1 O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim fan va inovatsiyalar vazirligi
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Omonov Amaliy geogrfiya
12
Davlatlarning yoki mintaqaning materik ichkarisida, o’rtada, orolda yoki yarimorollarda, dengiz-okean bo’ylarida, chekkada, ikki qita oralig’ida joylashganligini uning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy rivojlanishiga ta’sirini Dunyo siyosiy xaritasidan foydalanib, misollar yordamida izohlab bering. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida uning tashqi qiyofasi, chegara chiziqlari kabi xususiyatlari ham muayyan ahamiyatga ega. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasining uzoq masofada shimoli-g`arbdan janubi-sharqqa cho`zilganligi, “hududining” torligi, qisqa masofada janubga tutashganligini turlicha talqin qilish mumkin. Respublikaning bunday geografik shakli (geoqiyofasi), bir tomondan, uning tranzit xususiyatini belgilab bersa, ikkinchi tomondan, mamlakatni boshqarish, yagona ichki transport tizimi va transport xavfsizligi yoki mustaqilligini ta`minlash hamda iqtisodiy integratsiya va aholiga xizmat ko‟rsatishda birmuncha qiyinchiliklarga sabab bo‟ladi. Respublikamiz davlat chegara chiziqlarining ko`rinishi ham har xil: agar ular shimol va shimoli-g`arbda (ayniqsa Navoiy, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasi tashqi chegaralari) oddiy, ba`zan tog`ri yoki qandaydir geometrik shakllarda bo`lsa, Xorazm va Farg`ona vodiysida bu chegara chiziqlari murakkab, egri-bugri ko‟rinishga ega. Odatda, chegaralar oddiy bo`lsa: o`tmishda hududning kimnidir qaramog`ida bo`lganligi yoki mustamlakasi ekanligini; hudud tabiiy xususiyatining noqulayligi, tabiiy resurslarining yaxshi o`zlashtirilmaganligi va iqtisodiy salohiyatining uncha yuqori emasligini; bu joyda aholi siyrak, yirik aholi manzilgohlari shakllanmaganligi, milliy tarkibning murakkab emasligini; daryo yoki orografik elementlarning yo`qligi kabilarni bildiradi. Shu bilan birga, ta`kidlash joizki, ayni shunday mamlakatning chiqish yoki kirish qismlarida (darvozalarida) iqtisodiy hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Chegaralarning ikki muhim xususiyati, ya`ni ularning barer (to`siq, ajratuvchi, uzoqlashtiruvchi) hamda kontakt (bog`lovchi) vazifalari mavjud. Qolaversa, ba`zi davlatlarda ayni chegara iqtisodiyoti va infratuzilmasiga jiddiy ahamiyat berilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling