “Ikki jilg’a”, “Nasriddin Buxoroda”, “Toxir va Zuxro” filmlari xalq ommasining mehrini qozongan edi.
Umuman respublikaning og’ir urush davridagi ma’naviy hayotning o’ziga xos xususiyatlariga baho berganda shuni aytish kerakki, urush yillari yaratilgan badiiy asarlar o’lka aholisi hayotidagi insonparvarlik fazilatlarini ulug’lashga qaratilgan edi.

17-MAVZU: IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT


Reja:
1. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston madaniyati.
2. Ikkinchi jahon urushi yillarida O’zbekiston san’ati
3. O’zbekiston madaniyati va san’atida urush fojealarining aks etishi

1941-1945 yillaridagi urushda fashistlar Gеrmaniyasi ustidan tarixiy g’alabani qo’lga kiritishda O’zbеkistonda fan, adabiyot, maorif va san'at xodimlarining ham hissasi bеqiyos darajada katta bo’ldi.


Urush bilan bog’liq bo’lgan barcha milliy topshiriqlarini olimlar o’z vaqtida bajarib bordilar, snaryadlar, rеaktivlar tayyorlash, o’simliklardan foydalanish muammolarini hal etish, qishloq xo’jalik erkinlarining hosildorligini oshirish, yosh mutaxassislarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish kabi masalalar bilan shug’ullandilar.
O’zbеkistonga SSRning g’arbiy mintaqalaridan Ittifoq akadеmiyasi institutlari va ilm-fan arboblari evakuatsiya qilindi. Faqat Toshkеnt shahrining o’ziga 1941 yilning kuzida SSSR Fanlar akadеmiyasining Sharqshunoslik, tarix, jahon adabiyoti, moddiy madaniyat tarixi va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari, ko’plab olimlar: akadеmiklar B.V.Struvе, V.D.Grеkov, SSSR Fanlar akadеmiyasining muxbir a'zolari Е.E.Bеrtеls, B.F.Shigmarov, A.Yu.Yakubovskiy, A.A.Mixaylov va boshqalar ko’chib kеldilar.
1943 yilning sеntyabrida O’zbеkiston SSR Fanlar Akadеmiyasi tashkil etilishi ham rеspublika hayotida albatta katta voqеa bo’ldi.
O’zbеkiston Fanlar akadеmiyasining tantanali ochilishi marosimi 1943 yil 4 noyabrda bo’ldi. Fanlar akadеmiyasining birinchi prеzidеnti qilib taniqli olim T.N.Qori-Niyozov saylandi. Akadеmiya bеvosita Moskvaning buyurtma topshirig’ini bajardi.
O’zbеkiston Fanlar akadеmiyasi 1943-1945 yillarda jiddiy ilmiy muvaffaqiyatlarga erishdi, u ittifoqda tanilgan ilmiy markazga aylandi. 1944 yildayoq akadеmiya tarkibida 23 ilmiy muassasa, shu jumladan 11 ilmiy-tadqiqot instituti, 2 laboratoriya, sеysmik stantsiya, tajriba stantsiyalari, botanika bog’i va 2 muzеy faol ishladi. Akadеmiya institutlarida 3 kishi akadеmiyaning faxriy a'zosi, 15 kishi haqiqiy a'zosi, 20 kishi muxbir a'zosi, 54 fan doktori, 172 fan nomzodi, jami 1265 ilmiy xodim fan olamining turli jabhalarida tadqiqot ishlarini olib bordilar, tabiiy rеsurslarini o’rganishga va jumhuriyat xalq xo’jaligining eng muhim tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan murakkab muammolarini hal qilish bilan shug’ullandilar.
Albatta O’zbеkistondagi fan taraqqiyotida, xususan Fanlar Akadеmiyasi faoliyatida mustamlakachilik siyosati o’z asoratini qoldirdi. Ilmiy buyurtmalar Moskvadan bеrilar va tasdiqlanar, ilmiy tadqiqot ishlari faqat rus tilida olib borilar edi.
G`oyatda og’ir urush yillarida bo’lsa ham xalq maorifi ham o’z faoliyatini davom ettirdi. Maktab o’qituvchilarining frontga safarbar qilinganliklari tufayli albatta katta qiyinchiliklar kеlib chiqdi. Bu qiyinchiliklarni qisqa kurslar katta rol o’ynadilar. 1943 yilga qadar bu kurslarni 16 ming o’qituvchi kadrlar tayyorlab bеrdilar.
Oliy ta'lim tizimida ham tadqiqotchi olimlarning yirik otryadi ishlardi. Ular o’quv-tarbiyaviy ishlar bilan bir qatorda samarali, barakali ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar. Oliy o’quv yurtlarida ham evakuatsiya tufayli kеlib qolgan ko’plab olimlar faoliyat ko’rsatdilar.
Erkaklarning frontga safarbar qilinganliklarini hisobga olib xotin-qizlardan o’qituvchi kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor bеrildi, ko’pgina oliy va o’rta maxsus pеdagogika bilim yurtlari xotin-qizlar o’quv yurtlariga aylantirildi. O’qituvchilar ta'lim-tarbiya ishlaridan tashqari mеhnatkashlar o’rtasida ommaviy-siyosiy va tarbiyaviy ishlar olib bordilar. Ular o’z o’qituvchilari bilan qishloq xo’jalik ishlarida, mudofaa fondlariga mablag’ to’plashda, mеhnat shanbalik va yakshanbaliklarini uyushtirishda, jangchilar va Lеningrad blokadasi himoyachilari uchun mablag’lar, sovg’a-salomlar tayyorlash, mеtall va tеmir-tеrsaklar to’plashda, gospitallarni otaliqqa olish va boshqa ishlarda faollik ko’rsatdilar.
O’zbеkiston oliy o’quv yurtlarining profеssor-o’qituvchilari va studеntlar jamoalari ham urush yillarida katta g’ayrat bilan mеhnat qildilar. Ko’pgina oliy o’quv yurtlarining binolari gospitallarga aylantirildi, O’zbеkiston 29 oliy 52 o’rta maxsus o’quv yurti ishlab turdi. 1941 yilning kuzi va 1942 yilning boshida g’arbiy rayonlaridan O’zbеkistonga 31 at oliy o’quv yurti va 7 ta harbiy akadеmiya evakuatsiya qilindi.
1944 yilda rеspublikada yana bir qator yangi oliy o’quv yurti tarmoqlari qad ko’tardi. 1941 yilda vaqtincha yopib qo’yilgan, Samarqanddagi O’zbеkiston davlat univеsitеti yana o’z faoliyatini boshladi. Chimboy va Urgеnch shaharlarida pеdogogika, Namangan va Marg’ilonda o’qituvchilar institutlari, Toshkеntda tеatr instituti ish boshladi, O’rta Osiyo davlat univеrsitеti (SAGU)da bir qancha yangi fakultеtlar (filologiya, sharqshunoslik fakultеtlari), Toshkеnt davlat xotin-qizlar pеdogogika institutlarida tabiiy-gеografiya fakultеti, Toshkеnt to’qimachilik institutida, paxtani dastlabki ishlash fakultеti ochildi. Bunday yangi fakultеtlar O’rta Osiyo (hozir Toshkеnt tеxnika dorilfununi) politеxnika instituti, Toshkеnt qishloq xo’jaligini irrigatsiya va mеxanizatsiyalash muxandislari instituti va boshqa oliy o’quv yurtlarida ham tashkil qilindi. 14 oliy o’quv yurtida sirtqi bo’limlar ish boshladi.
Rеspublika oliy o’quv yurtlari 1941-1945 yillarda evakuatsiya qilingan oliy ta'lim dargohlari bilan birga hisoblaganda fuqarolar va harbiy mutaxassisliklar bo’yicha jami 20 mingga yaqin malakali kadrlar tayyorlab bеrdilar. Oliy o’quv yurtlari urush davri mobaynida 11.750 nafar yuqori malakali mutaxassis, o’rta maxsus o’quv yurtlari esa 6673 nafar kadr tayyorladi.
Oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarida ham faol qatnashdilar. Albatta xalq ta'limi, O’rta Osiyo ta'lim tarmoqlaridagi o’quv-tarbiyaviy va ilmiy jarayonning buyuk rus millatchiligi va Kompartiya mafkurasiga batamom bo’ysundirilgan ligi va unga xizmat qilganligini alohida ta'kidlamoq zarur.
Ayniqsa tibbiyot fani va xodimlari oldiga g’oyat katta ma'sulyatli vazifalar qo’yildi. Bu sharafli va og’ir vazifalarni bajarishda O’zbеkiston tibbiyot muassasalari va oliy o’quv yurtlarining xodimlari bеvosita ishtirok etdila.
Rеspublikamizda 1943 yili 22 ming 217 o’ringa ega bo’lgan 400 dan ortiq kasalxona, 128 dan ziyod epidеmiya stantsiyalari, 36 ta baktеriologiya, 53 ta dizеntеriya 162 ta bеzgak kasalligi bo’yicha davolash muassasalari ishlab turdi. Bu davolash muassasalarida 500 dan ziyod vrachlar, 900 dan ortiq fеldshеrlar va shuning singari boshqa tibbiyot xodimlari jon kuydirib ishladilar. Bundan tashqari rеspublikamizda 113 harbiy gospital joylashtirilgan edi. 750 korxona, tashkilot, jamoa va davlat xo’jaliklari bu gospitallari ustidan otaliq, yordamini olib bordilar. 1945 yilda urush oxirlab qolgan davrda rеspublikada 68,6 ming nogironlar hisobda turardi. Ana shu jarayonlarning hammasi birga qo’shilib mеditsina xodimlariga nisbatan bo’lgan talabni haddan tashqari oshirib yubordi.
O’zbеkiston Kompartiya Markaziy Qo’mitasi Byurosining 1941 yil 2 avgustda «Vrachlar va o’rta mеditsina xodimlarining harbiy dala xirurgiyasi bo’yicha qaytadan tayyorlash haqida»gi qarorining ijrosi sifatida 1945 yilning oxirigacha 1,5 ming vrach 4 ming fеldshеr qayta tayyorlandi va 5 ming zapasdagi mеditsina hamshiralar o’qitildi.
Urush yillarida O’zbеkiston adabiyoti va san'ati vakillari ayniqsa fidoyilik ko’rsatdilar. Shoir va yozuvchilar, darmaturg va publitsistlar xalqni fashistlarga qarshi chuqur nafrat va g’alabaga so’zsiz ishonch ruhida tarbiyalaydigan yangi-yangi asarlar ustida ish olib bordilar. Oybеkning «Qutlug’ qon» romani, H.Olimjonning «O’lim bosqinchilarga» kabi asarlari jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovor bo’lgan. G`.G`ulom, Uyg’un, Islom shoir, Fozil Yo’ldosh, Abdulla Qahhor, Zulfiya va boshqalar ham kompartiya mafkurasiga xizmat qiluvchi bir qancha «vatanparvarlik» his-tuyg’usi bilan to’lib-toshgan poemalar, shе'rlar va hikoyalar yozganlar.
Yozuvchi va shoirlar o’z asarlari qahramonlarining obrazlarini bеvosita frontlarda bo’lib, jang maydonlaridan jon bеrib jon olayotgan jangchilar bilan uchrashib, birga yashab ularning qahramonliklarini ba'zan hayotlarini xavf ostida qoldirib bo’lsada o’z ko’zlari bilan ko’rib undan g’oyaviy ta'sirlanib yaratdilar.
Taniqli adib Oybеk Ikkinchi jahon urushining ko’pgina xalqlar taqdirida ulkan rol o’ynashini sеzib, u haqda roman yozish ishtiyoqida bo’ldi. U shu maqsadda Moskva ostonalarida jang qilayotgan o’zbеk qismlarga bеrib, bo’lajak qahramonlarining harbiy hayotini yaqindan o’rgandi, 1942 yil dеkabridan 1943 yil martining so’nggi kunlariga qadar frontda bo’ldi, ana shu safar chog’ida urushning achchiq haqiqati bilan to’yingan turkum shе'rlarini yozdi.
Afsuski, o’sha yillarda urush haqidagi bor haqiqatni aytishning, yozishning iloji yo’q edi. Shu bois Oybеk domla «Quyosh qoraymas» romanini tugatmay, Navoiy romani ustidagi ishini davom ettirdi. Roman 1944 yili nashr etildi. Asar tеz orada urush davri o’zbеk adabiyotining yuksak namunasi sifatida e'tirof etildi.1
Rus, ukrain, bеlorus yozuvchi va shoirlari bilan hamkorlikda urush yillarida juda ko’plab kapital asarlar, almanax va antologiyalar yaratildi: «Biz еngamiz» (almanax), «O’zbеkiston shoirlari-frontga» (antologiya) ana shular jumlasidandir. Alishеr Navoiyning «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin» dostonlari, Boburning lirik shе'rlari, Muqimiy, Furqat, g’azallari, «Alpomish», «Go’ro’g’li», singari xalq dostonlari, o’zbеk baxshilarining asarlari, «o’zbеk shoirlari va yozuvchilarining almanaxi» rus tiliga tarjima qilinib choplandi. Tеmir Fattoh bilan Volkеnshtеyn «Alpomish» pеsasini yaratdilar. «O’zbеkiston qilichi» nomli lirikali drama N.Pogodin, Uyg’un, H.Olimjon, S.Abdulla tomonidan yaratildi. Asar muzikasini T.Sodiqov, T.Jalilov, M.Burxonov, N.Hasanov, A.Klumov, S.Vaynbеrg yozdilar.
Urush yillarida o’zbеk tеatr san'ati ham katta hajmdagi vazifalarni bajardi. Bu davrda O’zbеkistonda 36 mahalliy va 14 evakuatsiya qilingan: Moskva Davlat yahudiy tеatri, Shеvchеnko nomidagi Xarkov Davlat tеatri, Moskva rеvolyutsion tеatri, Mayakovskiy nomidagi va boshqa tеatrlar faoliyat ko’rsatdi. Toshkеnt, Yangiyo’l va Andijonda yangi tеatrlar ish boshladi.
O’zbеkiston kompozitorlari 1943 yilning o’zidayoq 400 ga yaqin mudofaa «vatanparvarlik» qo’shiqlarini, kompozitorlar xalqqa manzur bo’lgan mavzuidagi muzikali drama, opеra va balеt asarlarini ham yaratdilar.
O’zbеkiston san'atkorlarining og’ir urush yillaridagi mеhnatlarini baholash nihoyatda qiyin. Faqat 1942-1944 yillar davomida tеatrlar jamoalari 203 yangi asarni sahnalashtirdilar. 187568 spеktakl va kontsеrt ko’rsatildi. 65 million kishi san'atkorlarning chiqishlarini tomosha qildi2.
Turli janrlar bo’yicha ixtisoslashtirilgan 30 kontsеrt brigadalarining kuchi bilan harakatdagi jangchilar uchun 15 ming marta, jumhuriyat shaharlaridagi harbiy kasalxonalarda davolanayotgan jangchilar uchun 15 ming marta kontsеrt3 qo’yib bеrildi.
Urushdagi tarixiy g’alabada o’zbеk xotin-qizlari front-kontsеrt brigadasining ham munosib ulushi bor. Brigada ahli 1942 yilning avgustdagi 1945 yil may oyiga qadar urushning o’n ikki frontida 1200 marta kontsеrt qo’yib bеrdi.
Xalqning katta olqishi va hurmatiga sazovor bo’lgan ulug’ san'at yulduzlarimiz Xalima Nosirova, Olim Xo’jaеv, Razzoq Hamroеv, Abror Hidoyatov, Sora Eshonto’raеva, Mukarrama Turg’unboеv, Tamaraxonim, Abbos Bakirov, Lutfixonim Sarimsoqova, Muhiddin Qori Yoqubov, Karim Zokirov, Shukur Burxonov, Gavhar Rahimova, Kommuna Ismoilova, Shahodat Rahimova, Farog’at Rahmatova, Soyib Xo’jaеv, Isoxor Oqilov, Roziya Karimova va boshqalarning chiqishlarini urush va mеhnat vеtеranlari hali-hali zo’r mamnuniyat bilan eslaydilar.
Urushdagi g’alabaga o’zbеk kino san'ati ham o’z hissasini qo’shdi. Bu sohada K.Yormatov, N.G`aniеv, Y.A'zamov hamda markaziy shaharlar Moskva, Lеningrad, Kiеv, Oddеssadan Toshkеntga evakuatsiya qilingan 200 ga yaqin kino ustalarining hamkorligi katta rol o’ynadi. Bu davrda yaratilgan «Nasriddin Buxoroda», «Tohir va Zuhra» «Ikki jangchi», «Suxе Bator» va boshqa badiiy filmlar haqli suratda «O’zbеkfilm» oltin fondidan joy oldi.
Bu yillarda O’zbеkiston sirk san'ati ustalarining ham xizmatlari bеqiyosdir. Faqat 1941 yilning 10 oktyabridan 1942 yilning 3 martigacha bo’lgan qisqa muddatli davridagina rеspublika sirk artistlari 171 tomosha ko’rsatib, 130 ming tomoshabinga o’z san'atlarini namoyish qildilar. Jangchilardan 28 ming kishi O’zbеkiston sirk san'ati ustalarining 71 marta4 chiqishlarini olqishladilar.
Urush yillarida yuksak baho olgan L.Abdullaеv, Shamsiruy, Hasanova, Kartsinskaya kabi rassomlar ko’tarinki ruh bilan ishlab bir qator ajoyib xaykallar, portrеtlar yaratdilar, urush yillarning to’lqinlantiruvchi qahramonliklarning asos qilib olib, suratkashlik formalarini ham, kompozitsiya vazifalarini ham yangicha hal qildilar... Ushbu nuqtai nazardan qaraganda «Qo’qqisdan bеrilgan zarb», «Partizanlar» dеb nomlangan va boshqa nomlarda diqqatga sazovordir.
Matbuot urush yillarida ommani g’oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashda eng o’tkir qurol bo’ldi. O’sha damlarda O’zbеkistonda jami bo’lib 200 gazеta chiqarildi, shundan 124 tasi o’zbеk tilida chiqarilgan edi. Bundan tashqari jumhuriyatda 52 ta jurnal, shundan 19 tasi o’zbеk tilida chop qilinardi. O’zbеkistonda chiqarilgan gazеtalarning bir gallik tiraji 900 ming, o’zbеk tilidagisi esa 600 ming nusxa edi. Gazеta va jurnallar sahifalarida frontlardagi vaziyatni muntazam yoritib borish bilan bir qatorda mamlakat ichkarisidagi sanoat va qishloq xo’jaligida, maorif va madaniyat tarmoqlarida mislsiz qiyinchilik va azob-uqubatlarga bardosh bеrib shonli g’alaba yo’lida qahramonlarcha mеhnat qilayotgan kishilar hayoti jurnalistlik mahorat bilan yoritilardi.
Front gazеtalarida ishlash uchun O’zbеkistondan bir guruh yozuvchi va jurnalistlar turli frontlardagi siyosiy boshqarmalar ixtiyoriga yuborildi. Bulardan To’lqin Rustamov va Rasul Muhammadiy sovеt Armiyasi bosh boshqarmasida instruktor, Jalolxon Azizxonov, Rustam Abdurahmonov, Adham Rahmat, Sharif Bo’latov, Muhammadjon Murodov, Yo’lchi Bilolov va boshqalar front gazеtalarida muharrir o’rinbosarlari, Nazir Safarov, Mirzakalon Ismoiliy, Zinnat Fatxullin, Mеli Jo’ra, To’lagan Soatov, Abdulla Sharofutdinov, Adham Hamdam, To’g’on Ernazarov va boshqalar harbiy muxbirlar sifatida va jurnalistikaning boshqa jangovar sohalarda ishladilar.
Urush yillarida o’zbеk tilida 14 ta front va 12 ta diviziya gazеtasi nashr etilgan. «Front haqiqati», «Qizil askar haqiqati», «Qizil armiya», «Vatan sharafi uchun», «Dushmanga qarshi olg’a», «Sovеt jangchisi», gazеtasi 1942 yil 25 dеkabrda Janubiy-G`arbiy Frontda tashkil topdi va urushning so’nggi kunlarigacha nashr etildi. Gazеta o’zbеk tilidagi boshqa front gazеtalari singari «Nеmis bosqinchilariga o’lim!» so’zlarini o’ziga epigraf qilib olgandi. Jangchilarning harbiy-siyosiy tarbiyasi, yovuz dushmanga qarshi mohirona jang qilishning sir asrorlari kabi mavzular gazеta sahifalaridan kеng o’rin egallardi. Frontdagi o’zbеk jangchilarining kurashi, mardligi va jasorati haqida hikoya qiluvchi matеriallar, jangchilarni dushmanga qarshi g’azab-nafrat ruhida tarbiyalovchi, makkor dushmandan shafqatsiz o’ch olishga, qasos olishga da'vat etuvchi shiorlar tеz-tеz yoritilardi: «Fashistlarni izma-iz quv, botqoqqa botir va qirib tashla!», «Fashistlarni tеmir halqada bo’g’ib o’ldir!», «Fashistni o’ldirish ulug’ savob!» kabi da'vatkor chaqiriqlar shular jumlasidandir.
Gazеtaning «Shafqatsiz o’ch ol jangchi!» sarlavhasi bosh maqolasida (1943 yil 11 avgust, №54) bu g’oya yanada chuqurroq va kеngroq ochildi, «Olg’a qarab borar ekansan,-dеyiladi bosh maqolada,-ko’z oldingda qabih nеmis-fashist turganini unutma!» Uni bеhato ot, nayza bilan sanch, to’p-zambaraklardan ajal urug’ini yog’dir. Sеning sеvgan xotining, jajji bolang, oppoq soqolli otang, yo’lingga ko’z tikkan onang sеndan xuddi shunday mardlik kutib turibdi5.
Rеdaktsiya o’zbеk xalqining jangchilariga ularning el-yurtlaridan yo’langan va 2 million 412 ming kishi imzo chеkkan, maktubini kеng tashviqot va targ’ibot qildi.
Urush yillarida radio xodimlari, madaniy-oqartuv muassasalarining ham xizmatlari katta bo’ldi. Shu davrda 754 kino ustanovka, 11 muzеy, 360 qiroatxona, 1044 klub, 433 kutubxona, 28886 qizil choyxonalar omma orasida ommaviy-siyosiy madaniy-tarbiyaviy ishlarni olib borish markaziga aylandilar.
Xullas, fashistlar Gеrmaniyasi ustidan qozonilgan g’alabada O’zbеkiston fani, maorif va madaniyati xodimlari ham o’zlarining salmoqli ulushlarini qo’shdilar.

18-MAVZU: XX ASRNING 50-80-YILLARIDA O’ZBEKISTON MADANIYATI VA SAN’ATI


Reja.
1. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan san’at sohasida o’rnatilgan dastlabki yaqin munosabatlari.
2. O’zbekiston san’at ustalarining chet ellardagi gastrollari.
3. O’zbekiston ijtimoiy-siyosiy inqirozini tugatishi davrida madaniyat va san’at.(1985-1991) yillar.

O’zbekiston xorijiy davlatlar bilan faqat ilm-fan sohasidagina emas, adabiyot va san’at sohalarida ham bir muncha yaqin munosabatda bo’lgan. 1925 yil mashhur o’zbek qo’shiqchisi Muhiddin Qori Yoqubov va uning rafiqasi taniqli raqqosa tamaraxonim SSSR artistlari gruppasi tarkibida Butunjahon amaliy san’at vistavkalarida bo’ladigan konsertlarda qatnashish uchun fransiya poytaxti Parijda bo’ladilar. Ular bu erda katta konsert tomoshalari berib, qaytishda Berlinda o’qiyotgan O’zbekistonlik talabalar va nemis tomoshabinlarini ham san’atlari bilan tanishtiradilar. 1935 yilda O’zbekiston Usto Olim Komilov. Tamaraxonim, Abduqodir ismoilov va boshqalar Angliyada bo’lishib, Londonda o’zbek milliy madaniyati va san’atining namoyish qiladilar. 20-30 yillarda O’zbekistonda Turkiyaning mashhur shoir va adiblaridan Nomiq Kamolning “Vatan yoki Silistra”, (1921), Abdulxaq Hamidning “Hind qizi” kabi sahna asarlari teatrlarimizda qo’yildi. Tavfiq Fitrat, rizo Tavfiq, Xoldia Adib, Hind adibi Rabindranat Tagor, Prem Chandlar xaqida targ’ibot maqolalar bosildi. Eron yozuvchisi mushfiq Kosimiyning “Qo’rqinchli Tehron” (1925), nemis drammaturgi F Shillerning “Qaroqchilar drammasi”(1921), Genrix Geyis she’rlarining (1927), ingliz drammaturgi V Shekspirning mashhur “Hamlet” asarlari G’afur G’ulom, G’ulom Zafariy va Cho’lponlar tomonidan tarjima qilinib, o’zbek kitobxonlariga taqdim etildi va o’zbek teatr sahnalarida o’ynaldi.


Biroq 20 yillarning oxirlarida SSSRning barcha respublikalarida bo’lganidek, O’zbekistonda ham boshlanib ketgan “burjua ideologiyasini” va chet elning “zararli dushmanchilik tasviriga” qarshi kurash jarayonining kuchaya borishi natijasida O’zbekistonning xorij bilan bo’layotgan dastlabki aloqalari tobora susaya bordi.
Shu tariqa O’zbekistonning xorijiy mamkalatlarbilan dastlabki “mustaqil” aloqlar o’rnatish uchun qilgan mazkur sa’y harakatlari keyinchalik mustabid kommunistik tuzimning ayovsiz zarbasiga uchradi va butun mamlakat kabi u ham “temir parda” bilan xorijdan butunlay ajratib qo’yildi.
O’zbekiston madaniyati va san’atini urush va urushdan keyingi dastlabki yillari 1949 yildagi istilochilarda o’zining murakkab va ziddiyatli davrini bosib o’tdi. Bu davrda san’at sohasida xalqaro aloqalar olib borishga imkon bo’lmadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ko’p yillik tarixga,buyuk o’tmishning noyob ma’naviy merosini, jahonga mashhur bo’lgan O’zbekiston xorijiy olimlar, sayyohatchilar,adabiyot va san’at arboblari uchun sovet davrida uzoq yillar davomida yopiq bo’lib qoldi. Faqat 50-yillardan boshlab o’zbekistonning xorijiy mamakatlar bilan o’zaro madaniy aloqalarini yo’lga qo’yishda ayrim ijobiy siljishlar ro’y berdi. Shunga qaramasdan, bu siljishlar imperiya markazining qattiq nazorati ostida “ sotsialistik integratsiya”va proletarniteriatsionalizmi” manfaatlarini ko’zlab amalga oshirildi. O’zbekistonning xalqaro madaniy aloqalarining rivojlanishida 1958 yilning oxirlarida Toshkentda chet el mamlakatlari bilan do’stlik va madaniy aloqalar o’rnatish o’zbekiston jamiyatini tashkil etilganligi ko’p jihatdan yordam berdi. Uning bo’limlari gilmosilchilik asosida Samarqand,Andijon, Farg’ona,Buxoro va Xorazmda ish olib bordi. Bu jamiyat o’z mohiyatiga ko’ra mafkura iskanjasida va markazning muntazam nazorati ostida bo’lsada, xorijiy mamalkatlarga O’zbekistonni, o’zbek xalqini tanishtishda o’z hissasini qo’shdi. Agar tashkil etilgan paytda jami dunyoni 27 ta mamlakati bilan aloqani yo’lga qo’ygan bo’lsa, 1980 yilga kelib, u 118 ta mamlakat bilan aloqa o’rnatgan edi.
Jamiyat faoliyatining keng tarqalgan shakllaridan biri dunyoning bir qator mamlakatlarida “sovet mamlkatai kunlari” ning o’tkazilishi bo’ldi. O’zbekistonning ishtiroki bilan SSSRning madaniyat kunlari Vengriya,Bolgariya, GDR, Mug’iliston, Chexoslavakiya, Ruminiya, Yugoslavakiya, Afg’oniston, Iroq, Mali, Hindiston, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarda bo’lib o’tdi.
O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan madaniy aloqalarida san’at sohasidagi hamkorlikni ham alohida ta’kidlash lozim. Bular xorijlik yozuvchilar sahna ustalarining gastrollari, respublikada xorijiy filmlar kinofestivallarining tashkil etilishi, xorijiy mamlakatlarda o’zbek kinofilmlarining ko’rsatilishi xalqaro ko’rgazmalarini tashkil etilishi va ush kabi tadbirlarda o’z ifodasini topdi.
60-70 yillarda O’zbekistonning teatr jamoalari, etakchi sahna ustalari xorijiy mamlakatlar- Vengriya, KDR, Chexoslavakiya, Polsha, Mo’g’iliston, Jazoir, Yaponiya, Fransiya, Angliya, AQSh va boshqa mamlakatlarga gastrolga bordilar. 1965-1975 yillarda O’zbekiston teatr madaniyati va san’ati xodimlaridan 100 dan ortiq kishi evropa va Osiyoning 40ta mamlakatiga safar qildilar ular orasida xalq artistlari Mukarrama Turg’unboyeva, Galiya Izmailova, Bernara Qoriyeva, Saodat Qabulova, Muxtor Ashrafiy, Tamaraxonim va boshqalar bor edi.
“Bahor” xalq raqs ansambli bosh qit’a mamlakatlarida- Hindiston, Shvetsiya, Vengriya, bolgariya va boshqa davlatlarida bergan konsertlarida zo’r olqishlarga sazovor bo’ldi, o’zbek xalqining raqs madaniyati va san’atini dunyo xalqlariga tanitdi. Faqat 1978 yilning o’zida ansambl Italiyaning 15 ta shaxrida konsertlar berdi, 1979 yilda AQShda mazkur jamoaning gustrollari muvaffaqiyatli o’tdi. 1984 yilda ansambl dunyoning 8 ta mamlakatida Iordaniya, Peru, Gretsiya, Avstraliya, Yangi Zillandiya, Niderlandiya, portugaliya, efiopiyada bo’lib o’tgan SSSR kunlarida (O’zbekiston ishtirokida) qatnashdi “yalla” davlat vakil cholg’u ansambli GDRda bo’libo’tgan eng mao’hur yoshlar jamoalarini chiqishlarida zo’r muvaffaqiyat qozondi.
Garchi murakkab sharoitlarda, ittifoq tuzilmalari orqali va jiddiy “kuzatishlar” ostida bo’lsa ham, ishtirok etish O’zbekistonni jahon sivilizatsiyasiga va umuminsoniy madaniyatini tanitdi va yangitdan uni kashf etdi. Xalqlar o’rtasidagi madaniy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishida birodarlashgan shaharlarning ham roli ma’lum darajada ahamiyatli ekanligini aytib o’tish joizdir.
Shunday qilib, 50-80 yillarda O’zbekistonning xorijiy mamalakatlar bilan ilmiy va madaniy aloqalari ittifoq tasarrufida, uning mafkurviy andozalari va ko’rsatmalari asosida amalga oshirilgan va “sotsializm yutuqlarini” jahonga tanitishga xizmat qilgan bo’lsada, lekin uning zamirida o’zbek xalqining buyuk ajdodlari, uning ilg’or ziyolilari va ularning na’munalari yotar edi. Ana shu milliy na’munalar mafkuraviy cheklanishlarga va millat sifatida kamsitilishlarga qaramasdan, o’zbek xalqini, uning milliy madaniyatini dunyoga tanitishda muhim omil bo’lib xizmat qildi.
80 yillarning o’rtalaridan boshlangan “qayta qurish” madaniyat sohasini ham qamarab oldi. Mamalkat siyosiy rahbariyatiga madaniyat sohasini “qayta qurish” i aslida ma’naviy jabhada ma’muriy-buyruqbozlik tizimi, rivojlanishining ekstetiv yo’li yaroqsiz bo’lib qolganligidan dalolat edi.
Xaqiqatdan ham shunday edi. Chunki uzoq yillar davmida mustabid tuzumining milliy respublikalar madaniyatini inkor etib, butun mamlakatda yagona “Sotsialistik madaniyat”ni shakllantirish borasida olibborgan g’ayriilmiy siyosati madaniyatda ham ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda bo’lganidek tushkunlik, turg’unlik mexanizmini yuzaga kelib to’liq pishib etilgan bo’lib, uni bartaraf qilish kerak edi. Shu bois ta’lim,fan, madaniyat va san’at sohalarida ham “qayta qurish, ya’ni mamlakat siyosiy rahbariyatining sun’iy ravishda jadallashtirish” lozim edi.
Lekin shuni alohida ta’kidlash lozimki, madaniyat rivoji, ma’naviy jarayonlar jamiyatning o’ziga xos ichki, tabiiy qonunlari asosida ro’y beradi., uni sun’iy jadallashtirish uchun ko’r-ko’rona aralashuv salbiy oqibatlarga ham olib kelishi mumkin.
Yana shuni ham tan olish kerakki, qayta qurish O’zbekistonda milli ymadaniyatni, ayniqsa, milliy qadriyatlarini tiklash va rivojlantirish, xalqning o’zligini anglash jarayonini tezlashtirish yo’lida ma’lum qadam bo’ldi. Qayta qurish munosabati bilan madaniyatda milliylik tiklana boshladi, madaniy merosga munosabat o’zgardi, ijtimoiy xayotda milliylik va baynalminallik nisbatida, qisman bo’lsada adolat tiklashi sodir bo’ldi. Biroq, qayta qurish o’zbek xalqi madaniyatini rivojlantirishni uni xaqiqiy xalq ma’naviyatiga aylantirishni bosh maqsad qilib qo’ymagandi.
Madaniyatdagi “qayta qurish” hukmron mafkuraning o’z siyosiy barqarorligini tiklash yo’lidagi navbatdagi urinishi edi, xolos. Uning maqsadi madaniyatdagi shakllanib bo’lgan sekinlashtirish mexanizmining “ko’zga tashlanib” turgan ayrim “unsurlarini” engil ta’mirlashdan boshqa narsa emasdi. Bu narsa, ayniqsa,xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimida yaqqol ko’zga tashlanib qoldi.
O’zbekiston ma’naviy madaniyatida teatr madaniyati va san’atining o’rni va roli muhimdir. 80-yillar o’rtalaridan boshlab, qayta qurish tufayli teatrda “real hayotga” murajaat qilish xollari kuzatila boshladi. M Boboyev, Shukrullo, S Ahmad, R Abdullayev va boshqalar asarlarida ma’muriy- buyruqbozlik davrida respublikada paydo bo’lgan va shakllangan muammolar tanqid qilindi, o’tmish madaniy merosi, xalq tarixi, paxta yakkahokimligi, ekologik muammolar kabi xalqni tashvishga solayotgan ijtimoiy masalalarga qiziqish kuchaydi. Ayniqsa Sh Boshbekovning “Temir xotin” asarida birinchi bor muhim ijtimoiy masalalar ustida fikr yuritildi.
Qashqadaryo viloyat musiqali va dramatik teatridan yosh iqtidorli rejissyor A Abdunazarov boshchiligida bir guruh san’tkorlarning ajralib chiqib, yaxlit “Muloqot” teatr va tomoshabin repertuar muammolarida edi. Mazkur san’at turining tabiiy rivojlanishiga, ayniqsa unga kommunistik mafkuraning tazyiqlari, uning ijtimoiy buyurtmasi katta to’siq bo’lgan edi. Natijada respublika teatrlari o’z tomoshabinlarini yo’qota boshladi. Masalan: 1985 yilda O’zbekistondagi 30 ta teatrga 4802ming tomoshabin tashrif buyurgan bo’lsa, bu raqam 1989 yilga kelib 4387 mingga tushib qoldi. Bu sharoitda teatr o’z tomoshabinnini “qidirib” qishloqlarga borishga va asosan konsert dasturlari bilan mablag’ ishlashiga majbur bo’lardi. Birinchi 1988 yilda Respublika teatrlari 5534 konsert tomoshalari bilan chiqdilar. Bu esa o’z navbatida spektakllar sifati va soniga salbiy ta’sir qildi. Xususan, 1989-1990 yillarda hammasi bo’lib, o’z sahna asari yaratildi xalos.
Teatr madaniyati va san’atida burilishni yuzaga keltirgan sabablardan yana biri madaniyatda milliylik va baynalminallik nisbatini buzilishi edi. Masalan: 80-yillar o’rtalirida O’zbekiston teatrlari repertuarlariga kiritligan 600 ta pyessadan atigi 55 tasini maxalliy dramaturg, adiblarning asarlari edi xalos. Muqumiy nomli o’zbek drama teatrida an’anaviy qo’yib kelingan “Toxir va Zuxro”, “Farxod va Shirin”, “Nurxon”, “Layli va Majnun”, “Toshbolta oshiq”, kabi sahna asarlari o’rniga “Poltovalik natalka”, “Cho’ri”, “Moviy dunyo”, “Yolg’onchi darif” kabi qator tarjima asarlarining paydo bo’lishini shu ma’noda tushunish lozim.
O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan teatrlar soni bu erda istiqomat qilayotgan millatlar soniga nisbatan ham to’g’ri kelmasdi. Masalan: 1989 yilda Ozarboyjonda bir rus teatriga 10 ta Ozarboyjon tilidagi, Armanistonda esa bir rus teatriga 18ta Arman teatri to’g’ri kelgan bo’lsa, O’zbeksitonda bu raqam 9-18 tani tashkiletardi. Boshqacha so’zbilan aytganda, shu yili O’zbekistonda istiqomat qiliyotgan 1653 ming rus ahosilsiga 9 ta rus teatri to’g’ri kelgan holda, 14.1 mln-li o’zbek aholisiga 18 ta milliy tildagi teatr to’g’ri kelardi. Bu salbiy holatlar tabiiy holda aholining norozligiga sabab bo’lar, teatrga bo’lgan qiziqishini pasaytirar edi.
Milliy ma’naviy madaniyat tarkibida tasviriy san’atning o’rni alohidadir. Qayd etish lozimki, 80-yillar ayniqsa, uning ikkinchi yarmida tasviriy va ifodali vositalarni boyitishi va yangilash ijodiy izlanishlarga qiziqish ortdi. “Qayta qurish” yillarida ayniqsa, rassomlar ijodida milliy badiyatga xos bo’lgan ifoda vositalariga e’tibor, azaliy an’anaviy ruhiy qadriyatlarga intilish kuchaydi.
Tasviriy san’atda milliylik, ruhi bilan bir qatorda avangard yo’nalishlari (simvolizm, modernizm) va boshqalarga ham e’tibor berildi. Bu V Oxunov, M To’xtayev, Sh Bobojonov, A Ikromjonov, J Umarbekov, B Jalolov, I Isayev, A Mirzayev ijodiga “qayta qurish” yillarida zamonaviy voqyelik, siyosiy hayot va muhit, demokratik harakat va so’z erkinligi tufayli tasviriy san’atga yosh ijodkorlarning kirib kelishini jadallashtirdi, yangi izlanish va g’oyalarbilan boyitdi.
Rassomlar safiga A Xazratov, A Umarov, H Hasanov, K Odilov, Sh Qo’ziyev, B Shodiyeva kabi ko’plab yosh ijodkorla qo’shildi. Ularning asarlarida Afg’onistondagi qonli urush fojeasi, tabiatga etkazilgan zarar, Orol dengizining qurib borishi, paxta yakkahokimligining salbiy oqibatlari kabi ijtimoiy muammolar o’z aksini topdi, ma’naviy qadriyatlarga etkazlgan putur, ularning toptalgani xaqidagi dard-alam bilan ifodalangan asarlar yaratildi. M To’xtayev, V Oxunov, T Ahmadaliyev, A Nuriddinov, G’ Qodirov kabi san’atkorlar asarlari yorqin ramziy ifoda vositalari orqali teran va chuqur falsafiy ma’nolarga boy bo’ldi.
Shunday qilib, 80 yillarning o’rtalaridan boshlangan “qayta qurish” o’zbek milliy madaniyatida mavjud bo’lgan muammolarni hal eta olmadi, aksincha, ularni yanada keskinlashtirib yubordi. Chunki “qayta qurish” madaniyat borasidagi mustabid sovet tuzuimi siyosatini tamoman inkor etish asnosida yuz bermadi. Aksincha ilgarigi siyosat yangi shaklda, eski mazmunini mustahkamligi tarzida davom etdi. Shuning uchun ham, “qayta qurish” milliy madaniyat taqdiriga aytarlik darajada ijobiy rol o’ynamadi.

19-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA MADANIYAT VA SAN’AT


Reja:
1. Moskvadagi 1991-yil avgust voqealari.O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi.
2. Ma’naviy merosning tiklanishi.Tarixiy xotiraning tiklanishi.
3. Milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi.
4. Milliy istiqlol go’yasi.

1991-yil 28-avgustda respublika Oliy Kengashining rayosati “O’zbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991-yil 31-avgust kuni chaqirish haqida qaror” qabul qildi va sessiyada O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi haqidagi masalani muhokama qilish belgilab qo’yildi.Shu kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.A.Karimovning mamlakatda 19–21-avgust kunlari sodir bo’lgan voqyealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasini KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 1991-yil 31-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI-sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov nutq so’zlab, Ittifoqda so’nggi paytlarda yuz bergan ijtimoyi-siyosiy voqyealarni, davlat to’ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz taqdiriga bevosita dahldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi.


Prezident I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to’g’risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
Sessiyada “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risida Oliy Kengash Bayonoti” qabul qilindi. Bayonotda o’tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o’zgarishlarni e’tiborga olib:
– xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga asoslanib;
– O’zbekiston xalqarining taqdiri uchun butun mas’uliyatni anglab;
– shaxsning huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o’rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to’g’risidagi Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib;
– millati, diniy e’tiqodi va ijtimoyi mansubligidan qat’iy nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib;
– Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi.
O’zbekiston Respublikasi, – deb ta’kidlanadi Bayonatda, – to’la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hyech qanday shart qo’ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o’zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o’zini ochiq deb e’lon qiladi.
Oliy Kengash sessiyasi “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida” qaror qabul qilib, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash Bayonotini tasdiqladi va Respublikani bundan keyin O’zbekiston Respublikasi deb atashni belgilab qo’ydi. 1-sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Oliy Kengash “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida” Qonun qabul qildi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo’lib O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: “O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir”, – deb qonunlashtirib qo’yildi. Qonunda O’zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o’z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab qo’yildi. Mustaqillik asoslari to’g’risidagi qonunda O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzulishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegarasi, hududi daxlsiz va bo’linmas bo’lib, uning xalqi o’z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o’zgartirilishi mumkin emas, deb qat’iy qonunlashtirilib qo’yildi. Mazkur qonunda respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasi o’z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga oshiradi hamda nazorat qiladi, o’z oltin zaxirasini yaratadi, deyiladi bu qonunda. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII-sessiyasi 1991-yil 30-sentabr kuni ushbu qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil noyabrda bo’lgan VIII- sessiyasi davlat mustaqilligi masalasi bo’yicha referendum o’tkazish haqidagi masalani ko’rib chiqdi. 1991-yil 18-noyabr kuni sessiya “O’zbekiston Respublikasi referendumini o’tkazish to’g’risida” qaror qabul qildi. Qarorda 1991-yil 29-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risidagi masala bo’yicha referendum o’tkazish belgilandi. Referendumga puxta tayyorgarlik ko’rildi. Markaziy saylov komissiyasi, 13 saylov okrugi, 7-ming uchastka saylov komissiyasi tuzildi. 1991-yil 29-dekabrda bo’lib o’tgan referendumda 9.898.707 kishi ya’ni saylov ro’yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi referendumda byulletenga qo’yilgan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?” degan savolga “Ha”, ya’ni, O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro’yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy qaramlikdan, asoratdan qutuldi. Davlat mustaqilligining qo’lga kiritili- shi o’zbek xalqining hayotida muhim tarixiy voqyea bo’ldi. Mustaqillik xalqimizga o’z taqdirini o’zi belgilash, o’zlari uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi ham qonuniy-tarixiy jarayon bo’lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi milliy istiqlol uchun olib borgan qahramonona kurashining natijasidir.
1991-yil 31-avgustdan e’tiboran Vatanimiz tarixida yangi davr – milliy istiqlol davri boshlandi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to’la huquqli, suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. O’zbekiston xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotliligi va qat’iyatligi, uzoqni ko’ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yo’li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va vayronagarchiliklarsiz amalga oshirildi. Mustaqil O’zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt davomida yopib qo’yilgan chegaralari ochildi. Ja-hon hamjamiyati O’zbekistonni quchoq ochib qabul oldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O’zbekiston Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar.
Ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo’lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo’ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo’ldi. Ayniqsa, so’nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadr-sizlantirildi, ko’plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo’qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg’in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o’zbek xalqining yuzlab iqti-dorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag’on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o’chirib tashlashga harakat qildi.
Yeski tuzum o’zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g’oyalarni singdirishga urinardi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzub ko’rsatish, milliy tuyg’ularni qo’pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O’z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o’z tarixini bilmaslik ko’plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi. Biroq og’ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz ongini yo’qotmadi, o’zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi.
Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o’rni qayta tiklandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IV-sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda “Davlat tili to’g’risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo’llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo’yilgan. O’zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o’z-bek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko’chalari, geografik o’rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o’zbek tilida yozib qo’yildi. Natijada o’zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqqil davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o’z o’rniga qo’yildi.
Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug’umlardan ozod bo’ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo’l ochildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksalirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi. Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi.
Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma’no-mazmun bilan boyitish yo’lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.
Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri “Navro’z” bayramidir. Qaramlik yillarida mana shu ardoqli bayramni nishonlash ham taqiqlangan edi. 1990-yildan boshlab O’zbekiston hukumatining qarori bilan 21-mart “Navro’z” milliy xalq bayrami kuni sifatida belgilanib, dam olish kuni deb e’lon qilindi. Xalqimiz “Navro’z” kunlarida hasharlar uyushtirib, dalalarga ko’chatlar ekish, ko’chalarni tozalash tadbirlarini, turli ommaviy o’yinlar, poyga musobaqalari, sayllar uyushtiradilar, yetim-yesirlarga va nogironlarga yordam berib, marhumlar qabrlarini ziyorat qiladilar.
1994-yil 23-apreldagi Prezident farmoni asosida tashkil etilgan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi o’zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g’oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo’naltirishga qaratilgan tadbirlar, anjumanlar, ko’rgazmalar tashkil etishni yo’lga qo’ydi. Markaz tomonidan aholi o’rtasida o’tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar, so’rovlar asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish boy’icha tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy-axborot vositalarining ma’naviy-tarbiyaviy saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
1996-yil yanvarda Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg’armasi tuzildi. 1996-yil 27-sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Oltin meros” xayriya jamg’armasini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi qaroriga binoan mazkur jamg’arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo’llab-quvavtlandi. Mazkur jamg’arma “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo’lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko’rik tanlovlar o’tkazish bilan shug’ullanmoqda. 1996–2002-yillarda “Oltin meros” jamg’armasi sa’y-harakatlari natijasida buyuk allomalarimiz yaratgan ko’plab madaniy-ma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorijiy davlatlardan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm-rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o’rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo’shmoqda.
Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qayta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug’ nomi o’z o’rniga qo’yildi. 1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalari bo’lib o’tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog’liq bo’lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag’ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998-yil Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang (Chelak) qishlog’ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan bobokalonimizning 4 jildlik “Al-Jomi as-Sahih” kitobining ko’p ming nusxadagi nashri o’zbek kitobxonlariga taqdim etildi.
2000-yil 16–17-noyabr kunlari Marg’ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag’ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg’inoniyning islom huquqiga oid “Hidoya” kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Iso at-Termiziyning 1200 yil-ligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xo’ja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko’lamda nishonlandi.
O’zbekiston Prezidentining 1992-yil 27-martdagi farmoni bilan Ro’za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga ko’ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi. O’zbekiston Prezidentining 1990-yil 2-iyundagi “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to’g’risida”gi farmoniga binoan O’zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Mustaqillik yillarida 32 ming O’zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo’ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etilmoqda. Qur’oni karim sakkiz marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun qilingan marhamatgina emas, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum va udumlarining, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg’onishidir.
Prezidentning 1992-yil 7-martdagi farmoni bilan islom dini omilidan, uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo’yicha qo’mita tashkil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom-tadqiqot instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba yoshlar ta’lim olmoqdalar. 1999-yilda tashkil etilgan Toshkent Islom universitetida 1000 dan ziyod talaba o’qimoqda.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi. O’zbekistonda davlat va din o’rtasidagi munosabatlarda quyidagi tamoyillarga amal qilinmoqda:
dindorlarning diniy tuyg’ularini himoya qilish;
diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo’l qo’ymaslik;
ma’naviy tiklanish, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish;
dindan buzg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo’l qo’yib bo’lmasligini e’tirof etish;
din va e’tiqodga sig’inish erkiga qonun bilan belgilangan cheklashlar orqaligina daxl qilish mumkin;
diniy da’vatlar bilan hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot, qonun-chilikka aralashishga yo’l qo’yilmaydi.
Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqyeyi tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o’z joyiga qo’yildi.
Qonun ijrosi va amaliyotini qarangki, bugungi kunda O’zbekistonda 2119 diniy tashkilot erkin faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va o’rta Osiyo Yeparxiyasi, Yevangel xristian-baptistlari cherkovi, Rim-katolik cherkovi, To’la Yevangel xristianlari cherkovi, O’zbekiston Injil jamiyati singari diniy tashkilotlar faoliyatidan turli dinlarga mansub fuqarolarimiz birdek manfaatdor ekanliklarini izohlashga hojat bo’lmasa kerak. Bulardan tashqari respublikamizda 2000 dan ortiq musulmonlar machiti, 168 xristian cherkovi, 7 yahudiy sinagogasi, 7 bahoiylar uyushmasi, 2 Krishna jamiyati, 1 budda ibodatgohi mavjud. Diniy ta’limotni puxta o’zlashtirishga xizmat qiladigan 12 ta diniy ta’lim muassasasi qatorida 1 pravoslav i 1 xristian protestant seminariysi ham faoliyat ko’rsatmoqda.
Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, yurtimizda islom diniga qanday sharoitlar yaratilgan bo’lsa, boshqa dinlarga ham xuddi shunday emin-yerkin ibodat qilish va bu borada hyech bir to’siqlarsiz faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.
Har yili minglab musulmonlarimiz Haj safarlariga borishgani kabi mazkur diniy tashkilotlarning 120 dan ortiq vakili Isroil, Gretsiya va Rossiyadagi diniy ziyoratgohlarga safar uyushtiradilar, xorijga e’tiqodiy ziyoratga yo’l oluvchilar uchun beriladigan imkoniyatlardan foydalanadilar.
Mamlakatda islomiy muhim sanalarni nishonlash bilan bir qatorda boshqa konfessiyalarning ham qator diniy tadbirlari keng nishonlanadi. Jumladan, 1996 yilning noyabr oyida Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va O’rta Osiyo Yeparxiyasining 125 yilligi, 1996 yilning dekabr oyida Markaziy Osiyodagi yagona Yevangel-lyuteranlar jamoasining 100 yilligi keng ko’lamda nishonlandi. 1995 yilda "Bir osmon ostida" xalqaro xristian-musulmon konferensiyasi o’tkazildi.
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa, deb ta’kidlaydi Prezident Islom Karimov, milliy istiqlol g’oyasini shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iboratdir. O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kundan boshlab jamiyatimizning milliy g’oyasini yaratish dolzarb vazifa bo’lib qoldi. 1993-yil 23-aprel kuni Prezidentimiz bir guruh adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-sessiyasida 1993-yil 7-may kuni nutq so’zlab, Prezident Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi:
milliy istiqlol g’oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, di-liga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch. Mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim;
shu bilan birga, bu g’oya xalqimizda, o’zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng huquqli asosda munosib o’rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog’i kerak.
Milliy istiqlol g’oyasidan kutilgan maqsad nima?
Bugungi kunda sobiq Ittifoq zamonida hukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mutelik holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani tanqid qilish, taqiq qilish, ma’myuriy choralar ko’rish yo’li bilan yengib bo’lmaydi. “G’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”, degan haq fikrni ilgari surdi Prezident Islom Karimov.
President I.A.Karimov, “Xo’sh, milliy g’oya, milliy mafkura nimalarni o’zida mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi kerak?”, degan savolni qo’yadi va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga molik fikr-mulohazalarni, vazifalarni ilgari suradi:
birinchidan, milliy mafkura avvalombor, o’zligimizni, muqaddas an’alarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart;
ikkinchidan, jamiyatimizda bugungi kunda mavjud bo’lgan xilma-xil fikrlar va g’oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya – mafkura bo’lishi kerak;
uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o’xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qaashlaridan mutlaqo xoli bo’lib, qo’shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o’zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo’lishi darkor;
to’rtinchidan, milliy g’oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo’lishi zarur;
beshinchidan, u Vatanimizning shonli o’tmishi va buyuk kelajakni uzviy bog’lab turishga, o’zimizni ulug’ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo’l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan go’ya bo’lishi kerak.
Jamiyat ma’naviyatini yangilash va yanada yuksaltirish bugungi kunda ham mamlakatimiz taraqqiyotinng ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib turibdi. Hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun mafkuraviy kurash bo’layotganligi, ko’p narsalarni mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar hal qilishi mumkinligi, O’zbekistonda ham ba’zi yoshlarni yo’ldan chalg’itadigan diniy ekstremizm xavfi mavjudligi hukumatimiz va jamiyatimizni ogohlikka da’vat etadi. 80-yillarning oxirla-ririda mamlakatimizga o’zini “do’st”, “dindosh”, “millatdosh” qilib ko’rsatib, go’yo islom dinining “sofligi” uchun kurashishga “da’vat” etuvchi ayrim kimsalar kirib kelganligi ma’lum. Ular muqaddas islom dinimizning asl mohiyatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g’o’r yoshlarni o’z tuzog’iga ilintirib, bizga begona bo’lgan diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim yoshlarni o’ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat bot-qog’iga tortishga ulgurishdi ham. Namangan va Toshkentda sodir etilgan qonli voqyealardan keyingina bu kuchlarning niyati hokimiyat uchun kurash bo’lib, ular din niqobi ostida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining O’zbekistondagi bir to’dasi ekanligi oshkor bo’ldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida eski mafkuradan voz kechish natijasida paydo bo’lgan bo’shliq vaziyatida begona g’oyalarning O’zbekistonga xuruji kuchaydi.
Shunday qilib, Islom Karimov O’zbekistonning milliy istiqlol g’oyasini yaratish tashabbuskori va ijodkori bo’ldi. Ma’no-mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglikni ta’minlash kabi insonparvar tamoyillarni o’zida uyg’unlashtirgan milliy istiqlol g’oyasi shakllandi.
Ma’lumki, sho’rolar hukumati davrida hukmron tuzum o’zining jahonda eng insonparvar, odil, demokratik va eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib, butun jahonga jar solar edi. Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham, manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet va institutlar, oliy va o’rta maxsus bilim yurtlari, minglab ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyat ko’rsatardi. Lekin ular, son va miqdor jihatidan ko’p bo’lgani bilan jahon andazalari darajasida emas edi. Buning asosiy sabablaridan biri kommunistik jamiyatda hamma narsa, jumladan, ilm-fan, maktab-maorif tizimining ham o’sha yolg’on g’oyalarga qurbon qilinganida edi. Sovet Ittifoqini tanazzulga olib kelgan sabablardan biri ham shunda ekanligi shubhasizdir.
Mustaqillik yillarida nomlari tiklangan allomalarimiz. Ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo’lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo’ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo’ldi. Ayniqsa, so’nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadr-sizlantirildi, ko’plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo’qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg’in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o’zbek xalqining yuzlab iqti-dorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag’on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o’chirib tashlashga harakat qildi.
Yeski tuzum o’zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g’oyalarni singdirishga urinardi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzub ko’rsatish, milliy tuyg’ularni qo’pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O’z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o’z tarixini bilmaslik ko’plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi. Biroq og’ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz ongini yo’qotmadi, o’zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi.
Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug’umlardan ozod bo’ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo’l ochildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksalirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi. Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi.
Mustaqillik tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o’rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo’lishga muyassar bo’ldi. Xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo’lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan sanalari YuNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Jumladan, 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 1992-yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 1994-yil – Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi; 1996-yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi; 1997-yil – Cho’lpon tavalludining 100 yilligi; 1998-yil – Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi; 1999-yil – Alpomish dostonining 1000 yilligi; 2000-yil – Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi va Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 2001-yil – “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi keng nishonlandi. Buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o’nlab nodir va noyob asarlari o’zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi, haykallar o’rnatildi, ziyoratgoh maydonlari, bog’lar yaratildi.
1991-yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O’zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley yilida buyuk “Hamsa”si va “Lison ut-tayr” asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil 28-sentabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’ining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo’lib o’tdi. Ulug’bek madrasasi, Ulug’bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug’bek haykali aks ettirilgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. Shu yil 24-oktabrda Parijda YuNESKOning majlislar zalida “Ulug’bek va temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya hamda “Ulug’bek va an’anaviy san’at” ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug’bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga ko’maklashdi.
1998-yil 23-oktabrda Farg’ona shahrida buyuk alloma Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yillik yubileyi keng nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg’ona shahrida Al-Farg’oniy nomi bilan ataluvchi bog’ yaratildi va buyuk allomaga haykal o’rnatildi.
1996-yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O’zbekistonning yangi tarixi markazi” tashkil etildi.
O’zbek xalqi va o’zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo’lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilgan “O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi qarorida belgilab berildi.
Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida turadi. Milliy davlatchiligimiz qadimiy, diyorimiz yirik davlat arboblari bilan mashhur. Bobomiz Amir Temur mamlakatimizni jahondagi eng qudratli davlat darajasiga ko’targan. Sobiq Ittifoq davrida ko’hna tariximizning ana shu qirralari berkitilgan bo’lsa, mustaqillik yillarida o’zining asl bahosini oldi. Milliy davlatchiligimiz tajribasi, Amir Temur tuzuklari, Forobiy, Alisher Navoiylarning odil davlat qurish haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik huquqiy davlat qurilishida katta madad berdi. President farmoni bilan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qi-lindi. Shu yili mashhur davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi mamlakatimizda va jahon miqyosida keng nishonlandi. YuNESKO qarori bilan 1996-yil aprelda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag’ishlangan bir haftalik xalqaro tantanalar bo’lib o’tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal o’rnatildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi. Samarqand va Shahrisabzda o’nlab tarixiy obidalar ta’mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshoatlar qurildi, bog’lar yaratildi. Ushbu shaharlar markazida ko’rkam Amir Temur maydoni barpo etildi va ulug’vor haykal o’rnatildi. Bu shaharlarga “Amir Temur” ordeni topshirildi. Amir Temurning shaxsi butun ma’rifiy insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi.
1999-yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Xotira maydoni” majmuasi barpo etildi va shu yili 9 may kuni uning ochilishi marosimi bo’lib o’tdi. Respublika “Nuroniy” jamg’armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo’lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 33 tomlik xotira kitobi tayyorlandi va nashr etildi. Har yili 9 may kuni “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bu tadbirlar xalqimizning o’zligini anglashiga, tarixiy xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda.
Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag’ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g’ururni ko’tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g’oyalarini shakllantirishga ko’maklashmoqda.
O’zbek xalqiga xos quyidagi jihatlar uning milliy qadriyatlari sifatida boshqa xalqlar tomonidan e’tirof etilgan:
tug’ilgan makon va ona yurtiga ehtirom;
avlodlar xotirasiga sadoqat;
kattalarga hurmat, kichiklarga izzat;
mehmondo’stlik;
bolajonlik;
ma’naviyat-axloq-odob-ma’rifat;
muomalada mulozamat, hayo, andishalik;
og’ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo.
Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma’no-mazmun bilan boyitish yo’lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.
Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri “Navro’z” bayramidir. Qaramlik yillarida mana shu ardoqli bayramni nishonlash ham taqiqlangan edi. 1990-yildan boshlab O’zbekiston hukumatining qarori bilan 21-mart “Navro’z” milliy xalq bayrami kuni sifatida belgilanib, dam olish kuni deb e’lon qilindi. Xalqimiz “Navro’z” kunlarida hasharlar uyushtirib, dalalarga ko’chatlar ekish, ko’chalarni tozalash tadbirlarini, turli ommaviy o’yinlar, poyga musobaqalari, sayllar uyushtiradilar, yetim-yesirlarga va nogironlarga yordam berib, marhumlar qabrlarini ziyorat qiladilar.
1. Mavzuning dolzarbligini Vatanimiz Prezidenti I.A.Karimovning Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida 2000 yilning 22 yanvarida sґzlagan nutqidan ham yaqqol bilish mumkin. “Ma’naviyat sohasidagi eng muhim vazifamiz, - degan edi yurtboshimiz, - milliy qadriyatlarimizni tiklash,ґzligimizni anglash, milliy Qoya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi ґrnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga kґtarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir”.
O’zbekiston mustaqilligining ґtgan davri mobaynida barcha sohalarda erishilgan yutuqlar kґp jihatdan ma’naviy-madaniy ravnaqimiz bilan chambarchas boQliq bґlib, ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Mustaqillikka erishgandan sґnggi davr mobaynida bu borada erishilgan yutuqlarimiz xalqimiz ongi va shuurida mustaqillikni mustahkamlashga intilish, istiqlol Qoyalariga sadoqat, milliy mafkuramizning shakllanishiga xizmat qilmoqda. Buni shundan ham yorqin bilish mumkinki, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi davr mobaynida erishilgan muvaffaqqiyatlaridan biri yangi tarixiy sharoitda mustaqilligimizni mustahkamlaydigan, ґzimizga xos va mos yangi jamiyat qurishga xizmat qiladigan munosib kishilarni tarbiyalashdan iborat edi. Buning boisi, jamiyatning har bir a’zosi ongida istiqlol, mustaqillik, uni har tomonlama mustahkamlashga xizmat qiladigan, vatanparvarlik Qoyalarini qaror toptirish zarur edi.
Bu vazifani hal qilish avvalo, bir necha ґn yillar mobaynida xalqimiz ongiga zґrma-zґraki partiyaviylik nuqtai nazaridan singdirib kelingan yakkahokimlik mafkurasidan xoli bґlgan va shu yillar mobaynida mustamlakachilik siyosati tufayli ta’qiqlab kelingan ґzbek xalqining nihoyatda boy, shuning bilan birga jahon e’tirof etgan ma’naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun imkoniyatlar ochib berishi kerak edi.
Darhaqiqat mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy yangilanishni amalga oshirmasdan turib, mustaqillikni mustahkamlash, unga ommani safarbar qilib bґlmasligini hayotning ґzi kґrsata boshladi. Noinsoniy Qoya hukmron bґlgan mustabid sobiq Shґrolar tuzumi davrida amaldagi mafkuraviy kuchning ta’siri ostida odamlar ongi keng miqyosda zaharlangan bґlib ґzligini, haqiqatni bulardan uzoqlashtirgan edi. “Ularning milliy va diniy tuyQularni qґpol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzib
kґrsatar edi. O’z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatni, ґz tarixini bilmaslik qґllab odamlarning shaxsiy fozilasiga aylanib qolgan edi, - deb haqqoniy baho bergan edi yurtboshimiz.
Odamlar ongiga mustaqillik ma’naviy qadriyatlarini singdirish va yanada rivojlantirish, xalqning milliy ruhini uyQotish va tiklash jamiyatning barqaror rivojlanishining muhim sharti va kafolatidir. “Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, - degan edi I.A.Karimov, - odamlar ongida va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib ґz istiqbolini tasavvur eta olmaydi”. Bu - tarixiy haqiqat. Bu uzoq ґtmishga asoslanib chiqarilgan xulosa.
Xalqimizning kuchi, avvalo uning boy ma’naviy merosga ega ekanligidir. Yurtboshimiz ґqtirganidek, “xalqimizning ma’naviy poydevori - bґlajak davlatimizning tayanchlari juda qadimiy va mustahkam”. Diyorimiz ahli asrlar mobaynida mustamlakachilik azobini chekkanligi, chet el bosqinchilari zulmi ostida bo’lganligi ґtmishdan ayon. Shunday bґlsada, xalqimiz ґzligini yґqotmadi, u ґzining boy ma’naviy merosini avaylab asrab, saqlab va boyitib, sayqal berib keldi. Ayniqsa, sovet imperiyasining mustamlakachiligi davrida ma’naviy merosga sinfiy nuqtai nazardan yondashish oqibatida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz progressiv va reaksion bloklarga bґlindi, mashhur olimlar, adiblar va san’at namoyandalari materialistik va idealistlarga bґlindi. Reaksion deb baholangan milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz qoralandi, tanqid ostiga olindi, kґpgina tarixiy yodgorliklar buzib tashlandi, qarovsiz qoldi, kitob va nodir qґlyozmalarni nashr etish, ґrganish man etildi va nihoyat e’tiborsiz qoldirildi.
Mustaqillik ila xalqimiz ma’naviy zulmlardan ozod bґldi, erkin fikrga, milliy tafakkurga keng yґl ochildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlab yuborildi. Ma’naviy meros - uzoq ґtmishdan ma’lum bґlganidek qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar - siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq-odob me’yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir. Ma’naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yґllar bilan hosil qilinadigan hodisa emas. U jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida yuzaga keladi va ґtgan davrda hayotni aks ettiradi, u jamiyat ґzgarishi bilan yґqolib ketmaydi, balki keyingi avlodlar uchun ma’naviy meros bґlib qoladi.
ґar bir avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, ma’naviy merosga tayangan, biroq uni qanday bґlsa shundayligicha, kґr-kґrona qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi. “Tarix xotirasi, - deb kґrsatadi I.A.Karimov, - xalqning, jonajon ґlkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy ґzlikni anglashni, ta’bir joyiz bґlsa, milliy iftixorni tiklash va ґstirish jarayonida Qoyat muhim ґrin tutadi”. Tarix millatning ma’naviy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda. O’tmishda diyorimiz tarixini .ritish, ґrganish masalalari tґlasincha mustamlakachilar manfaatlari nuqtai
nazaridan amalga oshirilib partiyaviylik, sinfiylik asosida yoritilib, ґrganilib hukmron kommunistik mafkuraga xizmat qilishi, uning Qoyalarini tarqibot qilishga qaratildi. Tarixiy voqyealar buzib kґrsatildi, tarixiy prinsip qґpol ravishda buzib kelindi. Ming shukronalar bґlsinkim, tariximizni haqqoniylik, tarixiylik prinsiplari asosida yoritishga keng imkoniyatlar ochilib, yangi-yangi asarlar yaratilmoqda.
Jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga bebaho hissa qґshgan allomalarimiz Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Mirzo Uluqbek, Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Farqoniy, Abduxoliq o’ijduvoniy, Ahmad Yassaviy singarilarning jahon ilm-fani madaniyatining durdonalari hisoblangan asarlari nashr etilmoqda.
Mustaqillik sharofati bilangina ma’naviy hayotimizda uyqotish, tiklanishga yuz tutilib, uluq bobolarimizning ruhlari shod etilib, Abdulla Јodiriy (birinchi mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi), Fitrat, Usmon Nosir kabi diyorimiz ozodligi yґlida jonlarini fido etib shahid ketganlarning haqiqiy pok nomlari ґrniga qґyilib, ularning ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi. 1994 yili Mirzo Uluqbek, 1996 yili Markaziy Oisyo buyuk farzandi Amir Temur, 1998 yili Ahmad Farqoniy, Imom al-Buxoriy, 1999 yil Jaloliddin Manguberdi, 2000 yili kalom ilmi sultoni Abu Mansur al-Moturidiy va Burhoniddin Marqiloniy yubileylari, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi nishonlanib, muhim ishlar amalga oshirildi. Buyuk bobokalonlarimizning haykallari qad kґtardi, boQlar yaratildi, nomlari bilan boQliq muzeylar tashkil qilindi, turli janrlarda asarlar yuzaga keldi va nihoyat buyuk bobokalonimizning ruhlari shod etildi. Bu borada kґplab misollarni keltirish mumkin. Buyuk Sohibqiron haykalining ochilish marosimida sґzlangan nutqida yurtboshimiz bu tarixiy voqyea ahamiyatini tavsiflab: “Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati kґp asrlar davomida Sharqu o’arb davlatlariga ґrnak va andoza bґldi Uning zamonida madaniyat, ilmu-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning kґp an’analari takomiliga yetdi. Amir Temur madaniyat va din ahllariga kґrsatgan cheksiz mehru muruvvat, ayniqsa ibratlidir.
Kґhna tarix sahifalari buyuk bobomizning millat va el-ulus xalq manfaati bobida chekkan mislsiz zahmati hamda kґrsatgan jinoatlariga guvohlik beradi.
Insof-iymon tuyQusi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyb yarmiga jahongir ersa-da, u kuch-qudrat, zґrlik, zґravonlikda emas, aksincha - adolatda ekanligini tґliq angladi”.
Bunga yuzlab misollarni keltirish mumkin. Diyorimizning uzoq ґtmishi, tarixi, tili va dini, fe’l-atvori va an’analari haqida mukammal ma’lumotlar beradigan Abu Rayhon Beruniyning “Јadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, ґofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”, Mirzo Boburning “Boburnoma”, Gulbadanbegimning “ґumoyunnoma”, Abulqoziyning “Shajarai turk”, Mirzo Uluqbekning “to’rt ulus tarixi”, Abu Tohirxojaning “Samariya”, Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy”, Muhammad Narshahiyning “Buxoro tarixi” singari ґnlab asarlarini mustaqillik tufayli ona tilimizda ґqish sharafiga muyassar bґldikki, bular xalqimiz tafakkurining yanada charxlanishiga olib kelmoqda, jahon e’tirof etgan qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklashga va shu asosda mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Јadimiy shaharlarimiz Buxoro va Xivaning 2500 yillik yubileylari nishonlandi, Termiz shahri 2500 yilligiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bu borada maxsus qaror qabul qildi. Ana shularning hammasi ma’naviy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklashga juda katta e’tibor berilayotganligi va bu borada katta imkoniyatlarning yaratilganligidan dalolat. Diyorimizda dinning ma’naviy jihatdan tarbiyalashdagi ahamiyati va uning miliy qadriyatimiz orasida ґrin katta ekanligini hisobga olib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida din ishlari bґyicha maxsus kґmita tuzildi va 1998 yilning yanvarida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonun qabul qilinib, har bir fuqaroning e’tiqod erkinligi qonun bilan mustahkamlanib qґyildi.
Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda kommunistik mafkura yakkahokimligi tugatilib, fikrlash va vijdon erkinligining qaror topishi natijasida yurtimizda dinga, xususan islom diniga munosabat tubdan ґzgartirib dinga ilmiy yondashuv qaror topmoqda, e’tiqod va vijdon erkinligi qonuni asosida diniy qadriyatlarimiz tiklanmoqda. Islom diniga bґlgan munosabatning ґzgarishi bu dinning tariximizda tutgan ґrni va ahamiyatini ilmiy va hayotiy nuqtai nazardan bilish uchun imkoniyat yaratilmoqda.
Buning boisi Prezident I.A.Karimovning ikkinchi chaqirish Oliy Majlisining birinchi sessiyasida sґzlagan nutqi (2000 yil 22 yanvar)da ґqtirilganidan, “...Islom dini otabobolarimiz dini ekanini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanini doimo yuksak qadrlaymiz. Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma’naviy hayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab aytish mumkinki, Olloh bizning qalbimizda, yuragimizda”.
Agar biz bosib ґtgan istiqlol yґlimizga bir nazar tashlaydigan bґlsak, ozodlikning ilk onlaridan boshlaboq dinga munosabat davlat va diniy tashkilotlar ґrtasidagi aloqalarni tґQri yґlga qґyishga alohida e’tibor berildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kґra, O’zbekiston dunyoviy davlat, binobarin, mamlakatimizda din davlatdan ajratilgan. Ammo respublika rahbariyati, bu masalaga oqilona yondashib, din davlatdan ajratilgan bґlsa-da, jamiyatdan ajratilmaganligi, xususan diyorimiz kabi qadimiy va barqaror an’analarga ega mamlakatda bu borada g’oyat ehtiyotkorlik bilan ish yuritish lozimligini ґz vaqtida anglab yetdi. Bu Prezidentning quyidagi fikrlarida ґz ifodasini topdi:
“Din odamzotni hyech qachon yomon yґlga boshlamadi. Bu dunyoning ґtkinchi ekanligini ta’kidlab, odam bolasini hushyor bґlishga, yaxshi bґlishga, yaxshi nom qoldirishga undab va olib boradi. Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz, diniy rasm-rusumlarga, bayramlarga, diniy tarbiya va ta’limga doimo jiddiy e’tibor berib kelmoqdamiz. Diniy partiyalar tuzilib hokimiyat talashib yurishlar xudoga ham yoqmaydi.
Islom dini insonlarni kamtarinlikka, kamsuqumlikka undaydi. Musulmon farzandi kechirimli bґladi. Musulmon farzandi birovni kofir, birovni xudojґy deb toifalarga ajratmaydi... Sababi, bandasining ustidan bandasi emas, xudoning ґzi hukm chiqaradi. Shunday ekan, bir-birimizni behuda ayblab, men musulmon, sen kofir deb talashib yurishlar bizga tґQri kelmaydi.
ґamma ahil, hamma pokiza bґlib yashasin, kimning fazilati qancha, kimning gunohi qancha ekanligini yaratganning ґzi ajrim qilib beradi”.
Јachonki kishi ґzligini anglamasdan ґz vijdoni bilan yuzma-yuz turmasa, iymon va e’tiqod oldida hisob bermasa, qґshnisi, mahallasi, Vatan oldidagi mas’uliyatini his etmasa, bunday odam insoniylik sharafiga munosib bґlmaydi.
Mustaqillik mamlakat aholisining ruhiy-ma’naviy poklanishiga imkon yaratishda, mamlakatimizdagi tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka ґziga xos zamin yaratdi. Kremlning asabiy jazavalariga qaramay, yurtimiz hali sovetlar iskanjasida turgan oqir kunlarda yurtboshimiz xalq xohish irodasiga kґz tutib, unutilmas bir tarixiy hujjatga imzo chekdi. Bu farmon diyorimiz ahli ruhiyatiga ulkan ijobiy ґzgarish yasadi.
Farmon “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilish tґQrisida” deb atalib 1990 yil 2 iyunida qabul qilingan. Ana shu muhim tarixiy hujjat asosida O’zbekiston xalqi ґz tarixida birinchi marta bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas haj va Umra amalini ado etish imkoniyatiga erishdi.
Birgina misol 80 yillarda butun sobiq Ittifoq bґyicha 25-30 kishi hajga borgan bґlsa, 1991 yilda O’zbekistondan 1500, 1982 yilda - 4500,
1998 yilda 4 ming kishilar haj safariga bordilar. Ularning soni yildan yilga ko’payib bormoqda.
1992 yilning aprelida yurtboshimiz boshchiligidagi delegasiya Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrif bilan bordi. Saudiya Arabistoni podshosi Faxd ibn Abdul Aziz hazratlari ehtirom ifodasi sifatida yurtboshimizga Ka’batullohning ustiga yopiladigan Kisvo-Ka’baqushning bir parchasini hadya qilgan edi. Prezident mana shuni Imom al-Buxoriy masjidiga tortiq qilganlari buyuk allomaning yorqin xotirasiga qaratilgan bu hurmat barcha musulmonlarni ruhlantirib yubordi.
Ma’naviy hayotimizda diniy bayramlarning ahamiyati Qoyat muhimligini inobatga olib yurtboshimiz 1992 yil 27 martda “Rґza hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish tґQrisida” Farmon qabul qildi. Unda, chunonchi, shunday deyiladi: “Mustaqil O’zbekiston Respublikasi musulmonlarining istak va xohishlarini inobatga olib hamda fuqarolar ґrtasida mehr-oqibatni barqarorlashtirish maqsadida diniy bayram - Rґza hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb hisoblansin”. 1992 yildan boshlab har yili mamlakatimizda rґza hayiti umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqdaki, bu musulmonlar izzat-hurmatiga sazovor bґldi.
Buxoroda tuqilib ґsgan, musulmon olamida eng mashhur muhaddislardan hisoblangan buyuk zot hadis ilmi sultoni Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi 1998 yilning oktyabrida nishonlanganligi diniy-axloqiy qadriyatlarimiz tiklanishida muhim voqyea bґldi. Dunyo miqyosida tantana bilan ґtkazilgan Imom al-Termiziy yubileyi haqida ham bu fikrlarni aytish ґrinli. 1993 yilda tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Bahovuddin Naqshbandiy hazratlari tavalludining 675 yilligi keng nishonlandi. Shuningdek, islom olamining zabardast allomalari vatandoshlarimiz Mahmud at-Zamashxariyning 920, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xoja Ahrori Valiyning 600, kalom ilmi sultoni Abu Mansur al-Maturidiyning 1130 Burxoniddin Marqinoniyning 910 yilligining keng nishonlanishi yurtimizda iymon, dinu diyonat qaytadan tiklanib yuksalab borayotganligidan dalolat beradi.
Yurtboshimiz 1999 yil mart oyida “Turkiston-press” axborot agentligi muhbirining savollariga bergan javobida diniy qadriyatlarning tiklanishi va ularning qadr-qimmati haqida quyidagi mulohazalarni bildirgan edi: “Ma’naviy hayotimizni (yuqorida kґrsatilgan) mana shu uluq zotlar nomi bilan boQlaymiz. Kim bu haqiqatni inkor eta oladi?
Nega biz mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab shu uluq ajdodlarimizning tabarruk nomlarini tiklashga kirishdik? Chunki bu buyuk ajdodlarimizning aziz nomlari, ґlmas merosi muqaddas dinimiz bilan boQlanib ketgan. Ularni bir-biridan ajratib bґlmaydi. Biz dinimizni bu uluq nomlarsiz, bu nomlarni esa dinimizsiz tasavvur eta olmaymiz.
Biz bu mutafakkirlarimizning qutluq merosidan butun xalqimiz, jumladan, yoshlarimizni ham bahramand bґlishga, ularning mana shundan ma’naviy jihatdan kamol topishiga, islom dinining insonparvarlik falsafasi buyuk Qoyalari, avlod yuragidan ham joy olishiga sharoit yaratmoqdamiz.
Biz farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom al-Buxoriy tґplagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy ґgitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya qilmoqdamiz”.
Jamiyat a’zolarining vijdon erkinligini ta’minlash, ularning ґz diniy merosini va urf-odatlari ado etishlari uchun barcha shart-sharoitlar vujudga keltirilmoqda. Yangidan-yangi masjid va madrasalar
qurish, eskilarini tiklash, ta’mirlash bґyicha ulkan tadbirlar amalga oshirildi va bu jarayon davom ettirilmoqda.
Islom diniga oid asarlarni chop etish keskin suratda oshdi. 1999 yilgacha Movarounnahr musulmonlari idorasi “Sadoi Sharq musulmonlari” jurnalini 5 tilda nashr qilardi. Uning mazmun mundarijasi ham yetarli emasdi. Mustaqillik sharofati bilan “Islom nuri” haftanomasi nashr etila boshlandi. Kґplab diniy-axloqiy adabiyotlar kitobxonlar qґliga borib yetdi. Jumladan, Imom al-Buxoriyning kґp jildlik hadis kitoblari, 4 kitobdan iborat “ґadislar” va boshqalar kґp nusxada chop etildi va bu davom ettirilmoqda. Јur’oni Karim sakkiz marta, jami bir million nusxada nashr etildi. Bu muqaddas kitob diyorimizda ilk bor Alouddin Mansur tarjimasida ґzbek tilida nashr etildi. Ayni paytda mamlakatimizning har bir viloyatida kamida bittadan madrasa, Toshkent shahrida esa Imom al-Buxoriy nomidagi islom oliygohi, eshon Boboxon nomidagi ayollar madrasasi, Abdulqosim va Ko’kaldosh madrasalari ishlab turibdi.
Ayniqsa 1999 yilning 7 aprelida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toshkentda Islom universitetini tashkil etish tґQrisidagi farmoni muhim ahamiyatga ega bґlib islom qadriyatlari va uning tarixini ґrganish bґyicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni asosiy vazifa qilib qґydi va shu ґquv yili boshidan faoliyat kґrsata boshladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 19 maydagi qarori bilan Toshkent shahrida islom ta’limoti va falsafasini, ґzbek xalqining diniy, tarixiy va madaniy merosni chuqur ґrganish maqsadida Xalqaro islom tadqiqot markazi tashkil qilindi. Mazkur markazning asosiy vazifasi Vatanimiz musulmonlariga milliy qadriyatlarni, haqiqiy islom ta’limotini yetkazish, mavjud islomiy osori antiqalar tarixini ґrganish, nodir qґlyozma asarlarini tadqiq etish, darslik va qґlyozmalar, luqatlar tayyorlash va chop etishdan iboratdir. Mamlakat televedeniyesi orqali berilayotgan “Ma’rifatnoma” kґrsatuvi xalqning ma’naviyatini yuksaltirishda va diniy ma’rifatni ґstirishda katta ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtboshimizning Turkiya, eron, Malayziya, Indoneziya, Pokiston, Misr singari mamlakatlarda bґlishi O’zbekiston musulmonlari hayotida ґchmas iz qoldirdiki, sobiq sovet tuzumi yillarida butunlay uzilib qolgan aloqalarning yґlga qґyilishi uchun zamin tayyorladi, shu boisdan ham mazkur safarlarning naqadar katta tarixiy ahamiyatga molik siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy voqyea bґlganligini alohida ґqtirmoq joizdir.
Prezident I.Karimov diniy masalalarga insonparvarlik nuqtai nazaridan qarab, dinni yuksak ma’naviyat va madaniyat quroli, beqiyos axloq maktabi sifatida baholaydi: “Kґhna tarixiimzning, - deb ta’kidlaydi yurtboshimiz, - qaysi davrni eslamaylik, din har doim odamlarni ґz-ґzini idora etishga, yaxshi xislatlarni kґpaytirib, yomonlaridan xalos bґlishga chorlagan.
Uni oqir sinovlarga bardosh berishga, yoruq kunlarga intilib yashashga da’vat qilgan, ishontirgan. Bunday da’vat, ґz navbatida odamlarga kuch-quvvat baqishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga mehru-oqibatini oshirgan”.
Asrlar davomida din odamlarni eng uluq maqsadlar yґlida birlashishga, hamjamiyat bґlishga undagan, xalq ma’naviyatining, ma’rifatining yuksalishiga katta hisa qґshib kelgan.
“Islom dini, - degan edi Prezidentimiz, - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma’rifat ekanligini unutmaylik, u quruq aqidalar yiqindisi emas. Ana shu ma’rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qildilar va yaxshi ґgitlarga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusni, oriyatni bґlishga, izzat-yehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar”.
Islom dini asrlar davomida inson tabiatida chuqur ildiz otdi, ґziga xos bґlgan vazifalarni ado etib kelmoqda. Dinning yuksak ґrni shundki, u umuminsoniy axloq me’yorlarini ґzida singdirib olib uni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirilgan, odamlarni hamjihat yashashga kґmaklashgan va kґmaklashmoqda.
Dinning yana bir ijobiy tomoni shundaki, u odamlarda ishonch hissini mustahkamlab, ularni poklab, yuksaltirib, hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib ґtishda kuch baqishlab kelmoqda. Din umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish, uni avlodlardan-avlodlarga yetkazishga yordam berib kelgan. Shu tariqa din jamiyat hayotining bir qismi bґlib qoldi.
Bugungi kunda butun dunyoda va O’zbekistonda insonning erkin fikrlash e’tiqod qilish erkiga, yoki hyech qanday dinga e’tiqod qilmasdan erkiga bґlgan huquqi tan olingan:
- dindorlarning diniy tuyQularini himoya qilish;
- diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
- diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham hukmlarining teng kafolatlash, hamda ularni ta’kib qilishga yґl qґymaslik.
Ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish:
- dindan buzqunchilik maqsadlarida foydalanishga yo’l qo’ymaslikni e’tirof etish;
- din va e’tiqodga siqinish erkiga qonun bilan belgilangan cheklashlar oraliqiga daxl qilish;
- diniy davlat bilan hamjamiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yґl qґyilmaydi.
Bugungi kunda O’zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai nazaridan qaraganda diniy ekstremizm va fundamentalizm tahlidi kґrinishlari yґq emas, bu ba’zan sezilmoqda. Ular quyidagilardan iborat:
- birinchidan, islom fundamentalistlari aqidaparastlikni yoyish orqali dindor musulmonlarning islohotchi davlatga ishonchini yґqotishga demokratik jamiyatni obrґsizlantirishga, barqarorlikni va miliy totuvlikni buzishga urinmoqdalar;
- ikkinchidan, fundamentalistlar adolat haqida olomonbop, jozibador
asossiz da’vatlar orqali odamlarga ta’sir etib, ularni ayniqsa yoshlarni qullarcha mute’lik, erksizlik holiga tushirib qґyish ularning aqliga va taqdiriga hukmron bґlib olish xavfi mavjud;
Bugungi kunda mustaqillikka erishganimiz tufayli tarixchiligimizga, ayniqsa, davlatchiligimiz tarixiga jiddiy eotibor berilmoqda. Davlatchiligimiz tarixi bir necha ming yillik davrlarga borib yetadi. O’zbekistonning davlatchilik o’tmishi shonli va sharafli tarixiy voqyea ‘amda ‘odisalarga boy, ja’on tarixi sa’ifalaridan munosib o’rin olishga arzigulik tarixga ega. Tariximiz, xususan, davlatchiligimiz kechmishidan ajdodlarimiz biz avlodlariga milliy g’ururlanish, milliy iftixor sifatida yod olish, o’rganish uchun yetarli tarixiy asoslarni meros qilib qoldirib ketgan. Bu bizlar uchun tarixiy neomat, maonaviy bilim, ru’iy madad, milliy mafkuramiz asosidir.
“Donishmand xalqimizning mustaxkam irodasiga ishonaman” sarlav’asi asosida eolon qilingan, Prezident Islom Karimovning “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida “Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba - bu ‘aqqoniy yaratilgan tarixdir. Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi”, - degan edilar.
O’z tariximizni o’zimiz ‘aqqoniy tarzda yaratishimiz, uni o’quvchilarga, xalqimizga, ja’on jamiyatchiligi fikriga yetkazish bugungi kunning eng dolzarb muammosi, davlat siyosatining markaziy masalalaridan bo’lib turibdi.
Mu’taram Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz tarixchi olimlari bilan o’tkazgan su’batlarida - “Davlatchilik bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar ‘ali bor. Bunday g’alamislarning orasida qanday qilib bo’lsa ‘am bizni yana sobiq SSSRga qaytarish niyatida yurganlar yo’q deysizmi? O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu daovoning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir”, - degan edilar. O’tmishda Turkiston ‘ududida bo’lib o’tgan qudratli davlat, eng ko’zga ko’ringanlaridan biri Amir Temur davlatidir.
Mavzuimizning birinchi masalasi, “Amir Temur davlatining tashkil topishi va Movarounna’r yerlarini siyosiy ji’atdan birlashtirishdagi roli”.
Bugungi kunda Amir Temur barpo etgan davlat tarixi izchil, chuqur o’rganilib borilmoqda, bu davlatchilik tarixini o’rganishni asosan uch qismga bo’lib rejalashtirdik. Ayni vaqtda Amir Temurning avlodi ‘aqida qisqacha fikr yuritishni lozim topdik. Sababi, shu xususida g’ayri ilmiy, asossiz fikrlar mavjudligidir. Biz keltiradigan fikrlar bugungi kunda yuzaga chiqayotgan ‘ar taraflama ilmiy asoslangan dalillarga asoslanadi.
Avvalo, Amir Temur shaxsi xususida ikki og’iz so’z.
Buyuk tarixiy shaxs, shavkatli ‘arbiy sarkarda, adolatli davlat arbobi Amir Temur nasl-nasabi xususida turli xil fikrlar mavjud. Bu esa mavzuga adolat nuqtai nazaridan yondoshishni taqozo etadi.
Mu’taram Prezidentimiz Islom Karimovning “Amir Temur shaxsini idrok etish - tarixni idrok etish demakdir.
Amir Temurni anglash - o’zligimizni anglash demakdir.
Amir Temurni ulug’lash - tarix qaoriga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga. qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizga ishonchimizni musta’kamlash demakdir”1, - degan so’zlari o’tmishmizdagi tarixiy shaxslarni, allomalarni naqadar ulug’lanishini ‘ar birimiz uchun farz qilib qo’yganlaridir.
So’ibqiron Amir Temur va temuriylar davrida yashab, yetarli darajada bilim olishga muyassar bo’lgan tarixchi olim Ibn Arabsho’ asarlaridagi manbaalar Amir Temur tarixini o’rganuvchi ayrim g’anim tarixchilarga dastak bo’lib, ‘aqiqat esa, ilm eotibordan chetga qolib keldi. Ibn Arabsho’ning “Ajoib al-makdur fi tarixi Taymur” asarida, “Temur va uning otasi ‘ayqiroq cho’ponlardan bo’lib, na aqliyu na dini bo’lmagan avom kishilar toifasidan ekanlar. Yana aytadilarki, u mulozim odamlardan, past tabaqa tamballardan bo’lgan” degan fikrlari ‘aqiqatdan olisda turibdi.
Ibn Arabsho’ning shaxsiyatiga tegmagan ‘olda shuni aytish mumkinki, asardagi manbaalarning ko’pchiligi biron bir tarixiy maolumotlarga asoslanmagan qandaydir g’animlarning aytgan-deganlari asos qilib olingan. Mojor olimi yerman Vamberi o’zining “Buxoro yo’ud Movarounna’r tarixi” risolasida “Temurning otasi, Tarag’ay barlos urug’ining boshlig’i edi. Shu munosabat bilan Amir Qozog’ondan Kesh va Naxshab viloyatlarini oldi, deb yozadi. ‘.Vamberining fikriga qo’shilish bilan quyidagilarni qo’shimcha qilish mumkin: birinchidan, 1334 yilda Amir Temurning onalari Tegina Begim Mo’ni So’ibqironning otalari Amir Mu’ammad Tarag’ay o’z niko’iga olgan. Shu niko’dan Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Sha’risabzning Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tavallud topgan. Amir Temurning onalari Tegina Begim Mo’ Buxoroning taniqli olimi Sadr ash-sharioa Ubaydullo’ ibn Toj ash-sharioa Ma’mud ibn A’mad al-Ma’bubiy al-Buxoriyning qizi bo’lganlar. Avvalo shuni eslatish o’rinliki, shariatning eng mo’otabar zoti, ulug’i va tojdori o’z qizini Buxoroi sharifday azim sha’ardan Keshga “aqlsiz, dinsiz cho’ponga” berishi mutlaqo aql bovar qilmaydigan fikrdir. Fikrimizcha, Ibn Arabsho’ Amir Temurga zamondosh bo’lsa-da, uning dalillari ‘aqli eotirozga munosib. Ayniqsa, u davrda “teng tengi bilan, tezak qopi bilan” aqida kuchli ‘ukm surgan zamonda Amir Temurning onalari Tegina Begim Mo’ ekanligi tarixiy ‘aqiqat, Ibn Arabsho’ning “aytishlaricha”, “yana aytadilarki” so’zlarining o’zi uning dalillarini qandaydir mish-mish, cho’pchakli asoslar qatoriga qo’shishga olib keladi.
Fikrimizcha, Amir Temurning otalarining o’zi Amir Mu’ammad Tarag’ay eotiborli amaldorlardan, uning xonadoni esa o’z davrining o’qimishli kishilardan iborat bo’lgan. Ibn Arabsho’ Amir Temur “Mening buvim falonchi, folbin va qo’inlaridan edi”, - degan fikrini keltiradi. (1,72-bet). Olimning yana bir fikri, “U yoshligidan aqlli, ochiq ko’ngil juroatli, qatoiy kuchli va qobiliyatli bo’lib o’sib, tengqurlari - vazirlarning o’g’illari bilan su’bat qurib va amirlarning o’g’illaridan o’ziga o’xshashlari bilan vaqtini o’tkazardi” degan fikrlarining o’zi Amir Temurning cho’pon bo’lmay, balki din-yeotiqodli, eotiborli tabaqadan ekanligini asoslaydi.
‘.Vamberining taokidlashicha, “Temur o’zi tiniq va ochiq turk shevasida yozar edi”. Olimning bu fikri ‘aqiqatga yaqinligi shundaki, avvalo - ulkan mamlakatni boshqargan shaxsning savodsiz bo’lishi kamdan-kam bir ‘odisadir. Qolaversa, o’qimishli ota-ona o’z farzandini, eng mu’imi o’z vorisini savodsiz qoldirishi mumkin emasligi ‘ammaga ayon. Xalqimizning udumlarini eotiborsiz qoldirmaydigan ‘ar bir kishi ‘.Vamberining fikrlarini manbaa sifatida muborak o’rniga qo’yadi.
Mojor olimining yana bir qimmatli fikri Amir Temurni va’shiy, mar’amatsiz, zolim deb ba’olab yurgan barcha olimlarga o’rinli javob bo’lishi mumkin. Olim o’zining risolasida “Temurni Chingiz ila bir safga qo’yib, uni va’shiy, zolim,, qaroqchi deb atagan kishilarning fikrlari ikki marotaba xatodir”, - deb yozishi ajdodlarimiz tarixini ‘olisona ba’olanishiga ishoratdir. Amir Temur ajdodlari ‘aqida fikr yuritadigan bo’lsak, ulug’ amirlar, nomdor sultonlar, ulug’ ‘oqonlar, ba’odirlar xonadoniga mansub kishilar ‘aqida so’z yuritishga to’g’ri keladi.
Mavzuimizning asosiy qismi “Amir Temur davlatining tashkil topishi va Movarounna’r yerlarini siyosiy ji’atdan birlashtirishdagi roli” mavzusiga kelsak, Amir Temur ‘okimiyat tepasiga 1370 yilda Amir Xusaynni yenggandan keyin chiqdi. Amir Temur bilan Amir Xusayn o’rtasidagi siyosiy ‘okimiyat uchun kurash Amir Temur uchun juda og’ir, mashaqqatli kechdi. Buning bir qator sabablari bor.
Birinchidan, Amir Temur avvalo ‘ali yetarli kuch-qudratga ega bo’lmagan ‘olda mo’g’ullarga qarshi kurash olib bordi.
Ikkinchidan, Movarounna’r mo’g’ullarning siyosiy tizimi bo’yicha ko’rinishdan ulkan ulus ko’rinsa-da, amalda mayda bekliklarga bo’lib tashlangandi. Bu siyosiy boshqaruv sistemasi mo’g’ullarga qo’l kelardi.
Uchinchidan, bu porokanda mamlakatni birlashtirdi, uni umumiy dushmanga qarshi kurashga barcha kuchlarni o’zining ketidan ergashtirdi.
To’rtinchidan, Amir Temur uchun ‘okimiyatni qo’lga kiritishning murakkab tomoni yana shunda bo’lganki, Amir Xusaynning singlisi Uljoy Turkon og’o Amir Temurga suyukli xotin bo’lgan.
Beshinchidan, Amir Temur xotini ‘urmati yuzasidan ‘okimiyatni sheriklikda boshqarishga rozi bo’lsa-da, Amir Xusayn unga rozi emas edi. Ikki o’rtada bir necha bor katta-kichik janglar kelib chiqdi, Amir Xusaynning mag’lubiyati bilan yakunlandi.
Amir Xusayn mag’lub etilgandan so’ng, Movarounna’rda Amir Temur uchun kuchli raqib qolmagan edi. O’sha yili Balxda qo’shin boshliqlari quriltoyida qadimgi odatga ko’ra Amir Temur oq kigizga o’tkazilib, yuqori ko’tariladi. Amir Temurning piri Sayid Baraka duoi foti’a qilgach, u Movarounna’r ‘ukmdori - ulug’ amiri deb eolon qilinadi.
Shunday qilib, Amir Temur davlati tashkil topadi, lekin siyosiy ji’atdan parokanda, mayda, o’zboshimcha beklarni tugatib, o’rnida qudratli markazlashgan davlat barpo qilish kerak edi. Avvalo, davlatning yuragi ‘isoblangan markaz sha’ar qilib Samarqand tanlandi. Samarqandning qaloa devorlari musta’kamlanib, mu’tasham saroy va qasrlar bunyod qilina boshlandi. Ular mo’g’ullar istilosidan keyingi 150 yil davomida vayron etilgan qadimgi So’g’d poytaxti o’rnida boshlangan dastlabki yirik inshootlar edi. Shuningdek, uzluksiz talonchiliklar, o’zaro nizolar oqibatida ‘oldan toygan, boshboshdoqlik avjiga mingan mamlakatda qatoiy qonunlar va tartib intizom joriy qilindi. Bu albatta, Movarounna’rda va uning atrofida Amir Temurning obro’-yeotiborining ortishiga olib keldi.
Amir Temur dastlab o’ziga musta’kam tayanch barpo qilish maqsadida barloslar qabilasidan ma’sus qo’shin tashkil qildi. Qo’shinlarga va barlos qabilasiga katta imtiyoz berildi. Kuchli qo’shin tashkil qilib olgandan so’ng o’z davlat chegaralarini kengaytirishga kirishdi. Avvaliga Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi yerlarni, shuningdek Farg’ona va Shosh viloyatlarini o’z tasarrufiga oladi.
Amir Temur davlati bilan Oltin O’rda xonligi oralig’ida bu davrga kelib mustaqil bo’lib olgan Xorazm yerlarida Qo’ng’irot so’fiylarining davlati qaror topadi. Qadimdan Movarounna’r bilan ko’p ji’atlaridan umumiy bo’lgan Xorazm mo’g’ullar davrida ikki qismga bo’linib, markazi Urganch sha’ri bo’lgan Shimoliy Xorazm Oltin O’rdaga, markazi Kat qaloasi bo’lgan Janubiy Xorazm Chig’atoy ulusiga qaragan. XIV asrning 60-yillari oxirida Qo’ng’irot so’fiylari Kat va Xiva sha’arlarini qo’lga kiritib, Shimoliy Xorazm bilan Janubiy Xorazm yerlarini birlashtiradilar. Ayni paytda Xorazm iqtisodiy va siyosiy ji’atdan Oltin O’rdaga bog’liq edi. Amir Temur esa butun Xorazmni Chig’atoy ulusining ajralmas qismi deb ‘isoblar edi. Shuning uchun Xorazmni qo’lga kiritish maqsadida 1372, 1373, 1375, 1379, 1388 yillar davomida besh marta yurish qilib, butunlay qo’lga kiritadi. Oxirgi yurishida Urgench sha’ri vayron etildi, sha’ar a’olisi Samarqandga ko’chirib yuborildi.
Shunday qilib, Movarounna’r va Xorazmda tarqoq va o’zaro nizoli bekliklar bar’am topdi. Sirdaryo bo’ylaridan Orol dengizigacha bo’lgan yerlarda yashovchi xalqlar yagona Amir Temur davlati tasarrufiga o’tdi.
1389 yilda Amir Temur ikkinchi bir yo’nalishda urush ‘arakatlari olib bordi. Bu yurish Jo’ji ulusida qad ko’targan Oltin O’rda davlatiga qarshi qaratildi. Yurishga asosli sabablar bor edi. 1379 yilda Amir Temurning yordamida xonzodalardan To’xtamish o’g’lon Oq O’rda taxtini egallab, Oltin O’rdani ‘am unga qo’shib olish, Jo’ji ulusining ‘ar ikki qismini birlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi. To’xtamishxon ulkan g’alabalardan sarmast bo’lib, Amir Temurning xizmatlarini tezda unutdi. ‘atto 1387-1388 yillarda Amir Temurning ‘arbiy yurishlarda ekanligidan foydalanib, Movarounna’rga ‘am ‘ujum qildi.
Amir Temur Samara bilan Chistopolp oralig’ida joylashgan Kunduzcha degan joyda 1391 yilning 18 iyunida, Kavkazdagi Terek vodiysida 1395 yilning 16-17 aprelida bo’lib o’tgan janglar oqibatida To’xtamishxonni batamom tor-mor qilib tashladi. Chekingan To’xtamishxonni taoqib qilib, Rusning ichkarisidagi sha’arlarga borgani, Moskvani ‘am olganligi ‘aqida manbaalar bor. Masalan, Sharofuddin Ali Yazdiy o’zining “Zafarnoma”sida shunday deb yozadi - “So’ibqiron Moskvaga sorikim, rusning sha’arlaridin erdi, tavajju’ qildi. Ada yetkonda nursatishoor cheriki ul viloyatni (sha’ar va atrofi) chobtilar va andagi ‘okimlarni tobeo qildi” (179-bet). Qaytishda Ryazanp knyazligi orqali o’tib, quyi Volga va uning Markaziy sha’arlari Saroy Botu va Xojitarxon (Astraxan) sha’arlarini egallaydi.
To’xtamishxon ustidan qozonilgan g’alaba faqatgina O’rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklari uchun ‘am buyuk a’amiyat kasb etdi. Yana mu’im bir natija, Sharq mamlakatlarining Oltin O’rda orqali o’tadigan shimoliy tarmoq savdo yo’li bar’am topib, Movarounna’r sha’arlari: O’tror, Toshkent, Samarqand va Buxoro orqali Balx, Xirot va Sultoniya tomon yo’naltirildi.
Amir Temur ‘ali To’xamishxonni yengmasdan ilgari Xuroson va eronni fat’ etishni boshlagan edi. Endilikda Amir Temur eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyo yarim oroli, ‘indistonni butunlay bo’ysundirish siyosatini amalga oshirishga kirishdi. Butun Xurosonni Amir Temur o’z davlatining tasarrufiga o’tkazadi. Amir Temur eronga 1385-1387 yillarda “uch yillik” 1392-1396 yillarda
“besh yillik” va 1399-1404 yilarda “yetti yillik” yurish nomlari bilan mash’ur yurishlar qiladi.
Bu yurishlar oqibatida Amir Temur davlati xududi janubda Fors ko’rfazi va Arab dengizigacha, G’arbda Qora dengiz va O’rta dengiz so’illarigacha kengaytirildi.
Yeronga yurishlar oralig’ida Amir Temur 1398-1399 yillarda ‘indistonga yurish qildi va uni zabt etdi. Amerikalik olim Richard Nelpsonning iborasi bilan aytganla, “Uning farosati va iymoni shunchalik kuchli ediki, ‘atto u yurishlarining eng zarur nuqtalarida to’xtatib qo’yib, undan ‘am yangiroq yurishlarni boshlab qo’yar edi, lekin shu vaqtda avval qo’yilgan maqsadlarni esdan chiqarmasdi”.
Amir Temur ‘arbiy tarixini yanada shon-shuxratlarga bezagan ‘odisa Anqara jangidir. Jang 1402 yilning 20 iyulida sodir bo’ldi. Amir Temurning Rumga yurishi sulton Boyazid Yildirimning mag’lubiyati bilan tugadi.
1404 yilning oxirlarida ‘amma maolumotlar olinib bo’lgandan keyin, katta tayyorgarlik ko’rilib 1405 yilning 3 martida Xitoyga yurish boshlashga qaror qilindi. 200 minglik qo’shin bilan 1404 yilning 27 noyabrp kuni qo’shinlar Samarqanddan yurishga chiqadi. Qa’raton qish, sovuqning qattiqligi va Amir Temurning betob bo’lib, og’irlashib qolganligi sababli O’trorda to’xtashga majbur bo’ladilar. 1405 yil 18 fevralda Amir Temur O’trorda vafot etadi.
Amir Temur 35 yillik ‘ukmronlik davrida Xitoydan Qora dengizning g’arbiy so’illarigacha, Orol dengizidan Fors qo’ltig’igacha Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shimoli-g’arbda Quyi Volga, Don daryosi bo’ylari, shimoli-Sharqdan ‘indiston, Balxash ko’li va Ili daryosi bo’yidagi xalqlarning o’ziga bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. Oltin O’rda yerlarining deyarli barcha yerlari Amir Temur davlatiga vassal bo’lib qoldi. Mullo Salo’iddin Toshkandiyning “Temurnoma”si (1908 yilda chop etilgan)dagi maolumotlarga qaraganda, Amir Temur Moskvani qo’lga oladi, rus yerlarida yurishni davom ettirib, zulmat chizig’iga qadar yurishni davom ettiradi. Asarda Moskva Amir Temur davrida Turonga boj to’lab turganligi, undan keyin faqat Sho’rux Mirzo vafotidan keyingi boj kelishi to’xtab qolganligi taokidlanadi.
Amir Temur Movarounna’r yerlarini siyosiy ji’atdan birlashtiribgina qolmay, balki Xitoydan Qora dengizning g’arbiy so’illarigacha, Arab dengizi va O’rta dengiz so’illaridan Moskva ichkarisidagi yerlarni bo’ysundirish bilan bu yerlar va yo’llar osoyishtaligini taominladi. Qadimgi Ipak yo’li taklandi. Amir Temurning tarix oldidagi buyuk xizmatlari shundaki, bosib olgan, tobe etgan mamlakatlarida mayda bekliklar, knyazliklar, feodal tarqoqliklarga bar’am berdi. Yirik markazlashgan feodal davlatlarning tashkil topishini tezlashtirdi. Natijada Markaziy Osiyoda qudratli siyosiy davlatlarning shakllanishiga iqtisodiy-siyosiy shart-sharoitlarni yaratib berdi.
Masalaning ikkinchi qismi “Markazlashgan davlat boshqaruv tizimi, chuqur ijtimoiy-siyosiy islo’otlar”.
Siyosiy ‘okimiyat ishini yuritadigan, boshqaradigan tashkilot-davlat organi ‘ar bir mamlakat uchun ijtimoiy-siyosiy zaruriyatdir. ‘ar qanday ijtimoiy tuzum yashashi va taraqqiy etishi uchun o’z davlatiga tayanadi. Davlat esa, o’zining idora usuli orqali mamlakatdagi xalqning moddiy va maonaviy e’tiyojlarini ‘ol-baqudrat qondiradi, osoyishtaligini saqlaydi, ‘ududiy da’lsizligini taominlovchi maomuriy organ ‘isoblanadi.
O’rta asr Osiyosi davlatlari tarixi xilma-xil va rang-barang taraqqiyot yo’lidan borib, ray, qaysar, fag’fur, xon, ‘oqon, sho’, shaxansho’ singari setakalluf laqablar bilan ataluvchi saltanat so’iblari odillik yo’li bilan adolatli ‘ukmdorlik qilayotganliklarini ko’klarga ko’tarib ko’rsatishga ‘arakat qilganlar.
Ayni bir vaqtda mamlakatni adolat bilan boshqargan, eotiborga molik odil sho’lar ‘am tarixda ko’p bo’lgan.
Amir Temur ‘okimiyat tepasiga kelganidan keyin mamlakatda aql-idrok bilan boshqariladigan qudratli va adolatli, musta’kam qonun-qoidalarga asoslangan, intizomli davlat ‘okimiyatini barpo etish choralarini ko’rdi.
Amir Temur davlat boshqarishidagi uch tartibot, yaoni mamlakatda xonlik masnadi, ‘okimiyatni boshqarish usuli va federativ shakli masalalarini talqin qilish bugungi kunda eng dolzarb mavzulardan biri bo’lib turibdi.
Uzoq yillar olib borilgan kurash oqibatida Movarounna’rda siyosiy ‘okimiyat Amir Temur qo’liga o’tgach,u o’zining butun bilimi va kuch-qudratini davlatni musta’kamlash, uning qudratini oshirish ishiga sarfladi. O’tmish davlatchilik tarixining yutug’i-yu, zavoli sabablarini o’rganib chiqdi. ‘alokat sabablaridan tegishli xulosa chiqardi.
Siyosiy ‘okimiyat boshqaruv tizimida sekin-asta tub islo’otlarni amalga oshira boshladi. Islo’otlarning mazmun-shakllarini uning tuzuklaridan ko’rish mumkin.
Avvalo, qisqacha tuzuk va tuzuklar to’g’risida tushuncha berib o’tsak. Tuzuk - tarixiy so’z tushunchasi bo’lib, to’ra va tuzuk shaklida ‘am kelishi mumkin. Maonosi qonun-qoida, qonunlar, urf-odatlar to’plami, Nizom maonolarini anglatadi.
“Tuzuk” yozish odati qadim zamonlarga borib qadaladi. Masalan, eng qadimda, yaoni miloddan avalgi 2000 yilning oxirlari 1000 yilning boshlarida Turkiston zaminida yaratilgan “Avesto”, turk ‘oqonlaridan qolgan “Qonunnoma”, Chingizxondan qolgan “Bilik”. Xondamir (1474-1535) yozgan “Qonuni Xumoyun”, Ro’zbexon (1438-1621 yoki 1630)ning qalamiga mansub bo’lgan va shayboniylardan bo’lgan Ubaydulloxonning topshirig’i bilan yozilga n “Suluk al-mulk” (Podsholarga yo’l-yo’riq) va boshqalar shular jumlasidandir.
Amir Temur “Odam atodan boshlab ‘otam un-anbiyogacha, ulardan ‘ozirgi damgacha o’tgan sultonlarning qonunlari va turish-turmushlarini donolardan so’rab-surishtirdim. ‘ar qaysilarining yo’l-yo’riqlari, turish-turmushlari, qilish-qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqlash va yaxshi axloqlari, maoqul sifatlaridan namuna olib, unga amal qildim”, - deb yozadi o’zining "Tuzuklari"da. Amir Temur yozib qoldirgan Qonunlar to’plami - “Tuzuklar”i o’zigacha bo’lgan qonunlarning eng sarasi, ‘ar tomonlama pu’ta asoslar zaminida yaratilgan qonunlar to’plami deyish mumkin.
Mu’taram Prezidentimiz Islom Karimovning “Davlat, saltanat, jamiyat boshqaruviga oid mumtoz asar - “Temur tuzuklar”ini yozgan kim? Umuman, kishilik tarixida ana shunday yo’nalishda asar bitib qoldirgan boshqa ‘ukmdor bormi o’zi?”. - degan so’zlari Amir Temurning davlatchiligimiz tarixida o’rni buyuk ekanligini ko’rsatadi.
‘aqiqatdan ‘am, ustivor qonunlarga asoslangan adolatli ijtimoiy tuzum barpo qilish yo’lida Amir Temur juda ko’p qonunlar, tartib-qoidalarni o’qib o’rganganligi, so’rab-surishtirganligi qolaversa, o’zidagi mavjud adolatparvar xislatlar Qonunlar to’plamida mujassam bo’lganligini ko’ramiz.
Qudratli davlatchilik boshqaruvini shakllantirish va uni musta’kamlash uchun Amir Temur chuqur siyosiy-ijtimoiy islo’otlar qildiki, ‘aqli ravishda ja’on tarixi sa’ifalarida Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, “Buyuk strateg, mo’ir siyosatchi, eskirgan ijtimoiy munosabatlarning qatoiy islo’otchisi, savdo-sotiq, ‘unarmandchilik va madaniyatning ‘omiysi bo’lgan Amir Temur “Qonunlar va urf-odatlarga asoslangan” davlatni barpo etdi, degan mo’otabar so’zlarning so’ibi bo’ldi.
Amir Temur davlat qurilishidagi islo’otlarni avvalo ‘arbiy-tashkiliy so’adan boshladi. Qo’shin tuzilish tarkibini o’ntalik bo’linmalardan iborat tuzilgan lashkar tashkil etdi. Lashkar “tuman” - o’n minglik, “xazora” - minglik, “xo’shun” - yuzlik va “ayl” - o’nlik bo’linmalaridan iborat edi. Tumanlarda askarlarning soni 10 ming, qo’shinda 100 ming nafardan ortiq lashkar bo’lgan. O’n ming kishilik lashkarni boshqargan ‘arbiy mansabdorga “tuman og’asi”, minglik bo’linmalari uchun “ amirixazora”, yuzliklar uchun “xo’shunboshi”, o’nliklar uchun esa, “aylboshi” kabi ‘arbiy lavozimlar joriy etildi. Oddiy nafar (askar)dan tortib amir ul-umarogacha ularning ‘aq-’uquqlari, oylik maoshlari belgilab qo’yilgan.
Amir Temurning ‘arbiy so’ada buyuk strategligini yana shundan bilish mumkinki, ‘ar bir ‘arbiy qism turli rangda - qizil yoki oq, ko’k, jigarrang va ‘okazo ranglarda bo’lgan. Qismning rangi qanday bo’lsa, qurollari-tirkash, kamar, nayza, o’q uzuvchi qurol-asla’a qinlari va va ‘okazolarning rangi ‘am o’sha xilda bo’lgan. Qo’shinning jangovar tayyorgarligini tekshirish va sadoqatini aniqlash maqsadida ‘arbiy parad-ko’rik o’tkazilib turilgan. Ko’rik ko’proq raqib tomonlarning elchilari kelganda, yurish oldidan va ulkan g’alabadan so’ng o’tkazilgan.
‘ar bir mamlakatga yurish oldidan o’sha yurtning geografik ‘olati, a’olisining kayfiyati, qo’shinining a’voli, ‘arbiy sarkardalarning ‘arbiy ma’orati to’g’risida to’liq maolumot olingan. Buning uchun butun bir ‘ufiya ma’kamasi va maktabi ish olib borgan.
Amir Temurning ‘arbiy so’adagi islo’otlaridan yana bir eng mu’im ji’ati urush ‘arakatlarini olamon shaklidan farqli o’laroq tartibli ‘arakat, yetarli zaruriy qo’shimcha qismlarni saqlab turish va kutilmagan joydan zarba berish yoki to’satdan paydo bo’lib dushmanni sarosimaga solib qo’yish taktikasi kuchli bo’lgan. U ‘arbiy sanoat ustasi bo’lgan. Amerikalik olim Richard Nelpson Amir Temurning ‘arbiy strategiyasiga yuksak ba’o berib, “Uning shaxsiy jasorati ‘am afsonaviydir. Temurning janglarda ko’rsatgan mardligi uning do’stlari va dushmanlari orasida ‘am katta obro’ qozonishga olib kelgan. Uning kuch-qudrati va chidamliligi ‘am kishini lol qoldiradi. U amalga oshirgan uzoq muddatli ‘arbiy yurishlar (ayrimlari to’rt yilgacha cho’zilgan) bunga yaqqol misol bo’la oladi”, degan edi.
Amir Temurning nomi ‘arbiy qurilishning buyuk nazariyotchisi va amalda ustamonlik bilan qo’llay biladigan katta strategik sezgiga ega bo’lgan ‘arbiy sarkarda sifatida tarixda qoldi.
Amir Temurni Movarounna’rda va umuman saltanatda davlat boshqaruv sistemasida tub islo’otlarni amalga oshirish, bugungi kun iborasi bilan aytganda demokratik davlat qurilishi darakchisi deyish o’rinli bo’lardi.
Movarounna’rdan tashqari butun saltanat to’rt ulusga bo’lib boshqarilgan. Amir Temurning to’ng’ich o’g’li Pirmu’ammad Ja’ongirga 12 ming lashkarga ulufa berib Balx viloyati; ikkinchi o’g’li Umar Shayxga 10 ming lashkarga ulufa berib Fors viloyati; uchinchi o’g’i Mironsho’ga 9 ming lashkarga ulufa bilan G’arbiy eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston, markazi Tabriz; kenja o’g’li Sho’ruxga 7 ming lashkarga ulufa bilan Xuroson, Jo’rjon, Mozandaron va Seyiston viloyatlari, markazi Xirot belgilanib, ulus sifatida berildi.
Amir Temur davlat boshqaruvi va uning qonunlarini amalga oshirishda quyidagi ijtimoiy toifalarga: 1. Sayiidlar, ulamo, shayxlar, fozil kishilar; 2. Donishmand, tajribali odamlar; 3. Duogo’y kishilar; 4. Amirlar, sarxanglar, sipo’solorlar; 5. Sipo’ va raiyat; 6. Aqlli, tajribali, eng ishonchli kishilar; 7. Vazirlar, sarkotiblar; 8. ‘akimlar, tabiblar, munajjimlar, mu’addislar; 9. Muxandislar, tafsir va xadischi olimlar; 10. Mashoiyxlar, so’fiylar, xudojo’y maorifatli, bilimdon olimlar; 11. Kasbu ‘unar egalari; 12. Sayo’atchilar, musofirlar, savdogarlarga tayangan ‘olda ish tutdi.
“Tuzuklar”da keltirilgan maolumotlarga qaraganda, mamlakat va unga tobe o’lka va viloyatlar uchun yettita vazirlik boshqaruv tizimining asosi tashkil etilib, bosh devonga bo’ysundirildi. Shundan to’rt vazir markaziy ‘okimiyatda va ayni bir vaqtda barcha tobe o’lkalarga masoul ‘isoblangan. Eng mu’imi shundaki, uch vazirdan iborat tobe o’lkalar sar’adlari masalalari bilan shug’ullanib boruvchi davlat ‘ayoati tashkil qilingan. Bularning ‘ammasi davlat siyosiy ‘ayotini takomillashtirish yo’lidagi islo’otlar tufayli yuzaga keldi.
Davlat ‘ayotida iqtisodiy islo’otlar mamlakat ijtimoiy taraqqiyotiga, iqtisodiy rivojiga, sha’ar va qishloqlarning obodonlashtirishiga ijobiy taosirini o’tkazdi.
Davlat qonunlarining ‘ayotiylashuvida, adolatlashuvida islom dinining roli va o’rniga Amir Temur tomonidan katta eotibor berildi. Yer egaligi, savdo, de’qonchilik va ‘unarmandchilik, meomorchilik, ilm, fan, madaniyat va sanoat so’alari shunday rivojlanish darajasiga ko’tarildiki, ‘anuzgacha ja’on iqtisodiyoti uning sir-asrorini o’rganmoqda.
Uchinchi masalamiz, “Amir Temur davlatchiligi tarixini tadqiq qilinishi va uning bugungi kundagi a’amiyati”.
Tarix - ‘ar bir xalq o’tmishining ko’zgusi. Ko’zgusi yo’q odam o’zini qandayligini bilmaganidek, tarixni bilmagan xalq ajdodini ‘am bilmaydi. ‘ar bir xalq o’z o’tmishini chuqur bilishi va moziyga munosib tarixni yaratmog’i lozim. Mu’taram Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz tarixchi olimlari bilan o’tkazgan su’batlari chog’ida, “Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. O’zgalar yozib bergan tarixni o’qitishga mutlaqo qarshiman. Mustamlakachi o’ziga qaram bo’lgan xalq ‘aqida qachon ‘olis, adolatli fikr aytgan?”, degan fikrlari bizning o’zbek sobiq sovet davri tarixchiligiga ‘am to’la taalluqlidir.
Bizning tariximiz uzoq o’tmishdan shonli va zavol tafsilotlarga boy, lekin chuqur o’rganishga mu’toj tarixdir. Sababi mustamlakachilik siyosati oqibatida, sovet davri ideologiyasi “talablari” qaram xalqlar tarixini ‘aqqoniy o’rganishga yo’l qo’ymadi, o’z xalqi juroat eta olmadi, juroat etganlari esa osongina qatag’onga uchradilar.
Misol uchun, “Temur tuzuklari”ni oladigan bo’lsak, bu nodir asardan Za’iriddin Mu’ammad Boburning avlodi Shox Ja’on (1628-1657), Qo’qon xoni Mu’ammad Alixon (1826-1842) va Buxoro amiri Abdullaxon (1885-1910) kotiblariga buyurib, o’zlari uchun nusxa ko’chirtirganlar. 1637-38 yillar Mir Abu Tolib al-Xusayniy at-Turbatiy Sho’ Ja’onga “Tuzukiy Temuriy”ning forsiyga tarjimasini taqdim etgan. Podsho tarjima bilan tanishib chiqib, uni Dekan favjdori (Qozi kaloni), isteododli yozuvchi Mu’ammad Afzal Buxoriyning (1651 yoki 1652 yili vafot etgan) qo’liga tutqazib, Sharafuddin Ali Yazdiyning (1454 yil vafot etgan) mash’ur “Zafarnoma” asariga solishtirib kamchiliklari bo’lsa, tuzatib, ‘attot va muarri’lari o’zidan qo’shgan ortiqcha joylari bo’lsa o’chirib tashlashni buyurgan. “Temur tuzuklari”ning bizgacha yetib kelgan qo’lyozma va toshbosma nusxalari o’sha Mir Abu Tolib al-Xusayniy at-Turbatiy tarjimasi asosida yaratilgan.
“Temur tuzuklari”ning matni, tadqiqot va zarur ilmiy izo’lar bilan 1783 yilda Angliyada, 1785 va 1891 yida ‘indistonda, 1868 yilda eronda chop etilgan. Asar ja’on tillaridan: fransuz (1787), ingliz (1830), urdu (1845), rus (1849,1834) va eski o’zbek (1835,1857 lekin to’liq bo’lmagan ‘olda) tillariga tarjima qilinib nashr qilingan.
“Temur tuzuklari”da mamlakatni adolatli boshqarish vazirlar, ‘okimlar, amirlar va davlatning katta-kichik barcha mansabdorlari maonaviy qiyofasi, ish yuritish tartibi ‘alqqa munosabati qanday bo’lishi kerakligi oynadek qilib belgilab qo’yilgan. "Tuzuklar"da shunday fikrlar bor: “davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan ‘olda boshqardim. To’ra va tuzukka tayanib, saltanatda o’z martaba va maqomini musta’kam saqlab turdim. Amirlar, vazirlar, sipo’, raiyat ‘ar biri o’z lavozim va martabasidan mamnun ‘olda xizmatimda bo’lib, undan ortig’iga davogarlik qila olmadi”.
Yana eng mu’im fikr: “yech kimga g’azab bilan qattiq muomala qilmadim va yech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning g’azabiga duchor bo’lmayin va ishimni buzib, ‘olimni tang qilmasin deb”. ‘ar ikkala fikrdan Amir Temur davlati qanday qonunlar asosida idora qilinganligini bilib olish qiyin emas. Amir Temurning davlat idora usuli “Kuch adolatdadir” shiori asosida olib borilgan. Mu’taram Prezidentimiz Islom Karimov, “Adolat kuchda emas, kuch adolatdadir”, degan shior Amir Temur saltanatining barcha ‘ududlarida birday amal qilib, a’loqiy maonaviy mezonga aylandi” - degan edilar. (1996 yil 18 oktyabrda) Temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi marosimida so’zlagan nutqlarida.
Amir Temur o’zining “Tuzuklari”da, “Qay bir joydan bir g’isht olsam, o’rniga o’n g’isht qo’ydirdim, bir daraxt kestirsam, o’rniga o’nta ko’chat ektirdim deb yozishining o’zi naqadar adolat bilan boshqarganligidan dalolat beradi.
Amir Temurning buyuk tarixiy shaxs sifatida ‘amda uning davlatchiligi tarixi o’tmish tarixchi olimlari tomonidan chuqur o’rganilgan, bugungi kunda ‘am o’rganilmoqda, bundan buyon ‘am turli fanlarga o’rganish ilmiy maydoni bo’lib xizmat qiladi. Sababi, ‘ali o’rganilmagan tarixiy ildizlari ‘isobsizdir.
“Temur tuzuklari” xususida, uning tadqiq qilinishi ‘aqida qisqacha to’xtab o’tdik. Endi uning davlatchiligi tarixi ja’on tarixchi olimlari tomonidan qanday o’rganilganligi to’g’risida fikrlarimiz quyidagicha.
Shaxsan Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbuslari bilan xalqimiz o’zining ulug’ allomalari, davlat arboblari, tariximizda shonli iz qoldirgan ajdodlarimizga ‘urmat bajo keltirilmoqda.
1996 yilning “Amir Temur yili” deb eolon qilinishi, o’sha yili 23-26 oktyabrp kunlari xalqaro nufuzli tashkilot YuNESKO tomonidan “Amir Temur va uning ja’on tarixidagi o’rni” mavzuidagi xalqaro konferensiyaning tashkil qilinishi ‘amda o’tkazilishi fikrimizning dalilidir. Konferensiya ishiga Amerika, Angliya, Fransiya, Germaniya, Xitoy, Misr, Pokiston, eron, Afg’oniston, Turkiya va yana dunyoning qator mamlakatlaridan olimlar, me’monlar tashrif buyurishib, bobomiz Amir Temurga o’z e’tiromlarini iz’or etdilar.
O’zbek xalqi qatori butun dunyo xalqlari tomonidan So’ibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligini keng nishonlashlari xalqimiz fan va madaniyatiga, tarixiga chuqur e’tiromidir.
Mavzumizni Mu’taram Prezidentimiz Islom Karimovning Amir Temur bobomiz ‘aqida aytgan quyidagi ajoyib fikrlari bilan mu’tasar qilmoqchimiz: “Davlatchiligimiz asoslarini yaratib ketgan Temur bobomiz g’ayrat-shijoati, yuksak aql-zakovati, tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga ‘amisha ibrat namunasi bo’lib qolgusidir. Biz u zoti oliydan ‘amisha ru’iy madad olamiz”.

20-mavzu: Sharq Taronalari festivali va uning ahamiyati


Reja:
1. Musiqa san’ati jahon xalqlarining ma’naviyat manbai.
2. Samarqand - jahonshumul musiqiy anjumanlar markazi sifatida.
3. Sharq taronalari» musiqiy anjumanining tashkil etilishi va uning o’smir-yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti uchun behisob hurmat va e’tiborga molik inson Islom Abdug’aniyevich Karimovning tashabbusi bilan hamisha navqiron, go’zal Samarqand shahrida - Registon maydonida olamshumul musiqa bayramini har ikki yilda bir marta o’tkazish xalqaro hamkorlik masalalarida zaruriy voqyeylikka aylandi desam mubolag’a bo’lmaydi.


«Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivali kunlari o’tkazilayotgan konsertlar, ilmiy-ijodiy uchrashuvlar, anjumanlar va tanlovlar turli davlatlardan kelgan musiqashunos olimlar uchun boy va samarali muloqotga aylandi.
Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda, biz bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini «Xalqaro «Sharq taronalari» musiqiy anjumani yoshlar tarbiyasida» deb nomladik.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov xalqimizning ma’naviyati, madaniyati, haqiqiy tarixi, milliy qadriyatlari qayta tiklashi va ularni zamonaviy ruh bilan boyitib borishini jamiyatimizni yangilash hamda taraqqiy ettirishdagi muhim omil, deb baholadilar.
Mamlakatimizda madaniyat sohasidagi hamkorlikka hamisha katta e’tibor beriladi. Binobarin har qanday madaniyat jumladan musiqa boshqa davlat va mamlakatlar madaniy merosi bilan bog’lanmay turib rivojlana olmaydi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Sharq taronalari» Xalqaro musiqiy festivalini o’tkazish tashabbusi bilan chiqqani ham bejiz emas. Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Yunesko va xalqaro musiqiy kengash ishtirokida o’tkaziladigan bu festival Sharq xalqlari uchun haqiqiy musiqa bayramidir. Bizning mamlakatimizda o’tkazilayotgan bu san’at bayrami ham bir inson qalbida ko’tarinkilik va mag’rurlik hislarini uyg’otadi.
«Sharq taronalari» boy madaniyatli xalqimizning qadriyatlari, buyuk o’tmishi va porloq kelajagining rangin ohanglari, sadolari bo’lib qalbimizda muhrlanib qoladi.
Dunyoningko’ngligasen berdihayot, Ruhingdan Ona-sharq yaraldi bayot, Kuylamoq shavqida mohir o ‘zingsan, Hofizo’zingdirsan, shoir o’zingsan.
«Sharq taronalari» - Xalqaro musiqa festivali mustaqil Vatanimizning jahon uzra taratayotgan erk va ozodlik navolaridir. Erkin va farovon hayot, fayz-tarovat va go’zal navolar og’ushida boshlanib, bir hafta davomida mavj urajak anjuman, mamlakatimiz - qadim Samarqandimiz hayotida o’chmas iz qoldiradi.
Festival jarayonida xalqimizning turmushi, urf-odatlari, an’ana va marosimlari namoyish etiladi. Eng muhim mehmonlar mustaqil O’zbekistonimizda amalga oshirilayotgan buyuk o’zgarishlar bilan tanishadilar. Xalqimizning o’tmishi, yuksak madaniyati, boy ma’naviyati, urf-odatlari, an’ana va marosimlaridan voqif bo’ladilar.
Sharq xalqlarining betakror milliy musiqasi va qo’shiqlarini keng miqyosda targ’ib etish, milliy an’analarni saqlash, yosh avlodda san’atga bo’lgan muhabbatni tarbiyalash, xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash hamda ijodiy hamkorlik va madaniy-ma’naviy aloqalar doirasini kengaytirish - «Sharq taronalari» festivalining asosiy maqsadidir.
Go’zal Samarqandimizda har ikki yilda o’tkazilib kelinayotgan bu anjuman dunyo xalqlarining san’atlarini, turli millat vakillarini musiqiy ohanglar vositalari bilan birlashtirdi. Chunki bu festivalda jahonning ko’plab mamlakatlaridan san’at namoyondalari, mashhur xonanda va sozandalar qatnashadilar. Bu kabi tadbirlarda san’atkorlarning o’zaro tajriba almashuvlari uchun keng imkoniyatlar tug’iladi.
Har bir ijrochi, ijodkor uchun festival o’zgacha alohidalik kasb etgan. Festival konsertlarida yangragan rango-rang sharq kuy-qo’shiqlaridagi nolalar har bir tinglovchining qalbiga birday yetib boradi. Bu nolayu ohanglar goh shiddatkor jo’shqin tezkor bo’lsa, goh g’amgin, sokin, o’ychandir. Tinglovchi qalbining tub­tubiga yetib borib odamlar dilini poklab ularni ruhan yuksaltiradi. Rang-barang sharq musiqiy guldastasi ichida o’zbek ijrochiligini maktabi alohida o’rin tutadi. Festival dunyo madaniyatiga ma’naviy ozuqa berib, umumbashariy qadriyatlarga munosib hissa qo’shayotir. Jahon jamoatchiligi qalbidan munosib joy olgan ushbu Xalqaro anjuman yangi tashabbuslarga ya’ni, dunyo miqyosida sharq musiqasiga bag’ishlangan ko’plab anjumanlarning tashkil etilishiga ham turtki bo’lmoqda.
Uning Yunesko boshchiligida o’tkazilayotganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Ushbu festivalning har safar milliy musiqa san’atimizning muayyan yo’nalishiga bag’ishlanishi unga yanada jozibadorlik, o’ziga xoslik bahsh etadi.
Ma’lumki, inson hech qachon kuy, qo’shiqsiz yashay olmaydi. U tug’ilganimizdanoq jonga tutash bir umr hayotimizga sherik bizga hamroh yaxshilik, tinchlik, do’stlik elchilari, jangchilari sifatida yo’llarni yo’llarga, ellarni ellarga, dillarni dillarga bog’laydi, elu-elatlarni tinchlik, totuvlik va birodarlikka chorlaydi. Mana shunday ijobiy fazilatlarga yetaklovchi, chorlovchi bunday katta imkoniyat xalqaro tanlov dunyo sivilatsiyasini asosiy markazlaridan sanalgan Samarqand shahrida o’tkazilishi barcha O’zbekistonliklarning qalbida g’urur fahrini soladi.
Samarqand - jahonshumul musiqiy anjumanlar markazi sifatida.
Samarqand - dunyo tanilgan shahar. Uning bag’rida ne-ne olimu donishmandlar, shoiru shuarolar, musiqashunos-rassom va arboblari yetishib chiqqan, ijod qilgan. Asrlar osha sayqal shaharda badiiy an’analar, musiqa san’ati saqlanib rivojlanib kelgan.
Xususan shaharning o’ziga xos musiqa san’atini maqomlar, marosim qo’shiqlari, asbobli kuylar, dostonlar, qarsak va ashula bezab turgan. Ularni xalq orasidan yetishib chiqqan musiqachilar, qo’shiqchilar, hofizlar va baxshi-shoirlar ijro etishgan. Abduqodir Marog’iy, Abdurahmon Jomiy kabi bastakor, olim-nazariyachilar, shuningdek, qo’shiqchi va bastakor Hoji Abdulaziz Abdurasulov xalq baxshilari Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan shoir, Islom Shoirlar bu borada Samarqand obro’siga obro’ qo’shganlar.
1997 yildan buyon Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o’tkazilishi barobarida yana jahon hamjamiyati diqqat-e’tiborini o’ziga tortdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqand yuragida - Registon maydonida olamshumul musiqa bayramini o’tkazish xalqaro hamkorlik masalalarida zarur madaniy voqelikka aylandi. Festival doirasida turli xalqlar ijrochilari, musiqa sohasi ijodkorlari, shuningdek olimlar o’rtasida ijodiy aloqalar o’rnatish imkonini bergani diqqatga sazovordir. Qolaversa, bu tadbir turli qit’alarda bir vaqtda bo’lib o’tayotgan musiqiy jarayonlarni muvofiqlashtirish imkonini ham berdi. Jahonning 60-ga yaqin mamlakatlari, jumladan, Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrika davlatlari musiqashunoslari va qo’shiqchilarining ishtiroki festivalning ahamiyatini yanada oshirishga shubha yo’q.
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali kunlarida o’tkazilayotgan konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, anjumanlar va tanlovlar turli davlatlardan kelgan musiqashunoslar uchun boy va samarali muloqotlarga aylanmoqda.
«Sharq taronalari» musiqiy festivalining O’zbekistonda, aynan Samarqandda o’tkazilishiga asos bor deyiladi Prezidentimizning tabrik so’zida, - chunki,
Samarqand jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri hisoblanadi. Turli davrlarda Amir Temur, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug’bek, Xo’ja Axrori - Vali, Qozizoda Rumiy, Sharofiddin Ali Yazdiy, Davlatshoh Samarqandiy, Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa o’nlab, yuzlab ulug’ insonlar bu yerda yashaganlar, bo’lganlar, davlatni boshqarganlar va ijod qilganlar. Samarqand asrlar osha turli xalq va madaniyat vakillarini tutashtiruvchi qo’rg’on vazifasini o’tagan.
«Sharq taronalari» festivalini o’tkazishdan maqsad Sharq xalqlarining takrorlanmas milliy kuy va qo’shiqlarini keng ommaga yetkazish, yosh avlodni san’atga, ayniqsa musiqaga mehr qo’yib tarbiyalashdek ezgu an’analarni asrash, do’stlikni va xalqlar o’rtasidagi ijodiy hamkorlikni mustahkamlash, ularni madaniy aloqalar doirasida kengaytirishdir.
Songgi yillar davomida Respublikamizda madaniy aloqalar doirasida hamkorlikka katta ahamiyat berilmoqda. Zero, musiqiy madaniyat boshqa davlat va xalqlarning madaniy merosi aralashuvisiz rivojlana olmaydi. «Sharq taronalari» festivalining ikki yilda bir marta - avgust oyi oxirida o’tkazilishi, musiqiy ijodiyot doirasidagi erishilgan yutuqlarning keng almashuviga hamda o’zbek (Sharq) an’anaviy musiqasi bilan tanushuviga ko’mak beradi. Shu bilan birga, u zamonaviy jahon musiqa madaniyatining yangi yutuqlarini namoyish etadi.
Festival ish tartibi uch yo’nalishdagi ijro tanlovi va konsertlarni ichiga oladi. Jumladan, xalq, an’anaviy qo’shiqchilik (milliy qo’shiqlarni eng yaxshi ijrosi tanlovi): an’anaviy milliy musiqa (milliy Sharq an’analarini badiiy mujassamlashtirish) kabi tanlovlar o’tkaziladi.
Sharq musiqa ijrochilari festivali sifatida tashkil etilgan ushbu anjuman endilikda barcha qit’a musiqa san’ati ustalarini birlashtiradi.
Darvoqea, festival doirasida «Milliy qo’shiqlarning eng yaxshi ijrochisi» tanlovi ham o’tkazilmoqda. Qatnashchilar o’z milliy musiqa san’ati ijodiyotidan eng saralarini namoyish etishadi. Tanlov qatnashchilari ijrosini xalqaro hakamlar baholaydi. Birinchi va ikkinchi bor o’tkazilgan festivalga Tokio universiteti professori Xoruma Koshiba (Yaponiya), uchinchi festivalga Seul universiteti professori yangisida Koreya musiqa akademiyasi prezidenti va shunga o’xshash chet davlatlar vakillari, hakamlar hay’ati a’zoligiga Yevropa, Osiyo va Amerika musiqa madaniyati vakillari ham taklif etilmoqda.
Hozirgi qo’shiqchilik san’ati o’zida turli ijodiy yo’nalishlar va uslublarni, jumladan, xalq qo’shiqlari, an’anaviy vocal janri, bastakorlik va kompozitorlik usulida qo’shiq yaratish, zamonaviy Estrada qo’shiqlari (jaz, pop va rok) ni o’zi ichiga olgan. Bular barchasi dunyo xalqlari o’rtasida o’zaro madaniy almashinuvlarni vujudga keltiradi.
Festival yakuniga ko’ra tashkilotchilar sahnada ijro etilgan eng yaxshi asarlarni o’zida mujassam etgan SD disk chiqarishi ko’zda tutilgan.
Olti asr burun buyuk Amir Temur Samarqandni dunyoning eng go’zal shaharlaridan biriga aylantirib, poytaxt qilgandi, uzoq safarlardan u nafaqat moddiy boylik, balki bebaho boyliklar-kitoblar, san’at asarlari hamda me’moru muhandislarni olib kelgan. Binobarin, ustalar mahalliy hunarmandlar bilan hamkorlikda betakror me’morchilik maktabini yaratgan.
Amir Temur o’z davlatida yaratuvchilik bilan dong taratdi. U rassomlar va shoirlar, olimlar hamda donishmandlarga alohida e’tibor qaratdi. Bu an’anani uning nabirasi Mirzo Ulug’bek ham davom ettiradi.
Bugungi Samarqand zamonaviy bir maromda rivojlanib Respublikamizning ikkinchi shahriga aylandi.
1997 yil Registon maydonida O’zbekistonning taniqli san’atkorlari ijrosida madhiya jarangladi - bu «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining ochilishidan darak bergandi. Madhiya musiqasining muallifi, asli Samarqandlik bo’lgan kompozitor Dilorom Omonullayevadir.
Mustaqillikka erishgach, O’zbekiston o’z kuch va imkoniyatlari bilan ma’naviy boyliklarni yanada rivojlantirish uchun harakat qilmoqda. O’tmish buyuk keljakni ko’rinmas rishtalar bilan bog’ladi. Unutilgan madaniyatimiz sarchashmalari - ulug’ olimlar, faylasuflar, donishmandlar nomlarini abadiylashtirish natijasida tarixiy ildizlar qayta tug’iladi. Ma’rifiy, madaniy an’analar qaror topadi.
Musiqa va qo’shiq - dunyoda tarjimasiz yagona san’at. Turli millat vakillari unnig vositasida bir-birlariga qalb izhorini ifoda etishadi. Samarqandga tashrif buyurgan san’atkorlar, festival mehmonlari bu aqidaning hayotiy ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilindi. O’tgan davr mobaynida festival xalqaro hamjamiyatda katta obro’, nufuzga ega bo’ldi. Zero, u orqali har bir millat va mamlakat o’z san’atini namoyish etmoqda. Festival xalqlar o’rtasida milliy san’at durdonalarini targ’ib etish vositasiga aylandi.
Musiqa san’atining necha ming yillar davomida odamlar qalbiga yuksak va beg’ubor tuyg’ularni jo etib kelayotgani, bu yorug’ olamni yanada munavvar etib ko’rsatuvchi ilohiy mo’jizaliligini barchamiz anglaganmiz. Milliy musiqamizni targ’ib qilish sohasida erishgan yutuqlarni namoyish etish, san’at olami yangiliklaridan jahon musiqa ixlosmandlarini bohabar qilish maqsadida o’tkazilib kelayotgan ushbu festivalning nufuzi yil sayin ortib borayotir.
Xalqaro madaniyat olamida katta yangilik bo’ladigan bu tadbirning Samarqandda o’tkazilayotgani tilaklar va maqsadlar mushtarakligidan dalolatdir. San’atsevar Sharq xalqlari azal-azaldan eng ezgu umidlar bilan shu ko’hna zaminga intilib kelganlar. Samarqand tuprog’i ko’plab xalqaro simpozium, konferensiya va festivallarning guvohi bo’lgan.
«Sharq taronalari»dek go’zal va nufuzli anjumanning dunyoda muqaddas sanalgan 5ta shaharlaridan biri bo’lgan qadim Samarqandimizda o’tkazilishi bejis emas. Chunki o’zining rang-barang o’tmishi va madaniyatiga ega bo’lgan Samarqand musiqa san’atining teran ildizlari uzoq asrlar qa’riga borib tutashadi.
Qadimiy Sug’diyonaning musiqa san’ati chuqur ildizlarga ega ekanligini o’sha davrlarda bu yerga tashrif buyurgan sayyohlar, elchilar ham ta’kidlab o’tdilar.
Masalan, VII asrlarda Samarqandga tashrif buyukrgan budda monaxi o’z xotiralarida «Bu shaharning xalqi kuy-qo’shiq va sayillarni sevadi, ularning har xil musiqa asboblari bordir» deb yozgan edi.
Sug’diyonaning yuksak musiqa san’ati VII-VIII asrlarda bu yerga kelgan arablarga ham yoqib qolgan. Arablar Sug’dlarning ko’pgina musiqa asboblarini o’zlashtirib olganlar. O’rta asrlarda Yevropa xalqlari orasida juda mashhur bo’lgan Lyutnya nomli musiqa asbobining vatani ham aynan Sug’diyona - Samarqand ekanligini dunyo olimlari tan olgan. Sug’diyonada mashhur bo’lgan cholg’u asboblarining shohind dastlab arab mamlakatlariga o’tdi, so’ngra arablar orqali Yevropaga tarqalib Lyutnya nomi bilan mashhur bo’lib ketdi.
Xitoylik olimlarning fikrlaricha hozirgi Xitoydagi ayrim musiqa asboblari Sug’diyonadan borib qolgan va Xitoyliklar tomonidan shu darajada qabul qilinganki, bu asboblari Xitoyliklar uchun keltirilganligiga ko’plchilik ishonmaydi ham.
O’tmishni unutgan xalqning kelajagi bo’lmaydi. O’zbek xalqining esa o’tmish madaniyati boy. Mustaqillik sharofati bilan bu umrboqiy qo’shiqlar, qadriyatlarimiz xalqimizga qaytdi. Yanada e’zozlanib, sayqallanib borayotir. Folklor qo’shiqlarimiz ham ana shunday ardoqli qadim san’atlarimizdan biridir.
«Sharq taronalari» IV Xalqaro musiqa festivali munosabati bilan Akmal Ikromov nomidagi O’zbekiston xalqlari madaniyati tarixi muzeyida o’zbek musiqa san’ati ko’rgazmasi tashkil etildi.
O’zbek musiqa san’ati va cholg’u asboblari o’zining boy o’tmishi va tarixiga ega - deydi muzey direktori No’mon Mahmudov - ko’rgazmani tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad ham san’atimiz tarixi bilan festival mehmonlarini tanishtirishdan iborat. Ko’rgazmada O’zbekistonlik ustalar tomonidan yasalgan nay, rubob, dutor, g’ijjak, qo’biz singari musiqa asboblari namoyish etiladi. Bundan tashqari ko’rgazmadi XX asrning 30-40 yillarida mashhur hofizlar domla Halim Ibodov, Gabriel Mullaqandov tomonidan mahorat bilan ijro etilgan o’zbek mumtoz qo’shiqlarining magnit tasmasi qo’yiladi. Shuningdek, Samarqandda bo’lib o’tgan barcha musiqa festivallari tarixi aks etgan fotosuratlar, dasturlar namoyish etildi.
Qisqacha aytganda ko’rgazmada o’zbek xalqi ma’naviy merosining barcha qirralari aks etgan. Bu ko’rgazma vaqtida bu yerga tashrif buyurgan barcha dunyo vakillari bizning ma’naviy merosimizdan bahramand bo’ldilar. Kundan-kunga rivojlanib, gurkirab borayotgan mustaqil O’zbekistonimiz qadim Samarqandimizda bo’lib o’tadigan ushbu «Sharq taronalari» Xalqaro musiqiy festivali o’zbek madaniyati, milliy urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlarini dunyo xalqlariga namoyish etishda keng imkoniyatlar yaratadi. Bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan musiqa san’atimizni yanada yuksak cho’qqilarga ko’tarilishiga yangicha zamonaviy ohanglar bilan boyitishga xizmat qiladi. Shunday musiqiy anjumanning boshqa mamlakatda emas, faqatgina bizning mamlakatimizda go’zal va hamisha navqiron Samarqandimizda bo’lib o’tishi g’urur bilan ta’kidlamog’imiz joizdir.
«Sharq taronalari» IV Xalqaro musiqa festivaliga tashrif buyurgan Avstriyalik Norimon Hujjati o’zining Samarqand to’g’risidagi taassurotlarida shunday degan edi:
- Men Eronda tug’ilib o’sganim uchun Markaziy Osiyo, xususan, Samarqand qalbimga nihoyatda yaqindir. Mening nazarimda, bugungi O’zbekiston bokira va butunlay yangi bir dunyo. Samarqandning havosi toza, odamlari samimiy, to’g’riso’z. Tabiati esa nihoyatda so’lim. Bu menga yaxshi ta’sir qildi, ko’nglim yayradi. Menga qolsa, jon deb Samarqandda yashagan bo’lardim. Meni umuman olganda, O’zbekistonda yashayotgan turfa xalqlarning totuvligi, o’zaro inoqligi hayratga soldi. Bundan dunyoning turli burchaklaridagi boshqa xalqlar ibrat olsa arziydi. Men bu jihatlarning festival kunlari yaqqol namoyon bo’layotganini ko’rib quvondi.
«Sharq taronalari» IV Xalqaro musiqa festivali hakamlar hay’ati a’zosi Oqoyi Murtazo Varinshoh ham Samarqand to’g’risida shunday fikrlar bildirgan edi - «Ushbu festivalning qadim va navqiron Samarqand shahrida o’tkazilayotganidan mamnunman. Men ko’plab xalqaro festivallarda ishtirok etganman, yer yuzining gavhari bo’lgan Samarqandning yuragida joylashgan Registon maydonida o’tkazilayotgan ushbu festival juda jozibalidir».
Do’stlikni, inoqlikni, millatlararo totuvlikni behad qadrlaydigan jojajon O’zbekistonimizning har bir fuqarosi qalbida o’zga millat vakillari aytgan ushbu fikrlar g’ururlanish, faxrlanish tuyg’ularini vujudga keltiradi. Darhaqiqat, biz yoshlar ayniqsa shunday go’zal, maqtovga arzigulik serquyosh Vatanda yashayotganimizdan, shunday mamlakatning farzandi ekanligimizni yuksak iroda, faxr bilan ta’kidlamog’imiz, xalqimizning urf-odatlari, ma’naviy merosini asrab-avaylamog’imiz lozim.
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali ana shu baynalmilal ruhiyatning yorqin namoyishidir va mamlakatimizning ulkan salohiyati, xalqimizning boy ma’naviyati va san’atga dunyo xalqlarining, xususan, san’at ahlida yuksak ehtirom ifodasidir.
Janubiy Koreya Respublikasi musiqa akademiyasi prezidenti jano Kim Shin
Van:
«Samarqand - dunyoning yulduzsifat shaharlaridan biri, ta’bir joiz bo’lsa, ularning eng yorqini va nurafshonidir. Tarixdan yaxshi bilamiz, bu shahar ma ‘rifat, madaniyat va ezgulik beshigi sifatida ham ma’lum va mashhurdir.
Mumtoz san’at bayrami aynan shu maskan, Registon majmuasida o’tkazilmoqda. Ezgulik qo’shiqchilik mahorati tanloviga bu qadar katta e’tibor berayotgan O’zbekiston xalqi va uning yurtboshisi I.A.Karimov janobi oliylariga cheksiz hurmatimni bildiraman» - deb Samarqand to’g’risida o’z fikrlarini bildirgan edi.
Ushbu «Sharq taronalari» festivalining o’tkazilishi musiqiy madaniyatimizni rivojlantirishda juda muhim o’rin tutadi. Ushbu festivalni Samarqand shahrida o’tkazilishi nur ustiga a’lo nurdir.
«Sharq taronalari» musiqiy festivalining aynan Samarqandda bo’lib o’tayotgani har bir tinglovchi ishtirokida har bir tomoshabin uchun taqdirning sovg’asidir. Mazkur qadimiy shaharning betakror ko’rinishi uning arxitektura yodgorliklari buyuk bir tarixning guvog’i o’laroq - musiqani nozik qabul qilish, uning manbalarini chuqur anglab yetish, inson qalbini yashovchanlik bilan boyitish kabi hislarni uyg’otuvchi o’ziga xos ruh bag’ishlaydi.
Ko’hna tariximizdagi ne-ne buyuk va unutilmas voqealarning guvohi bo’lmish bu muazzam shaharda bo’lib o’tadigan ushbu san’at anjumani millatlar va insonlar qalbiga azaldan yashab kelayotgan ezgulik va nafosatga intilish tuyg’usini, bugungi kunda turli xalqlar sivilizatsiyalari o’rtasida o’zaro muloqot, hamkorlikka bo’lgan ehtiyojning nechog’lik katta ekanini yaqqol namoyon etib turadi.
Samarqandning musaffo osmoni, moviy gumbazlari ostida o’tadigan ushbu nafosat bayram san’atni teran tushunadigan, san’atkorni yuksak qadrlaydigan xalqimiz vakillari bilan bo’ladigan muloqotlar, uchrashuv va suhbatlar insonlarda o’chmas taassurot qoldiradi.
Darhaqiqat, Samarqand shahri - O’zbekiston yuragi deya e’tirof etilishi bejiz emas. Shuningdek, Samarqand shahonshumul musiqiy anjumanlar markazi deb ham ta’kidlanadi. Hammamizga ma’lumki, Samarqand azaldan ilm, fan, madaniyat markazi sifatida butun dunyoga shuhrat qozongan va bugungi kunda ham shuhrati keng qanot yechib kelmoqda. Hurmatli Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan 1997, 1999, 2001, 2003, 2005, 2007, 2009,2011,2013, va 2015-yillarda 10 marotaba o’tkazildi.
«Sharq taronalari» musiqiy festivali, 1978, 1981, 1984, 1987-yillar davomida «Uzoq va Yaqin Sharq xalq og’zaki ijodiyoti va zamonaviylik» mavzularida xalqaro simpoziumlar Samarqandimizni yana ham butun dunyoga dog’ini taratgan va bu an’analar hozirgacha davom etib kelmoqda.
Xalqimiz tomonidan yaratilgan xalq musiqiy ijodiyotini Samarqandliklar XX asr II-yarmisida laparchi Qurbonxon va undan keyin Hoji Abdul Aziz Abdurasulov, Gavriyel Mullaqandov, Hoji Tamtam, Tolmasovlar avlodlari, Sharifjon Akramovlar davom ettirib bu tabarruk ustozlarning musiqiy san’atlarini hozirda ko’zga ko’ringan san’atkorlar ijro etib butun dunyo tinglovchilariga va xalqimiz e’tiboriga havola etmoqdalar. Jahon shumul anjumanlarda ubu ustozlarimizning ijodini yuqori saviyada anjuman ishtirokchilariga ijro etadilar.
Bularning musiqiy ijodiyotini namoyish etibgina qolmasdan ma’naviy merosimizni rivojlantirishda ham hissa qo’shadilar va ma’naviy merosimiz durdonalari bilan butun dunyo ahlini tanitadilar.
Abadiy go’zallikka chulg’angan ko’hna va hamisha navqiron Samarqandga bayramlar yarashadi
2. «Sharq taronalari» musiqiy anjumanining tashkil etilishi va uning o’smir-
yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni.
O’zbek xalqi qadimdan o’zining boy musiqiy merosi, ma’naviy qadriyatlariga ega bo’lib kelgan. Bu bisot turli yo’nalish va janrlarda allomalarimiz yaratgan musiqiy risolalar, qo’lyozmalar, yaratilgan cholg’u asboblari, qo’shiq, kuy, baxshichilik, usta shogirdlik an’analari, to’y marosimlari, turli an’anaviy yig’inlar, bayramlar, sayillar va boshqa elning yaxshi-yomon kunlarida kuylanadigan ashulalari chalinadigan cholg’u kuylari tarzida o’z ifodasini topagan. Bu qadriyatlarni xalqimizning hozirgi kundagi avlodiga yetkazish, uning ongiga singdirish, uning ma’naviy ehtiyojiga aylantirish, ularni bu yo’nalishda ma’naviy kamolotga erishtirish uchun bir qancha festivallar, anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, tanlovlar o’tkazilib kelinmoqda. Shunday festivallardan biri «Sharq taronalari» musiqa festivalidir.
«Sharq taronalari» nafaqat o’zbek milliy musiqa madaniyatimizni, balki butun dunyo musiqa madaniyatini rivojlantirish yo’lida xizmat qiladi. Chunki «Sharq taronalari» festivalida butun dunyo musiqa merosining durdona asarlari kuylanadi.
Musiqa ming yillar mobaynida insonlar qalbini ezgulikka chorlab kelmoqda. U jahon madaniyatini boyitib, umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga munosib hissa qo’shadi. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festival ajoyib qo’shiq namunalarini namoyish etib, yosh avlodga xalq musiqasiga bo’lgan muhabbatni tarbiyalashga xalqlar o’rtasidagi madaniy va ma’rifiy aloqalarni, mushtaraklikni mustahkamlash va kengayishiga olib keladi. Musiqa eng ta’sirli va eng ommaviy ozuqa vositasidir. Musiqa ayniqsa, o’smir yoshlarda vatanparvarlik hissini, mardlik, qat’iylik, mehribonlik, insonparvarlik singari ma’naviy sifatlarni shakllantirishda ta’sirchan vosita bo’lib xizmat qiladi. Yorqin jozibador hamda chuqur mazmunga ega bo’lgan kuy va qo’shiqlar yoshlarda ona-Vatanga muhabbat, mehr-oqibat va mehnatni sevish kabi ajoyib fazilatlarni tarbiyalashda yordam beradi.
Xalqaro musiqiy anjumanlarni tashkil etish va o’tkazish yoshlar tarbiyasida alohida ahamiyatga ega. Chunki, ko’pgina o’smir-yoshlar jahon xalqlari musiqalariga qiziqishadi. Ushbu «Sharq taronalari» musiqiy anjumanida esa faqat milliy musiqalar ijro etiladi. Festivalning musiqalarini tinglagan o’smir-yoshlar jahon xalqlarining milliy musiqalari bilan tanishadilar. Festivalda rang-barang yo’llarda ijro etilgan kuy-qo’shiqlar yangraydi. Xitoy, Hindiston, Eron, Indoneziya, Turkiya, Isroil, Bangladesh, Malayziya, Pokiston, Misr, Koreya Respublikasi, Mongoliya, Vetnam hamda yaqin qo’shnilarimiz Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon va boshqa xalqlarning qo’shiqlari, ular bilan bir qatorda turli xalqlarning ajoyib milliy liboslari va milliy cholg’u asboblari namoyish etiladi.
«Sharq taronalari» festivali bizga shuning uchun ham qadrliki, unda faqat milliy qo’shiqlar jonli ovozda ijro etiladi. O’smir-yoshlar esa jahon xalqlarining milliy madaniyatidan voqif bo’ladilar. Shu bilan birga o’z milliy madaniyatimizni e’zozlashni, qadrlashni o’rganadilar. «Sharq taronalari» kabi xalqaro festivallar o’smir-yoshlarimiz qalbida Vatanga bo’lgan muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik kabi his-tuyg’ularni milliy ma’naviyatimizga bo’lgan hurmatni oshiradi. Chunki biz dunyo xalqlariga o’zbek milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimiz, mehmondo’stligimiz, o’zligimizni namoyish etamiz.
Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «Yangi asr, yangi ming yillikka asrab-avaylab olib o’tilgan noyob boylik - insoniyat tafakkurining buyuk mo’jizasi bo’lgan «Sharq musiqiy merosi odamlar qalbida ezgulik, birodarlik, mehr-shavqat tuyg’ularini kamol toptirishga xizmat qilishi shubhasiz». Yurtboshimiz asos solgan har ikki yilda bir marta bo’lib o’tayotgan mashhur festival ulkan ulug’ bir maqsad yo’lida xizmat qilayotir. Birinchidan, o’zbek mumtoz musiqa madaniyatini jahonga tanitmoqda. Ayni paytda ega dunyo musiqa madaniyati bilan xalqimizni oshno etmoqda. Shuning uchun ham Yunesko bu anjumanni o’z rahnamoligiga olgan. Bugun xalqaro hamjamiyatga festivalning o’z o’rni bor. U xalqaro munosabatlarda birodarlik va do’stlikni targ’ib etuvchi vositadir. Yosh musiqashunos Iroda G’aniyeva: «Musiqa, avvalo, xalqlarni birlashtiradi. Qolaversa, mana shunday ajoyib anjumanlar tufayli yoshlarning milliy san’atimizga bo’lgan mehru-e’tibori yanada oshadi», deya musiqa san’atining inson kamolotiga tutgan roli haqida fikr bildirgan edi. Darhaqiqat, musiqa o’smir-yoshlar tarbiyasida muhim o’rin tutadi.
Musiqaning milliyligi millatning ruhi ichki dunyosining aks etganligi nur ustiga a’lo nurdir.
2003 yilda bo’lib o’tgan «Sharq taronalari» IV xalqaro musiqa anjumanida sahnaga Olmoniyalik mehmonlar chiqib kelishdi. Dastlab o’zbek xalq kuyi yangradi. Daniel Mitxen rubobda bu kuyni shunday qiyomiga yetkazib chaldiki, beixtiyor o’ylanib qoladi kishi: xorijliklar bizning milliy qo’shiqlarimizni, kuylarimizni o’rganib, uni katta zavq bilan ijro etayotgan, milliy qo’shiqchilik san’atimizga dunyoda e’tibor nihoyatda oshayotgan bir paytda bizning ayrim yosh xonandalarimiz she’ri sayoz, mujmal ifodalar bilan to’lib-toshgan narsalarni qo’shiq qilib kuylayotgani kishini ajablantiradi. Yengil-yelpi qo’shiqlar o’smir-yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Yoshlarimiz milliy madaniyatimizdan uzoqlashib, chet el qo’shiqchilik yo’nalishi bilan aralashib ketgan allaqanday faqat shovqin, taraqa-turuqdan iborat qo’shiqlarni tinglashi, milliy o’zligini unutish, ma’naviyatimiz urf-odatlari, an’analarimizdan yiroqlashish kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Millat kelajagi yoshlar qo’lida ekan, demak, biz o’zligimizni, buyuk bobokalonlarning avlodlari ekanligimizni anglab, milliylikni qalbimizga jo etib harakat qilmog’imiz lozim.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov tashabbusi bilan o’tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festival madaniyatimizni yanada chuqur o’rganish va yuksaltirishga, milliy san’atimizni jahon miqyosida keng targ’ib etishga, yoshlarimizga, ularning tarbiyasiga ta’sir etuvchi yana bir ulkan e’tibor namunasidir.
Mustaqil O’zbekistonimizda xususan Samarqand shahrimizda ro’y berayotgan mana shunday ijobiy o’zgarishlardan kelib chiqib yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasini yanada takomillashtirish maqsadida biz o’zimizning ilmiy-tadqiqot ishlarimizni dolzarbligini yana bir marta guvohi bo’ldik.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bizning musiqa san’atimiz o’zining boy va rang-barang o’tmishiga egadir. Ammo XX asrlarda musiqa san’atimiz ham milliy madaniyatimizning boshqa sohalari kabi og’ir davrlarni boshidan kechirdi.
Milliy musiqa san’atimizning rivojiga unchalik rag’bat ko’rsatilmadi. Tanbur, dutor kabi musiqa asboblaridan nafis ohanglari baxshilarimiz ijro etadigan dostonlarni anglashdan biroz mahrum bo’ldik. Ular estetik sarqitlari sifatida qaradi. Bir umidki, har ikki yilda qadimiy Samarqandda bo’lib o’tadigan «Sharq taronalari» xalqimizning bir necha ming yillik tarixiga ega bo’lgan musiqa san’atimizni yanada yuksak cho’qqilarga ko’tarilishiga yangicha, zamonaviy ohang bilan boyitishga xizmat qiladi.
«Sharq taronalari» festivalining qatnashchilari ijro etadigan barcha kuy-qo’shiqlarda Sharq musiqasining asl ijodiy yo’nalishga qaytish ko’zga tashlanadi.
Musiqa san’atining naqadar yuksakligini, insonga emotsional ta’sirini yurtboshimiz I.A.Karimov O’zbekiston davlat Konservatoriyasining ochilishi marosimida so’zlagan nutqida ham ko’ra olishimiz mumkin:
«Odamzod yozishni, chizishni, o’qishni bilmasligi mumkin, lekin shubha yo’qki, go’zal kuy, ohang va taronalarni hayotbaxsh ta’sirini sezadi» - degan edilar.
Musiqa til, millat farqlamaganidek, jahon xalqlarining ma’naviyat manbai hisoblanadi. Zero, musiqa jahon madaniyati, ma’naviyatini boyitib, umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga munosib hissa qo’shadi. Xalqlar o’rtasidagi madaniy va ma’rifiy aloqalarni, mushtaraklikni mustahkamlash va kengayishiga olib keladi. Zero, san’at sohasidagi hamkorlik xalqlar o’rtasidagi o’zaro do’stlik, hurmat va birodarlik rishtalarini mustahkamlashga hissa qo’shadi.
Ayni paytda navbatdagi 7-festival intiqlik bilan kutilmoqda. O’tgan festivallarga nazar tashlab shunday fikrga kelish mumkin, «Sharq taronalari» festivalining o’tkazilishini katta tarixiy ahamiyatga ega. Bu xalqaro musiqa festivalining o’tkazilishdan maqsad va davlatlarni yaqinlashtirish, do’stlik ko’priklarini mustahkamlash, Sharq mumtoz musiqasini avaylab-asrash, targ’ib qilish va rivojlantirish, balki, birinchi navbatda xalqimizda milliy g’ururni kuchaytirish, ma’naviyatimizni yanada yuqori ko’tarish, milliy o’zlikni anglash, millatning ma’naviy ildizlari naqadar chuqur, naqadar mustahkam ekanligini jahonga yana bir karra ko’rsatishdan iboratdir. Aminmanki, festival kunlari Registon maydonida hayratomuz darajada yangraydigan betakror Sharq ohanglari A.Temur, M.Ulug’bek, Bobur kabi buyuk bobokalonlarimizning pok ruhlarini shod etgay.
Chin do ‘stga lang ochiq qalb darvozasi,
Samarqand ushshog ‘i - «Sharq taronasi».
Istiqlol nuridan baxt koshonasi,
Muhabbat Vatani - chek ostonasi.
Musiqa - tinchlik elchisi. Dunyo xalqlari o’rtasidagi aloqalarni kuchaytirishda uning roli beqiyosdir. «Sharq taronalari» juda go’zal va o’xshashi yo’q anjumandir. Bu musiqa anjumani turli-tuman madaniyatlarni mujassamlashtiradigan betakror xalqaro madaniy tadbirdir. Sharq xalqlari musiqasi qalbdan chiqadi, unda ilohiy kuch bor. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali milliy qo’shiqchilik san’atimizni, qolaversa, butun jahon musiqa san’atini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarilishida naqadar nufuzli anjuman ekanligini namoyon etdi. Festival jahon ahlining o’zaro madaniy muloqotda bo’lgan hayoti ehtiyojini, har bir xalq, har bir millat ruhida azaldan yashab kelayotgan yaxshilik, go’zallik va nafosatga intilish hissini ro’yobga chiqarishda beqiyos vosita bo’lib xizmat qiladi.
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali - bashariyat tafakkurining buyuk xazinasi, insoniy va ma’naviy kamolot ramzi bo’lgan musiqa san’atini butun dunyoda targ’ib qilish, odamlarni nafosat va go’zallikka oshno etishdek oliyjanob faoliyatdir. Mazkur festival Sharq musiqasining nafaqat qadimiyligi, betakrorligi, ayni paytda nihoyatda dilga yaqin, qalb ummonlari bilan chambarchas bog’liq ekani, ta’sir kuchini ham namoyon etdi. Bir so’z bilan aytganda ushbu festival musiqaning jahon xalqlarini birlashtiruvchi vosita ekanini yana bir bor isbotladi. Kuy-qo’shiqlar turli tillarda yangrasa ham, dildan chiqarib ijro etildi. Demak, xalqlar turli tillarda so’zlashsalar ham dillar mushtarakdir. Faqatgina milliy musiqalar kuylanadigan bu festivalning o’tkazilishi musiqiy madaniyatimizni rivojlantirishda juda muhim o’rin tutadi. «Sharq taronalari» festivalida musiqiy merosimizning eng nodir asarlari kuylanadi. Ushbu festival Samarqandning Registon maydonida o’tkazilishi nur ustida a’lo nurdir. «Sharq taronalari» festivali bizga yana shuning uchun ham qadrliki, unda faqat milliy qo’shiq ijro etiladi. Bu yerda faqat millatning qadimiy ohanglari yangrab qolmay, qadimiy, milliy liboslar ham namoyish etiladi. Bunday festivallar jahnning boshqa mamlakatlarida yo’q. Odamlarni siyosat emas, ko’proq san’at birlashtiradi. Shuning uchun ham «Sharq taronalari» butun dunyoda katta dovrug’ qozonayotir.
Kelajakda ushbu festival doirasiga teatr, kino va shunga o’xshash Sharq xalqlarining mislsiz san’ati va madaniyatini jahon uzra ko’z-ko’z qiladigan sohalari ham qo’shiladi, deb umid qilaman.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent. Ma’naviyat, 2008 yil.
2. Karimov I.A. «Bolalar musiqasi va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo’yicha 2009-2014 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturini tayyorlash to’g’risidagi chora-tadbirlar». Farmoyish. Toshkent, 2008 yil.
3. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, 1999 yil.
4. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar - taraqqiyot omili. Toshkent. O’zbekiston, 1995 yil. 21-25 betlar.
5. Mavlonova R., To’rayeva O. Pedagogika. Toshkent. O’qituvchi, 2005 yil.
6. Matyoqubov O. Shashmaqom saboqlari (ikki qism). Toshkent, 2005 yil.
7. Matyoqubov O. Dodekagramma. Toshkent. Istiqlol, 2005 yil.
8. Mirzayev L., Shukurov H. Sharq taronasi - yurt shodiyonasi. Samarqand. Zarafshon, 2005 yil.
10. Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. Toshkent. O’qituvchi, 1996 yil.
11. Solomova T.E. O’zbek musiqasi tarixi. Toshkent, 1981 yil.
12. Sharq taronalari. Ro’znoma va jurnallardagi maqolalar. 1997, 1999, 2001, 2003, 2005, 2007, 2009.
14. Hasanova K. Oila odobi. Toshkent. O’qituvchi, 2003 yil.
15. Hamidov H. O’zbek an’anaviy qo’shiqchilik madaniyat tarixi. Toshkent. O’qituvchi. 1996 yil.

21-seminar: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda musiqa va qo’shiqchilik san’ati


Reja:
1. Musiqa san’ati jahon xalqlarining ma’naviyat manbai.
2. Samarqand - jahonshumul musiqiy anjumanlar markazi sifatida.
3. Sharq taronalari» musiqiy anjumanining tashkil etilishi va uning o’smir-yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti uchun behisob hurmat va e’tiborga molik inson Islom Abdug’aniyevich Karimovning tashabbusi bilan hamisha navqiron, go’zal Samarqand shahrida - Registon maydonida olamshumul musiqa bayramini har ikki yilda bir marta o’tkazish xalqaro hamkorlik masalalarida zaruriy voqyeylikka aylandi desam mubolag’a bo’lmaydi.


«Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivali kunlari o’tkazilayotgan konsertlar, ilmiy-ijodiy uchrashuvlar, anjumanlar va tanlovlar turli davlatlardan kelgan musiqashunos olimlar uchun boy va samarali muloqotga aylandi.
Yuqoridagilarni nazarda tutgan holda, biz bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini «Xalqaro «Sharq taronalari» musiqiy anjumani yoshlar tarbiyasida» deb nomladik.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov xalqimizning ma’naviyati, madaniyati, haqiqiy tarixi, milliy qadriyatlari qayta tiklashi va ularni zamonaviy ruh bilan boyitib borishini jamiyatimizni yangilash hamda taraqqiy ettirishdagi muhim omil, deb baholadilar.
Mamlakatimizda madaniyat sohasidagi hamkorlikka hamisha katta e’tibor beriladi. Binobarin har qanday madaniyat jumladan musiqa boshqa davlat va mamlakatlar madaniy merosi bilan bog’lanmay turib rivojlana olmaydi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Sharq taronalari» Xalqaro musiqiy festivalini o’tkazish tashabbusi bilan chiqqani ham bejiz emas. Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Yunesko va xalqaro musiqiy kengash ishtirokida o’tkaziladigan bu festival Sharq xalqlari uchun haqiqiy musiqa bayramidir. Bizning mamlakatimizda o’tkazilayotgan bu san’at bayrami ham bir inson qalbida ko’tarinkilik va mag’rurlik hislarini uyg’otadi.
«Sharq taronalari» boy madaniyatli xalqimizning qadriyatlari, buyuk o’tmishi va porloq kelajagining rangin ohanglari, sadolari bo’lib qalbimizda muhrlanib qoladi.
Dunyoningko’ngligasen berdihayot, Ruhingdan Ona-sharq yaraldi bayot, Kuylamoq shavqida mohir o ‘zingsan, Hofizo’zingdirsan, shoir o’zingsan.
«Sharq taronalari» - Xalqaro musiqa festivali mustaqil Vatanimizning jahon uzra taratayotgan erk va ozodlik navolaridir. Erkin va farovon hayot, fayz-tarovat va go’zal navolar og’ushida boshlanib, bir hafta davomida mavj urajak anjuman, mamlakatimiz - qadim Samarqandimiz hayotida o’chmas iz qoldiradi.
Festival jarayonida xalqimizning turmushi, urf-odatlari, an’ana va marosimlari namoyish etiladi. Eng muhim mehmonlar mustaqil O’zbekistonimizda amalga oshirilayotgan buyuk o’zgarishlar bilan tanishadilar. Xalqimizning o’tmishi, yuksak madaniyati, boy ma’naviyati, urf-odatlari, an’ana va marosimlaridan voqif bo’ladilar.
Sharq xalqlarining betakror milliy musiqasi va qo’shiqlarini keng miqyosda targ’ib etish, milliy an’analarni saqlash, yosh avlodda san’atga bo’lgan muhabbatni tarbiyalash, xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash hamda ijodiy hamkorlik va madaniy-ma’naviy aloqalar doirasini kengaytirish - «Sharq taronalari» festivalining asosiy maqsadidir.
Go’zal Samarqandimizda har ikki yilda o’tkazilib kelinayotgan bu anjuman dunyo xalqlarining san’atlarini, turli millat vakillarini musiqiy ohanglar vositalari bilan birlashtirdi. Chunki bu festivalda jahonning ko’plab mamlakatlaridan san’at namoyondalari, mashhur xonanda va sozandalar qatnashadilar. Bu kabi tadbirlarda san’atkorlarning o’zaro tajriba almashuvlari uchun keng imkoniyatlar tug’iladi.
Har bir ijrochi, ijodkor uchun festival o’zgacha alohidalik kasb etgan. Festival konsertlarida yangragan rango-rang sharq kuy-qo’shiqlaridagi nolalar har bir tinglovchining qalbiga birday yetib boradi. Bu nolayu ohanglar goh shiddatkor jo’shqin tezkor bo’lsa, goh g’amgin, sokin, o’ychandir. Tinglovchi qalbining tub­tubiga yetib borib odamlar dilini poklab ularni ruhan yuksaltiradi. Rang-barang sharq musiqiy guldastasi ichida o’zbek ijrochiligini maktabi alohida o’rin tutadi. Festival dunyo madaniyatiga ma’naviy ozuqa berib, umumbashariy qadriyatlarga munosib hissa qo’shayotir. Jahon jamoatchiligi qalbidan munosib joy olgan ushbu Xalqaro anjuman yangi tashabbuslarga ya’ni, dunyo miqyosida sharq musiqasiga bag’ishlangan ko’plab anjumanlarning tashkil etilishiga ham turtki bo’lmoqda.
Uning Yunesko boshchiligida o’tkazilayotganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Ushbu festivalning har safar milliy musiqa san’atimizning muayyan yo’nalishiga bag’ishlanishi unga yanada jozibadorlik, o’ziga xoslik bahsh etadi.
Ma’lumki, inson hech qachon kuy, qo’shiqsiz yashay olmaydi. U tug’ilganimizdanoq jonga tutash bir umr hayotimizga sherik bizga hamroh yaxshilik, tinchlik, do’stlik elchilari, jangchilari sifatida yo’llarni yo’llarga, ellarni ellarga, dillarni dillarga bog’laydi, elu-elatlarni tinchlik, totuvlik va birodarlikka chorlaydi. Mana shunday ijobiy fazilatlarga yetaklovchi, chorlovchi bunday katta imkoniyat xalqaro tanlov dunyo sivilatsiyasini asosiy markazlaridan sanalgan Samarqand shahrida o’tkazilishi barcha O’zbekistonliklarning qalbida g’urur fahrini soladi.
Samarqand - jahonshumul musiqiy anjumanlar markazi sifatida.
Samarqand - dunyo tanilgan shahar. Uning bag’rida ne-ne olimu donishmandlar, shoiru shuarolar, musiqashunos-rassom va arboblari yetishib chiqqan, ijod qilgan. Asrlar osha sayqal shaharda badiiy an’analar, musiqa san’ati saqlanib rivojlanib kelgan.
Xususan shaharning o’ziga xos musiqa san’atini maqomlar, marosim qo’shiqlari, asbobli kuylar, dostonlar, qarsak va ashula bezab turgan. Ularni xalq orasidan yetishib chiqqan musiqachilar, qo’shiqchilar, hofizlar va baxshi-shoirlar ijro etishgan. Abduqodir Marog’iy, Abdurahmon Jomiy kabi bastakor, olim-nazariyachilar, shuningdek, qo’shiqchi va bastakor Hoji Abdulaziz Abdurasulov xalq baxshilari Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Po’lkan shoir, Islom Shoirlar bu borada Samarqand obro’siga obro’ qo’shganlar.
1997 yildan buyon Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o’tkazilishi barobarida yana jahon hamjamiyati diqqat-e’tiborini o’ziga tortdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Samarqand yuragida - Registon maydonida olamshumul musiqa bayramini o’tkazish xalqaro hamkorlik masalalarida zarur madaniy voqelikka aylandi. Festival doirasida turli xalqlar ijrochilari, musiqa sohasi ijodkorlari, shuningdek olimlar o’rtasida ijodiy aloqalar o’rnatish imkonini bergani diqqatga sazovordir. Qolaversa, bu tadbir turli qit’alarda bir vaqtda bo’lib o’tayotgan musiqiy jarayonlarni muvofiqlashtirish imkonini ham berdi. Jahonning 60-ga yaqin mamlakatlari, jumladan, Amerika, Yevropa, Osiyo va Afrika davlatlari musiqashunoslari va qo’shiqchilarining ishtiroki festivalning ahamiyatini yanada oshirishga shubha yo’q.
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali kunlarida o’tkazilayotgan konsertlar, ijodiy uchrashuvlar, anjumanlar va tanlovlar turli davlatlardan kelgan musiqashunoslar uchun boy va samarali muloqotlarga aylanmoqda.
«Sharq taronalari» musiqiy festivalining O’zbekistonda, aynan Samarqandda o’tkazilishiga asos bor deyiladi Prezidentimizning tabrik so’zida, - chunki,
Samarqand jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri hisoblanadi. Turli davrlarda Amir Temur, Imom Buxoriy, Mirzo Ulug’bek, Xo’ja Axrori - Vali, Qozizoda Rumiy, Sharofiddin Ali Yazdiy, Davlatshoh Samarqandiy, Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa o’nlab, yuzlab ulug’ insonlar bu yerda yashaganlar, bo’lganlar, davlatni boshqarganlar va ijod qilganlar. Samarqand asrlar osha turli xalq va madaniyat vakillarini tutashtiruvchi qo’rg’on vazifasini o’tagan.
«Sharq taronalari» festivalini o’tkazishdan maqsad Sharq xalqlarining takrorlanmas milliy kuy va qo’shiqlarini keng ommaga yetkazish, yosh avlodni san’atga, ayniqsa musiqaga mehr qo’yib tarbiyalashdek ezgu an’analarni asrash, do’stlikni va xalqlar o’rtasidagi ijodiy hamkorlikni mustahkamlash, ularni madaniy aloqalar doirasida kengaytirishdir.
Songgi yillar davomida Respublikamizda madaniy aloqalar doirasida hamkorlikka katta ahamiyat berilmoqda. Zero, musiqiy madaniyat boshqa davlat va xalqlarning madaniy merosi aralashuvisiz rivojlana olmaydi. «Sharq taronalari» festivalining ikki yilda bir marta - avgust oyi oxirida o’tkazilishi, musiqiy ijodiyot doirasidagi erishilgan yutuqlarning keng almashuviga hamda o’zbek (Sharq) an’anaviy musiqasi bilan tanushuviga ko’mak beradi. Shu bilan birga, u zamonaviy jahon musiqa madaniyatining yangi yutuqlarini namoyish etadi.
Festival ish tartibi uch yo’nalishdagi ijro tanlovi va konsertlarni ichiga oladi. Jumladan, xalq, an’anaviy qo’shiqchilik (milliy qo’shiqlarni eng yaxshi ijrosi tanlovi): an’anaviy milliy musiqa (milliy Sharq an’analarini badiiy mujassamlashtirish) kabi tanlovlar o’tkaziladi.
Sharq musiqa ijrochilari festivali sifatida tashkil etilgan ushbu anjuman endilikda barcha qit’a musiqa san’ati ustalarini birlashtiradi.
Darvoqea, festival doirasida «Milliy qo’shiqlarning eng yaxshi ijrochisi» tanlovi ham o’tkazilmoqda. Qatnashchilar o’z milliy musiqa san’ati ijodiyotidan eng saralarini namoyish etishadi. Tanlov qatnashchilari ijrosini xalqaro hakamlar baholaydi. Birinchi va ikkinchi bor o’tkazilgan festivalga Tokio universiteti professori Xoruma Koshiba (Yaponiya), uchinchi festivalga Seul universiteti professori yangisida Koreya musiqa akademiyasi prezidenti va shunga o’xshash chet davlatlar vakillari, hakamlar hay’ati a’zoligiga Yevropa, Osiyo va Amerika musiqa madaniyati vakillari ham taklif etilmoqda.
Hozirgi qo’shiqchilik san’ati o’zida turli ijodiy yo’nalishlar va uslublarni, jumladan, xalq qo’shiqlari, an’anaviy vocal janri, bastakorlik va kompozitorlik usulida qo’shiq yaratish, zamonaviy Estrada qo’shiqlari (jaz, pop va rok) ni o’zi ichiga olgan. Bular barchasi dunyo xalqlari o’rtasida o’zaro madaniy almashinuvlarni vujudga keltiradi.
Festival yakuniga ko’ra tashkilotchilar sahnada ijro etilgan eng yaxshi asarlarni o’zida mujassam etgan SD disk chiqarishi ko’zda tutilgan.
Olti asr burun buyuk Amir Temur Samarqandni dunyoning eng go’zal shaharlaridan biriga aylantirib, poytaxt qilgandi, uzoq safarlardan u nafaqat moddiy boylik, balki bebaho boyliklar-kitoblar, san’at asarlari hamda me’moru muhandislarni olib kelgan. Binobarin, ustalar mahalliy hunarmandlar bilan hamkorlikda betakror me’morchilik maktabini yaratgan.
Amir Temur o’z davlatida yaratuvchilik bilan dong taratdi. U rassomlar va shoirlar, olimlar hamda donishmandlarga alohida e’tibor qaratdi. Bu an’anani uning nabirasi Mirzo Ulug’bek ham davom ettiradi.
Bugungi Samarqand zamonaviy bir maromda rivojlanib Respublikamizning ikkinchi shahriga aylandi.
1997 yil Registon maydonida O’zbekistonning taniqli san’atkorlari ijrosida madhiya jarangladi - bu «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining ochilishidan darak bergandi. Madhiya musiqasining muallifi, asli Samarqandlik bo’lgan kompozitor Dilorom Omonullayevadir.
Mustaqillikka erishgach, O’zbekiston o’z kuch va imkoniyatlari bilan ma’naviy boyliklarni yanada rivojlantirish uchun harakat qilmoqda. O’tmish buyuk keljakni ko’rinmas rishtalar bilan bog’ladi. Unutilgan madaniyatimiz sarchashmalari - ulug’ olimlar, faylasuflar, donishmandlar nomlarini abadiylashtirish natijasida tarixiy ildizlar qayta tug’iladi. Ma’rifiy, madaniy an’analar qaror topadi.
Musiqa va qo’shiq - dunyoda tarjimasiz yagona san’at. Turli millat vakillari unnig vositasida bir-birlariga qalb izhorini ifoda etishadi. Samarqandga tashrif buyurgan san’atkorlar, festival mehmonlari bu aqidaning hayotiy ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilindi. O’tgan davr mobaynida festival xalqaro hamjamiyatda katta obro’, nufuzga ega bo’ldi. Zero, u orqali har bir millat va mamlakat o’z san’atini namoyish etmoqda. Festival xalqlar o’rtasida milliy san’at durdonalarini targ’ib etish vositasiga aylandi.
Musiqa san’atining necha ming yillar davomida odamlar qalbiga yuksak va beg’ubor tuyg’ularni jo etib kelayotgani, bu yorug’ olamni yanada munavvar etib ko’rsatuvchi ilohiy mo’jizaliligini barchamiz anglaganmiz. Milliy musiqamizni targ’ib qilish sohasida erishgan yutuqlarni namoyish etish, san’at olami yangiliklaridan jahon musiqa ixlosmandlarini bohabar qilish maqsadida o’tkazilib kelayotgan ushbu festivalning nufuzi yil sayin ortib borayotir.
Xalqaro madaniyat olamida katta yangilik bo’ladigan bu tadbirning Samarqandda o’tkazilayotgani tilaklar va maqsadlar mushtarakligidan dalolatdir. San’atsevar Sharq xalqlari azal-azaldan eng ezgu umidlar bilan shu ko’hna zaminga intilib kelganlar. Samarqand tuprog’i ko’plab xalqaro simpozium, konferensiya va festivallarning guvohi bo’lgan.
«Sharq taronalari»dek go’zal va nufuzli anjumanning dunyoda muqaddas sanalgan 5ta shaharlaridan biri bo’lgan qadim Samarqandimizda o’tkazilishi bejis emas. Chunki o’zining rang-barang o’tmishi va madaniyatiga ega bo’lgan Samarqand musiqa san’atining teran ildizlari uzoq asrlar qa’riga borib tutashadi.
Qadimiy Sug’diyonaning musiqa san’ati chuqur ildizlarga ega ekanligini o’sha davrlarda bu yerga tashrif buyurgan sayyohlar, elchilar ham ta’kidlab o’tdilar.
Masalan, VII asrlarda Samarqandga tashrif buyukrgan budda monaxi o’z xotiralarida «Bu shaharning xalqi kuy-qo’shiq va sayillarni sevadi, ularning har xil musiqa asboblari bordir» deb yozgan edi.
Sug’diyonaning yuksak musiqa san’ati VII-VIII asrlarda bu yerga kelgan arablarga ham yoqib qolgan. Arablar Sug’dlarning ko’pgina musiqa asboblarini o’zlashtirib olganlar. O’rta asrlarda Yevropa xalqlari orasida juda mashhur bo’lgan Lyutnya nomli musiqa asbobining vatani ham aynan Sug’diyona - Samarqand ekanligini dunyo olimlari tan olgan. Sug’diyonada mashhur bo’lgan cholg’u asboblarining shohind dastlab arab mamlakatlariga o’tdi, so’ngra arablar orqali Yevropaga tarqalib Lyutnya nomi bilan mashhur bo’lib ketdi.
Xitoylik olimlarning fikrlaricha hozirgi Xitoydagi ayrim musiqa asboblari Sug’diyonadan borib qolgan va Xitoyliklar tomonidan shu darajada qabul qilinganki, bu asboblari Xitoyliklar uchun keltirilganligiga ko’plchilik ishonmaydi ham.
O’tmishni unutgan xalqning kelajagi bo’lmaydi. O’zbek xalqining esa o’tmish madaniyati boy. Mustaqillik sharofati bilan bu umrboqiy qo’shiqlar, qadriyatlarimiz xalqimizga qaytdi. Yanada e’zozlanib, sayqallanib borayotir. Folklor qo’shiqlarimiz ham ana shunday ardoqli qadim san’atlarimizdan biridir.
«Sharq taronalari» IV Xalqaro musiqa festivali munosabati bilan Akmal Ikromov nomidagi O’zbekiston xalqlari madaniyati tarixi muzeyida o’zbek musiqa san’ati ko’rgazmasi tashkil etildi.
O’zbek musiqa san’ati va cholg’u asboblari o’zining boy o’tmishi va tarixiga ega - deydi muzey direktori No’mon Mahmudov - ko’rgazmani tashkil etishdan ko’zlangan asosiy maqsad ham san’atimiz tarixi bilan festival mehmonlarini tanishtirishdan iborat. Ko’rgazmada O’zbekistonlik ustalar tomonidan yasalgan nay, rubob, dutor, g’ijjak, qo’biz singari musiqa asboblari namoyish etiladi. Bundan tashqari ko’rgazmadi XX asrning 30-40 yillarida mashhur hofizlar domla Halim Ibodov, Gabriel Mullaqandov tomonidan mahorat bilan ijro etilgan o’zbek mumtoz qo’shiqlarining magnit tasmasi qo’yiladi. Shuningdek, Samarqandda bo’lib o’tgan barcha musiqa festivallari tarixi aks etgan fotosuratlar, dasturlar namoyish etildi.
Qisqacha aytganda ko’rgazmada o’zbek xalqi ma’naviy merosining barcha qirralari aks etgan. Bu ko’rgazma vaqtida bu yerga tashrif buyurgan barcha dunyo vakillari bizning ma’naviy merosimizdan bahramand bo’ldilar. Kundan-kunga rivojlanib, gurkirab borayotgan mustaqil O’zbekistonimiz qadim Samarqandimizda bo’lib o’tadigan ushbu «Sharq taronalari» Xalqaro musiqiy festivali o’zbek madaniyati, milliy urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlarini dunyo xalqlariga namoyish etishda keng imkoniyatlar yaratadi. Bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan musiqa san’atimizni yanada yuksak cho’qqilarga ko’tarilishiga yangicha zamonaviy ohanglar bilan boyitishga xizmat qiladi. Shunday musiqiy anjumanning boshqa mamlakatda emas, faqatgina bizning mamlakatimizda go’zal va hamisha navqiron Samarqandimizda bo’lib o’tishi g’urur bilan ta’kidlamog’imiz joizdir.
«Sharq taronalari» IV Xalqaro musiqa festivaliga tashrif buyurgan Avstriyalik Norimon Hujjati o’zining Samarqand to’g’risidagi taassurotlarida shunday degan edi:
- Men Eronda tug’ilib o’sganim uchun Markaziy Osiyo, xususan, Samarqand qalbimga nihoyatda yaqindir. Mening nazarimda, bugungi O’zbekiston bokira va butunlay yangi bir dunyo. Samarqandning havosi toza, odamlari samimiy, to’g’riso’z. Tabiati esa nihoyatda so’lim. Bu menga yaxshi ta’sir qildi, ko’nglim yayradi. Menga qolsa, jon deb Samarqandda yashagan bo’lardim. Meni umuman olganda, O’zbekistonda yashayotgan turfa xalqlarning totuvligi, o’zaro inoqligi hayratga soldi. Bundan dunyoning turli burchaklaridagi boshqa xalqlar ibrat olsa arziydi. Men bu jihatlarning festival kunlari yaqqol namoyon bo’layotganini ko’rib quvondi.
«Sharq taronalari» IV Xalqaro musiqa festivali hakamlar hay’ati a’zosi Oqoyi Murtazo Varinshoh ham Samarqand to’g’risida shunday fikrlar bildirgan edi - «Ushbu festivalning qadim va navqiron Samarqand shahrida o’tkazilayotganidan mamnunman. Men ko’plab xalqaro festivallarda ishtirok etganman, yer yuzining gavhari bo’lgan Samarqandning yuragida joylashgan Registon maydonida o’tkazilayotgan ushbu festival juda jozibalidir».
Do’stlikni, inoqlikni, millatlararo totuvlikni behad qadrlaydigan jojajon O’zbekistonimizning har bir fuqarosi qalbida o’zga millat vakillari aytgan ushbu fikrlar g’ururlanish, faxrlanish tuyg’ularini vujudga keltiradi. Darhaqiqat, biz yoshlar ayniqsa shunday go’zal, maqtovga arzigulik serquyosh Vatanda yashayotganimizdan, shunday mamlakatning farzandi ekanligimizni yuksak iroda, faxr bilan ta’kidlamog’imiz, xalqimizning urf-odatlari, ma’naviy merosini asrab-avaylamog’imiz lozim.
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali ana shu baynalmilal ruhiyatning yorqin namoyishidir va mamlakatimizning ulkan salohiyati, xalqimizning boy ma’naviyati va san’atga dunyo xalqlarining, xususan, san’at ahlida yuksak ehtirom ifodasidir.
Janubiy Koreya Respublikasi musiqa akademiyasi prezidenti jano Kim Shin
Van:
«Samarqand - dunyoning yulduzsifat shaharlaridan biri, ta’bir joiz bo’lsa, ularning eng yorqini va nurafshonidir. Tarixdan yaxshi bilamiz, bu shahar ma ‘rifat, madaniyat va ezgulik beshigi sifatida ham ma’lum va mashhurdir.
Mumtoz san’at bayrami aynan shu maskan, Registon majmuasida o’tkazilmoqda. Ezgulik qo’shiqchilik mahorati tanloviga bu qadar katta e’tibor berayotgan O’zbekiston xalqi va uning yurtboshisi I.A.Karimov janobi oliylariga cheksiz hurmatimni bildiraman» - deb Samarqand to’g’risida o’z fikrlarini bildirgan edi.
Ushbu «Sharq taronalari» festivalining o’tkazilishi musiqiy madaniyatimizni rivojlantirishda juda muhim o’rin tutadi. Ushbu festivalni Samarqand shahrida o’tkazilishi nur ustiga a’lo nurdir.
«Sharq taronalari» musiqiy festivalining aynan Samarqandda bo’lib o’tayotgani har bir tinglovchi ishtirokida har bir tomoshabin uchun taqdirning sovg’asidir. Mazkur qadimiy shaharning betakror ko’rinishi uning arxitektura yodgorliklari buyuk bir tarixning guvog’i o’laroq - musiqani nozik qabul qilish, uning manbalarini chuqur anglab yetish, inson qalbini yashovchanlik bilan boyitish kabi hislarni uyg’otuvchi o’ziga xos ruh bag’ishlaydi.
Ko’hna tariximizdagi ne-ne buyuk va unutilmas voqealarning guvohi bo’lmish bu muazzam shaharda bo’lib o’tadigan ushbu san’at anjumani millatlar va insonlar qalbiga azaldan yashab kelayotgan ezgulik va nafosatga intilish tuyg’usini, bugungi kunda turli xalqlar sivilizatsiyalari o’rtasida o’zaro muloqot, hamkorlikka bo’lgan ehtiyojning nechog’lik katta ekanini yaqqol namoyon etib turadi.
Samarqandning musaffo osmoni, moviy gumbazlari ostida o’tadigan ushbu nafosat bayram san’atni teran tushunadigan, san’atkorni yuksak qadrlaydigan xalqimiz vakillari bilan bo’ladigan muloqotlar, uchrashuv va suhbatlar insonlarda o’chmas taassurot qoldiradi.
Darhaqiqat, Samarqand shahri - O’zbekiston yuragi deya e’tirof etilishi bejiz emas. Shuningdek, Samarqand shahonshumul musiqiy anjumanlar markazi deb ham ta’kidlanadi. Hammamizga ma’lumki, Samarqand azaldan ilm, fan, madaniyat markazi sifatida butun dunyoga shuhrat qozongan va bugungi kunda ham shuhrati keng qanot yechib kelmoqda. Hurmatli Prezidentimiz Islom Karimov tashabbuslari bilan 1997, 1999, 2001, 2003, 2005, 2007, 2009,2011,2013, va 2015-yillarda 10 marotaba o’tkazildi.
«Sharq taronalari» musiqiy festivali, 1978, 1981, 1984, 1987-yillar davomida «Uzoq va Yaqin Sharq xalq og’zaki ijodiyoti va zamonaviylik» mavzularida xalqaro simpoziumlar Samarqandimizni yana ham butun dunyoga dog’ini taratgan va bu an’analar hozirgacha davom etib kelmoqda.
Xalqimiz tomonidan yaratilgan xalq musiqiy ijodiyotini Samarqandliklar XX asr II-yarmisida laparchi Qurbonxon va undan keyin Hoji Abdul Aziz Abdurasulov, Gavriyel Mullaqandov, Hoji Tamtam, Tolmasovlar avlodlari, Sharifjon Akramovlar davom ettirib bu tabarruk ustozlarning musiqiy san’atlarini hozirda ko’zga ko’ringan san’atkorlar ijro etib butun dunyo tinglovchilariga va xalqimiz e’tiboriga havola etmoqdalar. Jahon shumul anjumanlarda ubu ustozlarimizning ijodini yuqori saviyada anjuman ishtirokchilariga ijro etadilar.
Bularning musiqiy ijodiyotini namoyish etibgina qolmasdan ma’naviy merosimizni rivojlantirishda ham hissa qo’shadilar va ma’naviy merosimiz durdonalari bilan butun dunyo ahlini tanitadilar.
Abadiy go’zallikka chulg’angan ko’hna va hamisha navqiron Samarqandga bayramlar yarashadi
2. «Sharq taronalari» musiqiy anjumanining tashkil etilishi va uning o’smir-
yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni.
O’zbek xalqi qadimdan o’zining boy musiqiy merosi, ma’naviy qadriyatlariga ega bo’lib kelgan. Bu bisot turli yo’nalish va janrlarda allomalarimiz yaratgan musiqiy risolalar, qo’lyozmalar, yaratilgan cholg’u asboblari, qo’shiq, kuy, baxshichilik, usta shogirdlik an’analari, to’y marosimlari, turli an’anaviy yig’inlar, bayramlar, sayillar va boshqa elning yaxshi-yomon kunlarida kuylanadigan ashulalari chalinadigan cholg’u kuylari tarzida o’z ifodasini topagan. Bu qadriyatlarni xalqimizning hozirgi kundagi avlodiga yetkazish, uning ongiga singdirish, uning ma’naviy ehtiyojiga aylantirish, ularni bu yo’nalishda ma’naviy kamolotga erishtirish uchun bir qancha festivallar, anjumanlar, simpoziumlar, konferensiyalar, tanlovlar o’tkazilib kelinmoqda. Shunday festivallardan biri «Sharq taronalari» musiqa festivalidir.
«Sharq taronalari» nafaqat o’zbek milliy musiqa madaniyatimizni, balki butun dunyo musiqa madaniyatini rivojlantirish yo’lida xizmat qiladi. Chunki «Sharq taronalari» festivalida butun dunyo musiqa merosining durdona asarlari kuylanadi.
Musiqa ming yillar mobaynida insonlar qalbini ezgulikka chorlab kelmoqda. U jahon madaniyatini boyitib, umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga munosib hissa qo’shadi. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festival ajoyib qo’shiq namunalarini namoyish etib, yosh avlodga xalq musiqasiga bo’lgan muhabbatni tarbiyalashga xalqlar o’rtasidagi madaniy va ma’rifiy aloqalarni, mushtaraklikni mustahkamlash va kengayishiga olib keladi. Musiqa eng ta’sirli va eng ommaviy ozuqa vositasidir. Musiqa ayniqsa, o’smir yoshlarda vatanparvarlik hissini, mardlik, qat’iylik, mehribonlik, insonparvarlik singari ma’naviy sifatlarni shakllantirishda ta’sirchan vosita bo’lib xizmat qiladi. Yorqin jozibador hamda chuqur mazmunga ega bo’lgan kuy va qo’shiqlar yoshlarda ona-Vatanga muhabbat, mehr-oqibat va mehnatni sevish kabi ajoyib fazilatlarni tarbiyalashda yordam beradi.
Xalqaro musiqiy anjumanlarni tashkil etish va o’tkazish yoshlar tarbiyasida alohida ahamiyatga ega. Chunki, ko’pgina o’smir-yoshlar jahon xalqlari musiqalariga qiziqishadi. Ushbu «Sharq taronalari» musiqiy anjumanida esa faqat milliy musiqalar ijro etiladi. Festivalning musiqalarini tinglagan o’smir-yoshlar jahon xalqlarining milliy musiqalari bilan tanishadilar. Festivalda rang-barang yo’llarda ijro etilgan kuy-qo’shiqlar yangraydi. Xitoy, Hindiston, Eron, Indoneziya, Turkiya, Isroil, Bangladesh, Malayziya, Pokiston, Misr, Koreya Respublikasi, Mongoliya, Vetnam hamda yaqin qo’shnilarimiz Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon va boshqa xalqlarning qo’shiqlari, ular bilan bir qatorda turli xalqlarning ajoyib milliy liboslari va milliy cholg’u asboblari namoyish etiladi.
«Sharq taronalari» festivali bizga shuning uchun ham qadrliki, unda faqat milliy qo’shiqlar jonli ovozda ijro etiladi. O’smir-yoshlar esa jahon xalqlarining milliy madaniyatidan voqif bo’ladilar. Shu bilan birga o’z milliy madaniyatimizni e’zozlashni, qadrlashni o’rganadilar. «Sharq taronalari» kabi xalqaro festivallar o’smir-yoshlarimiz qalbida Vatanga bo’lgan muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik kabi his-tuyg’ularni milliy ma’naviyatimizga bo’lgan hurmatni oshiradi. Chunki biz dunyo xalqlariga o’zbek milliy madaniyatimiz, urf-odatlarimiz, mehmondo’stligimiz, o’zligimizni namoyish etamiz.
Zero, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «Yangi asr, yangi ming yillikka asrab-avaylab olib o’tilgan noyob boylik - insoniyat tafakkurining buyuk mo’jizasi bo’lgan «Sharq musiqiy merosi odamlar qalbida ezgulik, birodarlik, mehr-shavqat tuyg’ularini kamol toptirishga xizmat qilishi shubhasiz». Yurtboshimiz asos solgan har ikki yilda bir marta bo’lib o’tayotgan mashhur festival ulkan ulug’ bir maqsad yo’lida xizmat qilayotir. Birinchidan, o’zbek mumtoz musiqa madaniyatini jahonga tanitmoqda. Ayni paytda ega dunyo musiqa madaniyati bilan xalqimizni oshno etmoqda. Shuning uchun ham Yunesko bu anjumanni o’z rahnamoligiga olgan. Bugun xalqaro hamjamiyatga festivalning o’z o’rni bor. U xalqaro munosabatlarda birodarlik va do’stlikni targ’ib etuvchi vositadir. Yosh musiqashunos Iroda G’aniyeva: «Musiqa, avvalo, xalqlarni birlashtiradi. Qolaversa, mana shunday ajoyib anjumanlar tufayli yoshlarning milliy san’atimizga bo’lgan mehru-e’tibori yanada oshadi», deya musiqa san’atining inson kamolotiga tutgan roli haqida fikr bildirgan edi. Darhaqiqat, musiqa o’smir-yoshlar tarbiyasida muhim o’rin tutadi.
Musiqaning milliyligi millatning ruhi ichki dunyosining aks etganligi nur ustiga a’lo nurdir.
2003 yilda bo’lib o’tgan «Sharq taronalari» IV xalqaro musiqa anjumanida sahnaga Olmoniyalik mehmonlar chiqib kelishdi. Dastlab o’zbek xalq kuyi yangradi. Daniel Mitxen rubobda bu kuyni shunday qiyomiga yetkazib chaldiki, beixtiyor o’ylanib qoladi kishi: xorijliklar bizning milliy qo’shiqlarimizni, kuylarimizni o’rganib, uni katta zavq bilan ijro etayotgan, milliy qo’shiqchilik san’atimizga dunyoda e’tibor nihoyatda oshayotgan bir paytda bizning ayrim yosh xonandalarimiz she’ri sayoz, mujmal ifodalar bilan to’lib-toshgan narsalarni qo’shiq qilib kuylayotgani kishini ajablantiradi. Yengil-yelpi qo’shiqlar o’smir-yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Yoshlarimiz milliy madaniyatimizdan uzoqlashib, chet el qo’shiqchilik yo’nalishi bilan aralashib ketgan allaqanday faqat shovqin, taraqa-turuqdan iborat qo’shiqlarni tinglashi, milliy o’zligini unutish, ma’naviyatimiz urf-odatlari, an’analarimizdan yiroqlashish kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Millat kelajagi yoshlar qo’lida ekan, demak, biz o’zligimizni, buyuk bobokalonlarning avlodlari ekanligimizni anglab, milliylikni qalbimizga jo etib harakat qilmog’imiz lozim.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov tashabbusi bilan o’tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festival madaniyatimizni yanada chuqur o’rganish va yuksaltirishga, milliy san’atimizni jahon miqyosida keng targ’ib etishga, yoshlarimizga, ularning tarbiyasiga ta’sir etuvchi yana bir ulkan e’tibor namunasidir.
Mustaqil O’zbekistonimizda xususan Samarqand shahrimizda ro’y berayotgan mana shunday ijobiy o’zgarishlardan kelib chiqib yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasini yanada takomillashtirish maqsadida biz o’zimizning ilmiy-tadqiqot ishlarimizni dolzarbligini yana bir marta guvohi bo’ldik.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bizning musiqa san’atimiz o’zining boy va rang-barang o’tmishiga egadir. Ammo XX asrlarda musiqa san’atimiz ham milliy madaniyatimizning boshqa sohalari kabi og’ir davrlarni boshidan kechirdi.
Milliy musiqa san’atimizning rivojiga unchalik rag’bat ko’rsatilmadi. Tanbur, dutor kabi musiqa asboblaridan nafis ohanglari baxshilarimiz ijro etadigan dostonlarni anglashdan biroz mahrum bo’ldik. Ular estetik sarqitlari sifatida qaradi. Bir umidki, har ikki yilda qadimiy Samarqandda bo’lib o’tadigan «Sharq taronalari» xalqimizning bir necha ming yillik tarixiga ega bo’lgan musiqa san’atimizni yanada yuksak cho’qqilarga ko’tarilishiga yangicha, zamonaviy ohang bilan boyitishga xizmat qiladi.
«Sharq taronalari» festivalining qatnashchilari ijro etadigan barcha kuy-qo’shiqlarda Sharq musiqasining asl ijodiy yo’nalishga qaytish ko’zga tashlanadi.
Musiqa san’atining naqadar yuksakligini, insonga emotsional ta’sirini yurtboshimiz I.A.Karimov O’zbekiston davlat Konservatoriyasining ochilishi marosimida so’zlagan nutqida ham ko’ra olishimiz mumkin:
«Odamzod yozishni, chizishni, o’qishni bilmasligi mumkin, lekin shubha yo’qki, go’zal kuy, ohang va taronalarni hayotbaxsh ta’sirini sezadi» - degan edilar.
Musiqa til, millat farqlamaganidek, jahon xalqlarining ma’naviyat manbai hisoblanadi. Zero, musiqa jahon madaniyati, ma’naviyatini boyitib, umuminsoniy qadriyatlar xazinasiga munosib hissa qo’shadi. Xalqlar o’rtasidagi madaniy va ma’rifiy aloqalarni, mushtaraklikni mustahkamlash va kengayishiga olib keladi. Zero, san’at sohasidagi hamkorlik xalqlar o’rtasidagi o’zaro do’stlik, hurmat va birodarlik rishtalarini mustahkamlashga hissa qo’shadi.
Ayni paytda navbatdagi 7-festival intiqlik bilan kutilmoqda. O’tgan festivallarga nazar tashlab shunday fikrga kelish mumkin, «Sharq taronalari» festivalining o’tkazilishini katta tarixiy ahamiyatga ega. Bu xalqaro musiqa festivalining o’tkazilishdan maqsad va davlatlarni yaqinlashtirish, do’stlik ko’priklarini mustahkamlash, Sharq mumtoz musiqasini avaylab-asrash, targ’ib qilish va rivojlantirish, balki, birinchi navbatda xalqimizda milliy g’ururni kuchaytirish, ma’naviyatimizni yanada yuqori ko’tarish, milliy o’zlikni anglash, millatning ma’naviy ildizlari naqadar chuqur, naqadar mustahkam ekanligini jahonga yana bir karra ko’rsatishdan iboratdir. Aminmanki, festival kunlari Registon maydonida hayratomuz darajada yangraydigan betakror Sharq ohanglari A.Temur, M.Ulug’bek, Bobur kabi buyuk bobokalonlarimizning pok ruhlarini shod etgay.
Chin do ‘stga lang ochiq qalb darvozasi,
Samarqand ushshog ‘i - «Sharq taronasi».
Istiqlol nuridan baxt koshonasi,
Muhabbat Vatani - chek ostonasi.
Musiqa - tinchlik elchisi. Dunyo xalqlari o’rtasidagi aloqalarni kuchaytirishda uning roli beqiyosdir. «Sharq taronalari» juda go’zal va o’xshashi yo’q anjumandir. Bu musiqa anjumani turli-tuman madaniyatlarni mujassamlashtiradigan betakror xalqaro madaniy tadbirdir. Sharq xalqlari musiqasi qalbdan chiqadi, unda ilohiy kuch bor. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali milliy qo’shiqchilik san’atimizni, qolaversa, butun jahon musiqa san’atini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarilishida naqadar nufuzli anjuman ekanligini namoyon etdi. Festival jahon ahlining o’zaro madaniy muloqotda bo’lgan hayoti ehtiyojini, har bir xalq, har bir millat ruhida azaldan yashab kelayotgan yaxshilik, go’zallik va nafosatga intilish hissini ro’yobga chiqarishda beqiyos vosita bo’lib xizmat qiladi.
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali - bashariyat tafakkurining buyuk xazinasi, insoniy va ma’naviy kamolot ramzi bo’lgan musiqa san’atini butun dunyoda targ’ib qilish, odamlarni nafosat va go’zallikka oshno etishdek oliyjanob faoliyatdir. Mazkur festival Sharq musiqasining nafaqat qadimiyligi, betakrorligi, ayni paytda nihoyatda dilga yaqin, qalb ummonlari bilan chambarchas bog’liq ekani, ta’sir kuchini ham namoyon etdi. Bir so’z bilan aytganda ushbu festival musiqaning jahon xalqlarini birlashtiruvchi vosita ekanini yana bir bor isbotladi. Kuy-qo’shiqlar turli tillarda yangrasa ham, dildan chiqarib ijro etildi. Demak, xalqlar turli tillarda so’zlashsalar ham dillar mushtarakdir. Faqatgina milliy musiqalar kuylanadigan bu festivalning o’tkazilishi musiqiy madaniyatimizni rivojlantirishda juda muhim o’rin tutadi. «Sharq taronalari» festivalida musiqiy merosimizning eng nodir asarlari kuylanadi. Ushbu festival Samarqandning Registon maydonida o’tkazilishi nur ustida a’lo nurdir. «Sharq taronalari» festivali bizga yana shuning uchun ham qadrliki, unda faqat milliy qo’shiq ijro etiladi. Bu yerda faqat millatning qadimiy ohanglari yangrab qolmay, qadimiy, milliy liboslar ham namoyish etiladi. Bunday festivallar jahnning boshqa mamlakatlarida yo’q. Odamlarni siyosat emas, ko’proq san’at birlashtiradi. Shuning uchun ham «Sharq taronalari» butun dunyoda katta dovrug’ qozonayotir.
Kelajakda ushbu festival doirasiga teatr, kino va shunga o’xshash Sharq xalqlarining mislsiz san’ati va madaniyatini jahon uzra ko’z-ko’z qiladigan sohalari ham qo’shiladi, deb umid qilaman.
-
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent. Ma’naviyat, 2008 yil.
2. Karimov I.A. «Bolalar musiqasi va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo’yicha 2009-2014 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturini tayyorlash to’g’risidagi chora-tadbirlar». Farmoyish. Toshkent, 2008 yil.
3. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent, 1999 yil.
4. Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar - taraqqiyot omili. Toshkent. O’zbekiston, 1995 yil. 21-25 betlar.
5. Mavlonova R., To’rayeva O. Pedagogika. Toshkent. O’qituvchi, 2005 yil.
6. Matyoqubov O. Shashmaqom saboqlari (ikki qism). Toshkent, 2005 yil.
7. Matyoqubov O. Dodekagramma. Toshkent. Istiqlol, 2005 yil.
8. Mirzayev L., Shukurov H. Sharq taronasi - yurt shodiyonasi. Samarqand. Zarafshon, 2005 yil.
10. Musurmonova O. Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. Toshkent. O’qituvchi, 1996 yil.
11. Solomova T.E. O’zbek musiqasi tarixi. Toshkent, 1981 yil.
12. Sharq taronalari. Ro’znoma va jurnallardagi maqolalar. 1997, 1999, 2001, 2003, 2005, 2007, 2009.
14. Hasanova K. Oila odobi. Toshkent. O’qituvchi, 2003 yil.
15. Hamidov H. O’zbek an’anaviy qo’shiqchilik madaniyat tarixi. Toshkent. O’qituvchi. 1996 yil.

22-seminar: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda teatr, kino san’ati


Reja
1. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda teatr san’atining rivojlanishi
2. Kino san'ati rivoji. O’zbek sirki.
Mustaqillik yillarida madaniy hayotda ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bu avvalo teatr san’ati rivojlanishida yaqqol sezila boshlandi, yangi teatr dargohlari qurib ishga tushirildi. 1991-yilda Farg‘ona, 1993-yilda Xorazmda davlat qo‘g‘irchoq teatrlari ish boshladi, 1994-yilda Qashqadaryo va Namangan viloyat teatrlari qoshida qo‘g‘irchoq guruhlari, 2001-yilda Surxondaryo viloyat qo‘g‘irchoq teatri ochildi. O‘zbek davlat akademik drama (2001-yil), O‘zbekiston akademik rus drama teatrlari (1999-yil) kabi poytaxt hamda viloyat teatr jamoalariga yangi binolar qurildi, ta’mirlandi. 2015-yilning oktabrida rekonstruksiya qilingan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nafaqat, mahalliy teatr va tomosha guruhlarining chiqishlariga, balki, xorij mamlakatlardan tashrif buyuradigan jamoalar, atoqli artistlarning chiqishlariga ham mo‘ljallangan «Turkiston» saroyi 1993-yilning sentabrida ish boshladi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri. ? 103 2009-yilda «O‘zbekiston» xalqaro forumlar saroyi, 2011-yilda Simpoziumlar saroyi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidan tashkil topgan Ma’rifat markazi majmuasi, 2014-yilda Farg‘ona viloyatida Teatr-konsert saroyi kabi ma’naviyat maskanlari ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida»gi (1998-yil) farmoni sahna ijodiyotida alohida o‘rin tutib, unga muvofiq ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda teatr arboblarining faol ishtirokini ta’minlash, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy barkamol sahna asarlari yaratish kabi maqsadlarda «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. 2017-yil faoliyati tanqidiy o‘rganilib, «O‘zbekteatr» birlashmasi tugatilib, uning funksiyalari Madaniyat vazirligiga o‘tkazildi. 2001-yil O‘zbek davlat akademik drama teatriga Prezident farmoni bilan «Milliy teatr» maqomi berildi. 2014-yilda Prezident «O‘zbek milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Ushbu qarorga muvofiq teatr ta’mirlandi va yubiley tadbiri bo‘lib o‘tdi. Umuman, mustaqillik o‘zbek teatrlari va san’atkorlarining dunyo sahnasiga chiqishi uchun keng yo‘l ochdi. Poytaxtdagi respublika teatrlari qatorida viloyat jamoalari ham xalqaro madaniy munosabatlarda qatnashib kelmoqda. Bu borada O‘zbekiston Yoshlar teatri, Ilhom teatri va Qashqadaryodagi «Eski masjid» teatr-studiyasi faol bo‘ldi. 1993-yilning 23–30-oktabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan «Teatr: Sharq va G‘arb» xalqaro festivali O‘zbekistonda dunyoning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan sahna san’atkorlari qatnashgan birinchi yirik tadbir ekanligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Simpoziumlar saroyi va O‘bekiston Milliy kutubxonasi. O‘zbek milliy akademik drama teatri binosi. 104 Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq teatr jamoalari Amir Temur mavzusiga murojaat qilishdi. Dastlab Qashqadaryo viloyat musiqali drama va komediya hamda O‘zbek davlat akademik drama teatrlarida sohibqiron hayoti haqidagi tarixiy dramalar sahnaga qo‘yildi. Bu jamiyatda milliy iftixor o‘sishi, tarixiy xotiraning tiklanishi borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bilan hamohang bo‘lib, sahna ijodiyotida Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Mirzo Ulug‘bek, jadidlar siymolarining faoliyatiga oid asarlar ham yaratildi. Milliy mumtoz adabiyot namunalari, ayniqsa, Alisher Navoiy dostonlari sahnalashtirildi. Folklor-etnografik manbalar asosidagi pyesalar drama-turgiyaning alohida yo‘nalishini tashkil qildi. Musiqa va raqs san’ati. Mustaqillik yillarida musiqa san’atida tub burilish asliga qaytish, an’anaviy ohanglardan bahramandlik va ta’sirlanishda namoyon bo‘ldi. Buning uchun eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish, eng noyob xalq iste’dodlarini izlab topish zarur edi. Shu maqsadda 1992-yili bir qancha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent shahrida mart oyida milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar», aprel oyida mashhur san’atkorlar asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, iyun oyida Qo‘qon shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning va avgust oyida Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi. Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni asrash yuzasidan olib borilayotgan harakatlar bilan uyg‘unlashib ketdi. Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. 1996-yil «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi. Prezidentning 2001-yil «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi. Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga keldi. 1995-yilda Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuida ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. 1996-yil mart oyidan o‘tkazilib kelinayotgan «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi ko‘rik- 105 tanlovi mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi. Unda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Tanlov mustaqillikni madh etuvchi yuzlab qo‘shiqlar yaratilishiga turtki bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o‘tkazila boshlandi. Birinchi festivalda dunyoning 31 mamlakatidan vakillar ishtirok etishdi. Festivalning hudud qamrovi ham tobora kengayib bormoqda. 2015- yili X festivalda 66 mamlakatdan vakillar qatnashdi. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining ochilishi marosimi. Yodda tuting! YUNESKO tomonidan yuritiladigan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan Shashmaqom (2008), Boysun madaniy muhiti (2008), Navro‘z (2009), Katta ashula (2009), Askiya (2014) o‘rin oldi. 2017-yilda Prezident qarori bilan O‘zbek milliy maqom san‘ati markazi tashkil etildi. 2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati festivalini o‘tkazish belgilandi. 1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi. Mustaqillik yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy va zamonaviy yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida ta’limiga ham e’tibor berildi. 2002-yilda Toshkent davlat konservatoriyasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi. Konservatoriyaning yangi binosi qurildi. Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha davlat dasturi ham muhim o‘rin tutib, 106 uning doirasida 2009–2014-yillarda hududlarda 278 ta musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi, ular 30 mingdan ortiq yangi musiqa asboblari, 61 ming nusxada o‘quv qo‘llanma, milliy va jahon musiqasi notalari bilan ta’minlandi. «Nihol», «Zulfiya» nomidagi davlat mukofotlari ta’sis etilishi, «Kamalak yulduzlari» respublika bolalar ijodiyoti festivali, «Sozlar navosi» yosh musiqa ijrochilar va boshqa ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinayotgani yangi iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish va qo‘llabquvvatlash maqsadlariga xizmat qiladi. O‘zingizni sinang! Konservatoriya – bu ... Nomoddiy madaniy meros – bu .. ! Musiqa festivallari – bu ... Ma’naviyat maskanlari – bu ... Tasviriy san’at. Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar yaratib berdi. Avvalo, 1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya tashkil etildi. 2002-yili Toshkent foto uyi, 2004-yili O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili O‘zbek liboslari galereyasi, 2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish boshladi. Prezidentning 1997-yil «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonida amaliy bezak san’ati ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni tayyorlash davlat tomonidan madad berilish choralari belgilandi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni ta’sis etildi, «Hunarmand» uyushmasi tashkil qilindi. Hunarmandlar daromad solig‘idan ozod etildi. Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirish maqsadida soliq imtiyozlarining muddati uzaytirilmoqda. Bu tadbirlar badiiy kulollik, kandakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, lakli miniatyura kabi turlarini rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratmoqda. Kino. Mustaqillik yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga ham alohida etibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llabquvvatlashlar 2004-yili «O‘zbekkino» milliy agentligi tashkil etilgandan keyin yangi bosqichga ko‘tarildi. 2005-yildan boshlab davlat tomonidan 107 yillik ishlab chiqarish hajmlarining istiqbollik ko‘rsatkichlari belgilandi (15 ta to‘la metrajli badiiy kinofilm, 20 ta hujjatli va ilmiy-ommabop, 10 ta multiplikatsion kinofilm va 60 soatlik ma’naviy-ma’rifiy, o‘quvuslubiy videofilmlar). Kino san’ati ustalari ham mustabidlik va mustaqillik davrlarining mohiyatini badiiyat vositasi bilan ochib berish yo‘lida tinmay izlanib, xalqimizga o‘zlarining yangi-yangi asarlarini taqdim etdi. «Abdullajon», «O‘tkan kunlar», «Yozning yolg‘iz yodgori», «Voiz», «Osmondagi bolalar», «Chashma», «Yo‘l bo‘lsin», «Vatan», «O‘tov», «Parizod», «Unutma meni», «Aldangan ayol», «Tubanlik», «Qo‘rg‘oshin», «Baron»kabi badiiy filmlar tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Mustaqillik yillarida ishlangan «To‘maris», «Bulbul», «Kulol» singari multfilmlar jahonning nufuzli festivallarida ham e’tirof etildi. Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo‘ldi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo‘lib qoldi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Mustaqillik davri adabiyotining bayroqlari O‘zbekiston qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuflar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi. Milliy istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda O. Sharofiddinov, B. Qosimov, N. Karimovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. T. Malikning romanlari, O. Matjon, O. Hojiyeva, A. Suyun, Y. Eshbek, H. Do‘stmuhammad, Sh. Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari o‘zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Umuman, adabiyotga e’tibor madaniyatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida 2010-yil O‘zbekiston 108 Yozuvchilar uyushmasi huzurida «Ijod» fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh ijodkorlarning birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina boshlandi. Muzey. Millatimizning o‘zligini anglashda milliy, tarixiy qadriyatlari-mizni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Muzeylar tarixiy yodgorliklar maskani, adabiyot, san’at, urf – odatlari, hayot obrazlarimizning moddiy va maishiy jihatdan bir ko‘rinishi, ko‘zgusi, tasviri. Muzeylar orqali o‘tmishni, tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish mumkin. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi, Olimpiya shon-shuhrati, 2002-yili Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi – Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi. O‘zbekiston Prezidentining 1998-yildagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofi qlashtirish, ilmiy – uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda «O‘zbekmuzey» Respublika jamg‘armasi tuzildi. Ahoining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Yoshlar ma’naviyatida Muzeylarning ahamiyati hisobga olinib 2014-yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 2–8 sentabr kunlari «Muzeylar haftaligi»ni tashkil etish belgilandi. Yodda tuting! 1991–1994 yillarda 73 ta muzey mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda 450 ga yaqin muzey faoliyat olib bormoqda. Muzeylar faoliyati. 135 ta Davlat muzeylari 99 ta Nodavlat muzeylari 28 ta Kollej muzeylari 182 ta Maktab muzeylari 109 Shunday qilib, davlat madaniy hayotning ko‘p qirrali xususiyatini saqlagan holda rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratishga e’tibor qaratib kelmoqda. Shuningdek, madaniyat O‘zbekiston aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlarga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.

23-seminar: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda tasviriy va amaliy san’at


Reja:
1. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda tasviriy san’atni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar
2. Amaliy san’at sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan tadbirlar

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq, - deb yozadi president Islom Karimov – ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy madaniy merosi tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o‘zlikni anglashni o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz.1»


O‘zbekistonda yangi ma’naviy-g‘oyaviy yo‘nalishlarning shakllanishi o‘z navbatida, zamonaviy san’atning barcha sohalariga samarali ta’sir etib, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi. Tarixiy, madaniy va ma’naviy-aloqiy qadriyatlarning keng qatlamlarini qayta idrok
etish g‘oyalari, yangilanish tamoyillari me’morlik, tasviriy va amaliy bezak sohalarida, musiqa hamda televideniya tizimida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, yurtimizda san’at va uning turlari qadimdan keng rivojlangan. Afrosiyob, Dalvarzintepa, Xolchayon va boshqa joylarda olib borilgan arxeologik qazilmalar, u yerlardan topilgan noyob san’at asarlari, tarixiy, badiiy adabiyotlardan bizgacha yetib kelgan miniatyuralar bunga isbot bo‘la oladi. Tasviriy san’at namoyandalari, jumladan, o‘rta asrlar musavviri Kamoliddin Behzod nomi, uning nafis asarlari Sharqu G‘arbda mashhur. Ammo sho‘ro davrida xalqimizning bunday madaniy boyliklariga, ajdodlarimizning bebaho merosiga bepisandlik bilan qaraldi. Yaratilgan san’at asarlari mafkuraviy tazyiqqa olindi. Shukrki, istiqlol tufayli rassomlarimizga erkin ijod etishdek ulkan baxt nasib etdi. Ilgari o‘z kolleksiyasini chakkasiga paxta chanog‘ini qistirganlarning soxta tabassumi aks etgan surat bilan boyitishga majbur bo‘lgan musavvir bugun qalb amriga quloq solib ijod qilishga, o‘ziga xos yo‘lni topishga intilmoqda. Mo‘yqalam sohiblari ma’naviy ildizlarimizga suyanib, undan kuch, ilhom olib ijod qilmoqda. Sobiq tuzum davrida asarlarda har o‘zbek oilasi uchun qadrli buyum – oddiy beshik tasvirini aks ettirish millatchilik, “eskilik sarqiti”ni targ‘ib etish sifatida baholanib, ta’qibga olingan. Bugun milliyligimiz, azaliy qadriyatlarimiz, o‘zbekona qiyofamiz, tafakkurimiz jo bo‘lgan asarlar jahonning nufuzli ko‘rgazmalarida yuksak e’tibor qozonmoqda. Bugungi tinch va osuda hayotimiz, go‘zal tabiatimiz manzaralari, insonning ruhiy olami, o‘zlikni anglashga intilishi turli janr va uslublarda, turfa bo‘yoqlarda ifodalanmoqda.
«Hammamiz yaxshi tushunamizki, har qaysi iste’dod egasi o‘ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga qandaydir aql o‘rgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni birlashtiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog‘liqdir. Agarki har qaysi ijodkor o‘z asarlarida ana shu o‘lmas g‘oyalarni bosh maqsad qilib qo‘ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom ma’noda ma’naviy yuksalishga xizmat qilib, o‘zining ijtimoiy vazifasini to‘liq ado etishga erishgan bo‘ladi.1»
«XX asr 90-yillaridan boshlab milliy san’at ma’nosi tubdan o‘zgara boshladi. Yurtimiz san’atshunosligida sobiq hukumat davrida mavjud san’atshunoslik mezonlari va qoidalarining butun bir majmui o‘zgacha tarzda namoyon bo‘lgani va mustaqil davlatlar san’atida rivojlanayotgan turli tamoyillarni aks ettira olmay qolganidan so‘ng terminologik ta’rif berish masalasi dolzarblashdi. G‘arb dunyosi bilan mustaqil madaniy aloqa qilish huquqiga ega bo‘lgach, O‘zbekiston badiiy amaliyotida yurtimiz art-tanqidi tilini leksik yangilash zarurayatini vujudga keltirgan dolzarb san’atning turli shakllari paydo bo‘ldi. San’atshunoslik leksikonida ham janriy tushuncha, ma’no hosil qiluvchi (postmodernizm, o‘xshashlik, submadaniyat, paradigm, antropologiya, meystrim, germenevtika, konsepsiya, idiomatika, gedonizm kabi) yangi tushunchalar paydo bo‘ldi, ular zamonaviy san’atda ro‘y berayotgan jarayonni aniq va to‘laqonli aks ettira boshladi. Ta’kidlash joizki, ba’zi mamlakatlar va hususan O‘zbekiston san’atida yangi lisoniy birliklarning paydo bo‘lishi tabiiy holdir va bu holatni madaniyat, iqtidor va ijtimoiy sohalarning barchasida umumiy globallashuv jarayoni nuqtai nazaridan qarash to‘g‘ri bo‘ladi.»
Mustaqillik tasviriy san’atga ham o‘z o‘zgartirishlarini kiritdi. Bular avvalo, san’atda mafkuraviy nazoratni bekor qilinishi natijasida ijod erkinligini qo‘lga kiritgan rassomlarning uslubiy rang-baranglikda ijod qila boshlashlarida ko‘rinadi. Ijod erkinligi san’atda izlanishlar, turli uslub va yo‘nalishlarning rivojlanishiga olib keldi. Realistik san’at (hayot shakllari asosiga qurilgan san’at) va avangard modernizm san’atlarining o‘zaro raqobati kuchaydi. San’atning baholash mezoni ham o‘zgarib, ijodkorning shaxs ichki kechinmalari, o‘y va xayollarini, ong ostida yotgan murakkab tuyg‘ularni qanchalik ifodaviy shakl va ramzlarda ko‘rsata olishi bilan belgilana boshladi.
«Mustaqillik yillari rassomlik san’atining mavzusi kengaydi. Rassomlarning milliy tarixga murojaati natijasida taqiqlangan jabhalari qayta ko‘rib chiqildi. Ular xolisona baholandi. Shu davrdan yangi-yangi mavzular, eng avvalo, milliy tarix bilan bog‘liq voqealar ko‘pchilik rassomlarni o‘ziga jalb etdi. San’atda milliy tarix bilan bog‘liq portret va kompozitsiyalar paydo bo‘ldi. Tarixiy shaxslar sohibqiron Amir Temur, ulug‘ olim Mirzo Ulug‘bek, milliy qahramon Jaloliddin Manguberdilarning ikonagrafik portretlari uchun tanlovlar e’lon qilindi. Tanlovda Amir Temurning etalon portreti sifatida O‘zbekiston xalq rassomi professor Malik Nabiyevning «Amir Temur portreti» asari qabul qilindi. Malik Nabiyev tarixiy janrda samarali mehnat qilib kelayotgan rangtasvirchilardan. U Abu Rayhon Beruniyning ikonagrafik portreti uchun o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lib, uning asari etalon uchun qabul qilingan edi. Deyarli 50 yildan keyin rassomning yanayangi tanlovda g‘olib bo‘lishi uning shu soha bilimdoni ekanligini ko‘rsatadi. Bu portret ustida rassom uzoq izlanishlar olib borgan va asari uchun tarixchi Ali Yazdiyning Temur haqidagi tavsifi, Temurning vatani Shahrisabzda mahalliy tiplarni kuzatish va o‘rganish hamda antropolog olim Sergey Gerasimovning Temurning boshjjuyagi asosida yaratgan haykal portreti asos bo‘lganligini bilamiz. Portretda rassom Temurga xos shijoat, g‘ayrat, doim atrofga sinchkovlik bilan boquvchi zabardast, qoshlari katta (Ali Yazdiy uni shunday ta’riflagan), yoshi o‘ta boshlaganiga qaramay tetik bo‘lgan shaxs qiyofasini gavdalantirgan. Sohibqironning ustidagi bezakdor kiyimi, qo‘lidagi qilichi uning oliy hukmdorligidan darak beradi.
Ulug‘ olim Mirzo Ulug‘bek portreti uchun o‘tkazilgan tanlov g‘olibi Akmal Ikromjonov, milliy qahramon Jaloliddin Manguberdining To‘ra Kuryazov tomonidan yaratilgan ikonagrafik portretlari ham tarixiy materiallarni chuqur o‘rganish, qiyosiy taqqoslash asosida yuzaga kelgan. Bu portretlarning har biri o‘zining g‘oyaviy plastik yechimiga ega. Lekin ularda mualliflarning tasvirlanuvchi shaxsga bo‘lgan zo‘r e’tibori va faxr tuyg‘ulari yotadi. Bu portretlar keyingi milliy tarixiy-tasviriy asarlar uchun asos qilib olindi.
Tasviriy san’atda rangtasvir avvalgi yillardagidek yetakchi o‘rinni egallab, ayni shu san’atda izlanishlar olib borildi. Tarixiy mavzudagi asarlar asosan realistik talqin etilishi bilan xarakterlanadi. Mustaqillik yillarida xalq qahramonlari Alpomish, Spitamen, Go‘ro‘gli siymolari birinchi bor rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika san’atida yaratildi. Temur davri malikalari qiyofasi ochildi. Bu yillarda milliy mavzuga e’tiborning ortishi tarixiy janr rivojiga katta turtki berdi. Temur va temuriylar davriga atab shu yillarda qator janrli kompozitsiyalar paydo bo‘ldi. Malik Nabiyev, Chingiz Axmarov, Ne’mat Qo‘ziboyev, Qutlug‘ Basharov, Bahodir Jalolov, Javlon Umarbekov, Sa’dulla Abdullayev, Erkaboy Masharipov, Alisher Aliqulov va boshqalar shu mavzuda yirik asarlar yaratishdi. Har bir zamon o‘z zamondoshlarining qiyofasini ko‘rishni istaydi. Bu tabiiy. Chunki davr kishilarining ruhiy olami, ularning xarakteri, tabiatga bo‘lgan qiziqishlari shu san’atda o‘z ifodasini topadi. Sobir Rahmetov, Muhammad Nuriddinov, Yigitali Tursunnazarov, Chori Bekmirov, O.Bakirov, Bahodir Salomov va boshqa rassomlar ijodida shu san’atning yangi qirralarini ko‘rish mumkin. Manzara va natyurmort janrida ham shakl, nur va rangga boy salmoqli asarlar yaratildi. Rahim Ahmedov, Ne’mat Qo‘ziboyev, Akmal Ikromjonov, Anvar Mirsoatov, Yunusovlarning manzara va natyurmortlari o‘zining his-tuyg‘ularga boyligi kabi xislatlari bilan yangi davr ruhini ifodalaydi.
Mustaqillik yillari miniatura san’atining ham haqiqiy rivojlanish yo‘liga kirdi. Ayniqsa, lokli miniatura san’ati o‘zining kamolotiga erishdi. Shomahmud Muhammadjonov, G‘ayrat Kamolov, Toir Boltaboyev, Xurshid Nazirov, Alisher Yo‘ldoshev, Bahodir Yo‘ldoshev, Ubaydulla Qosimov kabi miniaturachilar ijodida shu san’atning ajoyib namunalari yaratildi. Bu san’atda Niyozali Xolmatov akademik unvoniga sazovor bo‘ldi.
Istiqlol yillaridan miniatura san’ati har tamonlama chuqur o‘rganila boshlandi, mazkur san’at bo‘yicha ko‘plab yangiliklar, ilmiy izlanishlar va amaliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2006 yilda Shoxalil Shoyoqubov o‘zining ko‘p yillik tajribasidan va qadimdan qolgan meroslarimizga asoslangan tarzda o‘zbek, rus va ingliz tillarida «Zamonaviy O‘zbekiston miniaturasi» (Sovremennaya miniatyura Uzbekistana, Contemporary miniature paintings of Uzbekistan. Toshkent, 2006) kitobini nashr qildirdi. Undan miniatyurachi rassomlardan M.Po‘latov, K.Mirzayev, T.Boltaboyev, U.Qosimov, Sh.Shoahmedov, Sh.Muhammadjonov, A.Qambarov, Sh.Shoyoqubov, D.Po‘latova, Sh.Rixsiyev, A.Tursunov, D.Shoahmedov, O.Irmatov S.Po‘latov, F.Rahmatullayev, J.Saydaliyev, A.Saydaliyev, B.Yo‘ldoshev, N.Xolmatov, T.Qoraboyev, Sh.Shoyoqubov, M.Olimjonov, G‘.Kamolov, X.Nazirov, T.Ikromov, O.Irmatov, A.Qambarov, R.To‘xtayev, M.Sotiboldiyeva kabi ko‘plab ijodkorlarning asarlari joy olgan.
Mustaqillik yillarida realistik san’at yo‘nalishi bilan bir qatorda avangard san’ati yo‘nalishlari bilan o‘ziga yo‘l ochib bordi. O‘z ijodini akademik san’at yo‘nalishida boshlab katta yutuqlarga erishgan Bahodir Jalolov, Vyacheslav Oxunov, Akmal Nuriddinov, Jamol Usmonovlar avangard san’atidagi ijodi e’tiborli. Bu san’atkorlar g‘arb akademik san’ati an’analarini chuqur o‘zlashtirgan va o‘z vaqtida shu san’atning nodir namunalarini yaratgan bo‘lsalar, 90-yillardan keyin avangard san’atida e’tiborga loyiq asarlar yaratib, munozaralarga tomoshabinni chorladilar. Ularning ishlarida xayoliy tasavvurlarga burkangan, ramziy assotsiativ shakllar majmuasida sharqona ohangli, falsafiy xayollarga olib ketuvchi murakkab kompozitsiyalar gavdalanadi. Ularning keyingi yillarda yaratgan asarlarida erkin, har qanday pand-nasihat, biror-bir g‘oyani asoslash yoki targ‘ib qilish emas, balki erkin holda shoirona xayollarga berilish, dunyo va tabiat mo‘jizalaridan hayratlanish ko‘proq namoyon etiladi. Rang, shakl, ramzlar esa shu xayollarni materiallashtiradi.
XX asrda O‘zbekistonda kuchli rangtasvir maktabi shakllandi, ammo ustalarning ijodiy salohiyati uzoq yillar mobaynida qattiq mafkuraviy nazorat ostida bo‘lishiga qaramay, mustaqillik bergan ijod va ruh erkinligi rassomlarning o‘z-o‘zini badiiy ifoda etishlari uchun yangi kuch-quvvat berdi, ular endi mavzu va uslub tanlashda erkindirlar. Ayni paytda ularning ishlarida avvalgi davrda ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan o‘z falsafiy qarashlarini ifoda etish imkoniyati, davrlarning aloqadorligini ko‘rsatish, tarixiy xotirani parchalab bo‘lmasligini isbotlashga intilishlari ko‘zga yaqqol tashlana boshladi. Rangtasvirning zamonaviy falsafiy plastik tizimida saksoningchi yillarda tamal toshi qo‘yilgan qochirimliramzli uslub rivoji jadallashdi.
Istiqlol yillarida mamlakatimiz madaniy hayotida biyennale, fotobiyennale singari yangi tushunchalar paydo bo‘ldi. Har ikki yilda o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi mustaqillik davri o‘zbek tasviriy san’ati erishayotgan yutuqlarni jahon san’atshunoslari, musavvirlari va muxlislarga havola etish, ularni yurtimizda kechayotgan ijodiy jarayon bilan tanishtirish, ijodkorlarning o‘zaro fikr va tajriba almashishiga xizmat qilmoqda. Toshkent xalqaro fotobiyennalesi yurtimizda fotografiya san’ati jadal rivojlanib borayotganini, farovon hayotimiz, taraqqiyotimiz odimlari, umrboqiy qadriyatlarimizni bor jozibasi bilan namoyish etmoqda. “Toshkent quvonchlari” xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi dunyo ahlining O‘zbekiston bolalari haqidagi tasavvurini suratlar orqali boyitmoqda. Bunday xalqaro tadbirlar tufayli xorijlik hamkasblarimiz, san’at ixlosmandlari O‘zbekistonda san’at, madaniyat, ma’naviyat, yoshlar ta’lim-tarbiyasi davlatimizning doimiy diqqat-e’tiborida ekanini ko‘rib, havas qilmoqda.
So‘nggi yillarda Tasviriy va amaliy san’at haftaligi xalqaro festival darajasiga ko‘tarildi. Bu yil ushbu tadbirda Slovakiya, Yaponiya, Hindiston, Ozarbayjon, Iroq, Vetnam kabi o‘ndan ortiq davlatlardan musavvirlar ishtirok etdi. Ushbu festival yosh mo‘yqalam sohiblari orzularini ro‘yobga chiqarishga ham hissa qo‘shayotir. Unda muvaffaqiyatli qatnashgan yoshlar xorijiy davlatlarda tashkil etilayotgan turli xalqaro ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlovlar, biyennalelarda ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizda yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi zali, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi, Yoshlar ijod saroyi, Milliy san’at markazi singari o‘z ko‘rgazmalari mavzusi va yo‘nalishiga ega ko‘plab san’at dargohlari barpo etildi. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi va boshqa bir qator ijodiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston tasviriy san’ati”, “Yangi avlod”, “Navqiron O‘zbekiston” singari festivallar, “Kelajak ovozi” respublika ko‘rik-tanlovi, yosh musavvirlarning ijodiy-intellektual saviyasini yuksaltirishga yo‘naltirilgan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘g‘il-qizlarning badiiy didi, tafakkurini yuksaltirib, ijodiy mahoratini oshirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ijodkorlar uyushmasi tarkibida fotografiya sho‘basi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ham yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga o‘tgan davrda erishilgan yutuqlarni, bugungi saodatli, tinch va farovon kunlarimizni jahonga xolis va haqqoniy tanishtirish imkonini bermoqda. Toshkent Fotosuratlar uyida tashkil etilgan badiiy fotografiya maktabi yoshlarga mazkur san’atning sirlarini puxta egallashi, ularning bilim va mahoratini oshirishga xizmat qilmoqda.
Iqtidor sohiblarining xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashishi uchun keng sharoit yaratilmoqda. Jumladan, Dilorom Mamedova, Bobur Ismoilov, Kamoljon Boboev, Temur Ahmedov, Farrux Ahmadaliev, G‘ayrat Ibrohimov singari o‘z uslubi va ijod yo‘liga ega ko‘plab iste’dodli yosh musavvirlarning asarlari mamlakatimizda o‘tkazilayotgan ijodiy loyihalar bilan birga Evropa davlatlari, Xitoy, Janubiy Koreya singari mamlakatlardagi ko‘rgazmalarda namoyish etilmoqda.
Hozirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tasviriy san’atning ko‘plab yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlarga ta’lim berilmoqda. Mazkur oliy ta’lim dargohida jahonning ko‘plab universitetlari, ijodiy markazlari bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Janubiy Koreyaning bir qator universitetlari bilan ma’rifiy-ijodiy hamkorlikda talabalarning o‘zaro fikr almashishi, ijodiy muloqot o‘rnatishi, turli ko‘rgazmalar, ilmiy-amaliy anjumanlarda ishtirok etishi imkoniyati yaratilgan. Talabalarning san’atshunoslar va musavvirlar bilan doimiy uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Kamoliddin Behzod memorial bog‘-muzeyida tasviriy san’atga qiziquvchi yoshlarning ijodiy ko‘rgazmasi muntazam tashkil etilmoqda.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston tasviriy va milliy san’ati rivojlanishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
- Mustaqillikka erishish, O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va mafkuraviy-g‘oyaviy faoliyatini amalga oshirilishi;
- Yangi san’atning yaralishida avval hukmronlik qilgan «sotserealizm» aqidalari tazyiqidan halos bo‘lish;
- Madaniy, ma’naviy-marifiy hamda san’atshunoslik va shu kabi sohalarga e’tibor berilishi va rivojlantirilishi;
- San’atda mafkuraviy nazoratni bekor qilinishi, senzuraga barham berilishi;
- Ijod erkinligi;
- O‘zbekistonda yangi ma’naviy-g‘oyaviy yo‘nalishlarning shakllanishi;
- Fikrlar xilma-xilligi;
- San’atda izlanishlar, turli uslub va yo‘nalishlarning shakllanishi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mustaqillik yillarida ko‘plab sohalar rivoji kabi san’at sohasida ham ulkan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlarning asosi omili albatta mustaqilligimiz sharofatidir. Chunki, katta imkoniyatlarga, yuksak e’tirof va e’tiborga, erkin ijodiy faoliyat qilishga faqatgina mustaqil yurt ijodkorlari ega bo‘ladi. Bunday islohotlar esa, avvalo inson manfaatlari, uning ma’naviy olami va tafakkurining yuksalishi uchun xizmat qiladi. Aslida ham, har qanday davlatning bu kabi ma’naviy-marifiy, madaniy sohalardagi siyosati muhim ahamiyatga ega. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining mashhur «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» nomli asarida ham, yuqoridagi fikrimga yaqin bo‘lgan quyidagi gaplarni aytib o‘tgan edilar: «Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish masalasi biz uchun g‘oyat dolzarb ahamiyatga ega. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizning samaradorligini avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy me’rosimizning chuqur o‘rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o‘zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog‘liqdir.»
Me'morchilik va amaliy san'at. O'zbek xalqi me'morchiligi mohiyat e'tibori jihatidan buyuk bunyodkorlik san'atidir. Mustaqillik yillarida me'morchilik san'ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me'morchilikda ikki asosiy tamoyil ko'zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me'morchilikning an'anaviy qonun-qoidalariga rioya yetishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy Majlis, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o'z aksini topgan.
Me'morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O'zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin olish sari intilishini namovish etuvchi jahon me'morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoypn bo'lmoqda. Bunday binolarjumlasiga «Meridian», «Afro-siyob» (Samarqand), «Buxoro» «Interkontinental», «Sheraton» meh-monxonalari, «O'zekspomarkaz», Miiliy bank, Markaziy bank, «Toshkentplaza» savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo moliyaviy xizmatiar Markazi, O'zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin.
Toshkent shahri ko'rkiga ko'rk qo'shib turgan «Oloy», «Chorsu», «Otchopar», «Yunusobod», «Mirobod», «Parkent», «Qo'yliq» va boshqa bozor binolari, shuningdek, «Yunusobod» tennis markazi, «Jar» sport markazi singari zamonaviy inshootlar barpo etildi.
O'zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik bilan olib borildi. Bunga Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o'nlab binolar, obidalar misoi bo'laoladi.
Kadrlar tayyorlash miiliy dasturini hayotga tatbiq etish jarayonida yuzlab akademik litsey va kasb-hunar koilejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi.
Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san'ati jadal o'sdi. Haykaltarosh IJabborov va K.Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temur haykallari, Farg'ona va Quvada al-Farg'oniy (1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi. Haykaltarosh R.Mirboshiyev ijodiga mansub «Z.M.Bobur» (1993, Andijon), «Abdulla Qodiriy» (1994, Toshkent), «Cho'lpon» (1997, Andijon), «Ona» (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999— yilda Termizda «Alpomish» haykali va majmua-kompozitsiyasi (A.Rahmatullayev va boshqalar) bunyod etildi.
O'zbekistonda qadirndan amaliy san'at o'ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zar-do'zlik, gilamdo'zlik, bezakchilik kabi amaliy san'at turlari tiklandi va yangi ma'no-mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san'ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san'at, rassomchilik san'atining rivojida 1997— yilda tashkil etilgan O'zbekiston Badiiy akademiyasi va «Tasviriy oyina» respublika ijodiy uyushmasi muhim rol o'ynadi. O'zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov va boshqalar xalqimiz ongida miiliy g'urur, Vatanga sadoqat tuyg'ularini uyg'otuvchi qator san'at asarlari yaratdilar. Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va miniatura san'ati yangi ma'no-mazmun bilan boyidi. Shahar ko'chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o'rnatildi, binolarning devorlari odamlarga huzur-halovat, zavq bag'ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi.

24-seminar: O’zbekistonda zamonaviy milliy san’at rivoji


Reja
1. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda zamonaviy milliy san’atni rivojlantirish borasidagi ishlar
2. San’at sohasi moddiy texnika bazasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar. O’zbek sirki.
Mustaqillik yillarida musiqa san’atida tub burilish asliga qaytish, an’anaviy ohanglardan bahramandlik va ta’sirlanishda namoyon bo‘ldi. Buning uchun eng avvalo, xalqqa yaqinlashish, el orasida yurish, eng noyob xalq iste’dodlarini izlab topish zarur edi.
Shu maqsadda 1992-yili bir qancha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazildi. Jumladan, Toshkent shahrida mart oyida milliy soz ijrochilarining «Asrlarga tengdosh navolar», aprel oyida mashhur san’atkorlar asarlari ijrochilarining «Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida may oyida folklor jamoalarining, iyun oyida Qo‘qon shahrida askiya, qiziqchi va masxarabozlarning va avgust oyida Toshkent shahrida lapar, yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari tashkil etildi.
Ular bir necha o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. Bu kabi tadbirlar, festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylanib, xalqaro miqyosda nomoddiy madaniy merosni asrash yuzasidan olib borilayotgan harakatlar bilan uyg‘unlashib ketdi.
Mustaqillik davrida professional musiqa va raqsni rivojlantirish ishlariga ham e’tibor qaratildi. 1996-yil «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 1997-yil Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi «O‘zbekraqs» milliy raqs birlashmasi hamda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi tuzildi. Prezidentning 2001-yil «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi, Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi.
Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga keldi. 1995-yilda Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuida ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. 1996-yil mart oyidan o‘tkazilib kelinayotgan «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi ko‘rik tanlovi mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi. Unda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «O‘zbekiston –Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Tanlov mustaqillikni madh etuvchi yuzlab qo‘shiqlar yaratilishiga turtki bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har ikki yildabir marotaba Samarqand shahrida«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o‘tkazila boshlandi. Birinchi festivalda dunyoning 31 mamlakatidan vakillar ishtirok etishdi.
Festivalning hudud qamrovi ham tobora kengayib bormoqda. 2015- yili X festivalda 66 mamlakatdan vakillar qatnashdi.
1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi.
Qo’shimcha ma’lumotlar:
YUNESKO tomonidan yuritiladigan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan Shashmaqom (2008), Boysun madaniy muhiti (2008), Navro‘z (2009), Katta ashula (2009), Askiya (2014) o‘rin oldi. 2017-yilda Prezident qarori bilan O‘zbek milliy maqom san‘ati markazi tashkil etildi. 2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati festivalini o‘tkazish belgilandi.
Mustaqillik yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy va zamonaviy yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida ta’limiga ham e’tibor berildi. 2002-yilda Toshkent davlat konservatoriyasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi. Konservatoriyaning yangi binosi qurildi.
Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha davlat dasturi ham muhim o‘rin tutib, uning doirasida 2009–2014-yillarda hududlarda 278 ta musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi, ular 30 mingdan ortiq yangi musiqa asboblari, 61 ming nusxada o‘quv qo‘llanma, milliy va jahon musiqasi notalari bilan ta’minlandi.
«Nihol», «Zulfiya» nomidagi davlat mukofotlari ta’sis etilishi, «Kamalak yulduzlari» respublika bolalar ijodiyoti festivali, «Sozlar navosi» yosh musiqa ijrochilar va boshqa ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinayotgani yangi iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish va qo‘llab-quvvatlash maqsadlariga xizmat qiladi.
Tasviriy san’at. Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar yaratib berdi. Avvalo, 1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya tashkil etildi. 2002-yili Toshkent foto uyi, 2004-yili O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili O‘zbek liboslari galereyasi, 2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish boshladi.Prezidentning 1997-yil «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonida amaliy bezak san’ati ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni tayyorlash davlat tomonidan madad berilish choralari belgilandi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni ta’sis etildi, «Hunarmand» uyushmasi tashkil qilindi. Hunarmandlar daromad solig‘idan ozod etildi. Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirish maqsadida soliq imtiyozlarining muddati uzaytirilmoqda.
Bu tadbirlar badiiy kulollik, kandakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, lakli miniatyura kabi turlarini rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratmoqda.

25-seminar: Tarixiy xotira VA Milliy-ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi.


Reja:
1. Ma’naviy merosning tiklanishi.
2. Tarixiy xotiraning tiklanishi.
3. Milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi.
4. Milliy istiqlol go‘yasi.

Ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘lgan, qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo‘ldi. Buning oqibatida xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo‘ldi. Ayniqsa, so‘nggi mustamlakachilik, sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. Avlodlarimiz yetishtirgan allomalarimiz idealist degan yorliq bilan qoralandi, asarlarini unutish, yo‘qotish siyosati yuritildi. Islom dini qadriyatlari, musulmonlarning e’tiqodlari oyoq osti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Mustabid tuzum hukmdorlari madaniy inqilob shiori ostida o‘zbek xalqining yuzlab iqti-dorli, milliy-ozodlik uchun kurashgan vatanparvar ziyolilarini, istiqlolchi farzandlarini siyosiy qatag‘on qildi, ularning nomlarini xalqimiz xotirasidan o‘chirib tashlashga harakat qildi.


Eski tuzum o‘zining boy mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib, odamlar ongiga soxta, noinsoniy g‘oyalarni singdirishga urinardi. Tariximizni soxtalashtirish, tarixiy haqiqatni buzub ko‘rsatish, milliy tuyg‘ularni qo‘pol ravishda kamsitish siyosati yuritilardi. O‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik ko‘plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi. Biroq og‘ir judoliklarga qaramasdan, xalqimiz ongini yo‘qotmadi, o‘zining boy ma’naviy merosini, milliy qadriyatlarini avaylab saqlab, boyitib keldi.
Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi asosiy ahamiyati va o‘rni qayta tiklandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning IV-sessiyasi 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining faoliyati, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hisob-kitobi, statistika va moliya ishlari o‘zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarining nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati, mustaqil davlatimizning qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati o‘z o‘rniga qo‘yildi.
Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz ma’naviy zug‘umlardan ozod bo‘ldi, erkin fikrga, milliy tiklanishga yo‘l ochildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksalishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi. Boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni tiklash ishlari boshlanib ketdi.
Mustaqillik tufayli milliy madaniyatimiz, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o‘rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldi. Xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan sanalari YUNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Jumladan, 1991-yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; 1992-yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; 1994-yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi; 1996-yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi; 1997-yil – Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi; 1998-yil – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi; 1999-yil – Alpomish dostonining 1000 yilligi; 2000-yil – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi va Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; 2001-yil – “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi keng nishonlandi. Buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarimizning yubileylari munosabati bilan ularning o‘nlab nodir va noyob asarlari o‘zbek, ingliz, fransuz, nemis, yapon va boshqa tillarda nashr etildi, haykallar o‘rnatildi, ziyoratgoh maydonlari, bog‘lar yaratildi.
1991-yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley yilida buyuk “Hamsa”si va “Lison ut-tayr” asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991-yil 28-sentabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
1994-yil oktabr oyida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek madrasasi, Ulug‘bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug‘bek haykali aks ettirilgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. Shu yil 24-oktabrda Parijda YUNESKOning majlislar zalida “Ulug‘bek va temuriylar davri” mavzusida xalqaro konferensiya hamda “Ulug‘bek va an’anaviy san’at” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga aylanishiga ko‘maklashdi.
1998-yil 23-oktabrda Farg‘ona shahrida buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik yubileyi keng nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg‘ona shahrida Al-Farg‘oniy nomi bilan ataluvchi bog‘ yaratildi va buyuk allomaga haykal o‘rnatildi.
2-masala
1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida “O‘zbekistonning yangi tarixi markazi” tashkil etildi.
O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi.
Mamlakatimiz Xitoy, Hindiston, Eron, Misr kabi qadimiy davlatlar qatorida turadi. Milliy davlatchiligimiz qadimiy, diyorimiz yirik davlat arboblari bilan mashhur. Bobomiz Amir Temur mamlakatimizni jahondagi eng qudratli davlat darajasiga ko‘targan. Sobiq Ittifoq davrida ko‘hna tariximizning ana shu qirralari berkitilgan bo‘lsa, mustaqillik yillarida o‘zining asl bahosini oldi. Milliy davlatchiligimiz tajribasi, Amir Temur tuzuklari, Forobiy, Alisher Navoiylarning odil davlat qurish haqidagi dono fikr-mulohazalari mustaqillik davrida demokratik huquqiy davlat qurilishida katta madad berdi. Prezident farmoni bilan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Shu yili mashhur davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi mamlakatimizda va jahon miqyosida keng nishonlandi. YUNESKO qarori bilan 1996-yil aprelda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro tantanalar bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal o‘rnatildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi. Samarqand va Shahrisabzda o‘nlab tarixiy obidalar ta’mirlanib, qayta tiklandi, yangi inshootlar qurildi, bog‘lar yaratildi. Ushbu shaharlar markazida ko‘rkam Amir Temur maydoni barpo etildi va ulug‘vor haykal o‘rnatildi. Bu shaharlarga “Amir Temur” ordeni topshirildi. Amir Temurning shaxsi butun ma’rifiy insoniyatning boyligi ekanligi tan olindi.
1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999-yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi xotirasini abadiylashtiruvchi yodgorlik majmuyi barpo etildi. 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi, 2007-yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi, 2009-yilda Toshkent shahrining 2200 yilligi, 2006-yil 27-oktabrda Qarshi shahrining 2700 yilligi nishonlandi. 2006-yil 2-noyabr kuni Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi keng nishonlandi.
Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari nashr etildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrining Bo‘zsuv kanali bo‘yida qatag‘on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorligi majmuasi bunyod etildi va uning ochilish marosimi 2000-yil 12-may kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur majmua qoshida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilib, 2002-yil 27-avgust kuni foydalanishga topshirildi. Ushbu majmua va muzeyning tarixiy, siyosiy ahamiyati shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida xalqimiz qanday ayanchli kunlarni boshidan kechirgani, mustaqillik tufayli yurtimizda adolat, shahid ketganlarning xotirasi tiklanganligi to‘g‘risida tarixiy xotira, saboq bo‘lib xizmat qiladi.
1999-yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Xotira maydoni” majmuasi barpo etildi va shu yili 9 may kuni uning ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 33 tomlik xotira kitobi tayyorlandi va nashr etildi. Har yili 9 may kuni “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bu tadbirlar xalqimizning o‘zligini anglashiga, tarixiy xotirasini tiklashga xizmat qilmoqda.
Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g‘ururni ko‘tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirishga ko‘maklashmoqda.
O‘zbek xalqiga xos quyidagi jihatlar uning milliy qadriyatlari sifatida boshqa xalqlar tomonidan e’tirof etilgan:
· tug‘ilgan makon va ona yurtiga ehtirom;
· avlodlar xotirasiga sadoqat;
· kattalarga hurmat, kichiklarga izzat;
· mehmondo‘stlik;
· bolajonlik;
· ma’naviyat-axloq-odob-ma’rifat;
· muomalada mulozamat, hayo, andishalik;
· og‘ir kunlarda vazminlik, sabr-toqat va hokazo.
Mustaqillik yillarida xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma’no-mazmun bilan boyitish yo‘lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.
Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri “Navro‘z” bayramidir. Qaramlik yillarida mana shu ardoqli bayramni nishonlash ham ta’qiqlangan edi. 1990-yildan boshlab O‘zbekiston hukumatining qarori bilan 21-mart “Navro‘z” milliy xalq bayrami kuni sifatida belgilanib, dam olish kuni deb e’lon qilindi. Xalqimiz “Navro‘z” kunlarida hasharlar uyushtirib, dalalarga ko‘chatlar ekish, ko‘chalarni tozalash tadbirlarini, turli ommaviy o‘yinlar, poyga musobaqalari, sayllar uyushtiradilar, yetim-yesirlarga va nogironlarga yordam berib, marhumlar qabrlarini ziyorat qiladilar.
1994-yil 23-apreldagi Prezident farmoni asosida tashkil etilgan Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g‘oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste’dod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo‘naltirishga qaratilgan tadbirlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar tashkil etishni yo‘lga qo‘ydi. Markaz tomonidan aholi o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar, so‘rovlar asosida ishlab chiqilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish boy’icha tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy-axborot vositalarining ma’naviy-tarbiyaviy saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
3-masala
1996-yil yanvarda Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi huzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi tuzildi. 1996-yil 27-sentabrda Vazirlar Mahkamasining “Oltin meros” xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga binoan mazkur jamg‘arma davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab-quvavtlandi. Mazkur jamg‘arma “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san’at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko‘rik tanlovlar o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. 1996–2002-yillarda “Oltin meros” jamg‘armasi sa’y-harakatlari natijasida buyuk allomalarimiz yaratgan ko‘plab madaniy-ma’naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorijiy davlatlardan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm-rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o‘rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma’no-mohiyatini, hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo‘shmoqda.
Qaramlik davrida tahqirlangan diniy qadriyatlarimiz mustaqillik nuri bilan qay
ta tiklandi, islomshunos allomalarimizning ulug‘ nomi o‘z o‘rniga qo‘yildi. 1993-yil sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Yubiley munosabati bilan Buxorodagi Naqshband nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag‘ishlangan qator risolalar chop etildi. 1998-yil Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang (Chelak) qishlog‘ida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochildi. Yubiley munosabati bilan bobokalonimizning 4 jildlik “Al-Jome’ as-Sahih” kitobining ko‘p ming nusxadagi nashri o‘zbek kitobxonlariga taqdim etildi.
2000-yil 16–17-noyabr kunlari Marg‘ilonda islom huquqining asoschilaridan biri Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi va ular xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari ochildi. Burhoniddin al-Marg‘inoniyning islom huquqiga oid “Hidoya” kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Iso at-Termiziyning 1200 yil-ligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Xo‘ja Ahror Valiy tavalludining 600 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi.
O‘zbekiston Prezidentining 1992-yil 27-martdagi Farmoni bilan Ro‘za-Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga ko‘ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Prezidentining 1990-yil 2-iyundagi “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilish to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo‘ldilar. Mustaqillik yillarida 32 ming O‘zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo‘ldilar. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etilmoqda. Qur’oni Karim sakkiz marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar faqat dindorlar uchun qilingan marhamatgina emas, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum va udumlarining, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg‘onishidir.
Prezidentning 1992-yil 7-martdagi Farmoni bilan islom dini omilidan, uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom-tadqiqot instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba yoshlar ta’lim olmoqdalar. 1999-yilda tashkil etilgan Toshkent Islom universitetida 1000 dan ziyod talaba o‘qimoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi. O‘zbekistonda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarda quyidagi tamoyillarga amal qilinmoqda:
· dindorlarning diniy tuyg‘ularini himoya qilish;
· diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
· diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
· ma’naviy tiklanish, umuminsoniy-axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida diniy uyushmalar bilan muloqot qilish;
· dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish;
· din va e’tiqodga sig‘inish erkiga qonun bilan belgilangan cheklashlar orqaligina daxl qilish mumkin;
· diniy da’vatlar bilan hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida din, eng avvalo, islom dinining ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqei tiklandi, diniy ulamolarning qadr-qimmati o‘z joyiga qo‘yildi.
Qonun ijrosi va amaliyotini qarangki, bugungi kunda O‘zbekistonda 2119 ta diniy tashkilot erkin faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo Yeparxiyasi, Yevangel xristian-baptistlari cherkovi, Rim-katolik cherkovi, To‘la Yevangel xristianlari cherkovi, O‘zbekiston Injil jamiyati singari diniy tashkilotlar faoliyatidan turli dinlarga mansub fuqarolarimiz birdek manfaatdor ekanliklarini izohlashga hojat bo‘lmasa kerak. Bulardan tashqari respublikamizda 2000 dan ortiq musulmonlar masjidi, 168 xristian cherkovi, 7 yahudiy sinagogasi, 7 bahoiylar uyushmasi, 2 Krishna jamiyati, 1 budda ibodatgohi mavjud. Diniy ta'limotni puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladigan 12 ta diniy ta'lim muassasasi qatorida 1 ta pravoslav va 1 ta xristian protestant seminariysi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlardan ko‘rinib turibdiki, yurtimizda islom diniga qanday sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, boshqa dinlarga ham xuddi shunday emin-erkin ibodat qilish va bu borada hech bir to‘siqlarsiz faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Har yili minglab musulmonlarimiz Haj safarlariga borishgani kabi mazkur diniy tashkilotlarning 120 dan ortiq vakili Isroil, Gretsiya va Rossiyadagi diniy ziyoratgohlarga safar uyushtiradilar, xorijga e'tiqodiy ziyoratga yo‘l oluvchilar uchun beriladigan imkoniyatlardan foydalanadilar.
Mamlakatda islomiy muhim sanalarni nishonlash bilan bir qatorda boshqa konfessiyalarning ham qator diniy tadbirlari keng nishonlanadi. Jumladan, 1996 yilning noyabr oyida Rus Pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo Yeparxiyasining 125 yilligi, 1996 yilning dekabr oyida Markaziy Osiyodagi yagona Yevangel-lyuteranlar jamoasining 100 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. 1995 yilda "Bir osmon ostida" xalqaro xristian-musulmon konferensiyasi o‘tkazildi.
4-masala
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa- deb ta’kidlaydi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov- milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirish va odamlar ongiga singdirishdan iboratdir. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kundan boshlab jamiyatimizning milliy g‘oyasini yaratish dolzarb vazifa bo‘lib qoldi. 1993-yil 23-aprel kuni Birinchi Prezidentimiz bir guruh adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g‘oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII-sessiyasida 1993-yil 7-may kuni nutq so‘zlab, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi:
· milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishi lozim;
· shu bilan birga, bu g‘oya xalqimizda, o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi taraqqiy etgan davlatlar orasida teng huquqli asosda munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak.
Milliy istiqlol g‘oyasidan kutilgan maqsad nima?
Bugungi kunda sobiq Ittifoq zamonida hukmronlik qilgan, odamlarni qullik, mutelik holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik mafkurani tanqid qilish, taqiq qilish, ma’myuriy choralar ko‘rish yo‘li bilan yengib bo‘lmaydi. “G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”, degan haq fikrni ilgari surdi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov, “Xo‘sh, milliy g‘oya, milliy mafkura nimalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qanday talablarga javob berishi kerak?”, degan savolni qo‘yadi va unga javob berar ekan, quyidagi dasturiy ahamiyatga molik fikr-mulohazalarni, vazifalarni ilgari suradi:
· birinchidan, milliy mafkura avvalombor, o‘zligimizni, muqaddas an’alarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning ko‘p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo‘yilgan oliy maqsad va vazifalarni qamrab olishi shart;
· ikkinchidan, jamiyatimizda bugungi kunda mavjud bo‘lgan xilma-xil fikrlar va g‘oyalar, erkin qarashlardan, har qanday toifalar va guruhlarning intilishlari va umidlaridan, har qanday insonning e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’iy nazar, ularning barchasini yagona milliy bayroq atrofida birlashtiradigan, xalqimiz va davlatimizning daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng buyuk maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya – mafkura bo‘lishi kerak;
· uchinchidan, milliy mafkuramiz har qanday millatchilik va shunga o‘xshagan unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik, ularni kamsitish kayfiyati va qarashlaridan mutlaqo xoli bo‘lib, qo‘shni davlat va xalqlar, umuman jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda o‘zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo‘lishi darkor;
· to‘rtinchidan, milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek oliyjanob ishlarimizda madadkor bo‘lishi zarur;
· beshinchidan, u Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajakni uzviy bog‘lab turishga, o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib beradigan va shu maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan go‘ya bo‘lishi kerak.
Jamiyat ma’naviyatini yangilash va yanada yuksaltirish bugungi kunda ham mamlakatimiz taraqqiyotinng ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib turibdi. Hozirgi zamonda insonlarning qalbi va ongini egallash uchun mafkuraviy kurash bo‘layotganligi, ko‘p narsalarni mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar hal qilishi mumkinligi, O‘zbekistonda ham ba’zi yoshlarni yo‘ldan chalg‘itadigan diniy ekstremizm xavfi mavjudligi hukumatimiz va jamiyatimizni ogohlikka da’vat etadi. 80-yillarning oxirlarida mamlakatimizga o‘zini “do‘st”, “dindosh”, “millatdosh” qilib ko‘rsatib, go‘yo islom dinining “sofligi” uchun kurashishga “da’vat” etuvchi ayrim kimsalar kirib kelganligi ma’lum. Ular muqaddas islom dinimizning asl mohiyatini bilmaydigan oddiy odamlarni, g‘o‘r yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, bizga begona bo‘lgan diniy aqidalarni yoyishga urindi, ayrim yoshlarni o‘ziga mahliyo qilishga, jaholat va jinoyat botqog‘iga tortishga ulgurishdi ham. Namangan va Toshkentda sodir etilgan qonli voqealardan keyingina bu kuchlarning niyati hokimiyat uchun kurash bo‘lib, ular din niqobi ostida harakat qilayotgan xalqaro terrorchilik harakatining O‘zbekistondagi bir to‘dasi ekanligi oshkor bo‘ldi. Mustaqillikning dastlabki yillarida eski mafkuradan voz kechish natijasida paydo bo‘lgan bo‘shliq vaziyatida begona g‘oyalarning O‘zbekistonga xuruji kuchaydi.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekistonning milliy istiqlol g‘oyasini yaratish tashabbuskori va ijodkori bo‘ldi. Ma’no-mazmuni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash kabi insonparvar tamoyillarni o‘zida uyg‘unlashtirgan milliy istiqlol g‘oyasi shakllandi.
Milliy adabiyot rivojiga H.S.Karomatovning “Qur’on va o‘zbek adabiyoti”, O.Sharofiddinovning “Cho‘lponni anglash”, B.Qosimovning “Maslakdoshlar” asarlari ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid Davron, To‘ra Mirzo kabi ijodkorlarimizning tarixiy roman, p’yesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz, sohibqiron Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur va boshqa buyuk zotlar siymolari yangicha badiiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritildi.
Shukrulloning “Kafansiz ko‘milganlar” romanida, To‘lepbergen Qayipbergenovning “U dunyoga, bobomga xat” asarida, Nazar Eshonqulovning “Qora kitob” povestida, O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida, Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Qasoskorning oltin boshi” romanida, Oygul Muhammad qizining “Jannat qushi” romanida, Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida mustabid sovet davrida yuritilgan shovinistik siyosatning qatag‘onlik, zo‘ravonlikka asoslangan mohiyati, xalq boshiga solingan tashvishu kulfatlar, g‘am-g‘ussa va alamlari tasvirlangan.
Tohir Malikning “Shaytanat”, Hojiakbar Shayxovning “Tutash olamlar” asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafratlanish tuyg‘ulari o‘z aksini topgan.
Omon Muxtorning “To‘rt tomon qibla” nomli trilogiyasi, Barot Boyqobilovning “O‘zbeknoma” tarixiy-falsafiy va ma’naviy-ma’rifiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning “Biz kim, o‘zbeklar” asari, Azim Suyunning “Oq va qora”, A.Qutbiddinning “Izohsiz lug‘at” she’rlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin ifodasidir. O‘zbekiston Prezidenti, respublika hukumati ijod ahliga katta g‘amxo‘rlik qilmoqda. Iste’dodli adiblar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlanmoqda. Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Ozod Sharofiddinov, To‘lepbergen Qayipbergenovlar mamlakatimizning oliy mukofoti – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlandilar. Ko‘plab shoir va yozuvchilar yuksak saviyadagi badiiy asarlar uchun o‘tkazilgan tanlovlarning sovrindorlari bo‘ldilar.
Ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlarida bo‘lganidek madaniy hayotda ham tubdan o‘zgarishlar yuz berdi. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida teatr san’ati ham rivojlandi.
1993-yilda foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi Vatanimizning va xorijlik atoqli teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. 1994-yilda Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar teatri davlat tasarrufiga olinib, Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi. 2000-yili Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat teatri to‘la ta’mir etildi.
Respublika Prezidentining farmonlari asosida teatrlar davlat budjeti hisobiga qo‘llab-quvvatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998-yilda “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma’naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg‘otuvchi spektakllar yaratishda, iste’dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatrlarning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko‘maklashdi. “O‘zbekteatr” birlashmasi va barcha teatrlar 5 yilga barcha turdagi soliqlardan ozod qilindi. Murakkab o‘tish davri qiyinchiliklariga qaramasdan bironta teatrning yopilishiga yo‘1 qo‘yilmadi. Teatr binolari ta’mirlandi, ichki jihozlari yangilandi. Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko‘rsatmoqda. Har bir viloyatda qo‘g‘irchoq teatrlari bolalarga xizmat ko‘rsatmoqda.
1996-yilda Toshkentda Koreya drama va estrada milliy teatri tashkil etildi va shu yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini boshladi. Davlat akademik rus drama teatri 1999-yilda hozirgi zamon talablari darajasida tubdan qayta qurilgan muhtasham binoga ko‘chirildi va o‘zining 64-teatr mavsumini yangi binoda boshladi.
2001-yilda respublika teatr san’atida muhim tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. 2001-yil 21-sentabrda Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi, O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri deb ataldi.
Mustaqillik yillarida kino san’ati ham rivojlandi. Kino san’atining ijodkor ustalari Shuhrat Abbosov, Yo‘ldosh A’zamov, Elyor Eshmuhamedov, Ali Hamroyev, Rashid Malikov, Jahongir Fayziyev, Sharof Boshbekov va boshqalar zamonaviy kinofilmlar yaratish ishlarida peshqadamlik qildilar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xususiy kinostudiyalar vujudga keldi. 1992-yil fevralda Latif Fayziyevning dastlabki xususiy kinostudiyasi “Fayzifilm” ro‘yxatga olindi. 1996-yilda “O‘zbekfilm” tasarrufida 8 ta studiya, shuningdek 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi.
1996-yil 29-aprelda e’lon qilingan Prezident farmoni milliy kino san’atining rivojida muhim bosqich bo‘ldi. Unga binoan “O‘zbekkino” davlat aksionerlik kompaniyasi tuzildi. Kino tarmog‘i tashkilotlariga davlat budjetidan ajratiladigan har yillik dotatsiyalar 2000-yilgacha saqlab qolindi. Kino sohasining iqtidorli yoshlari uchun xorijiy kino akademiyalari va o‘quv markazlarida o‘qish, malakasini oshirish ishlari amalga oshirildi.
Istiqlol yillarida tasviriy san’at ham rivojlandi, rassomchilik yangi ma’no-mazmun bilan boyidi. 1997-yilda Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi va “Tasviriy oyina” respublika ijodiy uyushmasining tuzilishi, ularning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tasviriy san’at rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Iste’dodli yoshlarni izlab topish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov, qobiliyatli mo‘yqalam sohibi Zayniddin Faxriddinov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g‘urur, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otuvchi qator san’at asarlarini yaratdilar. Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur, fan va ma’naviy-ma’rifiy sohada dunyoga mashhur bobokalonlarimizning portretlari yaratildi.
1992-yilda “O‘zbekdavlatsirk” birlashmasining tashkil etilishi sirk san’atining rivojlanishida, yosh iste’dodli ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Toshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlandi, unga dorbozlar sulolasi asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiyev nomi berildi. An’anaviy sirk san’atining unutilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste’dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996-yilda estrada-sirk kolleji ochildi. Respublika shaharlarida faoliyat yuritayotgan sirk guruhlari soni ko‘paydi. Agar 1990-yilda 7 ta an’anaviy sirk guruhi faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2001-yilda ularning soni 20 tadan oshdi, sirkchilarning ijrochilik mahoratlari o‘sdi.
1993-yilda Toshkentda yangi “Hayvonot bog‘i” ochildi.
Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil etilgan “Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika markazi”,markazning viloyatlardagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik-tanlovlar, festivallar tashkil etmoqda.
1996-yil aprel oyida Turkiston saroyi, Bahor majmuasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi xalq orasidan iste’dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlarni amalga oshirdi. Musiqa-raqs san’atini rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
1997-yil 11-martda qabul qilingan Respublika hukumatining “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida” qarori musiqa san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. 1997-yil 25-avgust – 2-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Sharq taronalari” birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdilar, festivalda yangragan o‘zbek ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra aks-sado berdi. Har ikki yilda Samarqandda “Sharq taronalari” Xalqaro festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.
Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1992-yilda Namanganda ulug‘ o‘zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboyev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o‘g‘lining uy-muzeyi, 1993-yilda Toshkentda o‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonova muzeyi, o‘zbek raqqosasi Mukarrama Turg‘unboyeva muzeyi, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mashhur cho‘pon, ikki marta Mehnat Qahramoni Jaboy Bashmanov muzeyi, 1994-yilda Toshkentda xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996-yilda O‘zbekiston Gidrometeorologiya muzeyi, 1997-yilda Buxoroda mashhur zarb qiluvchi Salim Hamidov muzeyi, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida ko‘plab muzeylar ochildi. 1996-yil 1-sentabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo‘lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochildi. Bu muzey o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatining rivojini rag‘batlantiradigan markaz bo‘lib qoldi.
1996-yil 18-oktabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o‘sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo‘lyozmalari, Ulug‘bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yangi binoga ko‘chirildi hamda ajdodlarimizning ko‘p ming yillik hayoti va madaniyatini ilmiy, xolisona aks ettiruvchi yangi eksponatlar bilan qayta jihozlandi. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi Yaponiya hukumati tomonidan beg‘araz ajratilgan 38,8 mln iyen pul mablag‘i hisobiga ta’mirlandi, yangi muzey jihozlari, asbob-uskunalari bilan yanada boyidi.
O‘zbekistonda 510 ta muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar – eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo‘riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan. Mustaqillik sharofati bilan respublikamizdagi betakror me’moriy yodgorliklar Jahon xalqaro madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
Mustaqillik yillarida sport O‘zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi. Sport aholini, xususan yoshlarni jismoniy va axloqiy tarbiyalashning, xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim omilidir.
1992-yil 5-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari – sport sog‘lomlashtirish klublari, bolalar, o‘smirlar sport maktablari, olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o‘yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
1992-yil yanvarda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tuzildi va 1993-yil sentabrda Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 101-sessiyasida rasmiy e’tirof etildi. 1996-yil 14-avgustda Toshkentda olimpiya muzeyi ochildi. 1998-yil may oyida mamlakatimiz alpinistlari Himolay tog‘ining eng baland “Everest” cho‘qqisiga chiqib, O‘zbekiston dovrug‘ini dunyoga taratdilar.
Mustaqillik sharofati bilan milliy o‘zbek kurashi tiklandi. 1992-yilda Termiz va Shahrisabz shaharlarida dastlabki milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Milliy kurashimizning nazariy jihatlari va qoidalari ishlab chiqildi va xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etildi, xalqaro sport turlari qatoridan o‘rin oldi. 1999-yil may oyida Toshkentda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirokida kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekis-tonlik kurashchilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi, uning faxriy Prezidenti etib Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov saylandi. 2000–2002-yillarda Buyuk Britaniyaning Bedford shahrida 3 marta Islom Karimov nomi bilan ataluvchi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. 2002-yil oktabrda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Xalqaro sport federatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi. O‘zbek milliy kurashi xalqaro sport turi sifatida butun dunyoda e’tirof etildi.
2004-yilda Liviya poytaxti Tripoli shahrida bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida 56 mamlakatdan 128 nafar shaxmatchi qatnashdi. Ular orasida hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov ham bor edi. Rustam Qosimjonov barcha da’vogarlar ustidan g‘alaba qozonib, jahon chempioni degan yuksak unvonni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba butun xalqimizga cheksiz quvonch va g‘urur-iftixor bag‘ishladi.
2008-yil 10 sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekinda bo‘lib o‘tgan XXIX yozgi Olimpiada o‘yinlarida oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan sportchilarimizni, ularning ustoz va murabbiylarini qabul qildi.
Istiqlolimizning 17 yilligi nishonlanishi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan XXIX yozgi Olimpiada o‘yinlarida yuksak natijalarni qo‘lga kiritgan sportchilar va murabbiylarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilindi. Farmonga muvofiq, Pekin Olimpiadasida oltin, kumush, bronza medallari sohibi bo‘lgan sportchilarimiz va ularning murabbiylari Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga, mamlakatimizda iste’dodli yosh sportchilarni tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ularga ana shu yuksak mukofotlarni topshirdi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sportchilari olimpiadalar, Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari va boshqa musobaqalarda qatnashib, 3000 dan ortiq oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Shunday qilib, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sport rivojlandi, yangi ma’no-mazmun bilan boyidi, jahon sportiga qo‘shildi va xalqaro maydonda salmoqli o‘rinni egalladi.

Nazorat savollari


1. Davlat tili to’g’risidagi Qonun qachon qabul qilindi?
2. Davlat tili to’grisidagi Qonunning Davlat va jamiyat hayotida tutgan o’rni va roli haqida so’zlab bering.
3. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda tarixiy xotirani tiklash bo’yicha qanday ishlar amalga oshirildi?
4. Milliy va diniy qadriyatlar deganda nimalarni tushunasiz?
5. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda milliy va diniy qadriyatlarni tiklash bo’yicha qanday ishlar amalga oshirildi?
6. Mustaqillik yillarida qaysi buyuk ajdodlarimizning yubiley sanalari nishonlandi?
Download 276.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling