1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
nnnnnnnnnnnnn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1) Plakoid tangacha.
8
Pelagik baliqlarning juda ko’pchiligida proporstional o’sgan suzgich qanotlari bo’ladi. Lekin suvdan otilib chiqib havoda 100 m dan ko’proq joyga parvoz qilib uchib borishga layoqatlangan ugor baliqlarning ko’krak suzgich qanotlari uzun va keng bo’ladi. Juda kamdan-kam baliqlar suv bilan suzib yurib hayot kechiradi, ularning gavdasi ham turli-tuman bo’ladi. Masalan: oy baliq (mola-mola)ning gavdasi baland, ikki yon tomonidan qisilgan bo’lib, dum suzgich qanoti bo’lmaydi, orqa suzgich qanoti bilan qorin suzgich qanoti bilan anal suzgich qanoti tor va uzun bo’ladi. Kambalalarning gavdasi ikki yon tomonidan qisilgan bo’lib, uzun orqa va qorin suzgich qanotlari bilan o’ralgan ko’zlari baliq bosib yotadigan tomonining qarama-qarshi tomoniga joylashgan, yoki ugorlar tanasi xuddi ilonga o’xshaydi, hatto ba’zi turlari dengiz toychalari suv osti o’tlarida yuksak dumlari bilan yopishib yashaydi. Teri qoplaichlari – Baliqlarning teri qoplaichlari umumiy tuzilishi belgilari bilan xarakterlanadi: ularning epidermasida talaygina bir xo’jayrali bezlari bo’lganligi uchun shilimshiq modda bilan qoplangan. Baliqlarning teri bezlari boshqa barcha umrtqalardagidek epidermisdan hosil bo’ladi. Teri bezlarining 9 ichida shilimshiqni bevosita tashqariga ajratadigan qadoqsimon bezlar hammadan ko’pdir. Tangachalari - Baliqlarning tangachalari hamisha chin teri koriumdan hosil bo’ladi. Baliq tangchalarining uchta asosiy tipi bor. 1. plakoid 2. ganoid 3. suyak 1) Plakoid tangacha. Bu eng primitiv tangacha bo’lib, solishtirma anatomik jihatdan juda ham diqqatga sazovordir, chunki faqat ganoid va suyak tangachalar emas balki tishlar ham o’sha tangchadan iborat. Akulalarning tishi ham haqiqiy plakoid tangachadir. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling