1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1235066
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Omonov Amaliy geogrfiya

12 
 
Davlatlarning yoki mintaqaning materik ichkarisida, o’rtada, orolda yoki 
yarimorollarda, dengiz-okean bo’ylarida, chekkada, ikki qita oralig’ida 
joylashganligini uning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy rivojlanishiga ta’sirini Dunyo 
siyosiy xaritasidan foydalanib, misollar yordamida izohlab bering.
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida uning tashqi qiyofasi, chegara 
chiziqlari kabi xususiyatlari ham muayyan ahamiyatga ega. Chunonchi, O`zbekiston 
Respublikasining uzoq masofada shimoli-g`arbdan janubi-sharqqa cho`zilganligi, 
“hududining” torligi, qisqa masofada janubga tutashganligini turlicha talqin qilish 
mumkin. Respublikaning bunday geografik shakli (geoqiyofasi), bir tomondan, 
uning tranzit xususiyatini belgilab bersa, ikkinchi tomondan, mamlakatni 
boshqarish, yagona ichki transport tizimi va transport xavfsizligi yoki mustaqilligini 
ta`minlash hamda iqtisodiy integratsiya va aholiga xizmat ko‟rsatishda birmuncha 
qiyinchiliklarga sabab bo‟ladi.
Respublikamiz davlat chegara chiziqlarining ko`rinishi ham har xil: agar ular 
shimol va shimoli-g`arbda (ayniqsa Navoiy, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog`iston 
Respublikasi tashqi chegaralari) oddiy, ba`zan tog`ri yoki qandaydir geometrik 
shakllarda bo`lsa, Xorazm va Farg`ona vodiysida bu chegara chiziqlari murakkab, 
egri-bugri ko‟rinishga ega. Odatda, chegaralar oddiy bo`lsa: o`tmishda hududning 
kimnidir qaramog`ida bo`lganligi yoki mustamlakasi ekanligini; hudud tabiiy 
xususiyatining noqulayligi, tabiiy resurslarining yaxshi o`zlashtirilmaganligi va 
iqtisodiy salohiyatining uncha yuqori emasligini; bu joyda aholi siyrak, yirik aholi 
manzilgohlari shakllanmaganligi, milliy tarkibning murakkab emasligini; daryo 
yoki orografik elementlarning yo`qligi kabilarni bildiradi.
Shu bilan birga, ta`kidlash joizki, ayni shunday mamlakatning chiqish yoki 
kirish qismlarida (darvozalarida) iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish 
mumkin. Chegaralarning ikki muhim xususiyati, ya`ni ularning barer (to`siq, 
ajratuvchi, uzoqlashtiruvchi) hamda kontakt (bog`lovchi) vazifalari mavjud. 
Qolaversa, ba`zi davlatlarda ayni chegara iqtisodiyoti va infratuzilmasiga jiddiy 
ahamiyat berilmoqda.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling