1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/26
Sana27.02.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1235066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Omonov Amaliy geogrfiya


 
sub`ektlari asosida shakllanadi. Respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayoti hududiy tashkil 
etish va boshqarish tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunday tizim ierarxik (bosqichli) 
ko`rinishda bo`lib, u viloyat, tuman, viloyat va respublikaga bo`ysunuvchi shaharlar, 
qishloq tumanlari, qishloq fuqarolar yig`inlari va mahallalardan iborat.
Yuqoridagilar orasida eng muhim bo`g`in viloyatlar hisoblanadi va bunday 
darajadaga mintaqalarda xalq xo`jaligini kompleks rivojlantirishning huquqiy va 
tashkiliy imkoniyatlari mavjud. Shu bilan birga, viloyat darajasidagi hududiy 
bo`g`inlarda ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy muammolar hal etilsa, quyi bo`g`inlarga 
borgan sari ijtimoiy, ekologik masalalar mahalliy boshqaruv organlari faoliyatida 
ustuvor hisoblanadi. Demak, eng yuqorida siyosat, eng pastda esa kishilarning 
kundalik hayoti, ya`ni sof holdagi sotsial masalalar yetakchilik qiladi.
2-Rasm 
O`zbekistonning siyosiy-ma`muriy xaritasi. 
Bu xaritada O`zbekistonning viloyatlarining nomi chegarlari, shaharlari, 
qishloq nomlari berib o`tilgan. Shunday qilib hozirgi kunda ma`muriy hududiy 
bo`linishiga ko`ra respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasida 
jami 170 qishloq tumanlari, 119 shahar, 1071 shaharcha, 260 ta qishloq fuqarolar 



 
yiginlari,11015ta qishloq aholi punktlari mavjud.(2019-y 1-yanvar) Eng katta – 
Qo`ng`irot (maydoni 76,0 ming kv.km) va eng kichigi Buloqboshi (0,18 ming 
kv.km) qishloq tumanlari o`rtasidagi nisbat 422 martaga teng. Bunday yuqori 
ko`rsatkich ayni vaqtda mamlakatimizning ichki tafovutlarga boyligi, uning
“geografiyligi”dan dalolat beradi.
Agar Qo`ng`irot tumaniga Uchquduq (46,6), Tomdi (42,5), Muynoq (37,9) va 
Taxtako`pir (21,1 ming kv.km) tumanlarini qo`shib hisoblasak u holda mazkur 
qishloq tumanlari mamlakat hududining deyarli yarmini tashkil qiladi (222,6 ming 
kv.km).
Kichik qishloq tumanlari yoki har biri 0,25 ming kv.km-gacha maydonga ega 
bo`lganlarga So`x, Bo`z, Oqoltin, Norin kabi tumanlar ham mavjud. Bu yerda 
iqtisodiy geografik qonuniyat shundan iboratki, tuman maydoni qancha katta bo`lsa 
uning iqtisodiy va demografik salohiyati (“zichligi) shuncha past bo`ladi va, 
aksincha, kichik hududlarning sig`imi yuqori darajada bo`ladi. Kichik hududlarga 
qo`shilib ketish “xavf” tug`dirsa, katta maydonni egallagan tumanlarda esa ularning 
tabiiy resurslarini o`zlashtirish natijasida bo`linib ketish imkoniyatlari mavjud 
bo‟ladi.
Ayni vaqtda kichik tumanlar (hududlar) tabiatiga antropogen va texnogen 
ta‟sir yoki bosim yuqori bo‟lib, bu yerda hududning “zo`riqish” holati kuzatilishi 
mumkin (prof. Yu.Ahmadaliev iborasi).Yuqori toifadagi ma`muriy birliklarning eng 
kattalari Qoraqalpog`iston Respublikasi va Navoiy viloyati (ular birgalikda 
mamlakat maydonining 61,8 foizini egallaydi), eng kichiklari esa Andijon va 
Sirdaryo viloyatlari hisoblanadi.
Bu boradagi hududiy farq yoki geografik koeffitsient 38,9 ga teng. Bunday 
mintaqalarning siyosiy geografik o`rni ham turlicha. Avvalo ta`kidlash lozimki, 
respublikaning barcha viloyatlari davlat chegaralariga “chiqishadi”. Jumladan, 
Toshkent va Surxondaryo viloyatlari 3 tadan davlatlar bilan, Qoraqalpogiston 
Respublikasi, Jizzax Samarqand, Qashqadaryo, Sirdaryo, Namangan va Farg`ona 
viloyatlari 2 tadan davlatlar bilan chegaradosh.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling