1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va innovatsiyalar vazirligi
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
nnnnnnnnnnnnn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshituv organi
- Qon aylanish sistemasi
Ta’m bilish organlari – baliqlarda faqat oiz bo’shliida bo’lmasdan
gavdasining tashqi yuzasida ham bo’ladi. Ta’m bilish organlari epidermisning tashqi yuzasida joylashgan alohida sezuv kurtaklaridan iborat. Hid bilish organlari – baliqlarning ovqatlanishida katta rol o’ynaydi, barcha xid bilish organlari juft xaltacha bo’lib ichki devori burmali bo’ladi hamda bitta yoki ikkita burun teshigi orqali tashqariga ochiladi. Barcha suyakli baliqlarning burun teshigi ko’zining oldida yoki boshining ikki yonida bo’ladi. Eshituv organi – faqat ichki quloqdan iborat. Tovush unga bevosita to’qimalar orqali o’tadi. So’nggi dalillarga qaraganda baliqlar turli to’lqinlarni yaxshi sezadi, ultratovushlar bilan baliq tutish ham shunga asoslangan. Ko’ruv organlari – baliqlarning ko’ruv organi yassi shox qatlamga yaqin o’rnashgan gavharning sharsimon bo’lishi bilan farq qiladi, shu tufayli ular yaqin joydagi narsalarnigina ko’ra oladi, bu esa suv muhitida ko’rishga moslanishdir. Odatda ko’zlar 1 m gacha masofani ko’ra oladi, lekin ko’zdagi silliq muskul to’qimalarning qisqarishi tufayli gavhar orqaga tortiladi va uning ko’rish darajasi 10-12 m ga boradi. Bundan tashqari baliqlarda bir nechta ko’z uchraydi Masalan: to’rtko’z baliq juda alati, uning har qaysi ko’zi ikki qismga ustki ko’zi havoda ostki ko’zi suvda ko’radi. Nihoyatda chuqur suvlarda er osti suvlarida yashaydigan baliqlarda ko’z mutloqa bo’lmaydi. 12 Hazm qilish organlari – hazm qilish nayining bo’limlari bir-biridan aniq ajralib turmasligi bilan ta’riflanadi, chunonchi umumiy oiz halqum bo’shlii sekin- asta qizilo’ngachga aylanadi. Qizil o’ngach ham kengayib borib oshqozonga aylanadi, ichak bo’limlari ham bir-biridan aniq ajralgan emas. Qon aylanish sistemasi – baliqlarning qon aylanish sistemasi yuqorida umumiy tarzda tasvir etilgan edi. Uning tuzilishidagi ba’zi xususiyatlar, oyat darajada turli-tumandir, lekin bu sistemani uchta asosiy tipga bo’lishi mumkin, birinchi tip toayli, ikkinchi tip suyakli, uchinchi tip ikki xil nafas oluvchilar. Umuman shuni ko’rsatib o’tish kerakki juda ko’p baliqlarning embrionida qon olib keluvchi olti juft jabra orteriyalari bor, lekin bularning oldingi ikkitasi keyinchalik yo’qolib ketadi, shuning uchun voyaga etgan baliqlarda odatda 4 (to’rt) juft, toaylik baliqlarda 5 juft, xatto ko’p qon olib keluvchi jabra arteriyasi va to’rt juft qon olib ketuvchi jabra arteriyasi bo’ladi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling