1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Omonov Amaliy geogrfiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekistonning siyosiy-ma`muriy xaritasi.
7
sub`ektlari asosida shakllanadi. Respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayoti hududiy tashkil etish va boshqarish tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunday tizim ierarxik (bosqichli) ko`rinishda bo`lib, u viloyat, tuman, viloyat va respublikaga bo`ysunuvchi shaharlar, qishloq tumanlari, qishloq fuqarolar yig`inlari va mahallalardan iborat. Yuqoridagilar orasida eng muhim bo`g`in viloyatlar hisoblanadi va bunday darajadaga mintaqalarda xalq xo`jaligini kompleks rivojlantirishning huquqiy va tashkiliy imkoniyatlari mavjud. Shu bilan birga, viloyat darajasidagi hududiy bo`g`inlarda ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy muammolar hal etilsa, quyi bo`g`inlarga borgan sari ijtimoiy, ekologik masalalar mahalliy boshqaruv organlari faoliyatida ustuvor hisoblanadi. Demak, eng yuqorida siyosat, eng pastda esa kishilarning kundalik hayoti, ya`ni sof holdagi sotsial masalalar yetakchilik qiladi. 2-Rasm O`zbekistonning siyosiy-ma`muriy xaritasi. Bu xaritada O`zbekistonning viloyatlarining nomi chegarlari, shaharlari, qishloq nomlari berib o`tilgan. Shunday qilib hozirgi kunda ma`muriy hududiy bo`linishiga ko`ra respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasida jami 170 qishloq tumanlari, 119 shahar, 1071 shaharcha, 260 ta qishloq fuqarolar 8 yiginlari,11015ta qishloq aholi punktlari mavjud.(2019-y 1-yanvar) Eng katta – Qo`ng`irot (maydoni 76,0 ming kv.km) va eng kichigi Buloqboshi (0,18 ming kv.km) qishloq tumanlari o`rtasidagi nisbat 422 martaga teng. Bunday yuqori ko`rsatkich ayni vaqtda mamlakatimizning ichki tafovutlarga boyligi, uning “geografiyligi”dan dalolat beradi. Agar Qo`ng`irot tumaniga Uchquduq (46,6), Tomdi (42,5), Muynoq (37,9) va Taxtako`pir (21,1 ming kv.km) tumanlarini qo`shib hisoblasak u holda mazkur qishloq tumanlari mamlakat hududining deyarli yarmini tashkil qiladi (222,6 ming kv.km). Kichik qishloq tumanlari yoki har biri 0,25 ming kv.km-gacha maydonga ega bo`lganlarga So`x, Bo`z, Oqoltin, Norin kabi tumanlar ham mavjud. Bu yerda iqtisodiy geografik qonuniyat shundan iboratki, tuman maydoni qancha katta bo`lsa uning iqtisodiy va demografik salohiyati (“zichligi) shuncha past bo`ladi va, aksincha, kichik hududlarning sig`imi yuqori darajada bo`ladi. Kichik hududlarga qo`shilib ketish “xavf” tug`dirsa, katta maydonni egallagan tumanlarda esa ularning tabiiy resurslarini o`zlashtirish natijasida bo`linib ketish imkoniyatlari mavjud bo‟ladi. Ayni vaqtda kichik tumanlar (hududlar) tabiatiga antropogen va texnogen ta‟sir yoki bosim yuqori bo‟lib, bu yerda hududning “zo`riqish” holati kuzatilishi mumkin (prof. Yu.Ahmadaliev iborasi).Yuqori toifadagi ma`muriy birliklarning eng kattalari Qoraqalpog`iston Respublikasi va Navoiy viloyati (ular birgalikda mamlakat maydonining 61,8 foizini egallaydi), eng kichiklari esa Andijon va Sirdaryo viloyatlari hisoblanadi. Bu boradagi hududiy farq yoki geografik koeffitsient 38,9 ga teng. Bunday mintaqalarning siyosiy geografik o`rni ham turlicha. Avvalo ta`kidlash lozimki, respublikaning barcha viloyatlari davlat chegaralariga “chiqishadi”. Jumladan, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari 3 tadan davlatlar bilan, Qoraqalpogiston Respublikasi, Jizzax Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo, Namangan va Farg`ona viloyatlari 2 tadan davlatlar bilan chegaradosh. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling