1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1570996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
nnnnnnnnnnnnn


 
Pelagik baliqlarning juda ko’pchiligida proporstional o’sgan suzgich qanotlari 
bo’ladi. Lekin suvdan otilib chiqib havoda 100 m dan ko’proq joyga parvoz qilib 
uchib borishga layoqatlangan ugor baliqlarning ko’krak suzgich qanotlari uzun va 
keng bo’ladi. Juda kamdan-kam baliqlar suv bilan suzib yurib hayot kechiradi
ularning gavdasi ham turli-tuman bo’ladi. Masalan: oy baliq (mola-mola)ning 
gavdasi baland, ikki yon tomonidan qisilgan bo’lib, dum suzgich qanoti bo’lmaydi, 
orqa suzgich qanoti bilan qorin suzgich qanoti bilan anal suzgich qanoti tor va 
uzun bo’ladi. Kambalalarning gavdasi ikki yon tomonidan qisilgan bo’lib, uzun 
orqa va qorin suzgich qanotlari bilan o’ralgan ko’zlari baliq bosib yotadigan 
tomonining qarama-qarshi tomoniga joylashgan, yoki ugorlar tanasi xuddi ilonga 
o’xshaydi, hatto ba’zi turlari dengiz toychalari suv osti o’tlarida yuksak dumlari 
bilan yopishib yashaydi.
 
Teri qoplaichlari – Baliqlarning teri qoplaichlari umumiy tuzilishi belgilari 
bilan xarakterlanadi: ularning epidermasida talaygina bir xo’jayrali bezlari 
bo’lganligi uchun shilimshiq modda bilan qoplangan. Baliqlarning teri bezlari 
boshqa barcha umrtqalardagidek epidermisdan hosil bo’ladi. Teri bezlarining 



 
ichida shilimshiqni bevosita tashqariga ajratadigan qadoqsimon bezlar hammadan 
ko’pdir. 
Tangachalari - Baliqlarning tangachalari hamisha chin teri koriumdan hosil 
bo’ladi. Baliq tangchalarining uchta asosiy tipi bor.
1. plakoid
2. ganoid
3. suyak
1) Plakoid tangacha.  Bu eng primitiv tangacha bo’lib, solishtirma anatomik 
jihatdan juda ham diqqatga sazovordir, chunki faqat ganoid va suyak tangachalar 
emas balki tishlar ham o’sha tangchadan iborat. Akulalarning tishi ham haqiqiy 
plakoid tangachadir. 

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling