5
1.O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GEOGRAFIK O`RNI,
MAYDONI, CHEGARALARI VA MA`MURIY HUDUDIY BO`LINISHI
O`zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida 1-sentyabr 1991-yilda
tashkil topgan. Maydoni 448,9 ming kv.km., aholisi 35 mln 271,3
ming kishi
(1.01.2022 y.). Ma`muriy jihatdan Qoraqalpog`iston
Respublikasi, Andijon,
Buxoro, Jizzax Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent,
Farg`ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan iborat.
Respublika poytaxti - Toshkent shahri.
O`zbekiston dunyo hamjamiyati va siyosiy haritasida o`ziga xos mavqega ega.
U Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a`zo bo`lgan 190 dan ortiq davlatlarning biri.
O‟zbekiston Respublikasi BMT ga 2-mart 1992-yilda qabul qilingan.Mamlakatimiz
Yevrosiyo va Markaziy Osiyoning deyarli qoq o`rtasida joylashgan.
Quyidagi
keltirilgan xaritada qaraydigan bo`lsak so`zimiz o`z isbotini topadi.
1-Rasm
O`zbekiston jahon siyosiy xaritasida.
Davlat chegaralarining umumiy uzunligi 6221 km bo`lib, shundan 2203 km
yoki 1/3 qismi Qozog`iston
Respublikasiga, 1721 km Turkmanistonga, 1161 km