15
Seldsimonar: asosan dengiz baliqlari kiradi, ular ikra tashlash uchun juda
katta gala bo’lib, dengiz qiroqlariga keladi, ba’zi seledlar esa ikra tashlash uchun
daryolarga kiradi. Seldsimon baliqlarni 160 turi ma’lum. Seldsimonlar suyakdor
baliqlar ichida ovlash bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi ya’ni dunyoda
tutiladigan baliqlarni 37 % ini yoki 60 mln stentnerni tashkil etadi. Vakillari :
shimol seldi (shimoliy muz okeanida) beshenka (Kasbiy dengizida) puzonok, uzoq
sharq sardinkasi, kilkalardir.
Losossimonlar: Orqasida normal elka suzgich qanoti bilan dum suzgich
qanoti o’rtasida teri qatlamidan iborat bo’lgan skeletsiz kichikroq ―yoli‖ suzgich
qanoti borligi bilan xarakterlanadi. Bu baliqlarga chuchuk suv baliqlari yoki
o’tkinchi baliqlar kiradi. Vakillari: syomga, forel, keta, garbusha va boshqalar.
Butun dunyo bo’yicha har yili 10 mln stentner lososimon baliq tutiladi, buning
ko’p qismini uzoq sharq lososlari tashkil etadi.
Treskasimonlar: Bu turkumning vakillari nuqul dengiz hayvoni bo’lib butun
dunyoda ovlanadigan baliqlarning 14%ini tashkil qiladi. Bulardan treska selddan
keyin dunyoda 2 chi o’rinda turadi. Jigaridan shifobaxsh baliq yoi olinadi.
Vakillari treska, piksha, novaga va nalim balii (chuchuk suv balii)
Karpsimonlar: bizdagi chuchuk suvda yashaydigan baliqlarning ko’p qismini
tashkil etadi va ozida tishlari bo’lmasligi bilan ajralib turadi.
Vakillari: vobla, leshch, sazan, karp va boshqalar kiradi.
Cho’tka qanotlilar
Hozirgi zamondagi baliqlarning bu turkumiga faqat bitta latimeriya urui
kiradi. Shu kunga qadar bor-yo’i 30 ta tutilgan xolos. Birinchisi 1938 y. Hind
okeanida tutilgan. Bo’yi 1,3-1,6 m, oirligi 35-60 kg boradi.
Ikki hil nafas oluvchilar
Bu kenja sinfga hozirgi zamondagi baliqlarning uchta vakili kiradi. Ular
chuchuk suvlarda kam harakat qilib yashaydi suvda faqat erigan kislorod bilan
emas balki atmosfera havosidan o’pkasi bilan ham nafas oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |