4
I.BOB BALIQLARNI KATA SINFI EKOLOGIYASI
VA EVOLYUTSIYASI
1.1. BALIQLAR EKOLOGIYASI
Baliqlar barcha tuban xordalilar singari
nuqul suvda yashaydigan
jonivorlardir, ularning embrion hayoti bo’lsin, butun umri suvda o’tadi.
Suvning o’ziga xos bir qancha xossalari borki, ular o’sha suvda yashaydigan
organizmlar uchun katta ahamiyatga ega. Bular qo’yidagilar:
1. Suv temperaturasi.
2. Suvdagi kislorod miqdori.
3. Suvdagi tuzlar miqdori.
Baliqlarning asosiy ekologiya gruppalari.
Baliqlarning o’zlari yashaydigan muxitga nisbatan 2 ta munosabatini ular
ekologik klassifikastiyasiga negiz qilib olish mumkin:
1. Suvdagi tuzlarga munosabati
2. Suv havzalaridagi yashash joylariga
munosabati
Birinchi holda baliqlar tubandagi asosiy guruhga bo’linadi:
1)
Dengiz baliqlari - Umr bo’yi sho’r suvda yashaydi,
chuchuk suvga
ko’chirilsa o’lib qoladi.
Vakillari:
treska, kilka, sardinka va boshqalar.
2)
O’tkinchi baliqlar - Hayotining ko’p qismini o’tkazadi, bu erda
oziqlanadi, lekin o’rchish uchun chuchuk suvga o’tadi (chunki sho’r suvda ikrasi
ivib qoladi)
bunga seldsimonlar, losossimonlar, osyotrsimonlar kiradi.
3)
Chala o’tkinchi baliqlar - dengizning daryo mansablarida tutash joylarida
yashaydi, lekin qishlash va o’rchish uchun daryo etagiga o’tadi. Bularga leshch,
laqqa, sazan, sudak va boshqalar kiradi.
4)
Chuchuk suv baliqlari - umrbod chuchuk suvlarda yashaydi, hatto bir oz
sho’rlangan suvda ham halok bo’ladi.
Vakillari: nalm, marinka va boshqalar.
Baliqlar suv havzalaridagi yashash o’rinlariga qarab qo’yidagi gruppalarga
bo’linadi.