1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Omonov Amaliy geogrfiya
13
3. O’ZBEKISTONNING GEOSIYOSIY SALOHIYATI VA IMKONIYATLARI Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda XX asrning 50-yillaridan iqtisodiyotda mikro va makrotahlil bilan bir qatorda alohida ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-tarixiy tizim sifatida mamlakat hududlarini (mintaqalarini) o’rganish boshlandi. Har bir fanda shu fanning tub mohiyatini ochib beruvchi tushuncha bo’ladi. Jumladan, biologiyada - xujayra, matematikada - son, fizikada - materiya va energiya, mintaqaviy iqtisodiyotda esa bunday tushuncha hudud va mintaqadir. «Hudud» - yer sharining ma’lum bir qismi bo’lib, o’zining geografik holati va boshqa tabiiy belgilariga ko’ra boshqa hududlardan ajralib turadi. Hudud tushunchasini akvatoriya (yer sharining suv bilan qoplangan bir qismi), aerotoriya (er shari atmosferasining bir qismi) kabi tushunchalar to’ldiradi. Ayni vaqtda hudud, akvatoriya va terotoriya tushunchalari birgalikda geotoriya tushunchasini hosil qiladi. Hudud tushunchasining g’oyat murakkab va kattaligi uni mintaqalarga bo’lib, o’rganishni taqozo qiladi. Mintaqa (region) - lotincha so’z bo’lib, ilmiy iste’molga ingliz tilidan kirib kelgan va 100 dan ortiq turli mazmunda talqin qilinishi bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda ilmiy adabiyotlar va tadqiqotlarda mintaqa tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-tarixiy, siyosiyharbiy va ekologik tizim sifatida quyidagi: 1) dunyo xo’jaligi va umumbashariy muammolar, giosiyosiy va hududiy takror ishlab chiqarish; 2) megaiqtisodiyotda - makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlil yondashuvlarida keng qo’llanilmoqda. Mintaqaviy siyosatning - zaruriyati bir vaqtning o’zida barcha hududlar iqtisodiyotini bir darajada rivojlantirib bo’lmasligidan kelib chiqadi. Binobarin, mintaqaviy siyosat rivojlanishi mumkin va mamlakat uchun muhim bo’lgan ustuvor yo’nalish va tarmoqlarga qaratiladi. Shu mazmunda u mintaqaviy iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi, amaliy (konstruktiv) yo’nalishi hisoblanadi; mintaqaviy siyosat hududlararo ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi vaziyatni dinamik holda muvofiqlashtirish va barqarorlashtirishga harakat qiladi. O’zbekistonda dunyoning hamma mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy aloqalarni har tomonlama kengaytirish va rivojlantirishning izchil siyosati olib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling