7
vujudga keldi. Bu vohamizda baliqchilikni sun’iy suv havzalarining yaratilishiga
asos bo’ldi.
Hozirgi kunda viloyatimizda bir qancha baliqchilik xo’jaliklari tashkil etilgan
bular Chimqo’ron, Tallimarjon va h.k.o.
Viloyatimizda baliqchilikni rivojlantirish uchun qimmatbaho baliq turlari
materikning turli regionlaridan keltirib iqlimlashtirilmoqda. Qadimdan viloyatimiz
suvliklarida uchta baliq turi uchrasa bugungi kunda 28 ta baliq turi
iqlimlashtirilgan.
Er yuzida baliqlarning 20 mingdan ortiq turi tarqalgan bo’lib umrtqali
hayvonlarning qariyb 50 % ini tashkil etadi. Baliqlar – butun er yuzi suvliklarida
(chuchuk va sho’r) er osti suvliklarida, qaynoq buloqlarda ham yashaydi.
Baliqlarning tabiatdagi roli nihoyatda katta, jumladan inson kundalik hayotida
ahamiyati juda salmoqli, ayniqsa oziq-ovqat maxsulotlari eng ko’p qismi (ba’zi
mamlakatlar axolisi uchun qazib hammasini) to’ri keladi.
Bevosita baliqlar bilan shuullanadigan fan ixtiologiya deb ataladi
(ixtios-baliq , logos-fan grekcha)
Insonlar qadimddan baliqlar bilan shuullanib kelgan. Qadimgi ibtidoiy odam
ham baliq ovlagan. Buni usha davrga mansub orlar devoridagi rasmlardan ko’rish
mumkin.
Baliqlar xaqidagi dastlabki ma’lumot Aristotel (Eramizgacha 384-322)
asarlarida uchraydi.
2.2. BALIQLAR TUZILISHINING UMUMIY TAVSIFI.
Gavdasining shakli – umrtqalilar sinfi ichida turi juda ko’p bo’lgan
baliqlarning gavda shakllari nihoyatda xilma-xildir. Bularning ichida tez va
chaqqon suzishga moslashib, gavdasining ikki yon tomoni birmuncha qisilgan
duksimon shakl-baliqlar uchun eng tipik shakldir. Odatda pelagik baliqlar, ya’ni
butun umrini suv ichida aktiv ravishda suzib o’tkazadigan baliqlarning gavdasi
shunday shaklda tuzilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |